O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


N. Korndorfning Birinchi va Ikkinchi simfoniyalari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

N. Korndorfning Birinchi va Ikkinchi simfoniyalari

Musiqada yangi vositalar 
ixtiro etish yo‘lida yosh kompozitorlar qadimiy musiqiy qatlamlarga murojaat 
qilishadi. Qadimiy madaniyatda bugungi kun uchun qizqarli bo‘ladigan, zamonaviy 
musiqiy tilni yangi bo‘yoqlar bilan boyita oladigan, vaqt qatlamlari ta’sirida esdan 
chiqib ketgan vositalarni tiklash, yangilash va zamonaviy tamoshabinga qaytarish –
yosh kompozitorlarning maqsadi bo‘ladi. 
Mana shunday asarlar qatoriga N.Korndorfning simfoniyalarini kiritishimiz 
mumkin. Qadimiy slavyan musiqasiga murojaat etgan yosh kompozitor, eski musiqiy 
yozuv texnikasi izchil o‘rganadi, uni bugungi kun talablariga moslashtiradi. Birinchi 
simfoniyaga (1975) asos qilib qadimiy rus cherkov musiqasining ijro an’analari oladi. 
Ma’lumki XVI asrga qadar rus cherkov musiqasi bir ovozli bo‘lib, xor tomonidan 
unison ravishda ijro etilgan. Turli toifadagi yozuv belgilari orqali ijro uslubi 
aniqlangan. Kompozitor uchun aynan shu belgilar asar konsepsiyasini shakllantirgan. 
Simfoniyaning dramaturgiyasi ma’naviy ezgulik, ko‘tarinkilik ruhiyati bilan 
tashqi harakatning taqqoslanishida bayon etiladi. 
Ruhiy dunyoning timsoli sifatida cherkov ijrochiligiga asoslangan obrazlar 
ko‘rsatiladi. Ularning ijrosi ta’sirchanligi va falsafiyligi bilan ajralib turadi. 
Kompozitor ularning ijrosiga zamonaviy sonorika va aleatorikani kiritadi. Qadimiy 
an’analar bilan zamonaviy uslublarning uyg‘unligi natijasida yangi obrazlar dunyosi 
yuzaga keladi. Cherkov kuylari negizida mavjud bo‘lgan, bir qarashda ko‘zga 
tashlanmaydigan ma’nodorlik yangi vositalar yordamida yuqoriga qalqib chiqadi. 
Tashqi dunyo obrazlari kompozitor tomonidan boshqa uslublar vositasida 
ko‘rsatilgan. Aniq, harakatchan obrazlarning tasvirida grotesk katta ahamiyat kasb 


137 
etadi. Xromatik tovushqatorga qurilgan kuylar nihoyatda tezlik bilan ijro etiladi. Bir 
qarashda og‘ir va vazmin cherkov musiqasiga qarama-qarshi qo‘yilgan grotesk 
obrazlar, izchil kuzatilganda sonorik va aleatorik uslublarning qo‘llanilishi orqali 
umumiy nuqtalarga ega bo‘ladi. Turli uslublarning bunday umumlashuvida asarning 
g‘oyasi ilgari suriladi. Ya’ni, o‘tmish bilan kelajakning uzviy birligi yana bir karra 
tasdiqlanadi. 
Simfoniya uch qismdan iborat bo‘lib, barcha bo‘limlar umumiy intonatsion 
birlik vositasi bilan jipslashgan. Simfoniyaning ikkinchi qismi asarning markazidir. 
Asarning barcha voqe’ligi shu qism atrofida quriladi. Ikkinchi qismning tuzilishi ham 
o‘ziga xosdir. “Re” notasidan boshlangan qism, shu notada yakunlanadi. Ichki 
rivojlanish ham birinchi va oxirgi notaga nisbatan shakllanadi. Tayanch notaga 
nisbatan bunday e’tibor asar mavzuidan kelib chiqadi. Ya’ni, turli davrlar ijodiy 
tizimlarida umumiylik mavjuddir, degan fikr bilan xulosalanadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish