O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Allalarni
ham lirik qo‘shiqlar qatoridagi ajoyib namunalar sifatida baholash 
mumkin. To‘g‘ri, folklorshunoslikda onaning go‘dak farzandini uxlatish maqsadida 


156 
aytadigan allalarni bolalar folklori tarkibida tahlil qilish odati bor. Ammo allalar 
matnini o‘rganish ularning so‘z san’ati namunasi sifatidagi fazilatlarini lirik qo‘shiq 
deb belgilash ham xato emasligini tasdiqlamoqda. Chunki alla matnini go‘dak bola 
tushunmaydi. Binobarin, qo‘shiqlarning bu turida onalik mehri, quvonchi, g‘ururi; ayni 
choqda dardi, alami, o‘kinchi o‘z ifodasini topadi: 
Dilimdagi himmatim, alla. 
Og‘zimdagi novvotim, alla. 
Daryo suvga to‘layotir, alla. 
O‘g‘lim menga kulayotir, alla. 
O‘g‘lim menga qarab kulsa
Ko‘nglim nurga to‘layotir, alla 
Xullas, lirik qo‘shiqlar mohiyat nuqtai nazardan inson qalbining izhori 
darajasida e’zozlangan asarlar turkumini tashkil qiladi. 
Tarixiy qo‘shiqlar
. O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qo‘shiqlar 
bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan kam uchraydigan ijro namunasidir. 
O‘tmishda tarixiy qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga shubha yo‘q. Prof. Bahodir 
Sarimsoqov tarixiy qo‘shiqlarga shunday ta’rif beradi: «Demak, konkret tarixiy shaxs 
yoki voqealar tasvirlangan she’riy asar tarixiy qo‘shiq sanaladi». Marsiyada esa asar 
qahramonining ismi, u qilgan yaxshiliklar real hayotiy aniqlik bilan aks etgan. Xalq 
hayotdagi ijobiy o‘zgarishga ham, salbiy o‘zgarishga ham zudlik bilan o‘z 
munosabatini bildirgan. Masalan, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanida 
Normuhammad Qushbegining Toshkentdagi bekligi davri haqida quyidagi qo‘shiq 
parchasini keltirgan: 
Zamon-zamon dorilamon, 
Normat to‘ram bo‘lsin eson. 
XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida doston bo‘lgan. 
Namoz yoki Niyozga bag‘ishlab qo‘shiqlar vujudga kelgan. Keyinchalik Isfandiyor va 
uning amaldorlari kirdikorlarini fosh etuvchi to‘rtliklar yaratilgan: 
Isfandiyor xon bo‘ldi, 
Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi.
Azroildan kam emas, 
Olajagi jon bo‘ldi. 
yoki: 
Isfandiyor bo‘lgach bizning xonimiz, 
Og‘zimizdan oqar bo‘ldi qonimiz, 
Beva-bechoraning ahvoliga voy, 
Yemakka topilmas burda nonimiz. 
Bu to‘rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi. Tarixiy vaziyatga 
nisbatan ifodalangan g‘azab va xonga nisbatan nafrat zamonga xalq bergan baho 
darajasida edi. Aniqrog‘i, jazolov hukmi bo‘lib jarangladi.Umuman, XX asrning 15-
25-yillari o‘rtasida yaratilgan tarixiy qo‘shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan 
mazmunli edi. Ehtimol, bu holat yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi tarixiy 
voqealarning ko‘p ro‘y berganiga bog‘liqdir. Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi 
podshoh va xonlarning adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo‘lgan keskin 


157 
qoralovchi ayblar mazkur qo‘shiqlarning bosh mazmunini tashkil qildi.Shunday qilib, 
tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqea hodisa yoki aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy 
davr haqida yaratilgan asar namunasi hisoblanadi.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish