O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


A. Eshpayning To‘rtinchi, Beshinchi simfoniyalari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Eshpayning To‘rtinchi, Beshinchi simfoniyalari
. A. Eshpay yaratgan liriko-
epik monologlarda o‘tmish va zamonaviylik haqidagi fikrlar vaqt kesimida tahlil 
etiladi. Kompozitorning 70-80-yillardagi partituralari – simfoniya, Skripka va orkestr 
uchun kontsert (1977), Goboy va orkestr uchun kontsert (1982), baletlari xalq ijodiga 
xos bo‘lgan intonatsiyalar bilan yo‘g‘rilgani bilan ajralib turadi. 
Kompozitorning To‘rtinchi va Beshinchi simfoniyalari mazkur yillar uchun eng 
dolzarb bo‘lgan urush va tinchlik mavzulariga bag‘ishlangan. Simfoniyalarning 
yorqin publitsistik yo‘nalishi kompozitorning ilgari surilgan masalalarga nisbatan 
shaxsiy munosabatini ko‘rsatadi. Zero, A. Eshpay Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 
bo‘lib, tinchlik va totuvlikning qadrini ayniqsa sezadi. 
Yuqorida qayd etilgan asarlarning deyarli barchasida dramaturgiya konflikt 
asosiga quriladi. Bunda qarama-qarshilik, keskin to‘qnashuvlar asarlarning 
mazmunini tashkil etadi. Zolimlik va johillik dunyosi real obrazlar sifatida beriladi. 
Kompozitor ularga ezgulik va muhabbat dunyosini qarama-qarshi qo‘yadi. Bunday 
taqqoslanishda kompozitorning dunyoqarashi belgilanadi. Kompozitorning asarlari 
ezgulik tantanasi bilan yakunlangani tufayli, ularni optimistik asarlar qatoriga 
qo‘yamiz. 


138 
A. 
Eshpay 
ijodidagi 
konflikt 
qarama-qarshilik 
dramaturgiyasining 
qo‘llanilishida, ayniqsa D. Shostakovichning ta’siri yaqqol seziladi. 
A. Eshpayning musiqiy fikri yorqin va ta’sirchan bayon etiladi. Shunga ko‘ra 
uning yaratgan obrazlari ham to‘laqonligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Musiqiy 
obrazlarni yaratishda kompozitor turli janr va shakllardan keng foydalanadi. 
Simfoniyalarda janrlarning qo‘llanilishi nihoyatda qiziqarlidir. Masalan, To‘rtinchi 
simfoniyada marsh janridan bir gal to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosqinchilik marshi sifatida 
foydalanilsa, simfoniya davomida bu marsh vaqt timsoliga aylanadi. 
A. Eshpay ijodida akademik, murakkab musiqa bilan ommaviy janrlarning 
taqqoslanishi nihoyatda qiziqarlidir. Masalan, To‘rtinchi simfoniyaning ijobiy 
qahramonlari dunyosi xoral, bossa-nova, motet janrlari vositasida tasvirlangan bo‘lsa, 
salbiy – zolimlik dunyosini marsh ijro etadi. 
Beshinchi simfoniyaning dramaturgiyasida qarama-qarshilik yanada kuchayadi. 
Simfoniya turli qutblarga taalluqli bo‘lgan tushunchalarning kurashidan tashkil 
topadi. Unda ezgulik bilan zolimlik, insoniylik bilan yovuzlik, yuksak ma’naviyat 
bilan tubanlik qarama-qarshi qo‘yiladi. Simfoniya mavzusi urush bilan bog‘liq 
bo‘lgani tufayli, barcha salbiy qahramonlar – bosqinchilik, vayron qilish, yemirish 
tushunchalarini hosil qiladi. Ijobiy qahramonlar dunyosi esa aksincha, tinchlik, 
totuvlik, muhabbat obrazlaridan tashkil topadi. Insoniy his-tuyg‘ularning tasvirida alt 
fleytasi katta rol o‘ynaydi. Uning ijrosidan boshlangan lirik-monolog qadimiy 
qo‘shiqlarning intonatsiyalarini eslatadi va asar davomida insoniylik timsolini 
tasvirlaydi. Ijobiy qahramonlar qutbiga shuningdek simfoniyaning o‘rta qismidagi 
motam obrazlari va asar yakunidagi qahramonlik obrazlari ham kiradi. A.Eshpayning 
barcha asarlariga xos bo‘lgan optimizm bilan Beshinchi simfoniya ham yakunlanadi. 
1988-yilda Rossiya uchun muhim voqea – Xristianlik qabul qilinganligining 
1000 yilligi nishonlandi. Garchand, ateistik davlatda diniy bayramlar o‘tkazilmagan 
bo‘lsa-da, bu voqeaga tarixiy tus berilib, keng nishonlandi. Ayniqsa ijod ahli – 
rassomlar, shoirlar, yozuvchilar, kompozitorlar bu voqeadan chetda qolmadilar. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish