O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

 
Elektron sozlar bilan an’anaviy sozlarning taqqoslanishi davr kompozitorlari 
tomonidan ko‘p marotaba qo‘llanilgan. 
 
Mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar Boltiqbo‘yi kompozitorlari ijodida ham ko‘p 
uchraydi. Sababi, boshqalarga nisbatan Boltiqbo‘yi davlatlarida yashab ijod etgan 
kompozitorlarda elektron vositalarga talab qoniqarli darajada ta’minlangan bo‘lib, 
ijod qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan edi. Shuning uchun ularda 
birinchilardan bo‘lib yozib olish studiyalari, yangi elektron sozlar qo‘llanilar edi.
O. Balakauskasning dialogiyasi ana shunday asarlar jumlasidandir.
 
O. Balakauskasning elektroviolonchel va ansambl uchun yozgan “Orgiya”, 
”Katarsis” asarlarida elektron sozlarning imkoniyatlarini ochib berishga harakat 
qilingan. Birinchi asarda elektron violonchelning tembr va ritm imkoniyatlaridan 
to‘la foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchi asarda berilgan ohanglarni rivojlantirish orqali 
mavzu yoritilgan. Asarning asosiy mazmuni – insonning tabiat bilan uzviy 
bog‘liqligi, zamonaviy muammolarni hal etishda borliqqa murojaat etish kabi 
fikrlardan iborat bo‘ladi.
 
Mazkur mavzu B. Kutavichyusning “O‘rmondagi ikki qush” - soprano, goboy, 
fortepiano va magnit tasmasi uchun yozilgan kantatasida ham uchraydi.
 
S. Rostomyanning xor, simfonik orkestr va sintezator uchun yozilgan 
simfoniyasi, V. Ryabovning uch skripka, klavesin, fortepiano va magnitofon tasmasi 
uchun yozilgan “Concerto da passakalia”, G. Kupryavichusning organ va magnitofon 


154 
tasmasi uchun yozilgan sonatasi kabi asarlarda Boltiqbo‘yi kompozitorlari yangi 
mavzularni yangi uslublarda bayon etishga harakat qiladilar.
 
Mazkur eksperimentlar, elektron sozlarning musiqa dunyosiga to‘laqonli soz 
sifatida kirib kelishiga ko‘maklashadi. O‘ylaymizki, kelajakda bu yo‘nalish yanada 
taraqqiy etadi.
 
60-80-yillar mobaynida elektron musiqa vositalarining rivoji hamda ommaviy 
axborot vositalarining taraqqiyoti musiqa madaniyatining barcha jabhalariga katta 
ta’sir o‘tkazib, musiqiy hayotning yangi shakllarini keltirib chiqardi.
 
Audio va video tasmalariga yozib olingan musiqiy materiallarning o‘zi texnik 
vositaga aylanib, ijodiy yondashuvni talab etmaydigan hollarda ham ishlatildi. Ularni 
ko‘paytirish, foydalanish, qo‘llash alohida muammolarni keltirdi. Bugungi kunda 
yoshlarga ommaviy axborot vositalari, ommaviy madaniyatning ta’siri haqida 
kuymay yozmagan ijodkorlarning o‘zi qolmadi. Ammo shunga qaramay, muammolar 
tobora ko‘paymoqda. 
Mazkur yo‘nalishni fanimiz chegarasida o‘rganar ekanmiz, undan faqat ijobiy 
tomonlarini tanlab olib, tahlil qilishga e’tibor qaratamiz. Eng muhimi bugungi 
kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan asarlar hamda ijodkorlar shaxslarda 
to‘xtaymiz.
 
Ommaviy axborot vositalarining shiddatli rivoji yangi qo‘shiqchilik va estrada 
yo‘nalishlarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bulardan badiiylik nuqtai-nazaridan 
mualliflik qo‘shiqlari, estrada simfonik orkestrlarning faoliyati va rok musiqasini 
tanlab olib, ko‘rsatishimiz mumkin.
 
1945-yilda Y. Silantevning rahbarligida tashkil etilgan simfonik orkestr o‘z 
yo‘nalishiga ko‘ra 1954-yildan e’tiboran estrada simfonik orkestri, deb yuritiladigan 
bo‘ldi. Davlat televideniyesi va radiosi qoshida faoliyat olib borgan mazkur jamoa, 
estrada musiqasini professional darajasini yuqori pog‘onaga olib chiqishda ko‘p 
xizmat ko‘rsatdi.
 
“1958-yili B. Zokirov sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonda birinchi Davlat 
estrada orkestri tuzildi. Botir va Luiza Zokirovalar orkestrning solistlari sifatida 
faoliyatlarini davom ettirishdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, orkestrda o‘sha vaqtda 


155 
taniqli kompozitorlar – Yan Frenkel, Albert Malaxovlar (orkestrning badiiy rahbari 
va dirijyori) faoliyat ko‘rsatib, Botir Zokirov repertuarida keyinchalik eng sara, 
mumtoz asarlarga aylangan qo‘shiqlarning aranjirovkachilariga aylanishdi” (228, 46). 
60-yillarda paydo bo‘lgan, “mualliflik qo‘shiqlari” deb nom olgan janr, aslini 
olganda kuylanadigan she’rlardir. Bunday asarlarni ko‘pincha bitta muallif yaratadi. 
Ya’ni, shoir o‘zi yaratgan she’rlariga kuy bastalab ijro etadi. Bu toifadagi 
qo‘shiqlarning musiqiy yo‘llari o‘ziga yetguncha sodda bo‘lsa ham, mazmuni chuqur 
va ko‘p qatlamli bo‘ladi. Sababi, mualliflarning shaxsi, ularning dunyoqarashi 
qo‘shiqlarda namoyon bo‘ladi. 
70-80-yillarning eng yorqin namoyondalariga B. Okudjava, V. Visotskiy,
A. Galich, Y. Vizbor, Y. Kim kabi ijodkorlarni kiritishimiz mumkin. 
Ularning ko‘pchiligi rasmiy rahbariyat tomonidan tan olinmagan bo‘lsa-da, 
tomoshabinlar o‘rtasida mashhur edilar. Ularning ijodini keng omma o‘rtasida 
tarqalishiga audio tasmalari ayniqsa qo‘l kelgan. 
“Mualliflik qo‘shiqlari”ning ommalashuvida bir qator omillar rol o‘ynagan. 
Avvalambor, mualliflarning shaxsi ommaviy fikrlash odat bo‘lgan davlatda shaxsiy 
fikrni sahna orqali bildirish, katta jasoratni talab etgan, albatta. Buni tomoshabin 
sezgan va mualliflarni hurmat qilgan. Sahnadan turib jonli muloqotda bo‘lgan 
shoirlar, insoniy his-tuyg‘ularni sodda va tushunarli tarzda tomoshabinga 
yetkazganlar. 
Ana shu samimiylik tantanavor rasmiy san’atga qarama-qarshi qo‘yilgan. Davr 
estradasida sun’iy xushchaqchaqlik, muammolardan xoli bo‘lish kayfiyatlari hukm 
surgan bir paytda, “Mualliflik qo‘shiqlari”da hayotiy lavhalar, kundalik muammolar, 
hatto chuqur psixologik kayfiyatlar ko‘rsatilgan. 
Shu davrda ijod etgan san’atkorlardan butun Ittifoq ko‘lamida Botir Zokirovning 
ijodi alohida o‘rin tutadi. Garchand, Botir Zokirov “Mualliflik qo‘shiqlari”ga 
bevosita aloqasi bo‘lmasa ham, uning shaxs sifatidagi nufuzi ijro etgan har bir 
qo‘shig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ”Botir Zokirov qo‘shiqlari” degan tushunchani 
yuzaga keltiradi. 


156 
Musiqashunos G. Tursunova Botir Zokirovning fenomenini tahlil etib, 
quyidagilarni yozadi: “Botir Zokirov nomi estrada san’atiga o‘z ulushini qo‘shgan 
jahonning XX asrga mansub sara xonandalari qatoridan alohida o‘rin egallaydi. U 
“estrada yulduzi”, degan sharafli unvondan birmuncha baland. Chunki u, bir emas, 
bir necha avlod o‘zbek ijrochilari, keng ma’noda – butkul ziyolilari ma’naviy 
hayotining eng mazmunli bo‘lagiga aylangan san’atkordir. 
Botir Zokirov ijro uslubining muhim tomoni – yuksak badiiy did, ichki 
madaniyati bilan farqlanib, talqin nuqtai-nazaridan tinglovchilar e’tiborini o‘ziga jalb 
etishida namoyon bo‘ladi. Botir Zokirov zohiran tejamkor hissiyot va kamtarin sahna 
harakatlari orqali asardagi pinhon, teran hissiyot mazmunini tinglovchilarga yetkazib 
berish mahoratiga ega bo‘lgan. Zero, xonanda ijro etgan har bir qo‘shiq qalban his 
etilib, “dardli” ovozida uning g‘oyasi samimiy ifodasini topgan. Yagona ohang, kuy 
yo‘li orqali qo‘shiqni sahnalashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xonanda, o‘z 
navbatida, orkestr bilan uyg‘unlasha bilish mahoratiga ham ega edi. Ijro uslubining 
betakrorligi, yorqin va yuksak talqinlari bilan Botir Zokirov milliy estrada ijrochilik 
maktabiga asos soldi” (229,10-11). 
Qo‘shiq tug‘ilishidan tortib, to sahnaga taqdim etilishiga qadar, gramplastinka 
yoki magnit tasmasiga yozib olingach esa, uning talqini bo‘yicha shaxsiy tahlil 
jarayoni davom ettirilib, “qiyomiga” yetkazish uchun qilingan harakatlar, o‘y-fikrlar 
xonandaning kundaliklarida ham muhrlanib qolgan: “Mana, yana Moskvada Ikrom 
Akbarovning ikkita qo‘shig‘ini yozayapmiz. Biri – men uchun Turob To‘la she’riga 
yozilgan, biroq boshqa xonanda tomonidan ijro etilgan eski qo‘shiq, ikkinchisi esa, 
qog‘oz gul haqidagi qo‘shiqdir. U juda oddiy va uni tezda yozib oldik. Birinchisini 
esa yozishga botina olmadim. Ikrom bilan kunduzi bo‘lib o‘tgan repetitsiyada bir 
dahshatli narsani tushundim. Qo‘shiqni esdan chiqarayozibman, ya’ni uning 
nafosatini his eta olmadim, uni seza olmadim. U qachonlardir bo‘lganidek meni 
hayajonlantirib, ko‘nglimni undamayapti. Qanday qilib buni qaytarish mumkin? Uni 
yozish zarur. Lekin dasturdan o‘rin olgani uchungina emas, balki ko‘p narsalar u 
bilan bog‘liqligi uchun. Qo‘shiqni qaytadan tiklab, unga yangi hayot baxsh etish 


157 
zarur. U orqali go‘yo ijodim to‘sqinliklarini yengganim kabi qaytadan tug‘ilib, o‘rab 
turgan gumon va vahimalardan qutulgach, o‘z-o‘zimga ishonch hosil qilaman...
Qo‘shiqning repetitsiyasi yaxshi o‘tmadi. Yozish zarur. Juda qo‘rqib, 
asabiylashayapman. Qo‘shiqni qanday aytish lozim?.. Har bir tovush, kuy jumlasini 
tinglab, shundaymikin, deb bosh qotiraman.
Atrofdagi barcha narsalar, muhimi esa, shaxsan o‘zim qo‘shiqqa xalaqit berdim. 
Qo‘shiqni faqat seniki
2
bo‘lishi uchun nima qilish zarur? Ijroyimdan qoniqmagan 
holda odamlar uchun muhim va kerakli ish qilayotganimni idrok etish uchun nima 
qilish lozim? Qo‘shiq qanday bo‘lishi kerak? ...”
3
(228, 60). 
Bugungi kunda shunisi ayonki, Botir Zokirov nafaqat o‘zbek, balki butun Ittifoq 
estradasida o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlardandir. 
Ittifoq estradasida 20-30-yillardan e’tiboran jaz oqimi mavjud bo‘lgan. 
O‘tgan asrning o‘rtalarida AQShning qora tanli fuqarolari madaniyatida paydo 
bo‘lgan jazning asosiy maqsadi – norozilik mavzularini musiqaning murakkab janr va 
shakllariga o‘ragan holda bayon etishdan iborat bo‘lgan. 70-80-yillar estradasida esa 
jaz tushunchasi mutlaqo o‘zgarib ketgan. An’anaviy jaz tushunchasidan faqat ritm va 
tembr xususiyatlarini saqlagan musiqada ko‘pincha mavzuning o‘zi bo‘lmagan. Jazga 
nisbatan bunday yondashuv uning obro‘sini to‘kib, bir qator shinavandalaridan 
ayirgan. 
“Mualliflik qo‘shiqlari”da she’r matni birlamchi bo‘lib, musiqa asosan uni 
izohlagan. Musiqashunos N. Zorkaya B. Okudjavaning ijodiga nisbatan quyidagi 
fikrlarini bayon etgan: “Bulat Okudjava ijodining yuzaga kelishi davr she’riyati bilan 
uzviy bog‘langan edi. Shoirlarning tomoshabinlar bilan uchrashuvlari, maydonlardagi 
chiqishlari shular jumlasidandir” (71,183). 
“Mualliflik qo‘shiqlari”ni ijro etishda ko‘pincha gitara sozidan foydalanilgan. 
Natijada bu sozning ahamiyati benihoya oshgan. 60-80-yillarda gitara ikkinchi 
marotaba “tug‘ildi”, desak ham bo‘ladi.
2
Ta’kid - G. T.
3
Qarang: .S- 115. (Tarjima – G. T.)


158 
Chet el estradasi Beatles, Rolling Stones ta’sirida vokal instrumental ansambllar 
paydo bo‘lib, ko‘paya boshladi. Bunday ansambllar milliy respublikalarda ham 
yuzaga keldi. O‘zbekistonda “Yalla”, Belorussiyada “Pesnyari”, Ukrainada 
“Chervona ruta”. Ularning repertuaridan zamonaviy qo‘shiqlar bilan bir qatorda, 
folklor namunalari ham o‘rin egalladi. Misol tariqasida “Yalla” ansamblining 
repertuarini ko‘rishimiz mumkin. 
Musiqashunos G. Tursunovaning kuzatuvlariga ko‘ra: “Xususan, “Yalla” 
ansamblining qiyofasini gavdalantiruvchi folklor namunalari talqini nozik did, xalq 
ohanglariga ehtiyotkorlik munosabatida yondashish, har bir asarda o‘zgacha original 
topilmalar topib qo‘llashi bilan e’tiborni tortadi” (231,364). 
Bu ansambllarda asosiy musiqiy sozlarning deyarli barchasi elektron texnikaga 
asoslangan edi. 
Studiyalarda yozib olingan musiqiy material audio tasmalar va plastinkalar 
orqali tezlik bilan ommalasha bordi. Natijada musiqaga nisbatan yangicha yondashuv 
yuzaga keldi. O‘rganilayotgan davrda barcha musiqiy jamoalarning professional 
tayyorgarligi bir xil bo‘lgan, deya olmaymiz. 
Davr matbuotiga murojaat etadigan bo‘lsak, B. Okudjavaning bu borada 
bildirgan fikrlari nihoyatda qiziqarlidir: “Badiiy sa’viyasi past musiqiy materialning 
ham ommalashib ketishi, albatta salbiy natijalarga olib keladi. Zero, radio va 
televideniyedan berilayotgan eshittirishlarni tomoshabin etalon-namuna sifatida qabul 
qiladi. Sifati past musiqiy material esa tomoshabinning ongini zaharlab, badiiy didini 
tushurib yuboradi...” (158, 4-5) 
70-80-yillarda ko‘tarilgan mazkur muammo bugungi kunga qadar o‘z yechimini 
topgani yo‘q. Ammo shunisi aniqki, texnik imkoniyatlardan vosita sifatida 
foydalanib, asosiy e’tibor badiiylikka qaratilgan asarlarni tomoshabin haligacha sevib 
tomosha qiladi. Va aksincha, texnik vositalarga ortiqcha ishonib, tashqi 
jimjimadorlikka uchgan qator jamolar o‘z davrida qalqib chiqqan bo‘lsalar ham, vaqt 
sinoviga dosh bera olmadilar. 
60-yillarda musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning rivojlanishi 
“Mualliflik qo‘shiqlari” va jaz musiqasining ommalashuviga olib keldi. Musiqiy 


159 
ijodning bu ikki turi o‘zining shinavandalariga ega bo‘lib, ijodiy cho‘qqisiga shu 
yillarda erishdi. 
70-yillarda musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning dastlabki taraqqiyoti 
rok musiqa yo‘nalishini keltirdi. Ommaviy musiqaning boshqa yo‘nalishlaridan farqli 
o‘laroq, rok musiqasi texnik vositalar bilan yanada izchil bog‘langan edi. G‘arbda 
paydo bo‘lgan bu yo‘nalish turli tortishuv va bahslarga sabab bo‘ldi. Uning tub 
mazmun va mohiyatini tushungan tomoshabinlar doirasidan faqat tashqi ko‘rinishini 
qabul qilganlar ko‘proq edi. Rok musiqasini estrada san’atining ma’lum oqimi 
sifatida qabul qilish, uning uslublaridan ijodiy foydalanish keyinchalik yuzaga keldi. 
80-yillarda rok musiqasining ommalashuvi, mazkur masalalarga nisbatan rasmiy 
tashkilotlarning e’tiborini o‘ziga tortdi. 80-yilda Tiflis shahrida o‘tkazilgan “Tbilisi-
80” rok festivali bu e’tiborning yorqin dalilidir. Shundan e’tiboran, rok musiqasi 
televideniye, 
radio 
eshittirishlaridan 
o‘rin 
egalladi. 
Rok 
musiqasiga 
qiziqadiganlarning klublari, to‘garaklari ochila boshlandi. Keyinchalik, bu yo‘nalish 
tizimli tus olib, Vilnyus shahrida “Lituanika”, Moskvada “Rok-panorama” festivallari 
o‘tkazildi. “Avtogrof” singari rok ansambllar hatto xalqaro “Burje bahori” (Fransiya, 
1987) kabi konkurslarda qatnashdilar. 
Rok musiqasining yoshlarga ta’siri ma’lumdir. Shunga ko‘ra, bu masala doimo 
dolzarb bo‘lib, bahs va tortishuvlarga sabab bo‘lib kelgan. Masalan, 1987-yil 
Leningrad (hozirgi Peterburg) shahrida “Leningrad bahori” festivali doirasida “Rok 
atrofida” deb atalgan kontsert-bahs tashkil etilgan. Butun Ittifoqdan tashrif buyurgan 
musiqachilar mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etganlar. “Kompozitor va 
tinglovchi” masalasi ayniqsa ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. 
Tinglovchilarning keng doirasi bilan kompozitorlik ijodining muloqoti doimiy 
muammolardan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan matbuot sahifalarini egallab turadi. 80-
yillarga kelib bu masala ayniqsa ko‘ndalang turdi. Zero, kompozitorlik ijodi bilan 
yosh tinglovchilarning o‘rtasida uzilish mavjudligi aniq seziladi. 
Ming afsuski, bu bahslar shuni ayon qiladiki, ko‘p sonli yoshlar uchun “musiqa” 
tushunchasi faqat estrada bilan chegaralanadi. 


160 
Estrada musiqasining ajralmas qismi bo‘lmish rok musiqasi esa ma’no jihatidan 
chuqur va murakkab san’at turi sifatida idrok etiladi. 
Darsligimiz doirasida, rok musiqasining afzal tomonlarini hech bir inkor 
qilmagan holda, 80-yillar san’atini tahlil etamiz. 
80-yillar rok musiqasini musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning dastlabki 
taraqqiyotisiz tasavvar qilib bo‘lmaydi. Davrning buyuk kompozitori A.Shnitke bu 
haqida: “Rok musiqasi - ovozni kuchaytirish vositalarisiz, kuchaytirib berilgan 
zarblarsiz - o‘zi ham bo‘lmaydi” (259, 221). 
Yuqorida kelitirilgan iqtibosda kompozitor rok musiqasining yana bir asosiy 
xususiyatini tilga olgan, u ham bo‘lsa - shiddatli ritm zarblarini. 
Musiqa tarixini retrospektiv ravishda ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ritm zarblariga 
asoslanish musiqaning qadimiy irmoqlariga borib taqaladi. Deyarli barcha xalq va 
elatlarda ritmga qurilgan musiqiy janrlar mavjuddir. Shamanlikda esa zarblardan 
hatto gipnoz sifatida foydalaniladi. 
XX asrning oxirlariga kelib ritmlarning ta’sir kuchidan rok musiqasida 
foydalanilgan. Texnik vositalar esa ritmlarga g‘ayrioddiy kuch bahsh etgan. Rok 
kontsertlarda yuzaga keladigan emotsional keskinlikda, yoshlarga to‘lgan zallardagi 
ommaviy raqslarda ritm zarblarining ta’siri kattadir. Ostinato ravishda shiddat bilan 
bir ritmning tizimli qaytarilishi avvaldan ma’lum bo‘lgan uslubdir. Ammo texnik 
vositalar bilan kuchaytirilgan tovushlarning ta’siri salbiy natijalarni ham yuzaga 
keltiradi. 
80-yillar estradasida ma’lum va mashhur jamoalar qatorida badiiy sa’viyasi past, 
mutaxassilikka ega bo‘lmagan ijrochilar ham talaygina bo‘lgan. Bu holat haqida 
R.Shedrin 1984-yil Kompozitorlar s’yezdidagi nutqida quyidagicha fikr bildirgan: 
“Yolg‘on musiqa sharshara singari har tomondan ustimizga yog‘ilmoqda. Katta 
zallardan boshlab, ochiq stadionlar, diskotekalar, restoranlar shu ummonga ko‘milib 
yotibdi. Tovush muhitining zaharlanishini ekologiyaning buzilishi bilan qiyoslash 
mumkin. Bularning ikkalasi ham insoniyatga ham ruhiy, ham fiziologik zarar 
yetkazadi” (269, 11). 


161 
70-80-yillarda yuzaga kelgan ommaviy madaniyat musiqaning turli ko‘rinishlari 
o‘rtasidagi farqni keskinlashtirdi. Shu davrdan e’tiboran “ommaviy musiqa” degan 
tushuncha yuzaga keldi. Musiqa madaniyati esa jiddiy bilan yengil, badiiy yuksak 
bilan tarallabedod, akademik bilan noakademik atamalari bilan ajratildi. 
1987-yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan musiqashunoslarning navbatdagi 
uchrashuvida shu masalalarga alohida e’tibor ajratilgan edi. Jumladan, mazkur davrga 
kelib, badiiy yuksak musiqa madaniyati, ommaviy tomoshabin ko‘zgusida o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani, musiqa madaniyatining o‘zi esa bir necha qatlamlarga ajralib 
ketgani aytib o‘tildi. Eng muhimi, bir paytlar yagona bo‘lgan musiqiy madaniyatning 
har bir qatlami o‘zining janrlariga, kompozitorlariga hamda ixlosmandlariga ega 
ekanligi ta’kidlandi. (110, 1-2). 
80-yillarda bu muammoni hal etishda quyidagi vazifalar belgilangan edi: 
Birinchidan, ommaviy musiqaning yo‘nalishlari bo‘lmish rok musiqa, pop 
musiqa, jaz, “mualliflik qo‘shiqlari” bilan akademik va folklor musiqalarning 
o‘rtasida yuzaga kelgan tafovutni bartaraf etish yo‘llarini izlash. 
Ikkinchidan, estrada musiqasining taqdirini faqat professional musiqachilar 
zimmasiga yuklash. Ommaviy qo‘shiqlar yaratishni hurmatga sazovor bo‘lgan 
kompozitorlarga topshirish. 
Bugungi kun ko‘zi bilan qarab R. Pauls, D. Tuxmanov, Y. Saulskiy, M. Minkov, 
M. Dunayevskiy kabi kompozitorlar ijodi tufayli pop musiqasining hurmati oshgan 
edi desak, mubolog‘a bo‘lmaydi. 
O‘zbekistonda ham estrada musiqasi bir necha yo‘nalishlarda rivojlangan.
80-yillar haqida to‘xtalar ekanmiz, kompozitorlardan R. Vildanov, Qalandarov,
D. Siadaminova kabi buyuk ijodkorlar mazkur yo‘nalishda ijod qilganlarini aytib 
o‘tishimiz zarur. 
Estrada tuhfa qilgan yangi yo‘nalishlar bilan akademik musiqani 
yaqinlashtirishning yana bir murakkab yo‘li bu – turli janr va oqimlar sintezidir. 
Avvalgi davrlarda ham bu yo‘nalashda urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 60-yillarda 
yozilgan kontsert va simfoniyalarda kontrastlilik maqsadida kiritilgan jaz musiqasiga 
o‘xshatishlar bo‘lgan. Ammo 80-yillarga kelib “jiddiy” deb qabul qilinadigan musiqa 


162 
bilan estrada musiqasining o‘rtasidagi g‘ov nihoyatda kengayib ketgan. Bu haqida 
kompozitorlarning o‘zi bir necha bor gapirganlar. Masalan, E. Denisov o‘zining 
“Zamonaviy musiqa va kompozitorlik texnikasi” kitobida shunday deydi: “Bugungi 
kunda san’atning turli ko‘rinishlari – kino, teatr, tasviriy san’at, musiqalar aro 
sintezga moyillik ko‘zga tashlanmoqda. Turli sotsial qatlamlarda joy egallagan san’at 
turlari o‘rtasidagi chegara ham yo‘q bo‘lib ketmoqda. Shuning uchun biz ham eskilik 
sarqitlari bo‘lib yangiliklarga qarshilik qilmasligimiz kerak. Jumladan, jaz 
musiqasining “jiddiy” musiqaga kirib kelishiga yo‘l qo‘yishimiz zarur...” ( 51.163). 
Kompozitorning o‘zi “Kunlar ko‘pigi” operasida mazkur yo‘nalishda ilk 
qadamlar qo‘ygan. Akademik opera qonuniyatiga Dyuk Ellington uslublarini kiritib, 
bir tomondan yorqin obrazlilikka, ikkinchi tomondan esa vaqt muhitini yaratishga 
erishgan. 
Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, opera bilan estrada janrlarini 
yaqinlashtirishdagi birinchi qadamlarni Toshkentda tug‘ilib katta bo‘lgan,
V. A. Uspenskiy maktabining bitiruvchisi kompozitor V. Jurbin amalga oshirgan. 
Uning 1975-yilda yozgan “Orfey va Evredika” operasi rok-opera sifatida mashhur 
bo‘lib ketgan. Kompozitor keyinchalik shu yo‘nalishni davom ettirib, qator operalar, 
baletlar, myuzikllar yaratgan. 
Umuman, 70-80-yillar O‘zbekiston kompozitorlari uchun yuksaklik pallasiga 
erishilgan davr desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero shu davrda turli yo‘nalishlardagi 
operalar, baletlar, simfoniyalar yaratildi. Zamona talabiga ko‘ra, yangilik belgilari 
ham barq urdi. Hatto, estrada yo‘nalishida yangi janr va tasvirlash uslublari ixtiro 
qilinadi. Jumladan, (1973-1979) Respublikada estrada san’ati “beshik” davrini 
surayotgan bir paytda, “Myuzik-xoll” kabi yetuk tomosha san’atining tug‘ilib, voyaga 
yetishi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
“Ma’lumki, “Myuzik-xoll” estradaning eng mukammal va murakkab 
teatrlashgan-tomosha janri bo‘lib, tarkibida oddiy kontsert nomerlari emas, balki 
birmuncha chuqur dramaturgiya asosida rivojlangan spektaklda – vokal, nutq, 
aktyorlik san’ati, xoreografiya, sirk, musiqa janrlari mujassam etadi. 


163 
Botir Zokirovning sa’yi-harakatlari bilan 1972-yili Toshkentda Osiyoda yagona 
(sobiq Ittifoqda esa uchinchi) “Myuzik-xoll” jamoasi tashkil etildi. Botir Zokirov 
ushbu jamoaning nafaqat badiiy rahbari, balki taniqli rejissor Mark Zaxarov bilan 
birgalikda sahnalashtiruvchi rejissori vazifasini bajardi. Jamoa o‘z oldiga dasturni 
milliy, o‘zbekona an’analar asosida rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yadi. 
1973-yil 5-iyunida Leningradda Toshkent “Myuzik-xoll”ining birinchi 
premyerasi namoyish etildi va ayni shu sanadan boshlab jamoaning rasmiy faoliyati 
boshlandi. 
“Myuzik-xoll”ning “Sindbod dengizchining 1973-sayohat sarguzashtlari” deb 
nomlangan doimiy dasturini Moskva teatrining taniqli rejissori Mark Zaxarov hamda 
satira teatrining yetakchi aktyori Aleksandr Shirvind yaratishdi. 
Botir Zokirov jamoaga shu yillari milliy estrada san’ati dovrug‘ini ko‘targan 
taniqli san’at namoyondalarini taklif etdi” (228.79). 
“Myuzik-xoll” taqdim etgan revyuda estradani aks ettiruvchi zamonaviy janrlar 
o‘zbek xalqi milliy san’at an’anasi bilan o‘zaro omuxtalangan yorqin tomosha 
sahnalashtirildi. 
Dastur ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, “Sharq bozori. Sharq ertagi” hamda 
“Toshkent to‘yi” deb nomlandi. Tomosha O‘zbekistonning gavjum, rango-rang sharq 
bozori sahnasi bilan ochiladi. Tomoshabinlar ko‘z oldida milliy kurash, dorbozlar va 
pahlavonlar lavhalari, doira ijrosidagi tantanali sadolar o‘rin oldi. 
Sharq ertagining bayoni uchun o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllanib 
kelgan sevimli “askiya” san’atiga xos mushohada shakli tanlangan. Yorqin estrada 
yo‘nalishida yaratilgan qo‘shiqlar, milliy raqsning jozibali, turfa va betakror sur’ati 
asosida sahnalashtirilgan balet nomerlari tabiatan hajviy, hozirjavobligi bilan zamon 
talablariga hamohang intermediyalarning ketma-ketligi yaxlit bir kompozitsiyani 
tashkil etadi. 
Kompozitor Tofik Boboyev tomonidan A. Faynberg she’riga yozilgan “Sindbod 
qo‘shig‘i” (spektaklning bosh va asosiy leytmotivi) keyinchalik ma’lum ma’noda 
“Myuzik-xoll”ning ramziga aylandi. 


164 
Musiqiy revyuning dramaturgik jihatdan “bog‘lanish” va “rivojlanuv”i 
to‘laligicha birinchi bo‘lim zimmasiga yuklangan. 
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, myuziklning original talqini (jumladan to‘y 
bazmida mehmonlar va mezbonlarning tabrik nomerlari) spektaklga chetdan taklif 
etilgan va bevosita harakatning qahramonlariga aylangan san’atkorlar ishtirok etishini 
ko‘zda tutgan edi. Shu bois, “Myuzik-xoll”da Vladimir Visotskiy, “Navo”, “Yalla”, 
“Poyushie gitari”, Irina Ponarovskaya, Shimoliy Osetiyaning “Alan” ansambli, 
shuningdek, respublikaning taniqli san’at ustalari bevosita qatnashib, dasturga 
yangicha tus, betakrorlik baxsh etganlar. 
““Myuzik-xoll” ssenariysining sahnalashtiruvida Mark Zaxarov birinchi 
marotaba “Sani”
4
lar xizmatiga murojaat qilgan. Bu yo‘l taniqli rejissorning shaxsiy 
topilmalaridan biri bo‘lib, keyinchalik u sahnalashtirgan qator asarlarda o‘z davomini 
topdi”, - deb ta’kidlaydi Shoh, Vazir, Shayton, Munajjim rollarining doimiy ijrochisi 
Andrey Petrovets. 
Dasturni “oyoqqa qo‘yish” vazifasi yillar davomida Botir Zokirov zimmasiga 
yuklandi. “Men bunday ulug‘ san’atkor bilan bir sahnada ishlashga muyassar 
bo‘lganimdan o‘zimni baxtli inson deb bilaman. Men ulardan amaliyot jarayonida har 
bir san’atkorga nasib etmaydigan sahna ijrochiligi sir-asrorlarini o‘rgandim. 
Tomoshabinlar hamisha haq. Bu aksiomadir”, - ko‘pincha ta’kidlardi Botir Zokirov. 
O‘ziga va yon-atrofdagilariga talabchan xonanda biz – “Myuzik-xoll” artistlarini 
tasodifiy-havaskorona, erkin badihaga yo‘l qo‘yishimizdan ogohlantirar edi. “Faqat 
qat’iy ijro omillarini puxta o‘zlashtirib, yuqori mahoratga yetkazmagunga qadar erkin 
badihaga yo‘l qo‘yilmasligi lozim!”, - deb takrorlardi Botir Karimovich. Uning 
san’atda targ‘ib etgan estetik qarashlari va prinsiplari shaxsan men uchun ijodimning 
ustuvor qoidasiga aylandi” 
5
(228, 82). 
Shu muhitda tarbiya ko‘rgan yurtdoshimiz V. Jurbin tomonidan Ittifoqda 
birinchi rok-operaning yaratilishi ahamiyatlidir. Ammo mazkur voqea bu sohada 
erishilgan birinchi yutuq bo‘lsa ham, uni Ittifoq darajasida targ‘ibot qilishmagan. 
4
Sani – spektaklda fon vazifasini bajargan sahna ishchilari.
5
G. Tursunovaning A. Petrovets bilan 2002-yil, 10-iyulda o‘tkazgan suhbatidan.


165 
Qaytanga, 80-yillarda Moskvada yashaydigan kompozitorning asari birinchi rok-
opera deb jar solingan. 
Musiqaning turli yo‘nalishlarini birlashtirish milliy respublikalarda ham amalga 
oshgan. Jumladan, Boltiqbo‘yi kompozitorlari ijodida bunday harakatlar ijobiy natija 
keltirgan. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish