Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet66/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Mavzu yuzasidan savollar:
1. “Didaktika” tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
2. Didaktikaning predmeti, obʼekti va vazifalari nimalardan iborat?
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
4. Zamonaviy didaktik tizimning oʼziga xos belgilari nimalardan iborat?
5. Taʼlim jarayoni nima?
6. Hozirgi paytda Oʼzbekistonda taʼlim jarayoniga qanday talablar qoʼyilmoqda?
7. Taʼlim jarayoni yaxlit tizim sifatida qanday namoyonboʼladi?
8. Taʼlim jarayonining uchta ajratib koʼrsatilgan funktsiyasi nimalardan iborat?
9. Bilimlarni egallash bosqichlari nimalardan iborat?


9- mavzu.O‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari
Reja:
1.O‘qitish jarayonini tashkil etish tamoyillari, o`qitish jarayonini tashkil etishga zamonaviy yondashuv, ta’lim jarayonini tashkil etishda o`qituvchi faliyati va uni rejalashtirish.
2.O‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari.

10-mavzu: Tarbiya turlari .Oila tarbiyasi
1.Bolalar jamoasi-pedagogik ta’sirning asosiy shakli. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o`quvchilarni tarbiyalash.
2. Fuqarolik tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi. O`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. Nafosat tarbiyasi.
3. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida oila tarbiyasining konseptual asoslari umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, to‘g‘rilik, or-nomus, qadr-qimmat, mehr-shavqat, insonparvarlik va mehnatsevarlik, yaxshilikka-yaxshilik bilan javob qaytara olish kabi fazilatlarni shakllantirish.
4. Oila va uning tarbiyaviy vazifalari.

Tarbiya nazariyasining mohiyati.


Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
SHuningdek, tarbiya mazmunini Qur’oni Karim oyatlari, Muhammad payg‘ambarimiz (a.s.) Hadislari, milliy va madaniy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, mutafakkir va olimlarning tarbiyaga oid asarlari kabilar tashkil etadi.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.

T


Тарбия – муайян, аниқ мақсад ҳамда ижтимоий-тарихий тажриба асосида шахсни ҳар томонлама ўстириш, унинг онги, хулқ-атвори ва дунёқарашини таркиб топтириш жараёни.
arbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida o‘quvchi tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri o‘quvchining ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. O‘quvchi faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda o‘quvchining tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. O‘quvchi o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi.
Demak, tarbiyachi o‘quvchi shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport,
badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
T
Шахс тарбиянинг натижаси сифатида шаклланадиган ижтимоий мавжудотдир.
Шахснинг кўпдан-кўп хислатлари бир-биридан ажратилган эмас, балки ўзаро мустаҳкам боғланган. Тарбия жараёнида ўқувчининг шахсияти айрим-айрим эмас, балки яхлит равишда ривожланади.

arbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.


Tarbiya jarayonining umumiy mohiyati
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog etakchi rol o‘ynaydi. CHunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.
O‘quvchi o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabahalashib boradi.
Har tomonlama etuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. YA’ni, o‘quvchi shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘zini-o‘zi tarbiyalash, o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash, o‘quvchiningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi.
O‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. O‘quvchi xulqidagi «og‘ish»lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda kasb-hunar kollej va shaxsning shaxsiy ta’sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma’qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
SHu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. CHunonchi,
1) Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o‘rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirilishiga erishish;
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish;
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o‘rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi ko`rashishda quroldir» deydi.
SHuningdek, hadisi SHarifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va SHirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi.
Tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida – o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida – o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ogiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
8) g‘oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat to`zi lishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
9) tadbirkorlik tarbiyasi
10) toleranlik tarbiyasi
11) fuqarolik tarbiyasi
Jamiyatdagi maktablar avlodlarning qobiliyatsizlik, ishsizlik va ijtimoiy tabaqalanishdan zarar ko‘rganligidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ota-ona, bolalar va o‘qituvchilarning intilishlarini o‘stiruvchi to‘sqinliklarni engishda boshqa organlardan yordam kutishadi.
SHunisi qiziqki, hukumat tomonidan ta’limda qobiliyatsizlikka olib keluvchi (aytishimiz mumkinki, muammoga odatiy moslashuv tizimli o‘zgarishlarni ta’lab qiladi) ishsizlik, ijtimoiy tabaqalanish va tizimli bareralarni bartaraf etishga xech qanday takliflar bildirilmagan, balki bu e’tibordan chetdagi va imtiyozsiz bolalarni avvalgi baxtsizligidan ijobiy tomonga o‘tkazishda yordam berishdagi modernizatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Brunuerning fikricha, o‘qituvchilarga turli ta’lim uslublari haqida tushunchaga ega bo‘lish cheklanmagan. Bruner uchun maktab o‘quvchisi ham o‘rganayotgan mavzuda qanday ta’lim olish va fikrlash haqida habardor bo‘lishi kerak. Bruner baxs yuritgan bu metakognitiv ta’lim olish aspekti- ta’lim haqida ta’lim olish ob’ektivlikdan ko‘ra ichki sub’ektivlikni rivojlantirishni ta’lab qiladi. Ob’ektivlik nazariyalari go‘yoki, nazariyachi to‘liq, mustaqil, barcha bilimlarga ega va o‘z fanini haqiqiy, tarbiyadan xolis baxolay oladigan shaxs (o‘qituvchi) nazariyachi va (o‘quvchi) sub’ekt o‘rtasidagi ajratishlarni belgilab beradi. Intersub’ektiv nazariyachilar, aksincha, mijozlari uchun qo‘llanadigan nazariyalarni o‘zlari uchun ham qo‘llashni ta’kidlashadi; bunda aytiladiki, intersub’ektivlik nazariyasi o‘z-o‘zini tushunish orqali boshqalarning ham fikrini anglashga yoki aksincha intilish kelib chiqishiga ko‘ra refleks ekanligini tushuntiradi. Xolden va Klaf yuqorida ta’kidlangan “refleksiv pedagogika” tushunchasi “o‘z javoblarimizni e’tiborga olganimizdek bolalarnikini ham qadrlashga undaydi” degan baxsni keltirishadi.
Ichki sub’ektiv nazariyalash uchun Brunerning sinfxonaga daxldor asosiy bir munozarasi shuki, talabaning o‘zlashtirishi ishonchsizdek tuyulsa, o‘qituvchilar o‘sha talabaning xulqidagi kamchiliklarni qidirish o‘rniga o‘zlaririning shaxsiy tajriba uslubi va qarashlariga e’tiborli bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari ular talabalarning qanday qilib tajriba olishi va o‘zlashtirishi haqidagi o‘zlarining o‘rganuvchi sifatdagi tushuncha va qarashlarini taqdim etishlari kerak. Buning yo‘lga qo‘yishning yana bir yo‘li – Blok va Villiam o‘zlarining ta’lim olishni baxolash qaydnomasida baxslashganidek o‘quv mashg‘ulotlarini ifodalashga izoh sifatida o‘zlarining talabalari bilan bo‘lgan pedagogik jarayondan yig‘ib olingan ma’lumotdan foydalanishda qo‘shimcha ravishda o‘qituvchilar bunday ma’lumotdan o‘zlarining shaxsiy o‘qitish uslubini ifodalash va baxolashda foydalanishi mumkin.
Aslini olganda ular Fieldinggning shaxsiy tadqiqot pedagogikasini rivlantirish uchun talabalar bilan birga tadqiqotchi va amaliyotchi sifatida ishlash nazariyasini amalga oshirishlari mumkin.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat maf ko`rasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:
Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
O‘quvchilar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
O‘zini-o‘zi anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘zini-o‘zi anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘zini-o‘zi anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki, o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o‘zigina kam samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. YUqorida qayd etilgan g‘oyalar to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda – etuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga etkazish uchun xizmat qilishi lozim.
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
SHuningdek, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarligi va demokratik tamoyili, tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlik tamoyili, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi tamoyili, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi tamoyili va boshqalar.
Ta’lim olish va axloq: Skinnerning “qonunni ijobiy tarzda mustahkamlash” nazariyasi.
Bir nazariyachining ishi nafaqat talabalarga maktablarning va o‘qituvchilarning munosabati usullarini o‘zida aks ettirdi, balki jarayonga ichki hissiyot bilan qarashni o‘stiradi. Umumiy (masalan, maktabdagi ham ichki, ham tashqi vazniyatni) rivojlantirish yuz berishi va vaziyatni nazorat qilishni o‘rganib chiqqan bu nazaryotchi Byurhis Fredrik Skinnerdir (1953). Skinnerning ko‘plab nazariyalari makraziy ko‘rish atrofida aylanadi, insonlar “to‘g‘ri javobgarliklar” yoki javobgarliklar, ya’ni potensiyal vaziyatlarda “to‘g‘ri javobgarliklar”ning (ba’zida “ta’sir etuvchi qobiliyat” deb aytiladi) dalili bo‘lib, ko‘rinishi orqali yaxshi o‘rganadilar. Torndikning “qonunning ijobiy ta’siri” (Torindik 1914)dan ilhomlanib, Skinner o‘zining “qonunni ijobiy tarizda mustahkamlash” deb nomlangan dasturini ishlab chiqdi. Dastur agar kattalarning hulq-atvori yoshlarga o‘rnak bo‘larli bo‘lsa,ular maktab o‘quvchilariga va ularning mukofotlash, o‘rnak qilib ko‘rsatish g‘oyasini ham o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda bunday mukofotlar “ahloqi uchun baho” jamoatchilik maqullagan va ijtimoiy imtiyozga ega bo‘lgan bir qancha shakillar tarkibiga kiradi.
Skinnerning nazariyasi nafaqat sinfxonasidagi yuqori darajada ijobiy ko‘tarinkilikning muhimligiga, balki o‘quvchilarning tashqi tarafdan qo‘yilgan maqsadlariga qadam ba qadam intilishlari uchun yuqori strukturaviy materiallardan foydalanishlariga ham urg‘u beradi. chunki Skinner xato qilish haqida quydagicha fikr yuritadi,tushkunlikka solish yoki istakni so‘ndirish, o‘quvchilarning o‘quv jarayonlariga xalaqt berishi xato, u bu kabi materiallar ehtimollikdan imkon qadar uzoq, xatolikdan holi bo‘lishining tarafdori. O‘ta strukturalashgan, “ssenariylashtirilgan” – o‘qituvchilar tilida oldindan belgilab qo‘yilgan va kamdan-kam sezilarli tarzda og‘ishgan dars shakli aniq belgilab qo‘yilgan qolipga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan buni keng tushinish mumkin, bugungi kunda muhokamali mavzu “an’anaviy” tarzda dars o‘tish, ya’ni o‘qituvchi boshlashi (bunga, masalan, belgilab olingan savollarni so‘rash yoki oddiy qo‘llanmani taqdim qilish), o‘quvchi javob berishi bo‘lib qolmoqda.7
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. YAgona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.


Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. SHaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. SHu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.


Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. SHu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Skinnerning ishiga tegishli ahloq nazariyalarini ta’lim olishi anchayin keng qismda o‘sib borishi (buni to‘laroq tushunish uchun Baver va Hilgerd 1981ga qarang) ekani shubxasiz tushurib qoldirilgan. Bu o‘quvchilar bilan ta’lim olishdagi qiyinchilik bilan ishlash doirasi (Slot-Baumen 1997 y. 49-sahifa) va muayyan sinf ahloqini boshqarish belgilangan. Maqolada hurbat, Skinner nazariyaisning aspektlari, muhim va, shubhasiz, eng e’tiborli qismi sifatida sinf amaliyotidagi “progressiya” (Devey 1938), hatto u g‘oyalarida anchayin “an’anaviy” metodlar bilan eksklyo`zi v musiqa qo‘llanilishini tez-tez aytib o‘tgan. Biz ta’kidlashimiz mumkinki, o‘quvchilarning nomuvofiq hulq-atvoriga nisbatan nihoyasiz va samarasiz jazolashlardan ko‘ra ularning o‘zini “muqobil” tarizda tutganini rag‘batlantirishni yoki Skinner tushunchasi, har qanday o‘quvchini o‘qitish programmasini qabul qilishdan oldin o‘qituvchi muhim ma’lumotlarni belgilab olishi lozim: bunda o‘quvchi avvaldan bilgan va qo‘llay oladigan bilmlar olqali “o‘quvchi faolligidagi o‘qish” bilan bog‘langan strategiya qo‘llaniladi.
Quyidagi qat’iy qoidalarni yaratish asosida umumiy praktikalar o‘tkazilganida hulq atvor, maqsad qo‘yish, imtiyozli baholar, o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan mukofotlar bilan taqdirlash, nomunosib xatti xarakat qilgan o‘quvchilar bilan ham ochiq oydin munosabatda bo‘lish va ijobiy ma’nodagi mukofotlar bilan taqdirlash va yordami tegmaydigan mujmal “yoriladigan” yoki “buzg‘unchi kabi iboralarni qo‘llashdan qochish” kabilarning barchasi Skinner nazariyasiga ko‘ra darsda bemalol o‘tirishni ta’minlaydi. Nazariyada o‘sib borayotgan umumiy amaliyot maktablarda “huquqlar va burchlar” siyosatining o‘rnatilishini ta’minlashi ham ko‘riladi, shunga ko‘ra o‘quvchilar “yaxshi ahloq” yoki akademik jarayon ta’minlanish davrlarida qisqa yoki uzun imtiyozlari bo‘lgan choraklarni qo‘lga kiritadilar.8
O‘quvchini tarbiyalashda kasb-hunar kollej etakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va kasb-hunar kollejdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, kasb-hunar kollejdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida, respublikada, o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘rgatish va ta’lim olishning ahloqiy aspektlari va podachi atamasiga Skinner nazariyasida muntazam murojaat qilganini ko‘rishimiz mumkin, u kognitiv-akademik ta’lim olish va rivojlanish bilan bog‘liqliq va pedagogika muammolari umumiy ma’noda juda sodda tushintirilishi bizga bir qarashdayoq hayvonot olamini o‘rgatishdagi sabr-toqatni esga soladi. (qo‘shimcha ma’lumot uchun Skinerning Pavlov bilan hamkorlikdagi Wood 1998 ahloq-odob nazariyasiga qarang)
YAqin vaqtlarda Skinnerning ko‘plab g‘oyalari taraqqiyotning nozikroq nazariyalari orqali ilgarilab ketdiki, ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro tabiati (quyida muhokama qilinadi) va o‘quvchilarga faqat qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq tajriba orqali bilm berishni ishlab chiqish kerakligiga urg‘u beradi. (Watkins 2009a, 2009b ga qarang)
Skinner nazariyasida muayyan maqsadlar akademik-kognitiv rivojlanish va ahloqni o‘z ichiga oladi:
Keng qamrovda ko‘rishni rivojlantirish, Skinner nuqtai nazariga qiyoslaganda xatolar qilish va ta’lim olishning muhim va fundamental aspektlarini tasvirlashda xatarlarga borish demakdir. (Havfni bartaraf etish tushunchasida xossalarning miqdori e’tirof etish va qabul qilish g‘oyasiga bog‘lanadi – balkim muhim – ta’lim olish jarayonidagi “omadsizlik”ni davom ettirish ta’lim bilan munozara qiladi. Bu sohada xilma-xil amaliyotchilarning fikr bildirishlarini ko‘rish mumkin Times Educational Supplement (Ta’limga qo‘shimcha vaqt)da “Ta’limning maqsadi nima?” 2011 yil 1 aprel 27-bet. Doun Holliyvon, masalan, o‘rta ta’limning amaliyot o‘qituvchisi bu bo‘limda tavakkal va omadsizlikni bog‘lagan, Piagerian tushunchalarining rivojlanishi va ta’lim olish bu bo‘limning ohirrog‘ida aks ettiriladiki, bolalarda ta’lim olishga “bilim olishga tabiiy qiziqiz” uyg‘otuvchi yondashuv tushuntiriladi. Tavakkal qilish, albatta, biznes yuritishdagi asosiy bo‘g‘in – biz bugun juda ko‘p eshitayotgan rag‘batlantirish: masalan, balki biroz boshqacha ijtimoiy agentliklar bazan ko‘rsatma va amaliyot doirasini “qamrab olmoqda”)
H
Тарбия жараёнининг яна бир хусусияти – бу унинг яхлит ҳолда тизимли ташкил этилишидир. Яхлитлик шундан иборатки, тарбия жараёнининг мақсади, мазмуни ва методларини бирлиги шахсни шакллантириш ғоясини амалга ошириш учун хизмат қилади. Бизга маълумки. Шахс маънавий-ахлоқий сифатларни навбатма-навбат эмас, балки яхлит тарзда ўзлаштира боради, шу боис педагогик таъсир ҳам яхлитлик, тизимлилик характерига эга бўлиши лозим.

atto talabalar ahloqini boshqarish masalasida Skinner nazariyasi qiyinchiliklarsiz demaydi, ayniqsa, bugungi kunda ko‘plab ustozlar ishlayotgan ko‘ptarbiyali sinflarda. Hususan, Skinner ishi madaniy masalalar ahloq bilan bog‘liqligiga e’tiborsiz qarashni tanqid qiladi va muntazam murojaatlar jazolarni va taqdirlashni o‘rgatishni sinfda teskari natija va qiyinchilikni ta’minlashi mumkinligi amalda isbotlangan. (Bu mavzudagi adabiyotlar bilan o‘quvchilar muammoni ko‘rib chiqishga chaqiriladi. Moore 1995 yilda xabar berilgan)va yana bir o‘rinda, ikki tilli o‘quvchi hurmat yuzasidan tanbih berilayotganda ko‘zini o‘qituvchidan boshqa tomonga olib qochgan va o‘qituvchi tomonidan qo‘pollik yoki itoatsizlikni ko‘rsatuvchi harakter deb izohlangani uchun ikki karra koyilgan. Misollarda qanday qilib ikki tilli talabalar tez-tez o‘quvchilarning mukofotga chaqirishlaridan yiqilishadi (oy ohirida to‘plangan ballar va hulqi uchun taqdirlanmalar e’lonida ikki tilli talabalar taqdirlanishlar olmagan bo‘ladilar), ular o‘z say-harakatlari bilan darslarni topshirishadi. Bunga sabab oddiy farqlardan ko‘ra noto‘g‘ri izohlanish Moore 1999a dan topishingiz mumkin va keyingi 4-bo‘limda muhokama qilinadi.


Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda gap ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va mukofotlashdan ko‘ra ko‘proq, deydi, o‘qituvchilar o‘zlari (Men termini 5-bo‘limda to‘laroq yoritilgan) namuna bo‘lishlari zarur. Bu “ahloq o‘ynini o‘ynash”ni istamayotgan o‘quvchilar – mehribonlik ko‘rsatilmagan yoki, ular ta’limda omadga erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan – bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik yordam taklif qiladi.9
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, sub’ekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qaram-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
U ndan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Bryunerning ishini boshqa bir ko‘rinishi bolalarning maktab muhitidan tashqarida va maktab hududida qanday bilim olishini ko‘rsatib beradi. Bruner tarbiya va ta’lim olishning hususiyatlarini tadqid eta boshladi. Natijada tadqiqot tobora siyosiylashib bordi. Biz Brunerning so‘ngi ishlarida uning tarbiya va ta’limni ko‘pincha siyosiy yo‘l bilan tadqiq qilganini ko‘rishimiz mumkun. 1996 yilda yozilgan “Ta’lim va tarbiya” kitobida Bruner o‘z ishlarini na’zariy sayohat atamasi sifatida tasvirlaydi. Bu atama bir xil tarixiy davr mobaynida ko‘p sonli maktab o‘qituvchilarini jamlaydi deyish mumkin. Bu sayohat Piadget va Vigotskiyniki kabi Brunerning ishi bilishning quyosh va intrafizik jarayonlari kabi pedagogikada ham muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon bolalarni maktabda ta’lim olishlariga tarbiyaning qay darajada ta’sir etishini isbotlangandan so‘ng jadal ravishda rivojlandi. Ayniqsa, bu kashfiyot tufayli kuch ishlatish, rasizm va ajratish (separatizm) larning bolaning ruhiy va aqliy rivojlanishiga ta’siri yoritildi. Kashfiyot tufayli yana bir narsa ma’lum bo‘ldiki, Brunerning tahlili tufayli bolaning aqliy, kognitiv linguistik rivojlanishi nafaqat uning mustaqil rivojlanishiga balki atrof muhit ya’ni ijtimoiy sharoitlarga ya’ni bola o‘sib ulg‘ayayotgan muhitga ham bog‘liq ekanligi isbotlandi. SHu nuqtai’ nazardan Bruner Piajeni tanqid qildi.
Brunerning tushunchalarini Walters yaxshi baholadi.(2011) “Ko‘pgina yoshlarimiz haligacha kuch va siquv ta’sirida yashamoqdalar. Ba’zigi bolalarimiz esa maktablarida xattoki kattalar ham ha li ko‘rmagan muomila va kunlarni ko‘rmoqdalar. Hattoki, shunday bolalarimiz ham borki ular hamisha tahqirlangan, ahamiyatdan chetda qolgan va be’etibor qoldirilgan. Ularning hammasi hamisha mufaqqiyat qozonishga loyiqdirlar. Ularni har birini rivojlantirish maktablarining vazifasimi yoki milliy dasturlar yaratish ma’qulmi?
Valterning javobida bolaning bilim olishida qisman bo‘lsa ham mufaqqiyat qozonolishi uchun dasturning ahamiyati kattaligi keltirib o‘tiladi. Brunerning ta’lim jarayonida kuch ishlatilishi va tarbiya ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari 1970-yillardayoq o‘z ifodasini topgan edi.
Uning “Kuch va bolalik” kitobida masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq va kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. YUtuqlar esa juda kam va unchalik ahamiyatsiz, biri ichkarida turadi va biri nima qila olsa o‘shani oladi. Tuzumga qarshi chiqish undan foydalanishga olib keladi.(Bruner, 1972) bunday tushunchalardan keyin bruner kuchsizlik to‘g‘risidagi alohida loyihani taqdim qilishga muhtoj edi.
Brunerning fikricha ta’limning ijtimoiy madaniy konteksti Piajening introfizik nazariyasidan ham ko‘ra ko‘proq kerakligi ya’ni o‘qutuvchilar uchun universal ta’lim berish orqali rivojlanishdan ko‘ra, ko‘proq o‘qituvchining turli usullari yoki mustaqil madaniy tajribalar yashash tarzi tufayli samarasiz ekanligini ko‘rsatib turadi.
Oila–ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik xilma-xil va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta to`zi lmasidir.
Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, uni sof ta’lim-tarbiya jarayonlari maskani ham deb atash mumkin.
Oila– jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor bo‘lsa, farzand deb atalmish ulug‘ va bebaho ne’mat bor. Har qaysi ota-ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-umidlar bilan yashaydi, o‘z dilbandining sog‘lom va baquvvat, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan, ma’naviy boy, Vataniga sodiq va fidoyi, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi.
Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. Komil insonni voyaga etkazishda oila va jamiyatni o‘rni uni tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, odob-axloq qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi va amalda tadbiq qiluvchi ota– onaning faoliyatidir. Umuman olganda, oila va uning mohiyati, oilaning har tomonlama ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi–milliy iftixor, uning jamiyat negizi ekani, oila ichidagi oila kamolotini ta’minlash singari muammolarni tadqiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda etkazish shu kunning dolzarb vazifasidir.

O ILANING HUQUQIY ASOSLARINI BILASIZMI ?


Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda oila va uning bilan bevosita bog‘liq masalalar qonun yo‘li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. CHunki u jamiyatning ajralmas bir bo‘lagidir. Bundan jamiyat va oila dialektik birlikni tashkil qiladi degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Oila huquqining asosiy manbai O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyaning XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-64-65-66 moddalari oilaning huquqiy kafolatlariga ajratilgan bo‘lib, 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” deyiladi.



Оила ҳуқуқининг асосий манбаи, кенг камровли оила қонунчилигининг негизи Ўзбекистон Республикасининг Оила Кодексидир.

1998 yil 30 aprelda Oliy Majlisning XII sessiyasida umumxalq muhokamasidan so‘ng «Oila Kodeksi» ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi,qator yillarni shu masalaga bag‘ishlanib davlat dasturlarining qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq etilib kelinayotganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturda xuddi mana shu masalaga alohida urg‘u berilgan.


YA’ni:
-“oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi:
-jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va sog‘lom turmush tarzini ta’minlovchi;
-bolaning fe’l-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;
-hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir”, deyiladi.
-
Oila davlat qaramog‘ida bo‘lar ekan, unda albatta onalar ijtimoiy muhofazasi masalasini hal etmoq lozim.
Huquqiy jihatdan kafolatlangan oila o‘z burchlarini ham unutmasligi lozim. SHulardan eng asosiysi, oilani yaxshi oila qilib ko‘rsatuvchi fazilatlardan biri– farzandlarni oila qurishga tayyorlashdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash-oilalarning mustahkamligini ta’minlashning muhim shartidir. Oila poydevorining mustahkamligi-jamiyat poydevori va binosini puxta qilib qurishni ta’minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligi va barqarorligining negizidir. Zero, “oila farovonligi milliy farovonlik asosidir”.10
Respublikamizda oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan quyidagi yo‘nalishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda:
-oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
-oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, oila a’zolarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun imkoniyatlarni yaxshilash;
-oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
-oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini
takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- oilaning sog‘lom, aql zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
-oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish.
Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy – maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy–axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash zamirida oila, onalikva bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Oliy Majlisning XII sessiyasida yangi mazmundagi “Oila Kodeksi” qabul qilindi.
Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan biri hisoblangan inson huquqlari shu jumladan, oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini muhofaza etuvchi maxsus tizim yaratildi. (Inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Ombudsman instituti, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, yuridik universiteti huzuridagi huquqiy targ‘ibot Markazi va h.k. tashkil etildi).
O‘zbekiston hukumati mamlakatimiz oilalari, xotin-qizlari va bolalarining huquq va manfaatlarini xalqaro huquq normalari doirasida himoya etilishini ta’minlash maqsadida o‘nga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlarni ( Konvensiya, Deklaratsiya, pakt va b.q) ratifikatsiya qildi.
Uchinchidan, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy – maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, qarovchisini yo‘qotgan nochor oilalarni, nogiron, etim-esirlar, yolg‘iz keksalar, bemorlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilada jamiyat talablariga mos komil insonlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar butun dunyo xalqlarining diqqat–e’tiborida bo‘lmoqda.
To‘rtinchidan,Respublikamiz Birinchi Prezidenti tomonidan ayolsiz oila, oilasiz davlat va jamiyat bo‘lishi mumkin emasligi amaliy isbotini topdi. Oilaning tinch totuvligi, mustahkamligi, barqarorligi va farovonligi davlat va jamiyatning taraqqiyotida asosiy omil ekanligi keng jamoatchilik tomonidan yangicha munosabat asosida tan olindi.
Beshinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 1998 yilni “Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili” deb e’tirof etilishi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy etilganligi, ayni bir vaqtda bironta mamlakatda yoki Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazi va uning quyi bo‘limlari tashkil etilganligi oila, onalik va bolalik manfaatlarini nafaqat huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish, balki ilmiy-amaliy nuqtai-nazaridan o‘rganish va olg‘a surilgan g‘oyalar asosida oilalarni har tomonlama farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar debochasidir.
Oltinchidan, davlat xizmati tizimiga oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etish masalalari bo‘yicha maxsus shoxobcha kiritildi. YA’ni, Birinchi Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi Farmonlariga binoan Respublika xotin–qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosarlari maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyatlari kiritilib, faoliyat ko‘rsata boshladi.
E
Оилада оиланинг ҳар бир аъзосини қонунларга итоаткорлик руҳида тарбиялаш, ҳар бир шахсда қонунга ҳурмат туйғусини шакллантириш учун оила, маҳалла, мактаб ва мутасадди ташкилотлар ҳамкорлиги механизмларини яратиш ва уни амалиётга тадбиқ этилишини қатъий таъминлаш ҳуқуқий демократик жамиятнинг ҳуқуқий маданиятли фуқароларини тарбиялашнинг муҳим омилидир.

ttinchidan, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim mezonlaridan biri jamoat to`zi lmalari va fuqarolarning o‘zini–o‘zi boshqarish organlari faoliyatlarini kuchaytirish, ularning vakolatlarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayotgan bir vaqtda, aynan oila, xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini muhofaza etuvchi o‘ndan ortiq jamoat tashkilotlari dunyoga keldi.


O‘tgan qisqa vaqt mobaynida oilaning muqaddasligini ta’minlash borasida erishilgan ushbu yutuqlar negizida mamlakatimiz buyuk kelajagining poydevorini mustahkamlash va uning taraqqiyotiga ishonch yotibdi.
SHuningdek, barcha bosqichlardagi FXDYOlar qoshida nikohga kirayotgan yoshlar uchun “Oila dorilfununi”maxsus kursini joriy etish ularni oilaga tayyorlashda muhim rol o‘ynashi tabiiydir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida “Oila ma’naviyati”, maxsus o‘quv kursi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘lajak ilmiy-pedagogik kadrlar uchun “Oila maf ko`rasi” o‘quv kurslari tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda hozirgi kunga qadar Oila davlat himoyasida, bu bejiz emas albatta. Respublikamiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlari qabul qilindi. Oila nima uchun jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi?
CHunki insoniyatning paydo bo‘lishi, oilalarning vujudga kelishi, ularni qadriyat sifatida himoya qilish zamirida jamiyat tashkil topgan. Oilalarning har tomonlama mustahkamligi, tinch-totuvligi jamiyatning barqarorligini ta’minlaydi SHuning uchun oilani jamiyatning asosiy va tayanch bo‘g‘ini ekanligini qo‘yidagilar bilan izohlash mumkin: Insondagi barcha insoniy fazilatlarning poydevori oilada tarbiyalanadi. SHaxs esa jamiyatning bir bo‘lagi sifatida oilada olgan hayot falsafasini jamiyat taraqqiyotiga tatbiq etadi, o‘zining bor qobiliyati,imkoniyati,tarbiya qirralarini millat, xalq, mamlakat, jamiyat ravnaqi uchun safarbar etadi.
Amalga oshirilayotgan bunday ta’lim-tarbiyaviy ishlar zamirida har bir fuqaroni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oliy majlis tomonidan qabulqilingan Qonunlar, Vazirlar mahkamasining qarorlari va Davlat dasturlari, xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini bilish va ularga hayotda amal qilishga o‘rgatish, mamlakatimiz va dunyo mamlakatlari siyosiy hayotidan voqif etish, yashashga o‘rgatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3fevral “Mahalla institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 4944-son qarori bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ilarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar namunaviy nizomlarining tasdiqlanishi ushbu ijtimoiy to`zi lmaning jamiyat oldidagi mas’uliyatini yana bir bora oshirdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila byudjetiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda.

O ILANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARINI BILASIZMI?


Oilaning o‘ziga xos huquq va majburiyatlari mavjud bo‘lib ularni bajarish har bir oilaning muqaddas burchi hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda ular qo‘yidagicha tasnif etiladi: tabiiy-biologik; reproduktiv; moddiy-iqtisodiy; huquqiy-qonuniy; axloqiy-ma’naviy; o‘zaro kommunikativlilik.
Oila mazkur vazifalar asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir.
Oilaning tabiiy-biologik vazifasi- balog‘at yoshida yigit va qiz albatta turmush qurushi, o‘z naslini davom ettirishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Fiziologik ehtiyoj natijasida farzand dunyoga keltirish,tarbiyalash va voyaga etkazish ya’ni nasl qoldirish (farzand dunyoga keltirish va tarbiyalash) dan iboratdir.
Oilaning moddiy-iqtisodiy munosabatda–uy-ro‘zg‘orni moddiy tomondan ehtiyojlarini ta’minlash boshqarish, mulkiy munosabatlarni ta’minlashdan iboratdir.
Huquqiy-qonuniy -oila qonuniy nikoh asosida quriladi. SHunda uning huquq va manfaatlari davlat tomonidan himoya etilishi kafolatlanadi.
Axloqiy-ma’naviy munosabatda esa oila ma’naviy qadriyatlar asosida shakllanishi, rivojlanishi hamda mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Ota-onaning bir-birlari shuningdek, farzand oldidagi burch va mas’uliyatlari, farzandning ota-ona hamda oila oldidagi huquq va majburiyatlari axloqiy-ma’naviy asosda amalga oshirilmog‘i zarur.
O
Оиланинг ҳиссий-эмоционал функцияси – бу унинг ўз аъзолари ўртасида муайян илиқ муносабатларни сақлаш, улар ўртасида меҳр-оқибат, ўзаро ғамхўрлик, бир-бирини қўллаб-қувватлаш, севиш, севилиш каби қобилиятини намоён этишидир. Бу оила учун жуда муҳим бўлиб, инсоннинг руҳий саломатлиги айнан шу вазифани қандай бажараётганлигига боғлиқдир. Оиланинг маънавий-психологик муҳити соғлом деганда, аслида ана шу аъзолар ўртасидаги илиқлик, самимият, ўзаро бағрикенгликнинг мавжудлиги, меҳр-оқибат каби инсоний ҳиссиётларнинг ижобийлиги тушунилади.
В.Каримова
‘zaro kommunikativlilik asosida oila a’zolari bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar, bir-birlariga tarbiyaviy ta’sir etadilar, atrof-muhit, jamiyat bilan aloqaga kirishadilar. SHu asosda o‘z-o‘zlarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, nazariy-amaliy jihatdan jamiyat talablariga mos rivojlantirib boradilar. Ta’lim va tarbiya vazifasi- ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga etishini ta’minlashlariga bog‘liq. CHunki, oila – nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib etishishlari, jamiyatga foydasi tegishi uchun qayg‘uradi.

SHu bois, sharqda oila barcha fuqarolik jamiyati institutlari ichida eng muqaddasi, eng ulug‘i, eng muhimi ham - oila instituti hisoblanadi. SHuning uchun ham mamlakatimiz mustaqilligi yillarida oila,onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, oila institutini mustahkamligini ta’minlash,oilada komil insonlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash masalasi hukumatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor masalalaridan biriga aylandi. Uni har tomonlama muhofaza etishning huquqiy asoslari yaratildi. YUqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga pedagogik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi, farzandlarining komil bo‘lib etishishlarini ta’minlaydi.



ОИЛАНИНГ ВАЗИФАЛАРИ



Репродуктивлик

Нуклеарлик

Иқтисодий-молиявий хўжалигининг фаолиятини тўғри юритиш

Оиланингкўп
бўғимлилиги

Тарбия

Коммуникатив
лик



Оиланинг яна бир ўзига хос хусусияти, унинг нуклеарлигидир. “Нуклеар” лотинча сўз бўлиб, ядро деган маънони англатади. Эр-хотин ва болалардан иборат бўлган оила нуклеар оила деб аталади.
Эр-хотин ва болалардан иборат бўлган оила нуклеар оила деб аталади.

Оила жамият, табиат қонун – қоидалари асосида барпо этилса ва яшаса-да, оиладаги эр – хотин, ота – она ва фарзандлар, қайнона – қайнота, қайин ука ва сингиллар ўртасидаги ўзаро муносабатлар, оила анъаналари ва қадриятлари борасида мустақил макон бўлиб қолаверади.

Оиланинг ўзига хос қатор вазифалари мавжуд бўлиб, унинг асосий вазифаларидан бири - репродуктивликдир, яъни фарзанд кўриш, авлодлар давомийлигини, ер юзида инсоният тарихий–тараққиётини таъминлашдан иборатдир.




Оиланинг энг муҳим вазифаларидан бири - тарбия ҳисобланади. Оила - тарбия маскани. Айнан шу масканда дунёга келган фарзанд ота-онадан нафақат ирсий хусусиятларини олади, балки улардаги хатти-ҳаракат, ахлоқ-одоб қоидаларини ҳам эгаллаб боради Боланинг ақлий, ахлоқий, эстетик, иқтисодий, экологик, жисмоний, маънавий, гигиеник, жинсий тарбиясида оила асосий омил ва восита ҳисобланади. Бу ўринда ота-она-санъаткор, бола-санъат асари, тарбия жараёни эса санъатнинг ўзидир.

Оиланинг вазифаларидан яна бири иқтисодий-молиявий хўжалигининг фаолиятини тўғри юритиш ҳисобланади. Катта жамиятнинг ўз иқтисодий, ижтимоий, молиявий масалалари бўлганидек, оиланинг ҳам ўзига яраша иқтисоди, бюджети, кирим-чиқими, даромадлари каби ўзига хос молиявий жиҳатлари мавжуд.





Жамиятни барқарорлигини таъминлашда: оилалардаги ижтимоий-иқтисодий фаровонлик барқарорлик, тинч-тотувлик, соғломлик,наслий тозалик, меҳнатга онгли муносабат, оилапарварлик, ватанпарварлик, бола тарбиясига масъулиятлилик, болаларнинг истеъдод ва қобилиятларини қўллаб-қувватлаш,рўёбга чиқариш, оиланинг анъаналари,урф-одатлари ва расм-русумларига садоқатлилик, толерантлилик, оила манфаати учун фидойилик, оила шаънини ҳамма нарсадан устун қўйиш,ҳимоя қилиш, оила аъзоларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларига қатъий риоя этиши, маънавий етуклилик, оила аъзолари ўртасидаги ўзаро ҳурмат ва эҳтиром, ва бошқа мезонлар муҳим рол ўйнайди.

Oilaning barkamol shaxs tarbiyasidagi vazifalari


Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uning poydevori asosan oilada qo‘yiladi.
Tarbiya jarayonida bolaning ongigina emas, balki xis-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun bolaning ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Oilada tarbiya jarayoniga ota-ona rahbarlik qiladi.
U bolaning faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.”11 (Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. 38-b.)
Tarbiya-ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Herbert Spencer - ingliz olimi “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o‘z ichiga olishi kerak” - deb yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg‘ayishiga bog‘liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi. O‘zining "Butun shaxsni rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko‘rsatib o‘tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi.12(The elements of teaching. Jems M. Banner. Gardners Books.)



Оила тарбияси деганда ота-она, оиладаги катта кишилар, бува ва бувилар, ака-опалар ва шу кабилар томонидан болаларнинг тўғри, миллий ахлоқ-одоб нормалари асосида тарбияланишини тушуниш лозим. Зотан, болаларнинг келажакда қандай инсон бўлиб етишиши ота-она, ака-опа ва бошқаларнинг ўзаро муомала–муносабатлар, хулқ-атворига, тартиб-интизомига бевосита боғлиқдир. Халқимиз: “Қуш уясида кўрганини қилади” деб бежиз айтмаган.
О.Мусурманова



Оила тарбиясида ҳикмат (фалсафий-педагогик йўналишлар) кўп. Янги ўтказилган ниҳолни тўғри ёхуд эгри ўсиши боғбон меҳнати ва маҳоратига боғлиқдир. Эгри ўсаётган ниҳолнинг қаддини ростлаб қўйилмаса, у нотўғри ривожланади. Янги туғилган гўдак тарбияси билан ўхшашлик мавжуд. О.Мусурманова

Oila tarbiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning bir-biri bilan bog‘liq tarkibiy qismlari mavjud. Mazkur tarkibiy qismlar yaxlit tarzda bola shaxsida shakllantiriladi. Ularni quyidagicha tasnif etish mumkin.






ОИЛАДА ТАРБИЯ ТАМОЙИЛЛАРИ


q


Oilada aqliy tarbiya. Oilada aqliy tarbiyani shakllantirishda bolalarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan maqsad yo‘lidagi faoliyat tushuniladi. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida bolalarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan xabardor etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir.
B
Оилада ахлоқий тарбия. Оилада ахлоқий тарбияни шакллантириш кундалик ишларимизга ва онгимизга актив таъсир кўрсатиб, жамият номидан яхшилик билан ёмонлик, зулм, адолат билан адолатсизлик ўртасидаги ва инсоний муносабатлардаги мақбул ва номақбул, ман этилмайдиган ва ман этиладиган ишларни, хатти-харакатларни белгилаб беради. Ахлоқий тарбиянинг вазифаси жамоатчилик ахлоқи, инсонпарварлик ахлоқи, фаол таъсирчан ахлоқни таркиб топтиришдан иборат.
ola dunyoqarashi uning fundamental tushunchalaridan shakllanadi. Mazkur tushunchalar asosida bola shaxsiyati va hatti-harakatlari tashkil topadi, aniqlanadi va bolaning borlig‘i belgilanadi. Bunday tushunchalar o‘ziga xos bo‘lgan hayotga qarash prizmasini yaratadi va har bir inson o‘zi yaratgan prizmasi orqali xayotga, atrofidagi hodisa va narsalarga qaraydi. SHuning uchun ham bolaga ijobiy tushunchalarni singdirish lozim, qaysiki unga hayotdagi har bir echimi yo‘q bo‘lib ko‘rinayotgan muammolar bolaning ichki kechinmalari orqali sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga yordam beradi. Bolalar ham kattalar singari muammo yo‘qligiga, faqatgina imkoniyat borligiga to‘laqonli ishonganidagina katta yutuqlarga erisha oladilar. Bolalar o‘zlari uchratgan har bir muammo va masalaning echimi borligini anglashlari ular ruhiyatini ko‘taradi va yangi cho‘qqilarni zabt etishlariga turtki bo‘ladi. Undan tashqari, agar bola masalaga ijodiy yondashsa, u ushbu masalaning bir qancha echimi borligiga amin bo‘ladi. Farzandimizga masala echimini topishda tashabbus va ijodkorlikdan cho‘chimasdan harakat qilishni o‘rgatishimiz lozim. O‘z bolalarimiz kuchi, mahorati, tashabbuskorligi va aqliga ishonib, ularga masala echimlarini mustaqil ravishda topishga imkoniyat berib biz ularga o‘zimiz tomonimizdan eng qimmatli narsani bergan bo‘lamiz.13 (Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching.

Axloq normalari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat normalariga zid hatti-harakat axloqsizlik xarakati deb qaraladi. SHunisi ham borki, xuquq majburiy bo‘lsa, ahloq ixtiyoriydir. Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Ahloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun ko`rashiladi. (Best Books for Teaching. Gardners Books. 95-b)
Oilada jismoniy tarbiya. Oilada jismoniy tarbiyaning vazifasi bolalar tanasidagi barcha a’zolarni tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iboratdir.
Oilada ekologik tarbiya. Atrof muxit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’sirini, tabiat va uning ahamiyatini, tabiatga muhabbatni rivojlantirish, o‘z shahrini, qishloq va mahallasini ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muxit muxofazasi, bunda bolalarning vazifalari tabiatni muxofaza qilishda ota-onalarini namunalari, oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e’zozlashga o‘rgatish, tabiatga ongli munosabat jarayonida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, yoshlarning ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirishdan iborat.
Oilada iqtisodiy tarbiya. Oilada bolalarga tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Zotan, pul, molu dunyo oila iqtisodining negizini tashkil etadi. Iqtisod atamasi “uy xo‘jaligi” ma’nosini anglatadi. Demak, oila iqtisodi- uy-ro‘zg‘or yuritish haqidagi bilim, malaka va ko‘nikmalar yig‘indisidan iboratdir. Abdulla Avloniy ta’rifiga ko‘ra “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytiladur”[1]. “Pulu davlati ko‘p bo‘lgan inson boy emas, balki iqtisodchi inson boydir”. Oila iqtisodini shakllantirishda, uni boshqarish va nazorat qilishda oilaning har bir a’zosining o‘z o‘rni va o‘z ulushi mavjud. Oila iqtisodini rejalashtirmasdan turib, mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shish mumkin emas.
O
Чет эл олимларидан Скот Барменнинг фикрига кўра мотивация 4 та асосий категориядан иборат:
1. Фаолиятнинг ўзидаги қизиқишдан келиб чиқадиган холат– ички мотивация.
2. Бошқа одамларни ҳурсанд қиладиган холат ёки вазифа – ижтимоий мотивациядир.
3. Ютуқ мотивацияси – бунда бошқалар билан рақобатлашиш мақсадида вазифаларни яхши бажариш.
4. Кўмакчи мотивация – бунда мотивация рағбатлаш ёки жазолаш орқали пайдо қилинади. (Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. 26-b.)


ilada mehnat tarbiyasi. Bolalarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatish, hayotga tayyorlashdir. Bunda yoshlar xalq va Vatan manfaati yo‘lida mehnat qilishlari va bunga zaruriy ehtiyoj sezishlari tarbiyalanadi. Mehnat tarbiyasida umumiy va ijtimoiy foydali mehnat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish turlari farqlanadi.

Oilada huquqiy tarbiya. Tarbiyalanuvchilarning (bola) huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirib, ularga to‘liq rioya etish ko‘nikmasini hosil qilish. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bolalarga davlat Konstitutsiyasi haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Oilada tarbiya natijalarining samaradorligi bolalarga nisbatan motivatsiyaga bog‘liqdir.




Ҳикоя, тушунтириш, ўқитиш, маъруза, ахлоқий (маънавий) сухбат ва бахс.

Педагогик талаб, ўргатиш, машқ қилиш, тарбияловчи вазифалар, мусобақа, жамоатчилик фикри, намуна кўрсатиши.

Рағбатлантириш: маъқуллаш, кўнгилни кўтариш, далда бериш, ишонч билдириш, қайд қилиш, оғзаки ёки ёзма ташаккур билдириш, мукофатлаш: жазолаш: танбех бериш.

Maqtov. Maqtov va jazo rag‘batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyaning alohida olingan shaxs xulq-atvoriga ijobiy baho berishidir. Bola tarbiyalanishida maqtovning o‘rni muhimdir. Jamoa o‘zining u yoki bu a’zosini rag‘batlantirishi bolaning ijobiy xulq atvorini yoki ayrim hatti – harakatlarni mustaxkamlaydi. Maqtov bolani ijobiy xislatlarini tarkib toptirishda yordam beradi. Lekin maqtov ayrim hollarda bola xissiy rivojlanishini tezlashtirib yuboradi, unda manmanlik, xotirjamlik tuyg‘ularini keltirib chiqaradi.


Jazolash. Jamoa bolaning axloqidan uning ishga munosabatidan muomilasidan mamnun bo‘lmasa, bolaga o‘z xulqini tuzatib olishda yordam ko‘rsatish uchun jazolash usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham bolaning xulq atvorini yo‘lga solib turadi, hamda uning o‘zini noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi.14 (Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. Jelf Helstead. 83-b.)
Brunerning “Kuch va bolalik” kitobida masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq va kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi” (Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. Jelf Helstead. 23-b.)

ОИЛАДА ТАРБИЯ ЖАРАЁНИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ВОСИТАЛАР
Ўйин, ўқиш, жисмоний меҳнат, спорт ва бошқа фаолият турлари. Бундан ташқари тарбия жараёнида турли предметлар, моддий ва маьнавий маданият намуналари, ахборот ҳамда техник воситалардан ҳам тарбия воситаси сифатида фойдаланилади. Чунончи, кўргазмали, ўқув қуроллари, бадиий-илмий адабиётлар, саньат асарлари, радио, телевидение, компьютер, магнитафон, слайд, шунингдек, оиладаги катта ва кичик ёшдаги шахслар билан мулоқот ҳам тарбия воситаси бўлиб хизмат қилиши мумкин.
Тарбия воситаларидан фойдаланиш доимо унга мувофиқ келувчи тарбия методларидан фойдаланишни тақозо этади, чунки улар ёрдамида онг, ҳис-туйғу, хулқ-атвор таркиб топтирилади.




Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish