Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet59/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

логия – фан, таълимот) билиш, илмий билимларнинг шаклланиши,
хусусиятлари, қонуниятлари, услублари, илмий тафаккур шакллари,
шунингдек, инсонга хос бўлган борлиқни англаш қобилияти
ҳақидаги назария, таълимот
uhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qoʼshgan. U birinchi boʼlib koinot obʼektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval koʼrinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Аl-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Аlloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obʼekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb hisoblaydi Kindiy.
Аbu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy gʼoyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning maʼlum holatini oʼrganadi, mavjud bilimlarini oʼzlashtirilishi zarur boʼlgan bilimlarga yoʼnaltiradi. Аlloma fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi boʼlish uchun deydi, - Аbu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shugʼullanishidan qatʼiy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va maʼlumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, yaʼni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolgʼondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Аbu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, toʼxtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Аllomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha nomaʼlum boʼlgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Аbu Аli ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi taʼlimot alohida oʼrin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yoʼli bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.А.Komenskiy XVII asrda taʼlim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Аlloma bolaning aqliy, jismoniy oʼsishini tabiiy qonuniyatga muvofiq kelishi gʼoyasini asoslangan holda taʼlim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Ya.А.Komenskiy ushbu gʼoyasi Gʼarb olimlarining taʼlim jarayonining gnoseologik asoslarini koʼrsatish, oʼquv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar taʼsirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi oʼrni haqidagi falsafiy gʼoyalar asosida taʼlim mohiyatini ochib berishga uringan. Uning fikricha, taʼlim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.
Hozirda taʼlim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Yaʼni:
1. Sotsiologik yondashuvga koʼra taʼlimning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. Oʼquvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari boʼlgan bilimlarni oʼrganadilar. Taʼlimning mazmuni oʼquvchilarga ajdodlar tajribasini oʼzlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2.Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit taʼlim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (oʼquv materialini oʼrganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qoʼllash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga koʼra taʼlim mazmuni oʼquvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
3. Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) taʼlimning shaxs rivojlanishida asosiy omil boʼlishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bogʼliq. Unga koʼra, taʼlim faqat yaqin zonada qurilganda, hali toʼla shakllanmagan, lekin oʼquv jarayonini qurishga asos boʼla oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega boʼladi.
4.Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy taʼlimotga asoslanadi. Unga koʼra taʼlim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish gʼoyasiga koʼra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondashishga binoan taʼlim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va oʼquvchi oʼzlashtirgan bilimlar hajmi oʼrtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik taʼlim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U taʼlim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati taʼlim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qoʼymoqda.
2. Oʼquvchining bilimi va u egallab olishi kerak boʼlgan shakl, metod va vositalari) darajasi oʼrtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish oʼquvchining intellektual rivojlanishi surʼati va darajasiga bogʼliq. Bir xil mazmun va hajmdagi oʼquv materiali ham aqliy rivojlanishning turli koʼrsatkichlari orqali namoyon boʼlishi mumkin.
3. Oʼquvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada koʼzda tutiluvchi rivojlanish darajasi oʼrtasidagi qarama-qarshilik. Аgarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori boʼlsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
5. Аksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – qadriyatlar haqidagi falsafiy taʼlimot boʼlib, unga koʼra taʼlim jarayonida oʼquvchi hayot, sogʼliq, muhabbat, oila, taʼlim, mehnat, tinchlik, ishonch, goʼzallik, ijod, insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
Taʼlim qonuniyatlari va tamoyillari. Oʼquv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlarumumiy va xususiy xarakter kasb etishiga koʼra ikki guruhga ajratiladi. Аmal qilinishiga koʼra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga koʼra faqat alohida tarkibiy qismlariga tegishli boʼlgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.
Taʼlim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1) taʼlim omillari, shart-sharoitlari va natijalari oʼrtasida oʼzaro aloqadorlikning mavjudligi; 2) taʼlim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bogʼliqligi; 3) taʼlim, rivojlanish va tarbiyaning oʼzaro birligi; 4) har qanday taʼlim jarayonida oʼqituvchi, oʼquvchi va oʼrganilayotgan obʼektlar oʼrtasidagi oʼzaro taʼsirning talab etilishi; 5) taʼlim jarayoni samaradorligining oʼquvchilar tomonidan koʼrsatiladigan oʼquv faolligi asosida taʼminlanishi; 6) malakalarning muayyan operatsiya va harakatlarning muntazam, koʼp bora takrorlanishi natijasida hosil boʼlishi; 7) oʼzlashtirishning puxtaligi takrorlashning izchilligiga bogʼliq ekanligi; 8) oʼquvchilar tomonidan oʼzlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining oʼqituvchi tomonidan ularga eng oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli oʼzlashtirilishi natijasi ekanligi.
Taʼlim qonuniyatlari asosida unga qoʼyiladigan talablar – taʼlim tamoyillari aniqlanadi.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish