O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

14-Mavzu: O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORI 
Reja: 
1. Bolalar uchun mo‘ljallangan va bolalar tomonidan ijro etiladigan qo‘shiqlar. 
2.Mavsum qo‘shiqlari. 
3.Marosim qo‘shiqlari. 
4. Xalq qo‘shiqlari va ularning turlari haqida ma`lumot. 
5. Mehnat qo‘shiqlari.
6. Mavsum-marosim va urf-odat qo‘shiqlari
Darsning mazmuni
Bolalar folklori haqida 
 
Bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining ajralmas turi hisoblanib, rang - barang 
janrlardan tarkib topgan. Kattalar tomonidan yaratilgan, shuningdek, bolalarning 
o‘zlari to‘qigan og‘zaki ijod namunalarini qamrab olgan bolalar folklorini mazmuniga 
ko‘ra uch yirik turkumga ajratish mumkin: 1.CHaqaloqlarni tinchlantirish, ovutish va 
erkalash maqsadida kattalar tomonidan ijod qilingan 
onalarning erkalovchi 
qo‘shiqlari. 2.
Dastlab kattalar og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan, so‘ngra bolalar 
tomonidan o‘zlashtirilgan
mavsum - morosim qo‘shiqlari. 
3. Bolalarning o‘yin 
jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtda aytiladigan
 bolalar qo‘shiqlari. 
Bolalar og‘zaki ijodi haqidagi dastlabki ma’lumotlar Mahmud Qashqariyning 
«Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi. Jumladan, asarda 
«Kuchirma o‘yin», «Ut 
bandal», «Un to‘rt»
2
, «Qorag‘uni»,
kabi o‘yinlar haqida ma’lumot berilib, ularda 
aytiladigan qo‘shiq turlaridan namunalar keltiriladi. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX 
asr birinchi choragiga qadar bo‘lgan davrda A.Borovkov, E. Peshcherova, A. Vamberi 
kabi sharqshunos olimlar o‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plab ma’lum ishlarni 
amalga oshirganlar. SHo‘rolar davrida H.Zarifov, O.Safarov, F.Jahongirov bolalar 
folkloriga oid materiallarni nashr qilishda, ularni ilmiy 
o‘rganishda sermahsul ijod qildilar. 
Olimning olib borgan izlanishlari universitet va institut talabalari uchun mo‘ljallangan darslik va 
o‘quv qo‘llanmalarida aks etgan.
 
Xalq og‘zaki ijodi badiiy tafakkur taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilgan eng ilg‘or 
va hayotbahsh an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy sarchashmasidir. Ana shu ma’naviy 
merosning eng qadimiy qatlamiga xos qadriyatlar tizimida o‘zbek bolalar marosim folklori an’analari 
alohida o‘rin tutadi. 
O‘zbek bolalar marosim folklori namunalari faqat o‘yin jarayonida ijro etiladi, shuning uchun 
ham u o‘yinning tarkibiy qismi bo‘lib, shu o‘yin uchun zamin tayyorlaydi, yaxshi kayfiyat 
bag‘ishlaydi, ishtirokchilar faoliyatini kuchaytiradi, qiziqarli harakatlarni yuzaga keltiradi. Bunday 
folklor namunalari kichkintoylarni ijtimoiy kamol toptirish, ulardagi topqirlik, epchillik kabi 
2
Маҳмуд Қашқарий. Девону луғотит турк. 1-жилд. –Тошкент 1960.Б.-445 - 452. 


158 
hislatlarni o‘stirishga katta yordam beradi. Eng muhimi, bolalarning ham jismoniy, ham ma’naviy 
kamolotida bunday folklor asarlarining o‘rni benihoya. 
O‘zbek bolalar marosim folklorining asosiy tarkibini o‘yin qo‘shiqlari tashkil etadi. Bolalar 
qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan bog‘liq. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Chittigul», 
«Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg‘och» kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, 
dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni 
isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq. «Bu bog‘chada olicha», 
«Zuv-zuv borag‘on», «Chamandagul», «Oq sholi, ko‘k sholi» va boshqa qo‘shiqlar turli davrda 
aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat 
jarayonlari, kattalar hatti-harakatlariga taqlid aks etadi. O‘yinlar ham, qo‘shiqlar ham, bolalarning 
aqliy va jismoniy kamolotiga etishiga yordam beradi, ularda zavq uyg‘otadi. O‘yinlar bolalar 
folklorining murakkab turi bo‘lib, unda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O‘yinlarni kichik 
yoshdagi bolalar «Choriy chambar», «Hakkalakam» kabi sanama o‘yinidan, katta bolalar «Qushim 
boshi» degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bog‘chalari, maktablardan o‘yindan keng 
foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qat’iyatli, qiyinchiliklarni engishga, 
o‘rtoqlariga yordam berishga tayyor bo‘lish singari yaxshi sifatlarga ega bo‘lib o‘sishlariga yordam 
beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va o‘qish kitoblariga kiritilgan. 
O‘zbek bolalar marosim folklorining juda ko‘pchilik namunalari, xususan, bolalar qo‘shiqlari 
an’anaviy xalq kalendari va vaqt hisobi – yil fasllari bilan bog‘liq holda yaratiladi va ijro etiladi. 
Masalan, «Boychechak», «Oftob chiqdli olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», 
«Qurbaqa», «Qaldirg‘och» kabi qo‘shiqlarni bolalar goh tom boshida, goh dalalarda, qishloq 
ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak 
(boychechak), birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq. «Bu bog‘chada olicha», «Zuv-
zuv borag‘on», «Chamandagul», «Oq sholi, ko‘k sholi» va boshqa qo‘shiqlar turli davrlarda 
aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat 
jarayonlari, kattalar hatti-harakatlariga taqlid aks etadi. 
Ko‘ramizki, o‘zbek bolalar marosim folklorining talaygina, namunalari kichkintoylarning yil 
mavsumlari, tabiat hodisalari, turli xarakterdagi marosimlarga munosabatlarini tasvirlovchi asarlar 
tashkil etadiki, ular o‘z navbatida muayyan turkumlar va janrlarga birlashadilar. Ularni bolalarning 
mavsum va marosim qo‘shiqlari deb atash mumkin, shuning uchun ham ularni shartli ravishda 
quyidagicha guruhlashtirish maqsadga muvofiq: 
a) Bahor taronalarini ifodalovchi va shu faslda ijro etiladigan bolalarning o‘yin qo‘shiqlari. 
(«Navro‘z», «Boychechak», «Lola», «Binafsha», «Chittigul», «Varrak uchirish» kabilar). 
b) Yoz va kuz taronalarini madh etuvchi va shu fasllarda ijro etiladigan bolalarning o‘yin 
qo‘shiqlari («Ho kishma», «Mehmon-mehmon», «Quvlashmachoq», «Darvozadan o‘tar», «Xo‘p 
qo‘shig‘i» va boshqalar). 
v) Qish taronalarini madh etuvchi va shu faslda ijro etiladigan bolalarning o‘yin qo‘shiqlari 
(«Laylak qor», «Qor qiz», «Qorbobo-qorbobo», «Topishmoqlar bayrami», «Ertak bilan uchrashuv» 
kabilar). 
g) Bolalarning quyosh, oy, kamalak, shamol, yomg‘ir va tabiatning boshqa hodisalarga 
munosabatlarini ifodalovchi yalinchoq qo‘shiqlari, shuningdek, qadimgi ajdodlarimizning totemistik 
e’tiqodlariga daxldor har xil hayvonlar, qushla rva hasharotlar bilan bog‘liq hukmlagich qo‘shiqlari 
ham bolalarning mavsum-marosim qo‘shiqlariga taalluqlidir («Oftob chiqdi olamga», «Ho Haydar», 
«Kamalakjon, kamalak», «Shamol, shamol», «Xoll, kal», «Beshiktervatar» kabilar). 
2.Xalq qo‘shiqlarida rasm-rusmlar rang-barang. Hammasi o‘rinli va zarur. Masalan, 
qizaloqning sochini yuvib-taraganda aytiladigan qo‘shiqlarni oladigan bo‘lsak, bunday qo‘shiqlarda 
sochning uzunligi, qalinligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada ko‘rkamligi obdon 
maqtaladi. Baquvvat sochning uzunligi cho‘zsa oy va quyoshga ham etib borishi quvnoq misralarda 
ifodalanadi: 
Oyda - quloch 
Kunda – tutam. 
Senga – kuyov, 


159 
Menga – palov. 
«Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi; 
Oq sholiga ko‘k sholi, 
Oq sholini oqlaylik, 
Ko‘k sholini ko‘klaylik 
Yaxshi kunga saqlaylik, 
Hayu, chittigul. 
Hayu, chittigul singari misralariga nazar soladigan bo‘lsak, bu qo‘shiqda asosan g‘alla-sholi 
to‘g‘risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali uning juda mo‘l bo‘lganligini; bu mo‘l-
ko‘l sholini pala-partish qilib eb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish 
darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida 
bolalarga ko‘p gapiramiz. 
Yuqoridagi qo‘shiqdan ayon bo‘lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab 
ishlatishni o‘z farzandlariga qattiq o‘rgatib kelishgan. 
Qadimda ota-bobolarimiz shamol yordami bilan tegirmon yurgizishgan, shamol yordami 
bilan g‘allalarini tozalashgan. 
Ramazon qo‘shiqlari ham dillarga huzur bag‘ishlaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, 
qo‘shiqlar bolalarning nafosatini o‘stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, 
do‘stlik, qahramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalar folklorida yana bir turkum qo‘shiq va she’rlar borki, ular asosan bolalarning o‘zlari 
tomonidan ijod qilingan. Ularni umumiy nom bilan 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish