O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

(“Men akamni kuzatdim”) 
Vatanimni, 
Xalqimni
Ko‘z qoramdek saqlayman. 
Askar akamga o‘xshab 
El ishonchin oqlayman. 
(“Askar ukasi” ) 
Deyman tez-tez o‘tsaydi 
Imillamay yil, 
Kattakon bo‘lar edim 
Sizlardek qoyil. 
So‘ng Vatan xizmatiga 
Otlanib men ham, 
Bo‘lardim sizday botir –
Askar chinakkam. 
(“Botir askar”) 
Bu erda biz aytmoqchi bo‘lgan gap uchta she’rdan olingan parchalardagi mazmunning 
o‘xshashligidagina emas, balki jajji qahramonlarning Vatan xizmatiga otlanishni orzu etishlariga 
sabab bo‘layotgan vositalarning ham aynan o‘hshashligidadir. Bizningcha, she’rlardagi kichkintoy 
qahramonlar akalarining harbiy qism safiga chaqirilishi yoki askarlarni ko‘rishini aytib, orzu 
qilishning o‘zi etarli emas. Qahramonlar qalbidagi sun’iy hissiyotning kitobxonga ko‘chmasligi sirini 
shundan izlash kerak.
Vatan urushidan keyin o‘tgan davr ichida o‘nlab poemalar, ertak-dostonlar maydonga 
keldi. Oybekning “Zafar va Zahro”, “Bobom”, Q. Muhammadiyning “Dunyoda eng kuchli nima?”, 
“Solijon”, Shukur Sa’dullaning “Laqma it”, “Ikki donishmand”, Po‘lat Mo‘minning “O‘rinbosarlar”, 
“Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Oltin nay”, “Jalil eshitgan ertak”, Qudrat 
Hikmatning “Toshbaqalar hujumi”, “Bobo dehqon hangomasi”, “Chovkar”, “Chirchiq farzandi”, 
Ramz Bobojonning “Cho‘pon o‘g‘li”, Safar Barnoevning “Biz dehqon bolasimiz”, “Oltin shahar 
haqida afsona”, “Oltin oshiqlar”, Miraziz A’zamning “Aqlli bolalar” (“Asror”), “Bedananing buvisi”, 
Tursunboy Adashboevning “Dovonlar”, “Harflarning sarguzashti”, Qambar Otaning “G‘ildiraklar 
qo‘shig‘i”, Toshpo‘lat Hamidning “Asrorqulning qo‘chqori”, Ergash Raimning “Bir dona yaproq”, 
Rauf Tolibning “Sehrgar do‘stim bor”, “Maqtanchoq”, Azim Usmonning “G‘aroyib Ajdarho”, 
Kavsar Turdievaning “Toshkesaklar mamlakatida” kabi poema va ertak-dostonlari yaratildi. 
Shoir Po‘lat Mo‘min “Ko‘ngil istar yaxshilik” asarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, 
birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik masalalarini ilgari suradi. 
Bolalar hayotida sodir bo‘ladigan yutuq va kamchiliklar badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli epizodlarda 
chizib beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, maktab o‘quvchilarining jozibali hayoti zavq-shavq bilan 
tasvirlanadi.
Shoir eng avvalo yangi “mahallaning chiroyi” bo‘lgan jonajon maktab binosi 
haqiqatdan ham “bilim saroyi”ga aylanib ketganligini maroq bilan tasvirlaydi. Ana shundan 
keyingina o‘quvchini bu erda ta’lim –tarbiya olayotgan o‘z qahramonlari bilan tanishtiradi. 
Poemaning har bir sahifasida ezgulik, oliyjanob insoniy fazilatlar qabartirilgan holda yoritiladi. 
Asarning asosiy g‘oyasi chizig‘ini tashkil etgan O‘ktam obrazi yosh kitobxonni o‘ziga maftun etib 


180 
oladi. U juda sho‘x, olov qalbli. Tomda varrak uchirib yiqilib tushgan, shuning uchun “miyasi sal lat 
egan”. Natijada asab kasaliga giriftor bo‘lgan. O‘ktam oqko‘ngil, rostgo‘y, haqiqatchi bola. U 
hayotga haqiqat ko‘zi bilan qaraydi, boshqalarning ham shunday bo‘lishini istaydi. Ammo o‘zi 
o‘qiydigan sinfda Tolibga o‘xshagan ba’zi o‘yinqaroq , tegajoq, shoir so‘zi bilan aytganda “olifta” 
bolalar uning jig‘iga tegadi, asabini buzadi, kasalini qo‘zg‘aydi, sinfdan-sinfga o‘tolmaganini yuziga 
soladi.
Yaxshi gapning shaydosi bo‘lib qolgan O‘ktamning kasali qo‘zg‘ab yiqilib qolishi 
yosh kitobxonda O‘ktamga nisbatan chuqur achinish, Tolibga nisbatan esa kuchli nafrat xissini 
uyg‘otadi.
Bir necha kundan so‘ng tuzalib kelgan O‘ktam o‘qishga sho‘ng‘ib ketadi.
Tolib Shokir akaning kasal bo‘lib qolganini eshitib, xursand bo‘ladi, darrov o‘yin-
kulgi, bekorchilik haqida og‘iz go‘pirtirib gap sotadi: 
Shokir akamiz bu gal, 
Yaxshiyam bo‘bdi kasal. 
Darsga kelmasmush ancha, 
O‘ynaymiz xohlagancha –
deb ustozga achinish o‘rniga xursandligini bildiradi. Bu gap O‘ktamga qattiq botadi. Shunda 
u Tolibni yaxshilikka chaqiradi, o‘qituvchi-ustozga bunday munosabatda bo‘lmaslik kerakligini 
uqtiradi. Ammo janjalkash Tolib bu gaplarga quloq solish o‘rniga O‘ktamning jig‘iga tegadi, asabini 
buzadi, uni musht ko‘tarishga majbur qiladi. Sinfdagi ayrim o‘quvchilar Tolibni urib qochib ketdi, 
degan gap tarqatishadi. Faqat samimiy do‘st Qodirgina bu gapga ishonmaydi. O‘ktamning beozor, 
sofdil ekanligini isbotlashga urinadi. 
Tolib O‘ktam ustidan o‘qituvchi-ustozlarga arz qiladi. O‘ktamning uyiga otasini 
boshlab boradi. Lekin voqea davomida kitobxon Tolibning chaqimchi, o‘qishga xushi yo‘q, 
kekkayma bola ekanini bilib oladi.
Dostonda jamoa tarbiyasining ahamiyati g‘oyatda chuqur ifodalangan. O‘ktam 
sog‘ayib o‘qishga qaytadi. O‘ktam va Tolib janjali muhokamasiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan sinf 
majlisi dostonning eng avj nuqtasi hisoblanadi. Bu erda haqiqatgo‘ylik, a’lo o‘qish, do‘stlarni, 
kattalarni hurmat qilish, axloq-odobda boshqalarga o‘rnak bo‘lish kabi masalalar targ‘ib etiladi. 
Yolg‘onchilik, beodoblik, o‘zgalarni mensimay, xudbinlik qilish qoralanadi.
Qodirning yig‘ilishdagi so‘zi ayniqsa, xarakterlidir. U haq gapni aytadi. O‘ktamning 
gunohsiz, Tolibning esa aybdor ekanligini, birma-bir isbotlaydi, hammani o‘z fikriga ishontira biladi.
Natijada Tolib dakki eydi, o‘z qilmishini bo‘yniga olib, o‘rtog‘ini nojo‘ya xafa qilib 
yurgani uchun ichi achiydi.
Asarning oxirida Tolib avvalgi gerdaygan, olifta, dimog‘dor bola emas, aksincha, 
oddiy, shirinsuxan o‘quvchiga aylanadi: 
Bir qarang-chi Tolibga 
Emas uncha olifta 
Gaplashsangiz agarda 
Ancha tushgan egardan. 
“Ko‘ngil istar yaxshilik” dostoni ba’zi nuqsonlardan qat’i nazar, qahramonlarning 
hayotiyligi, jonliligi, ularning olg‘a intilishlari, haqiqiy inson bo‘lib kamol topishga harakat qilishlari 
bilan qimmatlidir. Zotan, insonlarning turmush sharoitlari, ijtimoiy turmushlari o‘zgarishi natijasida 
ularning tasavvurlari, fikrlari, tushunchalari, qisqasi, onglari ham o‘zgarishi tabiiy ekanligi shu zaylda 
ochib beriladi.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivojlangani kabi nasrda ham 
salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangi-yangi avlollari kamol topdi. Ayniqsa, 
hikoyachilik o‘sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan hikoyalar 
bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Sa’dulla, Nosir Fozilov, Xudoyberdi 
To‘xtaboev, Turg‘unboy G‘oipov, Rahmat Azizxo‘jaev, Latif Maxmudov, Farhod Musajon, Sobir 
Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar Barnoev, 


181 
Abdusaid Ko‘chimov, Rauf Tolib, Anvar Obidjon va boshqalarning faqat maktabgacha tarbiya 
yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘nlab hikoyalar to‘plami bosilib chiqdi. 
Bolalar she’riyatida ona-Vatan, go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g‘risida yaratilgan asarlar ichida 
Abdulla Oripovning “Dehqonbobo va o‘n ikki bolakay qissasi” she’ri bolalar adabiyotining keyingi 
yillarida qo‘lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‘ldi. O‘zbek bolalar she’riyatida O‘zbekiston haqida 
ko‘plab asarlar bor. A. Oripov ularni takrorlamasdan o‘ziga xos orginal asar yozgan. She’r 
qahramonlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o‘quvchi bolalar. Ular o‘z joylarining 
tarixini yaxshi biladilar. Poezdda o‘zlariga hamroh bo‘lgan boboning savollariga lo‘nda-lo‘nda qilib 
javob berishadi. O‘zbekistondagi har bir viloyatning o‘ziga xos boyligi, shaharlari, bag‘ri keng 
odamlari kitobxon ko‘z o‘ngida bir-bir gavdalanadi.
O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. To‘rt 
misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o‘ziga mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini bunyod 
etayotgan diyorimizning husn-jamoli, qudrati bir butunligicha ifoda etilgan. 
Siz atagan har bir joy 
Bitta bo‘ston bo‘ladi. 
Hammasini qo‘shsangiz, 
O‘zbekiston bo‘ladi. 
Juda ko‘p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o‘z ifodasini topmoqda. 
Shodmonbek Otaboevning “Itolg‘i” hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga 
qaratilgan. Itolg‘i chumchuq va chug‘urchuqlarni tutib olib eydigan qush. Shukurali aka Itolg‘ini 
jiyani Shavkatga sovg‘a qiladi. Shavkat uzum qo‘riqlashada undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush 
ularnikida o‘zini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu maxluq ozod 
va erkinlikni qumsayotganligini tushuntiradi.
Shavkat qushlarni yaxshi ko‘radigan, rahmdil bola. U itolg‘ini qafasda uch kun zo‘rg‘a 
ushlab turadi. Qafasda qush emas, o‘zi o‘tirgandek bo‘ladi va itolg‘ini qafasdan butunlay chiqarib 
yuboradi. Qushcha bolaga rahmat degandek erkin parvoz qilib ketadi.
Bolalar qissachiligida ham ko‘plab yaxshi asarlar yaratildi, adiblarning yangi-yangi 
avlodlari kamol topdi. Oybek, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar 
hisoblaydigan bo‘lsak, ularning safi nihoyatda o‘sdi. Bunga misol qilib, Hakim Nazir, Shukur 
Sa’dulla, Xudoyberdi To‘xtaboev, Habib Po‘latov, Latif Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon, 
Shukur Xolmirzaev, Oqiljon Husanov, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Abdusaid Ko‘chimov, 
Ergash Raimov va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Hakim Nazirning “Yonar daryo” qissasining asosiy qahramoni Damir. U otadan juda 
erta judo bo‘lgan. Adib boshda bolani ancha sho‘x, onaning gapiga quloq solmaydigan, yaxshi 
o‘qimaydigan, bir oz o‘zboshimcha qilib ko‘rsatadi. Bolaning bunday salbiy tomonlari quyidagi 
lavhada shundoqqina ko‘zga tashlanib turadi:
“Buvim bilan oyim ayvondan turib ketishlari bilanoq, men “lip” etib o‘tinxonaga 
o‘tdim. U erda tovuq katagi bor edi. Mo‘ralab ko‘rdim. Tovuq tuxum qo‘yibdi-yu, chiqib ketibdi. Bir 
emas, ikkita tuxum. Ushlab boqsam, hali iliqqina. U yoq-bu yoqqa alanglab oldim-da, tuxumning ikki 
yog‘ini cho‘p bilan chumchuq ko‘ziday teshib, og‘zimga “xo‘p” etuvdim, liqqa ketdi. Qani endi 
ustidan yumshoq non bo‘lsa, eb yuborsang. Oyoq uchida oshxonaga kirdim-da, yarimta bulkachani 
cho‘ntakka urib chiqdim. Yana kelib stulimga o‘tirdim. Birdan hiqichoq tutib qoldi. Xiqichoq 
bosilarmikin deb vodoprovoddan bir hovuch suv ham ichib oldim. Qornim to‘yganga o‘xshadi. Endi 
daftardagi harflar, raqamlar uchishini qo‘yib, o‘z o‘rniga qo‘ndi. Lekin qo‘ngani bilan miyamga 
kirmadi. Negaki, uy ichidan oyimning yig‘i aralash ovozi eshitilayotgan edi. U buvimga derdi: 
- Bu meni kuydiradiganga o‘xshaydi. Tepasida haq deb tursangiz, ishga qaraydi, bo‘lmasa 
yo‘q. Peshonam sho‘r bo‘lmasa...” 
Yozuvchi Damir bilan uning o‘gay otasi – Sulton amaki munosabatlari tasviri orqali inson 
tarbiyasida ota-ona roliga alohida urg‘u beradi. Qissada Gazlidagi hayot, odamlarning turmushi, 
Bo‘ron va Qo‘ldoshlarning axloq-odoblari ham Damirning oyoqqa turib olishida asosiy sabab bo‘lib 
xizmat qilishi ko‘rsatiladi.


182 
Rustam Rahmonov “Changalzordagi sharpa” qissasi bilan Vatan urushi davri qishloq 
bolalarining tinib-tinchimas obrazlarini yaratib berdi. Axir urush dahshatlari uzoq Toshota 
qishlog‘ida ham aks-sado beradi-da! Toshotaliklar kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, 
dushman bilan g‘oyibona jang qiladilar. Ha, urush tashvishi kattaga ham, kichikka ham, baravar 
tushgan edi.
Otash o‘jar, o‘z aytganidan qolmaydigan bola. Yozuvchi bu bola obraziga shunday izoh 
beradi: - O‘jar odamning, ayniqsa o‘jar bolaning tabiati qiziq. Undaylarning bir narsaga o‘chakishtirib 
bo‘lmaydi. Qilaman desa, qiladi, o‘laman desa, o‘ladi. Aytganini qilish uchun hech narsadan 
toymaydi. Bo‘lmasa, Otash onasining issiq bag‘rini hecham tark etmasam deydi. Lekin, o‘jarlik! Ha 
hammasiga uning shu o‘jarligi, shartkesarligi aybdor.
Otash nega bunchalar o‘jar. Uning o‘jarligiga davr sababchi, urush sababchi. Bola otasini juda 
qattiq 
sog‘ingan. U otasini ko‘rmoqchi, nemis-fashistlarga qarshi kurashda otasiga 
ko‘maklashmoqchi. Ammo ota uzoqda. Unga eta olmagan bolaning fe’l-atvori juda boshqacha. 
Hamma kasallik mana shunda.
Qishloq bolalarini to‘plab Rohat kampir juda ajoyib-g‘aroib ertaklar aytib beradi. U aytgan 
ertaklar orasida pahlavonlar, dovyuraklar, sehrgarlar, ishyoqmas u dangasalar, turli alvasti-yu jinlar 
bor.
Otash bugun ajinalardan birini tutish hayoli bilan band. U chakalakzorga bormoqchi, bir 
ajinani tutib, uni yalintirib-yalintirib, keyin “bor, Gitlerni tutib kel deyman. Uni tutib keladi, o‘shanda 
Gitlerni uchastkavoy militsionerga beraman. Keyin, rosa qiynab o‘ldirishadi. O‘shanda urush hamp 
tugaydi. Hamma urushdan keladi, dadam ham... Keyin, ajinaning sochini qaytarib beraman...”, - 
demoqchi.
Otash ana shunday o‘y-andishalar bilan Quturbuloq tomon yo‘l oldi. Bu chakalakzor 
to‘g‘risida Toshotada qanchadan-qancha afsonalar to‘qilmagan. “Chakalak” so‘zining o‘zi 
bolalarnigina emas, hatto kattalarni ham seskantirib, qo‘rquvga solib kelgan. Onalar injiq, yig‘loqi 
bolalarini “gapimga kirmasang, chakalakzorga eltib tashlayman” degan po‘pisa bilan tiyib kelishgan. 
Bu joy – alvastilar makoni; ins-jinslar ba’zim quradigan maydon! Bu erda jin-alvastilarni o‘z ko‘zi 
bilan ko‘rganlar bor, Toshotada, - deyishlariga qaramay, o‘z baxtini sinab ko‘rmoqchi. 
Bola bu daraxtli chakalakzor bag‘rida kechasi uzoq o‘tirdi, qorni och qoldi, sovqatdi. 
Ajinalarni kuta-kuta mijjalari qotib ketdi – kipriklari yumilsa ochilmaydi, ochilsa yumilmaydi. SHu 
payt allaqayoqdan dang‘ir-dung‘ir childirma chalishib, birgala yasangan qizlar kelib qolishdi, 
birpasta o‘rtaga gulxan yoqishib, atrofida o‘ynay ketishdi. Otash u yon – bu yoniga alanglab qarasa, 
chakalakzordan asar qolmabdi. Shu onda jajji qizchasini opichlab, ayasi kelib qolsa bo‘ladimi! U 
nuqul qah-qah urib kuladi. Kela solib alanga ustidan sakrab o‘tdi-da, o‘yinga tusha boshladi. Birdan 
boyagi qizlar serjun mahluqlarga aylanib, Otashning ayasini qurshab olishdi. Ukasini siltab-siltab 
tortishdi-da olovga uloqtirishdi. Ayasini bo‘lsa har biri panshaxaday panjalari bilan bo‘g‘a ketishdi. 
Otash ajinalar to‘dasiga tashlanib, onasini qutqarmoqchi bo‘ldi. Biroq, qarasa – oyoqlari yo‘q. 
Ovozining boricha qichqirsa ovozi chiqmaydi...
Ha, bola uyqusida alahsirar edi. Endi u ajinalarning borligiga ishonmay qoldi. Chunki Rohat 
kampirning ertagi faqat afsona ekanligiga bugun zo‘rg‘a aqli etdi. Ammo Otash hayotda bo‘sh 
keladigan bolalardan emas. O‘zicha sirli bu chakalakzorni o‘zlashtirishga kirishdi. Bu ishda unga 
Obidaxon va Xurshidjonlar ko‘mak berishdi. Chakalakzor o‘rnida mo‘l-ko‘l paxta hosili bitdi. Bu esa 
urush davri bolalarining frontga katta sovg‘asi bo‘ldi.
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. 
Xudoyberdi To‘xtaboev (“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar 
mamlakatida”) ; Hojakbar Shayxov (“Samo mavqaridagi namoyish”, “Shom kamari”, “Ajdodlar 
xotirasi”); Mahkam Mahmudov (“Evropaning o‘g‘irlanishi”); Anvar Obidjon (“0099 nomerli 
yolg‘onchi”, “Dahshatli meshpolvon”); Olloyor (“Fazogir chumoli”); Oqiljon Husanov (“Tog‘da 
o‘sgan bola”) va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar.
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o‘ynaydi.Hakim 
Nazir, Adham Rahmat, Po‘lat Mo‘min, Mamarasul Boboev, Usmon Yusupov, Turg‘unboy G‘oyibov, 


183 
Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Ravshan Yorievlarning pesalari o‘zining 
bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘shib kelmoqda.
So‘nggi yillar bolalar dramaturgiyasida Ravshan Yorievning “Oqbuloq” (bir pardali) pesasi 
alohida ajralib turadi. Asar qahramonlari Qudrat , Jasur, Gulshan, O‘rmonchi bobo, Go‘zal qiz, 
Olmaxon, Qora dev, Qari shayton, Maymoq shayton, Kichik shayton va boshqalar. 
Bolalar o‘rmonda karnaval o‘tkazishmoqchi. Hamma bu marosimga hozirlik ko‘rmoqda. 
Ammo ichi qora, qizg‘anchiq qora dev-u shaytonlar bunga qarshi, nima bo‘lganda ham karnavalni 
o‘tkazmaslik – odamlarga pand berish rejalarini tuzadilar. Shifobaxsh, hammaning dardiga malham 
bo‘ladigan ko‘zachadagi Oqbuloq suvini zaharli suvga almashtirib, bolalarni nobud qilmoqchi 
bo‘ladilar. Shu payt bolalarga Olmaxon yordam o‘lini cho‘zadi. Shaytonlar o‘zlari yasagan ko‘zadagi 
zaharli suvni ichib halok bo‘ladilar.
O‘rmonda katta shodlik, o‘yin-kulgi boshlanib ketadi.
Latif Mahmudovning “Ali bilan Vali”, “Eh, attang...”, “Muhim topshiriq”, “Sirli xat”, 
“Dangasaning sarguzashtlari” pesalari teatr sahnalarida qayta-qayta namoyish qilinmoqda.
“Dangasaning sarguzashtlari” asarining qahramoni o‘zining ishyoqmasligi, qo‘rs-qo‘polligi 
bilan do‘stlaridan ajralib qolgan. Bola xomxayollik bilan yashaydi, o‘qish, izlanish, mehnat qilish, 
kattalarning yumushlariga ko‘maklashishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.
Asar so‘ngida Nusrat bobo Dadavoyga nisbatan juda o‘rinli gapni aytadi: 
Mehrin qo‘ysin mehnatga, 
Etar shunday niyatga! 
Ha, bu gap hammaga tegishli, hamma birdek mehnat qilsa, o‘qisa, o‘rgansa faqat foyda 
ko‘radi, murodi hosil bo‘ladi.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va 
adabiy tanqid ham pog‘onama-pog‘ona o‘sdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qo‘llanma, majmua, 
monografiya, kitoblar yozildi. O‘nlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Bu sohaning takomilida A. Suyumov, O‘. Rashid, S. Mamajonov, M. Qo‘shjonov, H. 
Abdusamadov, M. Yunusov, B. Imomov, P. Shermuhammedov, O. Safarov, X. Egamov, S. 
Irisxo‘jaeva, S. Matjonov, Q. Qahramonov kabi ko‘pgina adabiyotshunoslarning xizmatlarini alohida 
ta’kidlab o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Qadimgi davr bolalar adabiyoti, 20-30 yilar bolalar adabiyoti, urush davri bolalar adabiyoti, 
urushdan keyingi davr bolalar adabiyoti, hozirgi davr bolalar adabiyoti. 
Mavzuga oid savollar: 
1.
O‘zbek bolalar adabiyoti tarixining tarixiy bosqichlari haqida fikrlaringizni ayting. 
2.
Urush davri she’riyati haqida gapiring. 
3.
Hozirgi davr bolalar adabiyoti ijodkorlaridan kimlarnini misol keltira olasiz?

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish