O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Servis va turizm Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana14.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#668780
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
avstriyada turizmni rivojlantirishning oziga xos jihatlari 1

Birinchidan,
agar turist notanish guruh a’zosi bilan ikki kishilik nomerda 
yashayotgan bo‘lsa, choyshabni yuvishga topshirishda choyshabga ilova qilingan 
varaqchaga o‘z ism-sharifini yozib qo‘yishi shart (bu qoida qo‘shniga ham 
taalluqli). Aks holda nomerga umumiy hisob yoziladi va maishiy xizmatga kim 
ko‘proq murojaat etganini aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchidan,
mehmonxonada yashovchilar yegan bifshteksi yoki ichgan 
viskisi uchun har safar pul to‘lamasdan, hisobda o‘z xonasi raqamini qayd etib, 
imzo chekishlari mumkin. Bunda uzil-kesil hisob-kitob mehmonxonadan ketishda 
amalga oshiriladi. Lekin bunda kompyuterdan chiqarilgan umumiy hisob-kitob 
varag‘ini emas, balki turist imzolagan kvitansiyalarni taqdim etishni talab qilish 
kerak. Aks holda umumiy hisobga turist yemagan va ichmagan narsalar ham 


44 
kiritilishi mumkin. Mini-bar va kabelli televideniyedan foydalanish masalasiga 
kelganda, kim nima uchun va qancha haq to‘lashini qo‘shni bilan kelishib olish 
kerak.
Uchinchi jihat
ham moliyaviy xavfsizlik, xususan, turistlarning behuda sarf-
harajatlari bilan bog‘liq. Rossiyada nashr etiladigan «Voyaj» jurnalining 
yozishicha, sayohat, safar va dam olishda behuda sarf-harajatlar foizi juda katta. 
«Notanish chet el puliga o‘rganish ancha qiyin kechadi, - deb yozadi ekspert Petr 
Zabolotnev. – Yangi pulning haqiqiy qiymatini tushunib yetish uchun ma’lum vaqt 
talab etiladi. Bu vaqt o‘tgunicha sayohatchi pulining ancha qismini behuda 
sarflashga ulguradi». Shu bois turist dollarlarni bat, manat, gulden, rupiy, shekel, 
som va pfenninglarga konvertatsiya qilish hisob-kitoblarini darhol amalga oshirishi 
lozim. U zarur harajatlar minimumi bilan har kuni ularga sarflash mumkin bo‘lgan 
mablag‘lar maksimumini oldindan belgilab olishi va shundan kelib chiqib zarur 
narsalar narxini tanlashi kerak.
Ma’lumki, sayohat vaqtida juda ko‘p keraksiz narsalar, xususan, sovg‘alar, 
suvenirlar harid qilinadi. Turistlar jami pullarining qariyb 60% ni shunga 
sarflaydilar. Vaholanki, mazkur buyumlarning aksariyati keyin uyda chang bosib 
yotadi. Shu bois turist biror buyumni sotib olishidan oldin unga kichik bir tajriba 
o‘tkazishni taklif qilish kerak. Turist ko‘ziga chiroyli ko‘ringan buyumga diqqat 
bilan qarab, mazkur buyum o‘zida ko‘p yildan beri mavjud deb faraz qilsin. So‘ng 
u yana bir marta mana shu buyumga qarasin va shundan keyin harid qilish 
to‘g‘risida bir qarorga kelsin. Agar turist baribir buyumni harid qilishga qaror 
qilgan bo‘lsa, buyumning narxini so‘ralayotgan summaning to‘rtdan bir 
qismigacha tushirish mumkin.
Moliyaviy xavfsizlik to‘g‘risida so‘z yuritganda, muayyan pul mablag‘laridan 
foydalanish muammosini ham nazardan qochirmaslik kerak. Masalan, Avstraliyada 
kredit kartochkalari – avvalambor, hamma yerda qabul qilinadigan Visa va 
Mastercard kredit kartochkalari, shuningdek major credit card – yordamida 
do‘konlarda va restoranlarda haq to‘lash mumkin, lekin bunda kartochkalardan pul 
olish uncha qulay emas: bu xizmat uchun 15% haq olinadi. Agar turist buni 


45 
bilmasa, hayron bo‘lishi mumkin. Venesuelada dollar va boshqa valyutalarni harid 
qilish ancha qiyin, shu bois turistga faqat amalda zarur, ya’ni u sarflashi mumkin 
bo‘lgan pul miqdorini bolivarga o‘tkazish tavsiya etiladi. Oyning birinchi 
dushanbasida (banklar yopiq bo‘lganida) va dam olish kuni arafasida 
bankomatlarga navbat ancha uzun bo‘lishi, ularda naqd pul choshgohgacha tugashi 
mumkin. Misrda mamlakatdan chiqishda qolgan funtlarni yana dollarga 
almashtirish mumkin, shuning uchun pul ayirboshlash kvitansiyasini saqlab 
qo‘yish tavsiya etiladi. Hindistonda ham shunday: samolyotga chipta olishda va 
rupiyni konvertatsiya qilinadigan valyutaga qayta ayirboshlashda yuqorida zikr 
etilgan kvitansiya talab qilinadi.
Sayohat vaqtidagi harajatlarni nazorat qilish uchun faqat dam olish 
harajatlariga mo‘ljallangan summa kiritilgan kredit kartochkasini o‘zi bilan olib 
ketish kerak. Ekspert Petr Zabolotnevning fikricha, bu keraksiz harajatlardan 
saqlanishning eng yaxshi usulidir.
Yana bir xavfsizlik chorasi – ekskursiyalar sonining mo‘’tadilligi. Zotan, 
taassurotlarning ko‘pligi ularni ma’lum darajada xiralashtiradi. Ekskursiyalar 
uchun alohida haq oladigan firmalar ba’zan o‘z mijozlariga kuniga uch-to‘rttadan 
to‘laqonli ekskursiya taklif qiladi. Boshda bu uncha bilinmaydi, lekin oradan bir 
necha kun o‘tgach, turist charchaydi va haq to‘langaniga qaramay, 
ekskursiyalardan voz kechadi.
Vaholanki, har bir turistik markazda lozim ekskursiyani buyurtma qilish 
mumkin bo‘lgan byuro mavjud. Biryo‘la yigirmata ekskursiyani emas, balki bitta 
ekskursiyani, bir hafta oldin emas, balki bir necha soat oldin buyurtma qilish 
mumkin. Bu yerda narxlar odatda mehmonxonada taklif etiladigan narxlardan 
ancha past bo‘ladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish