O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Servis va turizm Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana14.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#668780
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
avstriyada turizmni rivojlantirishning oziga xos jihatlari 1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III. BOB. AVSTRIYANING XALQARO TURIZM SOHASIDAGI
TAJRIBASIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI 
3.1.O‘zbekiston va Avstriya bo‘yicha xalqaro turizm harakatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili 
(Ombudsman) 
Sayyora 
Rashidova 
boshchiligidagi 
olti 
kishidan 
iborat hukumat delegatsiyasi 2014 yilning 12-19 oktyabr kunlari Avstriya 
Respublikasida bo‘ldi. Tashrif davomida Avstriya parlamenti, bola va bemorlar 
huquqlari bo‘yicha Ombudsman rahbarlari bilan muloqotlar olib borildi. Jumladan 
Avstriya parlamentining Inson huquqlari masalalari bo‘yicha Qo‘mita raisining 


33 
o‘rinbosari Frans Kirxgatterer va shu qo‘mita a’zosi Yurgen Mikshik tomonidan 
ikki palatali parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning maqsad va mohiyati 
inson huquq va erkinliklari himoyasiga qaratilganligi alohida qayd etildi. Ayni 
vaqtda respublikaning Milliy kengashida 183 nafar, Federal Kengashida esa 62 ta 
deputat faoliyat yuritadi. Ta’kidlash joizki, saylov kuniga qadar 16 yoshga yetgan 
har bir fuqaro saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston-
Avstriya munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritganda shuni aytish kerakki, 
Yevropaning markazida joylashgan bu mamlakat O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqilligini 1992 yilning 15 yanvarida tan olgan. 1994 yilning yanvar oyidan 
buyon Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi faoliyat olib 
bormoqda. Avstriyaga dastlabki tashrif 2002 yil 6-14 may kunlari Avstriya 
Respublikasi tashqi ishlar vazirligi va Ombudsmanlarining (bu davlatda inson 
huquqlari yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta mustaqil Ombudsman tashkil etilgan) 
taklifiga ko‘ra amalga oshirilgan edi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon bu davlat bilan iqtisodiy, 
madaniy-ma’rifiy va ilmiy hamkorlik tobora rivojlanib boryapti. Bugungi kunda 
mamlakatimizda avstriyalik investorlar bilan hamkorlikda 31 ta korxona ishlab 
turibdi. Asosan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish 
materiallari tayyorlash, xizmat va savdo sohalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Bugungi kunda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm 
sohalarida ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol Avstriyaning 
GTA-SKY-WAYS turistik kompaniyasidir. 2006 yildan buyon o‘zining 
yurtimizdagi hamkori – «Sogda-tur» sayyohlik firmasi bilan birgalikda bahor 
oylarida mamlakatimizning diqqatga sazovor go‘shalariga charter reyslarini tashkil 
qilmoqda. 
Safar mobaynida mezbonlar shunday hamkorlik har ikki davlat uchun birday 
manfaatli bo‘layotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etdilar. Insonning huquq va 
erkinliklarini ta’minlashni yanada takomillashtirish maqsadlariga qaratilgan o‘zaro 
tajriba almashish ham shak-shubhasiz har ikkala davlat o‘rtasidagi do‘stona 
aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashi tabiiy, albatta. 


34 
Delegatsiya a’zolarining Insbruk shahridagi uchrashuvlari mazmunli va 
taassurotlarga boy ruhda kechdi. Voyaga yetmaganlar jazo muddatini o‘taydigan 
maxsus muassasada bolalar huquqini himoya qilish bo‘yicha ro‘yobga 
chiqarilayotgan 
chora-tadbirlar 
bizda 
katta 
qiziqish 
uyg‘otdi. 
Muassasa direktori Rainhard Potochnikning aytishicha, maxsus muassasada faqat 3 
yil muddatga ozodlikdan maxrum etilganlar jazo muddatini o‘tasharkan. 
O‘smirlarning yashash sharoiti, ijtimoiy foydali mehnatga jalb 
etilishi, sihat-salomatligi, kasb-korga yo‘naltirilishi, bilim va malakasini oshirish 
uchun maxsus muassasada yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi e’tiborga loyiq. 
Yevropa Ombudsmani instituti bosh kotibi Yozef Segele, Tirol yerlari (viloyati) 
mintaqaviy Ombudsmani Yozef Goser, shuningdek, shu hudud parlamentining 
shikoyatlar bo‘yicha ishlash qo‘mita raisi Adreas Angerer bilan muloqotlar 
chog‘ida Ombudsmanning Tirol va Andijon viloyatdagi mintaqaviy vakillari 
o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, sud-huquq 
masalalaridagi 
islohotlardan 
voqif 
turish 
yuzasidan 
takliflar 
berildi. 
2014 yilning 15 oktyabr chorshanba kuni Avstriya Ombudsmani ofisida bo‘lib 
o‘tgan muloqot davomida doktor Gyunter Krouter janoblari bu institutning 
Avstriya fuqarolari konstitutsion huquq va erkinliklarini muhofaza qilishdagi o‘rni 
va roliga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Mezbon o‘z so‘zida mamlakatda aholi turmush 
darajasi ortib borgani sayin ularning erkin va farovon yashashga bo‘lgan talabi 
ham tobora ortayotganligi, bu Ombudsmanga kelayotgan ariza va shikoyatlarda o‘z 
aksini topayotganligiga alohida urg‘u berdi. 
Murojaatlarning aksariyati noqonuniy xatti-harakatlardan norozilik, sud-
huquq tizimidagi kamchiliklar va shaxs daxlsizligiga e’tiborsizlik kabi sohalarni 
qamrab oladi. Chunki inson hamisha yaxshi yashashga, o‘zidagi bilim va 
salohiyatni to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga intiladi. Hayot esa kurashdan iborat. 
Ana shu jarayonda kutilmagan ixtiloflarning tug‘ilishi ham tabiiy hol, deb 
hisoblaydi Avstriya Ombudsmani. 
O‘z navbatida delegatsiya rahbari Sayyora Rashidova O‘zbekiston 
Ombudsmanining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi xususida qisqacha izoh 


35 
berdi. Ma’lumki, hozir dunyoning 120 dan ortiq mamlakatida ushbu 
institut joriy etilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligida milliy va mintaqaviy 
ombudsmanlar faoliyat ko‘rsatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati 
tarmoqlari doirasida hamda nodavlat tashkilotlari tashabbusi bilan tuzilgan inson 
huquqlari himoyachilari ham mavjud. Xalqaro miqyosda BMTning Inson 
huquqlari bo‘yicha oliy Komissari, Yevropa Ittifoqi Ombudsmani, Yevropa 
Kengashining Inson huquqlari bo‘yicha Komissari faoliyatlari e’tiborga molik. 
Xalqaro davlatlararo va moliya tashkilotlari doirasida ham anna shunday tuzilmalar 
bor. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida Inson huquqlari bo‘yicha komissiyalar 
yoki ularga o‘xshash tashkilotlar muvaffaqiyatli ishlab turibdi. 
Xalqaro Ombudsman instituti vakillari ham hozir bo‘lgan ushbu 
mashvaratda O‘zbekistonda Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha huquqiy 
baza yaratilganligi qoniqish bilan e’tirof etildi. Shuni qayd etish kerakki, 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili 
(Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yilning 24 
aprelida kuchga kirgan edi. Oradan 7 yil o‘tib 2004 yilning 27 avgustida ushbu 
qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 
Shuningdek, Respublikaning deyarli barcha qonunlarida Inson huquqlari 
masalasi 
o‘z 
aksini 
topganligi 
fuqarolarning 
erkin 
yashashlari 
uchun huquqiy kafolat vazifasini o‘tamoqda. Avstriya ichki ishlar vazirli- 
gida Inson huquqlari bo‘yicha departament boshlig‘i Djoanna Eteme xonim bilan 
suhbat asnosida O‘zbekiston Ombudsmani bilan Respublika ichki ishlar vazirligi 
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi asosida birgalikda faoliyat olib 
borilayotganligi haqida keng tushuntirishlar berildi. Avstriya tashqi ishlar 
vazirligida ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Aloiz Krot hamda 
vazirlikning bo‘lim boshlig‘i Ulrike Nguyen xonim, shuningdek, YEXHTning 
«Yevropa kengashi va insonshunoslik» bo‘limi boshlig‘i, ministr Martin Xoyni 
bilan uchrashuv har ikki tomonlama manfaatli kechdi. 
Unda O‘zbekiston va Avstriya mamlakatlari o‘rtasida insonning 
huquq va erkinliklari masalalarida to‘plangan huquqiy bilim va tajribalarini yanada 


36 
kengroq o‘rganish yuzasidan bir qancha amaliy loyihalar o‘rtaga tashlandi. Kelgusi 
kuni Avstriya qamoqlar xizmati direktori, general Peter Prextl o‘z mamlakatida 
maxbuslarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning jinoiy jazodan ozod etilgandan 
so‘ng ishga joylanishi, hayotini izga solib olgungacha bo‘lgan davrda doimiy 
nazoratda bo‘lishi to‘g‘risida so‘zlab berdi. O‘z navbatida delegatsiya rahbarimiz
zbekistonda har yili Konstitutsiya qabul qilingan kuni oldidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Prezident taklifiga ko‘ra «Amnistiya akti 
to‘g‘risida» qaror qabul qilishi, ushbu qarorning ijrosi bo‘yicha jamoatchilik 
nazorati tashkil etilishi, sobiq mahkumlarga yordam puli ajratilishi va ularning 
jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi 
haqidagi axborotlar bilan o‘rtoqlashdi. Xofburg saroyi hududidagi Yevropa 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti binosida shu tashkilot Kotibiyatining 
muammolarning oldini olish markazi direktori, elchi Adam Koberatski bilan fikr 
almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda YEXHTning O‘zbekistondagi 
koordinatori, elchi Dyord Sabo janoblari ham ishtirok etdi. Adliya vazirligining 
prokurorlar departamenti hamda Avstriya Oliy sudi prezidenti huzuridagi suhbatlar 
chog‘ida O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari, jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi, o‘lim jazosining bekor qilinishi haqidagi ma’lumotlar 
mezbonlarda qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘z mamlakatlarida necha yillardan buyon 
o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha taklif kiritayotganliklariga qaramay, bu borada 
hali biron bir natijaga erisha olmayotganliklarini aytib o‘tdilar. Umuman 
O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti tomonidan ro‘yobga chiqarilayotgan 
insonparvarlik siyosatiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham katta qiziqish bilan 
qarayotganliklarini e’tirof etdilar. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish