3.3.Xalqaro turizmni rivojlantirishda xayot xavfsizligini ta’minlash
masalalari
Quyidagi jihatlar ham turizmdagi xavfsizlik masalalariga kiradi:
- marshrut, tur toifasi turistlarning tayyorgarligi darajasiga muvofiqligi (agar
sport, safar, sarguzasht turlari to‘g‘risida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa). Bir qancha
marshrutlarga turistlar faqat sayohat qilishga moneliklar yo‘qligi to‘g‘risida tibbiy
ma’lumotnoma taqdim etgan taqdirda qo‘yiladi (masalan, Kamchatkadagi
«Dzenzur vulqoniga chiqish» turi);
- turistlarni marshrutda kuzatib boradigan gidlar, instruktorlar malakasining
yuqoriligi (tasodifiy, tayyorgarliksiz shaxslar turistlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi);
40
- turistlar harakatlanadigan xavfsiz trassalarni, shuningdek ular to‘xtaydigan
joylarni lozim darajada jihozlash.
Turistik firmalar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun bu muhim
muammolarni hal qilishlari lozim. Turizm sohasida sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi
kompaniyalar xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlariga o‘z mablag‘larini
joylashtiradilar. Masalan, turistlar yo‘qolishining oldini olish uchun sayohat
marshrutlarida turistlarni radiostansiyalar bilan ta’minlaydilar. Lekin bu maxsus
qutqarish hamda turistlar xavfsizligini ta’minlash xizmatlariga bo‘lgan talabni
bekor qilmaydi. MDHning aksariyat mamlakatlarida bunday nazorat-qutqarish
xizmatlari (NQX) barcha faol turizm mintaqalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Terrorizm – mehmondo‘stlik sanoati to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga monelik
qiluvchi bosh omil. Toki davlat mazkur tahdidni bartaraf etish yoki kamaytirishga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmas ekan, turizm to‘laqonli rivojlana
olmaydi. Masalan, 2000 yilning yozida Filippinda germaniyalik turistlarning
garovga olinishi mazkur mamlakatga Germaniyadan keluvchi turistlar oqimi 79%
ga kamayishiga olib keldi. Jazoirda islom aqidaparastlari tomonidan chet elliklarga
ov uyushtirilishi nomusulmon mamlakatlaridan bu yerga keladigan turistlar
oqimini deyarli yo‘qqa chiqardi. 90-yillarning o‘rtalarida Pokistonda amerikalik va
yevropalik sayohatchilarga qarshi uyushtirilgan terroristik aktlar ham milliy
iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. Isroilda mehmonxonalarning 25% ga ham
to‘lmayotgani mamlakatdagi notinch vaziyat bilan bevosita bog‘liq. Turistlar hatto
mamlakatning nisbatan tinch hududlariga borishga ham qo‘rqadilar. Turistlar
bo‘lmasa, korxonalar faoliyati to‘xtaydi, sanatoriylar va mehmonxonalar yopiladi,
byudjetga tushum kamayadi, infratuzilma rivojlanmaydi, ijtimoiy vaziyat
keskinlashadi. Vaholanki, turizm mamlakatga davlat yalpi daromadining 4% ni
keltiradi. Isroildagi turistik mahsulotlarni chet elda targ‘ib qilishga davlat
byudjetidan ham, manfaatdor xususiya kompaniyalar hisobidan ham katta
mablag‘lar sarflanadi.
Misrda huquqiy tartibot organlari jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni nazorat
qilishga intiladi va chet ellik turistlarga qarshi har qanday harakatlarni o‘sha zahoti
41
to‘xtatadi. Rossiya ham terrorizm turistik infratuzilmaning rivojlanishiga to‘sqinlik
qilayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Tabiiyki, bu huquqiy tartibot organlarini
eng qattiq choralar ko‘rishga majbur qilmoqda. Boshqa tomondan, bir qancha
kurortlar Kavkazning «qaynoq nuqtalari»da joylashgani bu yerda turizm hajmini
kamaytirmoqda. O‘zbekiston faol turistik faoliyat zonasiga kirmasa-da,
Afg‘oniston va Tojikiston singari siyosiy va jinoiy jihatdan notinch davlatlar bilan
qo‘shnichilik potensial haridorlarning mamlakatga bo‘lgan qiziqishini
so‘ndirmoqda. AQShdagi 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Afg‘onistonda
boshlangan antiterroristik operatsiya ham turistik oqimlar hajmida aks sado berdi:
ayrim baholashlarga qaraganda, ularning hajmi oldingi yilning shu davridagiga
qaraganda ancha qisqardi.
Sayohat mamlakatidagi siyosiy va kriminogen vaziyat, mahalliy aholining
chet elliklarga munosabati haqida turistlarga axborot berish O‘zbekiston
fuqarolarining chet elga chiqishini ta’minlovchi turistik korxonalarning bosh
vazifasidir. Bunda davlat tashkilotlari, xususan, Tashqi ishlar vazirligi muhim rol
o‘ynashi lozim. Masalan, AQShda Davlat departamenti dunyoning siyosiy jihatdan
notinch mintaqalari haqida amerikaliklarga axborot beradi va zaruratsiz bu
mintaqalarga tashrif buyurmaslikni maslahat beradi.
Xavfsizlik – hayot va sog‘liqni qo‘riqlashga qaraganda kengroq tushuncha.
Bu shaxsni sayohat vaqtida chiqishi mumkin bo‘lgan barcha mojarolar va
ko‘ngilsizliklardan himoya qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar tizimidir; u
turistning mol-mulki, boyligi, bagaji, buyumlari va boshqa anjomlarini qo‘riqlash
sxemasini ham o‘z ichiga oladi.
Masalan, bir qarashda oddiy tuyuladigan vaziyatni
olaylik: o‘zbekistonlik biron-bir mamlakatda 220 V kuchlanish va 50 Gs
chastotaga mo‘ljallangan elektr uskuna (elektr ustara, fen, uyali telefon va h.k.)dan
foydalanadi, vaholanki, bu standart ayrim mamlakatlarda amal qilmaydi. Turli
mamlakatlarda qanday elektr ta’minot tizimlari amal qilishini ko‘rib chiqamiz:
- Avstraliyada elektr tarmoq kuchlanishi 240
250 V, o‘zgaruvchan tok
chastotasi 50 Gs; shtepselli rozetkalar uch uyali; Yevropa va Osiyoda ishlab
42
chiqarilgan elektr asboblardan foydalanish uchun kuchlanish adapterlari va
tarmoqqa ulash o‘tkazgichlari talab etilishi mumkin (ularni Avstraliyada ham sotib
olsa bo‘ladi);
- Andorrada tarmoq kuchlanishi 240 V, 50 Gs;
- Braziliyada elektr kuchlanishi turli shtatlarda har xil, xususan, Rio-de-
Janeyro va San-Pauluda elektr kuchlanishi 110 yoki 120 V, Salvador va Manausda
– 127 V, Resif, Brazilia va boshqa ko‘pgina shaharlarda – 220 V; shtepselli
rozetkalar ham har xil: ikki yoki uch uyali;
- Buyuk Britaniyada elektr kuchlanishi 240 V, bunda elektr ustara, fendan
foydalanish uchun uch shtirli vilka talab etiladi;
- Venesuelada elektr kuchlanishi 120 V, 60 Gs (Valensiyada – 50 Gs),
vilkalar – ikki yoki uch shtirli;
- Dominika Respublikasida tarmoqdagi kuchlanish 110 V, tok chastotasi 60
Gs; yassi rozetkalar uchun adapterlar kerak;
- Indoneziyada tarmoqdagi kuchlanish 220 V (Bali orolida – 220 i 110 V),
elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin;
- Irlandiyada standart elektr kuchlanishi 230 V (50 Gs), elektr rozetkalar uch
uyali, o‘tkazgich zarur;
- Ispaniyada tarmoqdagi kuchlanish 50, 100 va 220 V;
- Keniyada kuchlanish 240 V, rozetkalar inglizcha standartga mos, agar
vilkalar to‘g‘ri kelmasa, qabul qilish va joylashtirish xizmatida adapterlar bor;
- Kiprda tarmoqdagi kuchlanish 240 V, 50 Gs;
- Kubada tarmoqdagi kuchlanish 110
120 V, 60 Gs; yassi rozetkalar uchun
adapterlar zarur;
- Kosta-Rikada tarmoqdagi kuchlanish 110 V, mehmonxonalarda odatda
Yevropa standartiga mos rozetkalar o‘rnatiladi. Bizda ishlab chiqarilgan elektr
uskunalar uchun o‘tkazgichlar kerak;
- JARda tarmoqdagi kuchlanish 220-250 V, lekin videokamerani zaryadlash
moslamasi va fen uchun maxsus adapterlar zarur. Adapterni ro‘yxatga
43
oluvchilardan so‘rash mumkin;
- Yamaykada tarmoqdagi kuchlanish 1100 V, chastota 50 Gs. Qoida
tariqasida, barcha zarur maishiy asboblarni istalgan mehmonxona taqdim etadi;
- Filippinda tarmoqdagi kuchlanish 220 V, 60 Gs, Bagioda – 110 V;
- Fijida – 240 V, 50 Gs;
- Yangi Zelandiyada – 230 V, 50 Gs, vilkalar uch yassi shtirli.
Ko‘rib turganimizdek, elektr tarmoqlaridan foydalanish tartibi har xil. Elektr
asbobni mahalliy sharoitga moslashtirishga urinib, turist qo‘l ostida mavjud
narsalardan foydalanadi, o‘zining hayotini va mehmonxona mol-mulkini xavf
ostida qoldiradi. Zotan, bunday «eksperimentlar»dan keyin qisqa tutashuv sodir
bo‘lib, yong‘in chiqishi, bu mehmonxonaga katta ziyon yetkazishi, boshqa
odamlarning hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin.
Turist safar paytida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik bilan bog‘liq
boshqa holatlar ham mavjud. Masalan, mehmonxonada unga chek out hujjatini
yozib berishlari mumkin. Bu hujjat mehmonxonada yashash davrida ko‘rsatilgan
barcha xizmatlar uchun haq to‘lashni anglatadi. Tabiiyki, mehmonxona toifasi
qancha yuqori bo‘lsa, to‘lanadigan haq ham shuncha katta bo‘ladi. Lekin bunda
belgilanganidan ortiqcha to‘lab yubormaslik uchun moliyaviy xavfsizlik bilan
bog‘liq bir nechta qoidaga rioya etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |