Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


II. TАLIM-TАRBIYАNING BIRLIGI TАMOYILI



Download 10,96 Mb.
bet61/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

II. TАLIM-TАRBIYАNING BIRLIGI TАMOYILI
Taʼlim va tarbiyaning oʼzaro bogʼliqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Har qanday bilim maʼlum tarbiyaviy taʼsirga ega va har qanday tarbiyaviy tadbir oʼzida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat boʼlib biz taʼlim jarayonida uni hisobga olishimiz lozim. Taʼlim jarayonida oʼtilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini toʼgʼri belgilash va uni taʼlim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni taʼminlash juda qulay. Chunki tarbiya his-xayajon va amaliy hayot bilan chambarchas bogʼliq.
Bu esa bilimlarni puxtaroq oʼrganishga yordam beradi. Bilimlar esa bilimlarni ana shu tarbiyaviy jihatlarni mustaxkamlashga taʼsir etadi. Bilimlar hayotni, hayotiy qonuniyatlarni bilishga xizmat qilsa, tarbiya ana shu hayotga nisbatan toʼgʼri munosabatni tarkib topishini taʼminlaydi. Demak, bir butun taʼlim jarayonida ikki oʼzaro bogʼliqlik hayotini bilish va unga boʼlgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni sodir boʼlar ekan.
Taʼlim-tarbiyaning birligi taʼlim jarayonini toʼgʼri tashkil qilishga va oʼqitishga xilma xil metod va uslublardan foydalana olishga koʼp jixatdan bogʼliq. Taʼlim bilan tarbiyaning birligini taʼminlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan oʼquv materiallarning mazmunini ham ilmiy ham gʼoyaviy jihatdan toʼgʼri tashkil qilinishi;
b) oʼqitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy moxiyatini ochib berilishi, taʼlim jarayonida maʼlumotlardan fodalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam oʼzgartirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) taʼlimda muammoli jarayonni vujudga keltirish oʼquvchi-talabalarning qiziqishlari faollik va tashabbuskorlikni taʼminlashga eʼtiborining kuchaytirilishi;
d) taʼlim jarayonida oʼquvchi-talabalarning uyushqoqligini intizomlik va javobgarlikni sezish oʼzaro yordam xislarini tarbiyalanishi¬ni taʼminlash zarur.
III. TАLIMNING TIZIMLILIK VА IZChILLIK TАMOYILI
Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi taʼlimda tizimli va izchillik boʼlishi shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning maʼlum tizimiga solinishi va izchil boʼlishi taʼlim samaradorligini belgilovchi yetakchi omillaridan biridir. Hozirgi zamon didaktikasida bu tamoyilga katta eʼtibor berilmoqda. Chunki taʼlimda izchillikka rioya qilib oʼqitish butun oʼrganilgan bilimlarni mustahkamlashga va ertaga oʼrganayotgan bilimlarga zamin tayyorlashga yordam beradi. Yaʼni oʼtilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi material oʼquvchi-talabalarning oldingi oʼzlashtirilgan ilmiy bilimlarga koʼnikma va malakalari bilan izchil va uzviy bogʼlanish, shu bilan bir vaqtda oʼqitilayotgan oʼquv materiallarni oʼzlashtirish orqali kelajakda yangi bilimlarni oʼzlashtirishga, shuningdek, navbatdagi taʼlim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
Taʼlimning tizimli boʼlishi uning izchil boʼlishi bilan bogʼliqdir.
Izchillikka asoslangan taʼlimning xarakterli belgisi shundaki, oʼquvchi-talabalarning oldidan oʼzlashtirilgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim koʼnikma va malakalar xosil qilish, ularning oʼzaro boshlanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida oldindan oʼzlashtirilgan bilim, koʼnikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustaxkamlashni taʼminlashga qaratilgandir. Demak, tizimlilikda izchillik taʼlimda uzluksizlikni vujudga keltirishda ahamiyatlidir. Bundan tashqari maʼlum tizimga solingan bilimlarni yegallash oʼrganish jarayonida qulaylik vujudga keltiriladi. Аlbatta tizimli va izchillikni soddadan murakkabga qarab yoʼnaltirilishi maqsadga muvofiq. Bilimlarning asta-sekin izchillik bilan murakkablashib borishi tafakkurni rivojlantiradi va natijada taʼlimning rivojlantiruvchi xususiyati kelib chiqadi.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish