O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Sanamalar
aytilganda so‘z yoki bug‘in - sanoqlar yordamida o‘yin shartini bajaruvchi bola 
aniqlanadi. Jumladan,
«yashinmachoq»
o‘yinida sanama oxirida qolgan bola ko‘zini yumib 
belgilangan sonni sanaguncha yashiringan bolalarni topish shartini bajarishi kerak,
 «quvlashmachoq»
o‘yinida esa qochgan bolalarni quvib ushlashi lozim. Sanamalar mavzu va hajm nuqtai nazaridan 
rang-barang bo‘ladi: 
 
Laylak keldi,
Tuxum quydi. 
Nechta? 
Beshta. 
Bir, ikki, uch, to‘rt, bssh. 
Yoki 
Omonmisiz - esonmisiz? 
Tog‘dan kelgan mehmonmisiz? 
Uyga kirnng, choy iching, 
Choy ichmasangiz safdan chiqing. 
Sanamalarda odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoq sonlarining tartibi keltirilmaydi, balki qofiyali
so‘zlar yoki bo‘g‘inlar sanoq vazifasini bajaradi. Raqamlarning o‘rnini so‘zlar egallashi o‘zoq 
o‘tmish tushunchalari bilan bog‘liq. Qadimgi ajdodlarimiz tasavvurida inson o‘z istaklarini har-xil 
salbiy kuchlardan, hayvon va qushlardan sir tutishi, narsalarni o‘z nomi bilan emas, balki o‘zgacha 
nomda aytishni ma’qul ko‘rishgan, shu sabab raqamli tartibli sanoqdan ham ehtiyotkorlik bilan 
foydalanishgan. Barakasini qochirmaslik uchun chorvadorlar mol va qo‘ylarini, ovchilar o‘ljalarini, 
bekalar tovuq tuxumlarini sanashni hosiyatsiz, deb bilganlar (bu irim hozirda ham saqlanib 
kelinmoqda). Biroq sanoqsiz ham qiyin bo‘lganligi uchun odamlar sanashning boshqa turlarini 
tuqishgan. Davr o‘tgani sayin bunday irimlar
 
kuchsizlanib, sanamalar bo‘lib o‘yinlarga o‘zlashdi.
Ba’zi o‘yinlarda to‘plangan bolalarni ikki gruppaga ajratib olish kerak bo‘ladi. Bunda 
sanamalardan emas, 
matashmachoqlar
qo‘llaniladi. Bolalar matashib (juftlashib) uzoqrokka 
borishadida, o‘zlariga nom quyib, yoki qo‘llariga nimanidir yashirib ikki o‘yinboshi oldiga kelishadi. 
Ba’zan bolalar faqatgina matashib, narsani bekitmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yinboshilarning 
savollariga javob berishadi. O‘yinboshilar savol-javob bilan bolalarni tanlab olishgach, o‘yin 
boshlanadi. 
Matashmachoqlar sanamalar kabi she’r ko‘rinishida bo‘lib, ular o‘yin qatnashuvchilarini 
guruhlarga ajratuvchi yoki navbatini belgilovchi vazifani o‘taydi. Sanamalar bir necha misradan 
tarkib topgan sanoq ritmidagi she’r bo‘lsa, matashmachoqlar so‘rok - javobga asoslangan qofiyali 
nazmdir: 
-Bolqon. bolqon,
Qo‘ying, kayda? 
-Anov tog‘da, 
-Nima eydi? 
-Ut eydi. 
-Nima berar? 
-Sut berar. 
-Yog‘imi - yo, so‘zmasi? 
«Yog‘i» degan bolalar bir tomonga, «so‘zmasi» degan bolalar ikkinchi tarafga bo‘linishib ikki 
gruppani tashkil qilishadi va o‘yin boshlanadi. Bunday o‘yinlardan 
«Oq terakmi, ko‘k terak»
o‘yini 
keng tarqalgan. O‘yin shartiga ko‘ra bo‘lingan ikki guruh bola 20 - 30 qadam uzoqlikda bir-biriga 
qarab tizilishadi. Har guruh bolalari bir-birlarining qo‘llarini zanjir qilib ushlashadi. Birinchi 
gruppadagi bolalar raqib guruh bolalariga qarata shunday deydi: 
Oq terakmi, ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak? 


163 
Ikkinchi guruh bolalari javob beradi:
Oq terak, ko‘k terak,
A’lochi Xondamir kerak. 
Nomi aytilgan bola yugurib qo‘l ushlashib to‘rgan ikkinchi guruh bolalari orasidan yorib 
o‘tishi va qo‘li ochilib ketgan bolalardan birini o‘zi bilan olib ketib, guruhiga qo‘shishi kerak. 
Mabodo zanjirni uzolmasa bolaning o‘zi shu gruppada qolib ketadi. O‘yin shu tariqa davom etadi. 
Qaysi guruhda to‘rttadan kam bola qolsa, o‘sha guruh yutqizgan hisoblanadi. Shuningdek, bolalar 
orasida 
«Chori chambar», «Qotib qolish», «Bozlar», «Juba - juba», «Yotma qoch», «Jambul»
kabi 
o‘yinlar ham mavjud bo‘lib, ularda aytiladigan she’rlar bolalar tomonidan yaratilgan. 
Bolalarning harakatli o‘yinlardan tashqari aytiladigan ijod namunalari ham turli yurak 
kechinmalarini, istak va quvonchlarini aks ettiradi. Bolalar o‘zlarini urab to‘rgan ochunni, tabiatni, 
texnika yangiligini, har bir narsa – hodisani ko‘zatadilar. O‘rtog‘ining yaxshi xulqi yoki «ikki» olishi, 
biron bir masalada do‘sti bilan bahslashishi, akasining uylanmaganligi, yangasining xom non yopishi, 
ko‘kda samolyot uchishi, zovurda qurbaqaning vaqillashi bolalarning diqqatini tortgan. Shu sababli 
turli mazmun
dagi aytishuvlar, chandishlar, tegishmachoqlar
va
to‘rtlik she’rlar
paydo bo‘lgan. 
Bolalarning nutqini rivojlantirish va eslash qobiliyatini oshirish maqsadida
 tez aytishlar
va
 sirli til
(tarabar tili)
ijod qilingan. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish