O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Chelak tumanida yashovchi yigit va qizlar jarchilar  qo‘shig‘idan keyin



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

,
Chelak tumanida yashovchi yigit va qizlar jarchilar
 qo‘shig‘idan keyin
shy xildagi aytishuvlarni ijro qilishlari haqida malumot mavjud: 
Yigit:
hamal - hamal derlar-o, 
Dudog‘i boldan derlar-o
Hamal qizi xur qizday,
Yonoqlari qirmizday. 
Qiz:
Nondan oling, jon bek aka,
Suvga soling, jon bek aka.
Shirmonoyini ivitib-o,
Nondan oling, jon bek aka. 
Yigit «ukasi»: Tandiringaan yangajon,
Mandiringdan yangajon.
Shunday shirin noningiz, 
Tandiringdan yangajon.
Bolalar o‘yin fol’klori. 
Xalq ijodi namunasi hisoblangan bolalar o‘yinlari o‘z tarkibida 
muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-harakat, ramziy ma’no kasb etuvchi etnografik detallar, 
poetik fol’klor namunalari, ohang va tomoshaviylik elementlarini yaxlit xolda mujassamlashtirgan 
sinkretik hodisadir. Bolalar o‘yinlari ajdodlarimiz tafakkurining eng qadimgi elementlaridan biri 
bo‘lgan ibtidoiy rituallar va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida juda q adim zamonlarda yuzaga 
kelgan. Davrlar o‘tishi bilan bunday marosimlar tarkibidagi o‘yinlar o‘zining rituallik xususiyatini 
yuqotib, oddiy tomosha unsuri yoki ko‘ngil ochar vositasiga aylangan. 
Bolalar o ‘ yinlarining muayyan bir q ismi bevosita qadimgi odamning o ‘ z turmush 
tarzini badiiy talqin etish ehtiyoji tufayli bevosita mehnat qilish jarayonida shakllangan. Ovchilik, 
chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek, qadimgi hunarmandchilik, ajdodolarimizning kundalik 
turmush tarzi bolalar o ‘ yinlarining kelib chiqishiga asos bo‘lgan dastlabki va asosiy ijtimoiy 
manbalar sirasiga kiradi. 
Ajdodlarimiz - qadimgi turkiy qavmlarining turmush tarzi ovchilik, chorvachilik bilan 
bevosita bog‘liq bolgan. Ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarzi ajdodlarimizdan o‘z 
farzandlarini yaxshi chavondoz karagay mergan kuragi yer ko‘rmagan pahlvon q ilib tarbiyalashni 
taqozo etadi. Shuning uchun ot o‘yinlari, poyga, tirandozlik musobaqalari kurash, tuya, quchqor, 
xo‘roz urushtirish qadimdan keng rasm bo‘lgan edi. Ana shu an’analar asosida asrlar davomida 
o‘zbek bolalar fol’klor o‘yinining badiiy tizim shakllangan. Bolalar o‘yin fol’kloriga oid manbalarni 
to‘plash 
1.
XI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davr. 
2.
XIX asrning oxiri XX asrning 30-yillarigacha bo‘lgan davr 
3.
XX asr 30-yillaridan to bugungi kunga qadar 
Bolalar o‘yinlari haqidagi ilik ma’lumot X1 asrda yashab o ‘ tgan mashxur turkiyshunos 
olim M.Koshg‘ariyning devonu lug‘atit turk asarida qayd etilgan. Turkiy q avmlar orasida to‘p bilan 
o ‘ ynaladigan a adimiy o‘yinlardan biri Chavgon keng rasm bo‘lgan. Bolalarning o‘yin tanlashdagi 
didi va o‘yin turlari yillar utib uzgarib bormokda. Bugungi kundagi o‘yinlarda vatanparvarlik 
ruhi yaqqol ko‘rina boshladi. Bu o‘yinlar xalq bilim va tajribasini yillar davomida 
mukammallashgan ko‘rinishidir. 
«Navro‘zjon» qo‘shig‘i navro‘z faslining erkalatib aytilishidir. Bunday vaqtlarda bolalarning 
bahorgi o‘yin-kulgilari asosida qo‘shiqlar yaratiladi. o‘g‘il va qiz bolalar orasida yaqin kunlargacha 
«To‘p», «To‘p tosh», «Chittigul» kabi o‘yinlar bo‘lardi. Bu o ‘ yinlarning har birining o ‘ ziga 


170 
xos qo‘shiqlari bo‘lib, ular o ‘ yin jarayonida bir bola yoki ko‘pchilik tomonidan ijro etiladi. 
Topishmoqlar ham bolalar o ‘ yinining bir turi hisoblanadi. Topishmoqlar bola taqdirida muhim 
o ‘ rin tutgan, uning intellektual o‘sishida faol ishtirok etgan, xalq pedagogikasining qo‘shiqlar, 
ertaklar singari, o ‘ z xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan poetik, aqliy mashg‘ulotlaridan 
biridir. Bolalar topishmoqlarni topishda qatnashar ekan, o‘zini qurshab turgan olamni kuzatishga, 
tabiat hodisalarini bilib olishga, ularga bo‘lgan o ‘ z munosabatini bildirishga o ‘ rganadilar. 
Bolalar fol’klorida tez aytish ma’lum tovushlarni takrorlash orqali amalga oshiriladi. Bir so‘z 
bilan aytganda, bolalar fol’klori bolalar adabiyotining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
O‘yinga chaqirish - shahar va qishloq bolalari odatda kechqurunlari to‘planib, gaplashib 
o‘tiradilar, ertaklar aytadilar. Turli xil o‘yinlar o‘ynaydilar. Shunday paytlarda bolalarni to‘plash, 
o‘yinlarni uyushtirish, ayrim bolalar tomonidan tashabbuskorlik ko‘rsatish talab qilinadi. Shahar 
joylariga o‘yinga quyidagicha chaqiriladi. 
Tokchaga bug‘doy sepuvdim,
Undimikin-o, undimikin? 
Mashrabboy uydan chiqmaydi, 
Yotdimikin-o, yotdimikin? 
Qishloq joylarda esa kesqinroq, murosasizrok ravishda chaqiriladi: 
Tomda tovuq qotarmi, 
Ayroningdan tortarmi? 
O‘yin yoqmas bolalar, 
Nomozshomdan qotarmi,
Kel-xo! 
Bolalar fol’klori navqiron avlodning psixologiyasi xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi 
salohiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda bolalarning voqelikka munosabatlari, estetik 
qarashlari va rang-barang tuyg‘u-kechinmalari muhrlangan. 
Shunisi e’tiborliki, o‘g‘ilbolalarning mavsumiy o‘yinlaridan yana biri predmet o‘yinlaridir. 
Uning juda ko‘pchiligi o‘ziga xos aytim va qo‘shiqlarga ham ega. Masalan, xorazmlik bolalarning 
oshiq o‘yinida – oshiq otayotganda quyidagi aytimlar ijro etiladi: 
Bir oshiqli – bitmas, 
Ikki oshiqli – yigitmas, 
Uch oshiqli – uragal, 
To‘rt oshiqli – tura gal, 
Besh oshiqli – beri gal, 
Olti oshiq - olchi oshiq, 
Etti oshiq - olti oshiq. 
Mazkur aytim badiiy qurilishining o‘ziga xosligi ikkita: a) matnning badiiy qurilishi yettilik 
sanoq amalining folklor asarlaridagi poetik formulasiga asoslanadi; b) har bir misradagi so‘zlar 
fonetik qurilishdagi mutanosiblik saqlanadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish