Mavsum-marosim qo‘shiqlari.
Xalqimizda mavsum, marosim, bayram
so‘zlari bilan ifodalangan tushunchalar bor. Ular haqida aniq tasavvurga ega bo‘-lish
uchun bu so‘zlarning ma’no ifodalash chegarasini belgilash zarur. «Mavsum» deganda,
asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz,
kuz fasllari bi-lan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar
munosabati bilan o‘tkazila-digan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq
shodiyonasi, tantana kun ma’nosini ifodalay-di. Ma’lum bo‘ladiki, «marosim»
tushunchasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan.
Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu
tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq ishtiroki bo‘lishi
lozim. To‘g‘ri, biz, ko‘pincha, «bayram marosimi» birikmasini qo‘llashimiz mumkin,
ammo bu holatda gap oilaviy marosim haqida emasligi ta’kidlanadi. Dunyoda bironta
xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlamasin. Bayramlar
butun xalq tayyorgarligi bilan o‘tkazila-di. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus
taomlar pishiriladi, bayram liboslari tikila-di, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar,
musobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bay-ramlar tizimida xalq tarixi, milliy
xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu tasavvurlarni oilaviy, muayyan
hudud aholisi o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-odatlar to‘ldiradi,
mukammallashtiradi.Olimlarning ma’lumot berishlaricha, mavsum-marosimga oid
tadbirlar, xalq ommaviy bayramlarining tarixi minglab yillar bilan o‘lchanar ekan. Abu
Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida «Navro‘z»,
«Ramush og‘am», «Boboxvora» kabi o‘ndan ortiq bayramlar xususida ma’lumot
beriladi. Xalqimiz bugungi kunda mavsum-marosim, bayram va udumlarni
o‘tkazishning uzoq qadimiylarini qayta tiklamoqda, ularni tashkil qilishda mukammal
151
rejalar bilan ish olib bormoqda. Xalqimiz har bir faslning o‘ziga xos fazilatlarini ta’rif
etgan, qish, bahor, yoz, kuz fasllarida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni
qo‘shiqlarda lirik tarzda ifodalagan. Xususan, qish faslida «Sherda» nomi bilan atalgan
gap-gashtak, ulfatchilikda:
Qor yog‘mayin ola bo‘lgan tog‘lar-a,
G‘unchasidan xazon bo‘lgan bog‘lar-a,
Kuyistonda kuyib o‘tgan bedilxon,
Ustida qag‘illab o‘tgan g‘ozlar-a,
Begim allayor, allayor qo‘shig‘i ulfatlarning jo‘raboshisini saylashda
aytilgan. Bahorda turna, boychechak, sumalak, shox moylash qo‘shiqlarini aytish odat
bo‘lgan:
Adirlar to‘la chechak,
Biz keldik ucha-ucha,
Boychechagim, boychechak,
Kutib oling, hoy chechak. Xalq odatlariga ko‘ra o‘tkaziladigan
shamol to‘xtatish, shamol chaqirish, oblo baraka kabi yozgi marosimlarda o‘ziga xos
qo‘shiqlar aytilgan:
Choy momo, choy, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol.
O‘zbekistonda kuzning fayzi alohida qayd qilinadi. Hosil yig‘ish, qovun
sayli, to‘kinlik xalqqa mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu faslning ham o‘z qo‘shiqlari
mashhur:
Qovun-qovunlar dedim,
Mazali qovunlar dedim,
Ey shirinnovvot dedim,
Gurvak qovunlar dedim.
Xalqimizda marosimlar juda ko‘p. Yil quruq kelib, bahorda yomg‘ir
yog‘masa, «Yomg‘ir chaqirish» marosimi («Sust xotin»); bug‘doy, sholi boshoqlari
yetilgan paytda shamol ularni payxon qilsa, «Shamol to‘xtatish» («Choy momo»); don
mahsulotlarini shopirish vaqtida shamol bo‘lmasa, «Shamol chaqirish» («YO,
Haydar»); yil sovuq kelsa, omad yuz o‘girsa, qurbonlik keltirish marosimlari
o‘tkazilgan. Ayniqsa, oilaviy marosimlarda: to‘y va azalarda qo‘shiqlar mehmon va
mezbonlarning, mayit egasining doimiy hamrohiga aylangan.To‘ylardagi yor-yorlar,
o‘lan aytish-lar, kelin salomlar xalq poetik ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolgan.
Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan boshlansa, mehr yetakchi bo‘lsa, keyingi
hayot ham inoqlikda o‘tishini tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko‘nglini bir-
biriga yaqin qilish orzusi qayta-qayta tilga olinadi:
Shoyi ko‘ylak yengiga
Tut qoqaylik yor-yor,
Kelin-kuyov ko‘ngliga
O‘t yoqaylik yor-yor.
152
Ma’lumki, og‘zaki ijoddagi qo‘shiq o‘zining tez fursatda, ba’zan
badihago‘ylik – improvizatsiya usulida yaratilishi bilan boshqa janrlardan farq qiladi.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, shoirlik iste’dodiga ega bo‘lgan yor-yor ijrochisi
to‘y vaziyatiga qarab yangi-yangi to‘rtliklarni to‘qib ketavergan. Natijada, aynan to‘y
o‘tkazilayotgan payt qo‘shiq matnida foto tasvirdek aks etib qolgan:
Qish kunida sovuq yeb,
Horib keldik yor-yor,
Achchiq-tirsiq kerakmas,
Koyib keldik yor-yor.
Albatta, hayot ijtimoiy tuzum, siyosiy sharoitlar taqozosi bilan doimiy
ravishda o‘zgarib borgan. Turmushga chiqayotgan qiz o‘z turmush o‘rtog‘ini faqat
go‘shangadagina ko‘rishi mumkin bo‘lgan zamonlar o‘tdi. Ba’zan davlatmand
odamlarning ikkinchi, uchinchi, hatto to‘rtinchi xotini bo‘lish taqdirida yozilgan qizlar
ham bo‘lgan. Bunday qismat ifodasi yor-yorda aks etmasligi mumkin emasdi:
Uzoqqa borgan qizning
Rangi sariq yor-yor,
Ko‘zidan oqqan yoshi
Misli ariq yor-yor.
Tokchadagi qaychini
Zang bosibdi yor-yor,
Yangi tushgan kelinni
G‘am bosibdi yor-yor.
Turmushga chiqqan kelinning dardi, alami bilan g‘am bosgani tokchada
ishlatilmay qolgan qaychining zang bosishiga qiyoslanmoqda. Bunday tasvir vositasi
folklorshunoslikda parallelizm deb nomlangan bo‘lib, ikki yonma-yon narsaning
o‘xshashligini taqozo etadi. Yor-yor matnlari mehnat va mavsum qo‘shiqlaridan
qofiyalanishidagi mukammallik bilan ajralib turadi. Jumladan, yor-yorlarda «baxt»,
«taxt»; «omon», «somon», «alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiyali misollarni
uchratamiz. Bu qo‘shiq turlari ba’zan olti, ko‘pincha yetti bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.
Turoq tizimi 4+3; 5+2 tarzida belgilanadi. Qofiyalanish shakli a b, b a yoki a b, v b
tarzida shakllangan.
Kelin salomlar ham to‘y qo‘shiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi.
An’anaviy kelin salomlar matnida Allohga, Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v)ga,
chahoryorlarga, avliyo va anbiyolarga murojaat qilish alohida o‘ringa ega. Agar xalq
qo‘shiqlarining boshqa turlarini ko‘pchilik bo‘lib ijro qilish mumkin bo‘lsa, kelin
salomlar, asosan, bitta chechan qo‘shiqchi, ba’zan ikkita ayol tomonidan ijro qilingan.
Odatda, kelin salom aytuvchi ijrochi mazkur marosimga fayz kiritishi yoki, aksincha,
qizita olmasdan uyatga qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ijrochi butun tajribasini,
mahoratini, xonandalik san’atini to‘liq namoyish qilishga urinadi. Atrofdagi
qatnashchilar ruhiyatini ko‘tarish uchun yumor unsurlaridan foydalanadi. Kelin
salomlar aksari uch misradan iboratdir. Shundan ikkitasi fikr ifodalash maqsadini
nazarda tutsa, uchinchisi naqarot sifatida takrorlanadi:
Ko‘ylaklari yamoqli,
Yopgan noni sanoqli,
153
Qaynonasiga salom.
Muhimi, bunday kulgili mazmundagi misralar marosim ishtirokchilari
tomonidan hazil ma’nosida tushunilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |