O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Savollar: 
1. Y. Stankovichning Uchinchi simfoniyasi qaysi mavzuga bag‘ishlangan? 
2. Kavkazorti kompozitorlari ijodidagi simfoniyalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
3. A. Terteryanning Uchinchi simfoniyasida milliylikka erishish qaysi sozlar 
vositasida amalga oshgan? 
4. Y. Yuzelyunasning qaysi simfoniyasi epik xarakterga ega bo‘lib “Vodiylar 
qo‘shig‘i” deb nom olgan? 
5. G. Kanchelining simfoniyalari bilan Gurjiyaning milliy kino san’atini 
birlashtiruvchi mavzu?
 
OMMAVIY JANRLARDA TEXNIK TARAQQIYOT 
Tayanch so‘zlar: 
Ommaviy musiqa, estrada musiqasi, kino musiqasi, rok 
operalar. 
XX asrning 60-yillariga kelib texnik yo‘nalishdagi rivojlanish musiqa san’atiga 
ham kuchli ta’sir eta boshladi. An’anaviy kontsert zallari, televideniye va radiodagi 
jonli ijro ovoz kuchaytirish vositalari bilan boyib, yangicha dunyoqarashni 
shakllantira bordi. Kompozitorlar uchun ham musiqani yozib olish vositalari yuzaga 
kelib, studiyalardagi ijod paydo bo‘ldi.
 


150 
Bir qarashda bularning barchasi yordamchi vositalar bo‘lib ijodga qulaylik 
yaratishga qaratilgan edi. Ammo amaliyotda ulardan qator zararli unsurlar unib 
chiqdi. 
Texnik rivojlanishning ijodga ta’siri haqida musiqachilarning o‘zi birinchilardan 
bo‘lib fikr bildirishdi. Masalan, kanadalik pianinochi G.Guld 1967-yilda kontsert 
faoliyatidan voz kechib, o‘zini to‘laligicha studiyada ijod qilishga bag‘ishlagani 
haqidagi xabar ijodiy jamoatchilik uchun yangilik bo‘ldi. Pianinochining o‘zi bu 
xabarni quyidagicha sharhladi: “Ovoz yozib olish studiyalarida musiqa chalishga 
barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tomoshabin bilan to‘lib-toshgan kontsert zallariga 
nisbatan, tinchlik va osoyishtalikda ijod qilishga nima yetsin...” (234.161 ).
 
Zamonasining buyuk ijrochisi bo‘lgan bu shaxsning fikri musiqa ijodiga 
nisbatan yangi o‘lchamlar paydo bo‘lganidan dalolat berib, musiqachilar 
dunyoqarashi o‘zgarganini bildiradi.
 
Kimgadir yozib olish studiyalari kontsert zallari o‘rnini bosadigan bo‘lsa, 
tomoshabinlarning qaysidir toifalari jonli muloqotni o‘rniga fonogramma yozuvini 
eshitish bilan qoniqadilar.
 
Shu yillardan e’tiboran fonogramma, video tasma jonli muloqotni to‘laligicha 
siqib chiqarmagan bo‘lsa-da, u bilan bir qatorga turib olgan desak, mubolag‘a 
bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, bugungi kunga qadar dolzarb bo‘lib kelgan masalalarning 
o‘q ildizi o‘sha davrga borib taqaladi. 
Zamonaviy yuqori texnik vositalarga ega bo‘lgan studiyalarda yozib olingan 
musiqiy tasmalar bilan ko‘p sonli tomoshabin uchun ijro etilgan jonli ijro o‘rtasidagi 
raqobat bugungi kunda ham davom etmoqda. Kezi kelganda shuni aytib o‘tish 
o‘rinliki, texnik vositalardan ham unumli foydalanib, jonli muloqotga ahamiyat 
berish o‘rtasidagi muvozanat, bugungi kunda davlat e’tiborida turgan masalalardan 
biridir.
 
60-yillarning oxirlarida esa bu masala baxs va munozaralarga sabab bo‘lib 
kelgan. Masalan, kompozitor A. Shnitke studiyada yozib olingan musiqiy 
materialning ijrosi bilan jonli ijro haqida quyidagicha fikr bildirgan: “...men 
bularning hech qaysinisini ildamlab ketgan deya olmayman... Bir tomondan yozib 


151 
olish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarga ko‘z yuma olmayman. Masalan, 
haddan tashqari mayinlik bilan ijro etiladigan tovushlarni yozib olish vositalari 
ilg‘amaydi (qo‘shimcha sifatida, bugungi kunda bu kamchilik bartaraf etilgan deb, 
aytishimiz mumkin (S.Q.)). Shaxsan menga zalda eshitadigan tovushlar yoqadi 
deyishim mumkin. Ammo shu bilan birga, yozib olish tasmalaridan ilk bor eshitgan 
asarlarni eslasam, ularning ta’sir kuchiga qoyil qolaman. Zero, zalda emas, shaxsan, 
uy sharoitida eshitilgan asarda musiqaning kontsentratsiyasi ko‘proqdek tuyuladi 
menga” (259,216-217).
 
Texnik rivojlanish yaratayotgan imkoniyatlari orqali, musiqa san’atiga ta’sir 
etayotganini inkor etib bo‘lmaydi, albatta. Televideniye, audio, video tasmalarining 
musiqani targ‘ibot etishda va ta’lim jarayonida unumli qo‘llanilishi mumkinligi 
bugungi kun uchun haqiqatdir. Undan tashqari, yozib olish vositalarining 
imkoniyatlari tembrlarning boyitilishiga va yangi instrumental sozlarning yuzaga 
kelishiga asos bo‘lmoqda.
 
40-50-yillarda Yevropada paydo bo‘lib, “mashinalar musiqasi” yoki “texnik 
musiqa” deb nom olgan musiqiy yo‘nalish 60-yillarga kelib keng quloch yoydi. 
O‘sha davrdan boshlangan mazkur yo‘nalishning tarafdorlari bilan uni mutlaqo tan 
olmaydiganlarning o‘rtasidagi bahs-munozara haligacha davom etmoqda. Biz o‘z 
tomonimizdan, bugungi kunga kelib, kompyuter musiqasi yanada rivojlanib, 
hayotimizning turli jabhalariga kirib kelayotganini ta’kidlashimiz mumkin.
 
Bugungi kunda shunisi ayonki, studiyada yozib olingan musiqasiz 
kinofilmlarning musiqiy qatorini, televideniye, radio, katta-ommaviy bayramlar 
musiqiy dasturlarini tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari, yozib olingan 
tasmalarning nafaqat yordamchi vosita sifatida qo‘llanilayotgani, balki badiiy 
masalalarga o‘z ulushini qo‘shib, musiqaning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilib 
kelayotgani bugungi kunda ayondir. Musiqashunos Sh. Ganixanova mazkur 
muammolar bilan izchil shug‘ullanib: “Raqamlangan musiqaning uslublarini 
konservatoriya dasturlariga kiritish zarur...”, degan xulosaga kelgan (35,76). 


152 
Kino san’ati boshqa san’atlardan ancha avval musiqaning imkoniyatlaridan keng 
foydalangan. Musiqani yozib olib, undan turli ko‘rinishlarda foydalanish ilk bor 
kinodan boshlangan. 
Misol tariqasida S. Prokofyevning “Aleksandr Nevskiy” filmiga yozgan 
fonogrammasini keltirish mumkin. Bu kinofilmda operaga xos bo‘lgan leytmotivlar 
tizimidan foydalanilgan. Har bir obraz o‘z kuyiga, har bir tushuncha o‘z leytmotiviga 
ega bo‘lgan. Musiqaning mazkur vositalari kino san’atining imkoniyatlari – montaj 
uslubi, kadrlarga bo‘lish bilan kuchaytirilib yangi ta’sir kuchini yuzaga keltirgan.
 
Musiqa tarixiga keyinchalik “elektron musiqa” atamasi bilan kirib kelgan 
kinofilmlardagi musiqa turiga 60-yillarda E. Artemyev, A. Nemtin, Sh. Kalloshlar 
asos yaratganlar. 
80-yillarga kelib elektron yozib olish vositalari musiqa tushunchasining ajralmas 
qismiga aylandi. Zamonaviy ijodkorlar o‘z asarlarini avvaldan yozib olib, keyinchalik 
tomoshabin hukmiga havola etadigan bo‘ldilar.
 
Yangi davr, yangi imkoniyatlar haqida A. Shnitke quyidagicha fikr yuritdi: 
“Yozib olish vositalarini bugungi kunda musiqiy materialning ajralmas qismi sifatida 
ko‘rish zarurdir. Zero, bugungi kunda musiqiy ijodning yangi muvozanati yuzaga 
keldi. Mening yoshimdagilar uchun yangi zamonga moslashashish ancha qiyindir, 
albatta. Ammo, yangi avlod kompozitorlari uchun elektron vositalarning 
imkoniyatlaridan foydalanish zaruriyatini vaqtning o‘zi belgilab bermoqda. Zero, 
yangi avlod kompozitorlari o‘z ijodini yangi texnik imkoniyatlarni e’tiborga olgan 
holda davom ettirishlari kerak. Ovoz kuchaytiruvchi vositalar, tovushni sozlovchi 
vositalar bilan jonli ijroning ijodiy hamkorligida yangi musiqiy ijod yuzaga keladi, 
deb ishonaman...”(259, 10).
 
A. Shnitkening fikri musiqiy ijodning dastlabki ravnaqi uchun nihoyatda 
muhimdir. Bu fikr texnik taraqqiyotning musiqa ijodidagi yangi o‘rnini belgilab 
beradi. Bugungi kunga qadar elektron yozib olish vositalarining imkoniyatlari asosan 
kino va estradada to‘laligicha ishlatilayotganini aytib o‘tishimiz mumkin.
 


153 
80-yillar ijodiga izchil qaraydigan bo‘lsak, elektron yozib olish vositalari 
kompozitorlarda bir oz shubha uyg‘otgandek tuyuladi. Bu vositalar faqat ma’lum 
vaziyatlardagina qo‘llaniladi. 
Masalan, N. Korndorfning “Yarilo” deb atalgan fortepiano asarining (1981) 
oxirgi bo‘limida magnitofon tasmalari yozuvidan foydalanilgan. Natijada asarning 
tarixiy qatlami bilan bugungi kun o‘rtasidagi bog‘liqlik yuzaga kelgan. A. 
Martinaytisning “Ikki fortepiano va sintezator uchun jonli irmoq klaviri”da (1983) 
sintezatorning ijrosida abadiylik mavzulari tasvirlangan. I. Gabelining “Antifonlar” 
(1978) asarida sintezator fojeaviy obrazlarni yaratishda qo‘llanilgan.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish