II-BOB. AVSTRIYA TURIZMINING JAHON TURIZM BOZORIDA
TUTGAN O‘RNI
2.1.Avstriya turizmida globollashuv jarayoni xususiyatlari
«Dunyo miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy globollashish jarayoni kuchayib
borayotgan hozirgi kunda xalqaro turizm sohasi ko‘pgina mamlakatlar uchun
26
milliy daromad topishning eng samarali yo‘llaridan biriga aylanib bormoqda»
1
.
Butun jahon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, dunyo aholisining 3,5
foizi xalqaro miqyosda sayohat qilishadi. 2020 yilga borib bu ko‘rsatgich 7,0%ni
tashkil etishi kutilmoqda (BTT: Madrid 1998). Xalqaro turizmning rivojlanishi va
talabning bunday sur’atlarda o‘sishi xalqaro sayohatlar sonining ortishiga hamda
ularning sarf-harajatlariga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Sayohat qilgan kishilar soni
1995 yilda 563 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 1062 million
kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 1995 yilda 401 mlrd. dollar
daromad olingan bo‘lsa, 2020 yilda 2000 mlrd. dollar daromad olish
mo‘ljallanmoqda.
XX asr turizm sohasi uchun yangidan tug‘ilish, o‘sish va rivojlanish asri
bo‘ldi. Bu asrda insoniyat uchun misli ko‘rilmagan va kutilmagan kashfiyotlar,
ilmiy-texnikaviy rivojlanishning yangicha hamda istiqbolli yo‘nalishlari tarkib
topdi. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning bunday natijalariga erishilishi XXI asr
uchun yanada murakkabroq va ahamiyatliroq vazifalarni boshlab berdi.
XXI asrda turizm siyosati, insoniyat uchun tinchlik hamda osoyishtalik
ramzi sifatida hukumatlararo do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, erkin
sayohat qilishga to‘sqinlik qiluvchi jarayonlarni kamaytirish, sayyohlarning
salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, turistik markazlarning barqaror
rivojlanishini rag‘batlantirish kabi muhim masalalarni o‘z ichiga olgan ustuvor
siyosatdir.
2007 yillarga kelib xalqaro turizm bozorining tendensiyasi o‘zgara boshladi.
Bu esa xalqaro turizm siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Iqtisodiy statistik
ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
(OYESD) ga birlashgan industrial g‘arbiy davlatlar 70% ga yaqin xalqaro turizm
faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Ko‘pgina rivojlangan davlatlar uzoq davom
etgan ixtisoslashuv natijasida, murakkab turizm tizimlarini barpo etishga erishdilar.
Keyingi yillarda vujudga kelayotgan moliya bozorlaridagi institutsional
1
Аллаберганов А. Халқаро сайёҳлик соҳасида мақсадли бозор сегментини танлаш. Бозор,
пул ва кредит. 2000. 12-сон, 66 бет.
27
o‘zgarishlar va yangi vaziyat ham turizm sohasida yangicha ixtisoslashuv
zaruriyatini tug‘diradi. Turizm sohasida tarkib topgan yangi yo‘nalishlar va bozor
tendensiyasining o‘zgargan holati, moliyaviy investorlarning investitsiya
tashabbuslarini qaytadan ko‘rib chiqishlarini va ko‘pgini ananaviy usullardan voz
kechib yangi uslublarda faoliyat olib borishlarini taqazo etadi. Chunki XXI asrda
turizmning, yana ham to‘g‘rirog‘i turistik mahsulotlarning yangicha turlariga asos
solinib, jahon turizm bozorining hajmi kengayib boradi. Bu esa globollashuv
jarayonining muhim qismini tashkil etadi.
Globollashuv jarayoni iqtisodiyotda o‘zaro bog‘liqlikni va firmalararo
birlashuv jarayonini vujudga keltiradi. Tarmoqlar va mamlakatlararo jipslashuvni
ta’minlaydi. Turizmning jo‘g‘rofiy jihatdan farqli hudud va markazlarda yuzaga
kelishi, shuningdek, turizmda talab va taklifning chegara bilmas xususiyati, turistik
mahsulotning tarkibiga kiruvchi farqli xizmat turlarining biri birini to‘ldirib borishi
transmilliy kompaniyalarning turizmga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib bormoqda.
Bunday xalqaro toifadagi kompaniyalar havo yo‘li transporti, mehmonxona
biznesi, kemasozlik, bank ishi, kompyuter tizimlari, qarz kartochkalari, sayohat
cheki, ovqatlanish, dam olish va hordiq chiqarish xizmatlari turoperatorlik
menejmenti bilan bog‘liq faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin. Turizm
industriyasidagi globollashuv mazkur tarmoqlar tomonidan oligopol tizimlarini
yuzaga keltiradi. Turizm sohasiga oid har qanday iqtisodiy faoliyatni o‘z tarkibida
mujassamlashtirgan bunday yirik kompaniyalar oligopol bozor sharoitida faoliyat
olib borishadi. Shuningdek, investitsiya tashabbuslarining keygayishiga imkon
tug‘diradi, resurslardan samarali va ta’sirchan foydalanishni ta’minlab,
iqtisodiyotni globollashtiradi. Ayniqsa, xalqaro turizm industriyasi rivojlanishida
belgilovchi ta’sirchan kuchga egadir.
Potensial
turist
tomonidan
olib
qaraydigan
bo‘lsak,
bunday
kompaniyalarning mavjudligi-xizmat ko‘rsatish standarti, turistik mahsulotga
bo‘lgan ishonch va savdo belgisi (marka) imijini belgilaydi. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish joizki, mulkka egalik qilish, asosiy vositalarga quyilma, hamkorlik
shartnomalari, marketing kelishuvlari natijasida vujudga keluvchi birlashuvlar
28
turistik mahsulot standarti, sifati va ishonchliligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xattoki,
turizm bozoridagi an’anaviy yo‘nalishlarni ham o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Ammo bundan qo‘rqmaslik kerak, chunki har bir yangi tizim o‘ziga xos bo‘lgan
elementlarni joriy qiladi.
Turizm industriyasining ayrim tarmoqlari bilan birlashgan yoki turizmdan
tashqari hisoblangan tarmoqlar (bank ishi, kommunikatsiya va axborot
texnologiyalari)ning bu sohada markaziy o‘ringa chiqishi iqtisodiy jihatdan
foydalidir.
Turizmning boshqa tarmoqlardagi tashkilot yoki firmalar bilan hamkorlik va
birlashuv sabablariga quyidagilar kiradi:
Bozordagi ulushini oshirish va bozor hajmini kengaytirish.
Turizm talabini, turistik tashkilotni va industriyani nazorat qilish.
Aloqador
tarmoqlarning
ta’sirchanligini,
sotish
hajmini
va
samaradorligini oshirish.
Kompaniyalar guruhi ichidagi firmalar uchun moliyaviy resurs yaratish,
imtiyozli investitsiya va menejment kreditlariga erishish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablardan tashqari, kompaniyalar turizmning
raqobat maydonidan chiqib ketmaslik uchun ham birlashishga qaror qilishadi. Aks
holda, raqobatchi industriyaning tashqarisida qolib ketishi mumkin. Shu sababli,
kompaniyalar boshqa birlashgan firma yoki kompaniyalar kabi qo‘shma
korxonalar tuzishga, gorizontal va vertikal birlashgan tizimlar ichida joy olishga
harakat qilishadi. Bunday tuzilmalar har qanday industriya ichida alohida
ahamiyatga ega. Bitta firma yoki kompaniya o‘rniga bir necha firmalar
birlashishidan qo‘lga kiritilgan foyda va samaradorlikning ahamiyati nihoyatda
kattadir. Firmalar guruhi tomonidan qo‘lga kiritilgan foydani asosan
boshqaruvdagi firma nazorat qiladi. Turizm industriyasidagi birlashuvlar tabiiyki,
oligopoliyani vujudga keltiradi.
Oligopolistik tuzilmaga asoslangan turizm industriyasida, yirik turizm
tashkilotlarining nazorat bilan bir qatorda, birlashgan tarkib ichidagi firmalar
29
o‘zlarining umumiy samaradorligini ham oshiradi. Firmalar birlashuvidan vujudga
kelgan hamkorlik tarmoqlararo axborot almashuvini tezlashtirib ishlarni
yengillashtiradi. Natijada firmaning iqtisodiy salohiyati yuksaladi, mahsulotlarning
tannarxi kamayadi va talab ortadi. Birlashgan trans milliy turizm kompaniyalari
tarkibiga kiruvchi firmalarni har doim ham omadli deb bo‘lmaydi. Biroq,
kompaniya tarkibidagi transport, turoperatorlik, bank ishi va boshqa firmalarning
foydasi katta bo‘lganligi sababli, ularning (ya’ni omadi yurishmagan tarkib
ichidagi firmalarning) zarari hamkorlari evaziga qoplanadi.
Endilikda kompyuter, elektron hisoblash vositalari har xil axborot uzatish
(internet GDS, CRS, E-mail) va qabul qilish texnologiyalarining rivojlanishi
natijasida turizmga aloqador barcha tarmoqlar birlashadi. Natijada axborot
texnologisidan foydalanish yuksak darajaga chiqib hamkorlik aloqalari
mustahkamlanadi. Banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa kredit institutlari
bilan turizm industriyasi o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi pog‘onaga
chiqadi.
Hozirgi kunda yirik havo yo‘llari kompaniyalari kompyuterni band qilish
tizimlariga
(Galileo,
Amadeus,
Sabre,
Worldspan
va
boshqalar)
va
kommunikatsiya tarmoqlariga egadirlar. Avstriyada yirik turoperatorlar uchun
turistik marshrutlarni tashkil qilish va funksional vazifalarni amalga oshirish uchun
maxsus kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan. Sayyohlik agentliklari ham boshqa
agentliklar havo yo‘llarining terminallariga va turoperatorlarning kompyuter
tarmoqlariga bevosita bog‘langandir. Ko‘pgina mehmonxona guruhlari ham
investitsiya
va
menejment
faoliyatlarida
axborot
texnologiyalardan
foydalanishmoqda.
Avstriya turizm industriyasidagi har bir tarmoq hisob-kitob operatsiyalari
bo‘yicha qarz kartochkalarini nazorat qiluvchi banklarning kompyuter tizimlariga
va
avtomatik
to‘lov
vositalariga
bog‘langandir.
Kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanuvchi turizm kompaniyalari va turizmdan tashqari,
moliya, bank sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro milliy va xalqaro darajadagi
aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |