O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


M. Zarinning “Muqaddas Mavrikiyning ajoyibotlari”



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

M. Zarinning “Muqaddas Mavrikiyning ajoyibotlari”.
 
Kompozitor M. Zarin 
o‘z librettosiga
1
yozgan “Muqaddas Mavrikiyning ajoyibotlari” mohiyati bilan opera-
pantomimadir. Komik effektlarni yuzaga keltiruvchi, kontrast uslub va usullarga 
asoslangan lirik-komediyali harakatlar uchun asardagi haqiqiy tarixiy voqealar faqat 
fon bo‘lib qolgan. Masalan, boy beva xotin issiq-sovuq qiladigan dorini olish uchun 
yalmog‘iz kampirning uyi oldida sodir bo‘layotgan “Yarim tundagi messa” ga keladi. 
Bu yig‘ilish o‘z mohiyati bilan xor ijro etuvchi xoraldan iborat bo‘lib, parallel 
ravishda qorovul tayog‘i taqillashi va mushuk miyovlashini tasvirlaydi, undan keyin 
yalmog‘izlar kankani uzoqdan eshitalayotgan iltijo va mushuklarning yangi kontserti 
bilan almashinadi.
A. Petrovning “Dunyo yaratilishi” baleti.
 
A. Petrovning “Dunyo yaratilishi” 
baletida (J. Effel rasmlari asosida) yumor va lirika chatishib ketadi. Uslub 
elementlari, yengil ironiya sodda, go‘zal yoshlik obrazini yaratishda yordam beradi. 
Uslubiy vositalar kontrastligi yumoristik epizodlarni qayd qiladi (“Xudoning o‘ylari” 
– bu altlar tovushidir, “Odam Atoning yaratilishi” – ovozlar “A” ga ijro etishadi
aleatorik kvadrat xaosni imitatsiya qiladi, jaz elementlari shayton va yalmog‘iz 
kampirni ta’riflaydi va hokazo). 
Biroq lirik va o‘yin qatlamlardan tashqari spektaklda dramatik harakatlar yuzaga 
keladi (“Ofatlar”) (95, 74).
 
B aletdagi turli uslubiy elementlar sintezi haqida kompozitorning o‘zi shunday 
yozgan edi: “...Men zamonaviy insonning musiqa dunyosi Bax va shanson,
D. Shostakovich asarlarini va jazni qamrab oladi deb o‘ylagan edim. Bularning 
barchasi bitta insonda yashay olsa, unda u nima uchun bitta asarda yashay olmaydi?”
(167, 60) 
Bu masala juda ko‘p kompozitorlarni qiziqtirar edi. Masala turlicha, ya’ni 
ba’zida keskin, ba’zida vazminlik bilan yechilar edi. Ammo 60-yillarda uslublarni 
sintezlashga bo‘lgan intilish barcha janrlarni qamrab oldi va an’anaviy janrlar turi 
doirasini o‘zgartirgan edi.
1
Kompozitor bir necha adabiy asarlar muallifidir.


64 
Mazkur jarayon qo‘shiqda sekinroq kechdi, ammo u ham kichik shaklda 
umumiy ko‘rinishni qaytardi. Qo‘shiqning rivojlanishi 50-yillar oxiridan boshlandi. 
O‘sha vaqtda V. Solovyev-Sedoy va M. Matusovskiylarning “Podmoskovniye 
vechera” asari xalqning eng sevimli qo‘shig‘i bo‘lgan. Sovet qo‘shiqlari xalqaro 
festivallarda tan olinar edi. 1963-yilda, masalan, A. Ostrovskiy va L. Oshaninlarning 
“Har doim bo‘lsin quyosh” qo‘shig‘i Sopotda birinchi mukofot bilan taqdirlandi. 
Qo‘shiq ijtimoiy va shaxsiy hayotning muhim voqealarini aks etishga harakat qilar 
edi. Qo‘shiq mavzulari, ya’ni: urush haqida xotiralar (V. Basner va M. 
Matusovskiyning (“Nomsiz balandlikda”, V. Muradeli va L. Sobolyevning 
“Buxenvald navbati”), tinchlik uchun kurash (V. Solovyev-Sedoy va Y. 
Dolmatovskiyning “Agar butun dunyo yigitlari”, E. Kolmanovskiy va Y. 
Yevtushenkoning “Ruslar urushni xohlaydimi?”), fuqaroviy lirika (A. Paxmutova va 
L. Oshaninning “Bexotirjam yoshlik haqida qo‘shiq”), yoshlik va yoshlar haqidagi 
qo‘shiqlar (A. Petrov va G. Shpalikovning “Men Moskva bo‘ylab boryapman”, V. 
Karpenko va G. Registanning so‘zlariga yozilgan A. Eshpayning “Do‘stlik haqida 
qo‘shiqlar”, R. Shedrin va V. Kotovning “Balandlikda ishlayotgan ishchilar marshi”, 
S. Grebennikov va N. Dobronravovlarning so‘zlariga yozilgan A. Paxmutovaning 
“Geologlar”), Vatan haqida (M.Fradkin va L.Oshaninning (“Volga oqmoqda”), sevgi 
haqida ( M. Tanich va I. Shaferanning so‘zlariga yozilgan O. Feldmanning “Butun 
dunyo”, A. Eshpay va Y. Yevtushenkoning “Qor yog‘moqda”, A. Babadjanyan va Y. 
Yevshtushenkoning “Shoshilma”) kabilardan iborat bo‘lgan. Mazkur mavzular oldin 
ham qo‘shiqlarda ishlatilar edi. Ammo oldingi davrlarga qaraganda qo‘shiqlar 
individuallashgan bo‘lib (“Podmoskovniye vechera”), janrlarda esa kontarstlilik 
kuchaya bordi. 
Shu munosabat bilan monolog (M. Tariverdiyevning qo‘shiqlari), romans 
shakllari roli ancha oshdi (A. Paxmutovaning “Nejnost” qo‘shig‘i), intonatsion-ritmik 
formulalar kengaydi, estrada-raqs elementlari faol ishlatila boshlandi.Qo‘shiqchilik 
sohasida B. Okudjava, N. Matveyeva, V. Visotskiylarning mualliflik qo‘shiqlari 
ijodning individual qatlamini tashkil qilgan edi. Ularning ijodida so‘zga, 


65 
intonatsiyaga, qo‘shiq-suhbat janriga alohida e’tibor berilar edi. Shunday qilib, janr 
sintezi va individuallashtirishga intilish barcha janrlarni qamrab olgan edi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish