O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

 
UCHINCHI YO‘NALISH 
Tayanch so‘zlar: 
Uchinchi yo‘nalish, rok-opera, dramatik teatr, pop musiqa. 
70-80-yillarga kelib kompozitorlik ijodida yangi yo‘nalish shakllanib,
R. Shedrinning ta’bi bilan “uchinchi yo‘nalish” deb nom oladi. Kompozitorning o‘zi 
uni quyidagicha sharhlaydi: “Bu yo‘nalish bir tomondan jiddiy, mumtoz va 
zamonaviy musiqaning texnologik, estetik xususiyatlarini sodda, ommaviy, 
ko‘ngilxushlik, tijorat qilish uchun mo‘jallangan madaniyat bilan birlashtirishga 
harakat qiladi...” (271, 87). 
Shu davrga kelib, o‘z ijodiga tomoshabinlarning keng doirasini jalb qilishga bel 
bog‘lagan kompozitorlar avlodi yetishib chiqadi. Ulardan M. Tariverdiyev,
A. Ribnikov, V. Jurbin, I. Katayev, G. Gladkov kabi kompozitorlarni aytib o‘tishimiz 
mumkin. Bu kompozitorlarning musiqiy tili zamona ohanglari bilan boyitilib, yangi 
janrlarni yuzaga keltiradi. 
Shahar romansi, fransuz shansoni, Elvis Presli, Mirey Mate kabi ijodkorlarning 
uslublari asos sifatida qo‘llaniladi. Bu avlod kompozitorlarining yana bir xususiyati – 
zamona texnik imkoniyatlaridan imkon qadar foydalanishdir. 
Yuqorida nomlari zikr etilgan kompozitorlar kino, teatr, televideniye bilan ijodiy 
hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Ommaviy tomoshabinga mo‘jallangan bu san’at 
turlari, o‘z navbatida kompozitorlar oldida bir qator yangi talablarni qo‘yadi. 
Jumladan, musiqiy ohanglarni yorqin, obrazli, esda qoladigan bo‘lishi, sodda va 
tomoshabinga tushunarli bo‘lgan vositalar bilan tomosha qatorini yoritish va h.k.. 
80-yillarda televideniyeda bayram kontsertlari, musiqiy benefislar, qo‘shiq 
festivallari, musiqiy uchrashuvlar kabi ko‘rsatuvlar tobora ko‘payib boradi. Bayram 
kontsertlariga yangi qo‘shiqlar tayyorlash, tomoshabinga kichik spektakl shaklida 


167 
tuhfa qilish kompozitorlarning ijodini yanada jadallashtiradi. Davr talabiga 
moslashishga undaydi.Televideniyeda ilk bor namoyish etilgan kuy-qo‘shiqlar tezlik 
bilan ommaviy tomoshabin orasida tarqalib ketadi. 70-80-yillarda televideniyening 
ta’sir kuchi bilan birgina kino san’ati tenglasha oladi. 
Musiqiy kinofilmlar, mavzuli qo‘shiqlar bilan boyitilgan badiiy filmlar 
ko‘payadi. O‘zbekistonda ham shu yillarda yaratilgan “Vodillik kelin”, “Temir xotin” 
kabi filmlarni aytib o‘tishimiz mumkin. 
Tomoshabinlarning keng doirasini qamrab olish bo‘yicha kino va televideniye 
san’atlaridan biroz orqada qolgan, ammo 80-yillarda intellektual doiralar o‘rtasida 
benihoya ommabop bo‘lgan teatr san’atining o‘rni o‘zgachadir. 
Ommaviy musiqa bilan “jiddiy musiqani” yaqinlashtirish eksperimentlari teatr 
sahnasida ayniqsa jiddiy kechdi. 
80-yillarda bunday spektakllar M. Zaxarov rahbarlik qilgan Lenin komsomoli 
nomidagi Dramatik teatrda ham sahnalashtirilgan. Professional bo‘lmagan dramatik 
artistlar ham musiqiy ijroda qatnashganlar. O‘sha davrga murojaat qiladigan bo‘lsak, 
professional bo‘lmagan artistlarning vokal ijrosi dramaturgik nuqtai-nazaridan 
nisbatan murakkab bo‘lgan musiqani tomoshabinga yaqinlashtirishning yana bir usuli 
bo‘lgan. 
M. Zaxarovning O‘zbekiston musiqachilari, ayniqsa Botir Zokirov bilan ijodiy 
hamkorligi haqida yuqorida to‘xtalgan edik. Uning dastlabki faoliyatida o‘sha 
hamkorlikning ta’siri sezilib turadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
“Xaokina Murettaning hayoti va o‘limi”, “Yunona va Avos” spektakllari katta 
shov-shuvga sabab bo‘lib, “zamonaviy operalar” deb ham atalgan. Kino va 
televideniye orqali hammaga tanish bo‘lgan aktyorlarning ijrosidagi ariya va 
monologlarning esa “hazm qilinishi” osonroq kechgan. Mazkur spektakllar butun 
Ittifoqdan tashqari Fransiya, AQSh kabi davlatlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. 
Kezi kelganda shuni aytib o‘tish o‘rinliki, aynan shu yillarda Moskva shahrining 
bir necha teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan Toshkentga kelganlar. Shularning 
qatorida Lenin komsomoli nomidagi Dramatik teatri ham Toshkentga tashrif


168 
buyurgan. “Xaokina Murettaning hayoti va o‘limi”, “Yunona va Avos” spektakllari 
poytaxtimizda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish