68
lirikasida” kuzatiladi). Asarda hayot va o‘lim nima ekanligi haqida mulohaza olib
boriladi.
Ma’lumki, D. Shostakovich simfoniya yozishdan oldin M. Musorgskiyning
“O‘lim qo‘shiq va raqslari”ning orkestrovkasi ustida mehnat qilgan.
XX asrda insoniyat konslagerlarni, Xirosima va Nagasaki dahshatlarini boshidan
o‘tkazgan va o‘lim nima ekanligini anglagan bir paytda O‘n to‘rtinchi
simfoniya
mazkur tsiklni davom ettirdi.
D.Shostakovichning simfoniyasida zamonaviy fojeani sezish F. Goyyaning
“Kaprichos” va P. Pikassoning “Gernik” kabi asarlariga o‘xshaydi.
To‘rtta har xil shoirlar – G. Lorka, G. Apolliner, V. Kyuxelbeker va M. Rilke
kabi ijodkorlar asarlarini tanlab, D. Shostakovich ularni birlashtiruvchi jihatlari deb
otashinlik, insonga bo‘lgan muhabbat,
yorqin ommaviylik, zo‘rovonlik natijasida
sodir bo‘lgan nohaq o‘limga qarshi norozilik va so‘zning poetik mazmunini
ko‘rsatadi.
Asarda she’riyat bilan musiqaning, vokal (u soprano va bas uchun yozilgan edi)
bilan instrumental (kamer orkestri – torli va ko‘p sonli zarbli asboblar) qismlari tabiiy
holatda birlashib ketgan edi.
Simfoniyaning intonatsion obraz qurilishi yaxlitligi bilan ajralib turadi.
U birinchi ikkita qismda yuzaga keladi: passakalyaga yaqin bo‘lgan, intonatsiyalarga
asoslangan birinchi yig‘i-yo‘qlovga (“De profundis”) va dramatik skertso
(“Malagenya”)ga asoslangan. Har ikki qismda
diatonika bilan birga
xromatizatsiyalangan melodik chiziq mavjud. XX asrning o‘ziga xos “belgisi”
sifatida “qatorlar texnikasi” yordamida ifoda etiladi. Bularning barchasi
simfoniyaning qolgan o‘n bitta tragik qismlarda rivojlangan murakkab obrazli-
mavzuviy majmuani tashkil qiladi.
Yorug‘lik unsuri bor yagona epizod V. Kyuxelbekerning “Delvig haqida”
she’riga yozilgan elegiya oliy ma’naviy qadriyatlardan biri bo‘lgan haqiqiy do‘stlikni
eslatadi. Undagi yagona nur taratuvchi bu epizod simfoniyaning lirik
kulminatsiyasiga aylanadi.
69
Elegiyada aks etilgan fikrlar nafaqat juda iliq, insoniy, sof bo‘lgan lirik mazmun
tufayli, balki A. Delvig va V. Kyuxelbeker nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan A. Pushkin,
dekabristlar, oliy maqsadlar, chin do‘stlik, rus shoiralarining fojeali hayotlari asosida
yuzaga kelgan o‘xshatishlar orqali katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Agar simfoniyanig dastlabki yetti qismida yolg‘izlik,
taqdirga tan berish
obrazlari ustuvor bo‘lgan bo‘lsa va yakuniy qismlari ham boshi berk ko‘chaga olib
kirgan bo‘lsa-da, “Delvig haqida”gi qismida yuqorinki lirika abadiylik siymosi
sifatida o‘limga qarshi kuch bo‘lib ishtirok etadi.
O‘n to‘rtinchi simfoniyaning musiqasi keskin dinamik kontrastlarga ega bo‘lib,
kuchli ekspressiyasi bilan ajralib turadi. Melodik tovushlar, dinamik o‘zgarishlar,
vokal partiyaning rechetativ xususiyati va albatta, tembrlarning taqqoslanishi kayfiyat
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Juda ko‘p tembrlar G. Maler ijodidagidek ramzlanadi.
Jom – marhumning dafn etilishini, past kontrabaslar – qorong‘ulikni, ksilofon,
kastanetalar – “o‘liklar raqsini” (T. Mann), torli kvintet
kantilenasi va ayniqsa
violanchel tembri oliy insoniy fazilatni aks etadi.
Suhbatlarning birida D. Shostakovich O‘n to‘rtinchi simfoniya haqida shunday
degan edi: “Men katta asarni hayotimning ko‘p qismini yashab bo‘lganim uchun
yozmaganman. Men bu haqda kam o‘ylayman. Shu bilan birga menga otilgan toshlar
yanada yaqinga tushmoqda. O‘z hayotini yaxshi yashab o‘tishi uchun barcha insonlar
o‘lim borligini bilib yurishi lozim” (51, 142).
O‘n to‘rtinchi simfoniya – falsafiy va shaxsiy kategoriya ko‘rinishdagi hayot va
o‘lim haqidagi liriko-publitsistik mushohadadir. D. Shostakovich mazkur
simfoniyada o‘z taqdirini bekitib turuvchi pardani ochib tashlaydi. G. Apollinerning
turli she’rlaridan tuzilgan “Sante qamoqxonasida”gi qismida ikki marta yuzaga
kelgan matn bilan mavzu-monogrammaning birlashishi orqali D.
Shostakovich
deyarli shifrovka qilmasdan o‘z qayg‘u-alami va dardini ifoda etganligi hech kimda
shubha uyg‘otmaydi.
Birinchi marta cho‘ziq instrumkental fugatotadan keyin orkestrning tutti
yangrashida DSCH (D. Shostakovich) ijro etiladi, undan keyin qo‘shiqchi quyidagi
70
gapni aytadi: “Men
ilgaridek emasman, men hibsga olinganman, barcha umidlarim
poymol bo‘ldi”. Ikkinchi marta DSCH orkestr mavzusi qo‘shiqchining gapini
o‘rtasida keladi: “Mening boshimdagi tikanli gulchambarni olib tashla – DSCH –
olmasang u mening miyamgacha kirib boradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: