Таълим тамойиллариўқитиш асосида ётадиган, таълим ва уни ташкил этиш жараёнини ташкил этиш мазмуни, шакл, метод ва воситаларинитанланишини белгилайдиганбошланғич асослардир
Taʼlim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy-gʼoyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; koʼrgazmalilik; mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy yoʼnalganlik (taʼlimning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bogʼliqligi); tabiat bilan uygʼunlik; madaniy taraqqiyot bilan uygʼunlik; taʼlimning oʼquvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik.
T АLIM TАMOYILLАRI
TАLIM TАMOYILLАRIGА XOS XUSUSIYaTLАRGА UMUMIY TАVSIF
I. TАLIMNING ILMIYLIK TАMOYILI
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqelikni inson ongida aks ettishidir. Tevarak-atrofni oʼrab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va xodisalarning xossalarini va ularning oʼzaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari haqiqiy voqelikka maʼlum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq oʼrganishi kerak boʼladi. Taʼlim jarayonida biz talabalarga isbotlab boʼlingan, aniqlangan va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq oʼrganishi kerak boʼladi. Taʼlim jarayonida biz talabalarga isbotlab boʼlingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib koʼrilgan bilimlarni yetkazishimiz lozim.
Taʼlimning ilmiyligi oʼquvchi-talabalarning oʼquv materiallaridagi qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va oʼzlashtirishi uchun toʼgʼri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Nazariy qoidalarni tushunish-materialini ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi boʼlib, u oʼquvchi-talabalarning fikrlash faoliyatini xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqeylikni har xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh taʼlimning hamma bosqichlarida ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri nazariy maʼlumotlar tevarak-atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan biri nazaridan bilib olishdir. Ilmiylik qoidasi barcha guruhlardagi va turli taʼlim muassasalaridagi oʼquvchi-talabalarga oʼrganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab koʼrilgan maʼlumotlar berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida oʼquvchi-talabalarda ilmiy dunyoqarash eʼtiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Yetuk milliy kadrlarni tarbiyalab yetishtirish uchun xozirgi zamon fan-texnikasining rivoji darajasidagi ilmiy bilimlarni egallashga erishish muhim. Shu bilan bir qatorda oʼquvchi-talabalarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan ham tanishtirib borish maqsadga muvofiq. Ilmiylik taʼlimning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir, yaʼni darsliklar oʼquv qoʼllanmalar, oʼquv dasturlari, oʼquv rejasi, ilmiy asosda yaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |