184
2-MAVZU: HADISI SHARIF – TARBIYA MANBAI. IMOM ISMOIL AL BUXORIY. “AL-
JOMI’ AS SAHIH” ASARI TAHLILI.
Reja:
1.
Hadislarda odob-axloq masalalari talqini.
2.
Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jomi’ as-sahih” asari tahlili.
3.
“Al-Adab, al-Mufrad” (“Adab durdonalari”) asarida axloq va odob masalalari.
Tayanch tushunchalar:
“Qur’oni Karim”, hadis, sunnat, musnad, Sahih, Sunan, xalollik,
Imom Buxoriy, Iso Termiziy, Muhaddis.
Darsning
maqsadi
Talabalarni hadis ilmining asoschilari, asl mohiyati, yurtimizdan etishib
chiqqan yirik muhaddislari va hadislarda ko‘rsatilgan odob-axloqqa doir ko‘rsatmalardan ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘rinli foydalanish davr talabi ekanligi bilan tanishtirish. Asosiy tushunchalar
berish.
Metodik ta’minoti.
Plakatlar, hadis namunalari, Imom Buxoriy va Kaykovusning bosma
portretlari qisqacha tarjimi xoli bilan.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Imom Ismoil al Buxoriy. Al-jomi’ as sahih. 1,2,3,4 jildlar. –T.: “Qomuslar bosh tahririyati”,
1991, 1992, 1997.
2. Imom Ismoil al Buxoriy. Al-adab al-mufrod. –T.: “Qomuslar bosh tahririyati”, 1997.
3. Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. Uchinchi sinf odobnoma darsligi. –Toshkent:
“O‘qituvchi”, 2019.
4.
Matjonov S. va boshqalar. To‘rtinchi sinf odobnoma darsligi. –Toshkent: “Yangiyo‘l”, 2017.
Darsning mazmuni
Bugungi kunda ko‘pgina muhaddislarimizni asarlari jumladan Imom al -Buxoriyning to‘rt jildli
“Al-Jome’ as-sahih” asarining o‘zbek tilida xalqimizga etkazilishi katta voqea bo‘lib, u dinu-
e’tiqodimizni hamda ma’naviy qadriyatlarimizni tiklashda hadislar dunyosi fiqh bobida, inson haq-
huquqlari mavzuida juda muhim manba bo‘lib, asosan, axloqiy, madaniy, ma’naviy – ma’rifiy
negizni tashkil etadi. Chunki hadim – islom dini ta’limoti bo‘yicha qur’ondan keyin turadigan
ikkinchi manba bo‘lib hisoblanadi.
Shariatning ikkinchi asosiy manbai sunnatlardir. qur’oni Karimning “Niso” surasidagi 59-oyatda:
“Biron bir masalada o‘zaro tortishib qolsangiz Allohning kitobi qur’oni Karimga va Rasulullohning
sunnatlariga murojaat qilinglar. Mana shunday qilsangiz, sizlarga yaxshi bo‘lur va to‘²ri, chiroyli yo‘l
topgan bo‘lursizlar”, - deb keltirgan (Yu.Shokirov).
“Sunnat” so‘zi arab lu²atida odat, an’ana, xatti – xarakat degan ma’noni anglatadi. Ayrim
islomshunoslar talqinida “Sunnat” so‘zi umuman “yo‘l” ma’nosini anglatadi. Sunnat bamisoli
qur’onni qo‘shimchasi xisoblanadi va qur’on bilan birgalikda shariatning asosini tashkil etadi. Tuniqli
fransuz sharqshunos olimi L.Massining fikricha sunnatni qur’onsiz qo‘llab bo‘ladi, ammo qur’onni
sunnatsiz qo‘llay olmaymiz. Xadisshunos olimlar esa sunnat deb, pay²akmbarimiz Muxammadning
aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va boshqalar qilgan ishiga sukut saqlab turishlariga aytiladi deb
xisoblaydi. haqiqatdan ham sunnat bu hadislar to‘plamidir.
Hadis
- Muhammad payg‘ambarning qur’onda qamrab olinmagan u yoki bu masalalarni echish
munosabati bilan bergan ko‘rsatmalari, so‘zlagan ma’ruzalari, fikrlari majmuidir. Gollandiyalik
islomshunos olim Aren Vensink: “Sunnatga rioya qilish – Muxammadga taxlid qiomoqdir,” deb
sunnatni juda yuksak baxolagan. X.S.Sulaymonova esa: “Sunnat qur’on bilan teng qonun kuchiga
ega bo‘lgan inkor qilib bo‘lmaydigan huquqiy xujjatdir”, - deb fikr bildirgan.
Bir so‘z bilan aytganda, hadis sunnatdan kengroq ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u pay²ambarimiz
Muxammad alayxi salomning qilgan amallari, axloqu –xamidlari, odoblari. Muborak shaklu
shamoyillari xaqida saxobalarning aytgan so‘zlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hadis so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “gap”yoki “rivoyat” ma’nosini anglatadi. Hadislar janob
Rasulollohning hayotliklarida jamlangan emas edi. Chunki Payg‘ambarlarimiz sahobalarga:
«Mendan qur’oni Karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biror narsa yozib olgan
185
bo‘lsa yo‘q qilsinlar!»- der edilar. Biroq, ayrim ko‘rsatmalar va chigal ishlar echimlarini yozib
olishga qarshilik bildirmaganlar. Xullas, hadisgo‘ylar hadislarni yodlab olib, uni aytib yurishi odat
tusiga kirgan. Ammo payg‘ambarimiz vafotidan keyin xadisgo‘ylar soni ham kamayib borgan.
Natijada birinchi xalifa Abu Bakr va keyingi xalifalar Umar va Usmonlar hadislarni jamlash haqida
topshiriq berganlar. hadis to‘plagan olimlar juda ehtiyotkorlik, asta-sekinlik bilan biron – bir
o‘zgarish va xatolikka yo‘l qo‘ymasdan hdislarni jamlaganliklari qayd etilgan. hadislarni yod olib,
uni jamlab yuruvchilarga muhaddislar deydilar.
Movaunnahrda birinchi bo‘lib, hadis to‘plashni ta’lif etgan muhaddis – Imom Abdulloh ibn Muborak
al – Marvaziydir. Hadislar asosan 3 – yo‘nalishda ta’lif etilgan: «Musnad», «Sahih», «Sunan».
«Sahih» yo‘nalishining asoschisi, islom olamida eng etuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh
Muxammad ibn Ismoil al – Buxoriydir. Al-Buxoriy xijriy 194 yilda ( milodiy hisob 809 yil 13 mayda)
Buxoroda tavallud topdilar. O‘n yoshga to‘lmaslaridan ilmi hadis o‘rganmoqqa kirishdilar. O‘n olti
yoshlarida onalari va akalari bilan birga hajga borib, to‘rt yil Makkada yashaganlar. So‘ng
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi – shariflarini to‘plab tartibga solmoq niyatida
bir qancha islom mamlakatlarini kezib, shayxu ulamolardan ko‘plab hadislar yozib olganlar. Jami
600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 – ming «sahih» va 200 – ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod
olganlar.hadis ilmi bobida quvvatu iqtidorlari benihoyat ortib islom olamiga katta shuhrat
qozonganlar. Minglab shogirdlar etishtirganlar. Muslim Ibn hajoj, Iso at-Termiziy kabi mashhur
muhaddislar shular jumlasidandir.
Imom Buxoriy «Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim. Ularning hammalari «Iymon
so‘z va amaldan iborat» degan e’tiqoddagi kishilar edilar »,- deb yozadi. Sjogirdlaridan Shayx
Muhammad Ibn Yusuf al-Firabriy (845-932 milodiy) «Imom Buxoriyning «Al- Jome’ as- Sahih»
larini o‘zlaridan to‘qson ming kishi eshitgan», -deydi («Kashf az-zunun, 1-jild,365-bet»).
Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-Sahih» (ishonarli to‘plam ) deb nomlangan 4-jilddan iborat hadis
to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‘plamda Pay²ambar sallallohu alayhi vassalam
hadislaridan tashqari, fikh (islom huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya
hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar ham mavjud. Unga 600 ming hadisdan
faqat 7275 ta eng «Sahih» hadislar kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va boshqa bir qancha
mamlakatlarda ko‘p marta chop etilgan, unga yirik ulamolar tomonidan sharhlar bitilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, muhaddislarning to‘plagan hadislari insonni binu iymonli, insofli
bo‘lishga da’vat etuvchi manbalardir. Dinu iymoni butun kishining ilmy adab o‘rganishga e’tiqodi
baland bo‘ladi, chunki ilm egallash har bir mo‘min muslimlar uchun ham qarzu ham farzligi hadisi
sharifda alohida qayd etilgan.
Rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, sofdillik, halollik, e’tiqodini tar²ib qiluvchi va kishilarni shu ruhda
tarbiyalovchi dinimizni ikkinchi muqaddas manbai hadislarni o‘rganish bugungi ma’naviyatimizga
hissa qo‘shish demakdir.
Ota-bobolarmiz azal-azaldan yoshlarga odobli, ya’ni yaxshi xulqli, mehnatsevar, to‘g‘riso‘z, halol,
rostgo‘y, kamtar, insofli, diyonatli, or-nomusli, o‘z tug‘ishganlariga, qarindosh-urug‘lariga va yaqin
do‘stu-birodarlariga mehr-muhabbatli, bir so‘z bilan aytganda, komil insonlar qilib tarbiyalashga
kuch-g‘ayratlari va aql-idroklarini ayamay ishiga solib, alohida diqqatni qaratganlar. Chunki bunga
asos bo‘la oladigan tarixiy manbalarimiz bor. Bitmas-tuganmas ma’naviy ma’rifiy saboqlarni o‘zida
jamlagan qur’oni Karim va hadis Sharif shular jumlasidandir. Ayniqsa axloq-odobni yuksaltirish,
insoniy fazilatlarni shakllantirishga katta ma’naviy ahamiyat kasb etadigan Imom al Buxoriy, Iso at-
Termiziy hadislari va hazrat Naqshbandning ta’limotlari g‘oyat hayotiy saboqlardir.
Bizga ma’lumki, hadis payg‘ambarimiz Muhammad mustafo salollohu alayhi vassalamning hayotlari
hamda ko‘rsatmalari hakidagi bilimdir. Quyida bir necha hadis keltiramiz:
1)
qo‘shningga yaxshilik qil- tinch bo‘lsan;
2)
Savobli ish qilganingda xursand bo‘lsang, demak sen haqiqiy mo‘mindirsan.
3)
Tangri pokdir, pokizalikni yaxshi ko‘radi, tozadirki, tozalikni yaxshi ko‘radi,
saxiydirki, saxiylikni yaxshi ko‘radi.
4)
Bir mo‘min, bemor yotgan boshqa bir mo‘min birodarini ko‘rgani borsa, bosib o‘tgan
yo‘llarida jannat bog‘ida yurgandek yuo‘ladi.
186
5)
Sizlarga ibodatning engilrog‘i va bajarilishi ham osonro²idan xabar bersam, u
xomushlik va xulqlikdir.
6)
Oila nafaqasidagi tejamkorlik tirikchilikning yarmiga teng. Odamlar bilan
do‘stlashish aklning yarmiga teng. Savol so‘rash odoblarini bilish ilmning yarmiga barobar.
7)
Sabr va bardosh Tangridan, shoshqaloklik esa shaytondandir.
8)
Barmoq bilan ko‘rsatiladigan darajada shuhratga ega bo‘lish yomondir. Ammo tangri
uni takabburlikdan saqlasa zarari yo‘qdir.
9)
Uyiga mehmon qo‘nmaydiganlar yomon odamdir.
10)
Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi, jazolovchi (Tangri) esa o‘lmaydi. Xohlagan
ishni qil, diyonating qanday bo‘lsa, jazoing ham shunday bo‘ladi.
Insonning olijanob fazilatlaridan biri hayotda halol yashash, ya’ni halol mehnat qilish, peshona teri
to‘kib halol pul topish, el-ulus o‘rtasida lafzini halol tutish, oilada halol bo‘lish, farzandlarini
halollikka o‘rgatishdan iboratdir. ¤tmish merosimizning pandu-nasihatlar va axloqiy me’yorlari
manbai bo‘lmish hadislarda inson tarbiyasiga doir ko‘pgina jabhalar mavjud. Shulardan kishi haqidan
nazar qiluvchi, vujudlari halollik bilan yo‘g‘rilgan kishilar bo‘lgan. Ular bu odatlarini o‘z farzandlari,
nabiralari, yon-atrofdagi yosh-yalanglarga ham ustalik bilan singdira olganlarki, yaqin-yaqinlargacha
bu udum saqlanib kelgan. Biz bugun mazkur udumga amal qilib farzandlarimizni tarbiyalasak
foydadan xoli bo‘lmas.
Darhaqiqat, Muhammad alayhissalom hadisi shariflarida musulmon bo‘lishning eng oliy shartlaridan
biri halollik, halollik, va yana halollik deb ta’kidlanadi. Ajdodlarimizning bir necha asrlar osha
bizgacha etib kelgan chin odamiylik xislatlari, fazlu kalomlaridan bizlar imkoni boricha to‘g‘ri
foydalansak va uni farzandlarimiz qalbiga jo qila olsak, farzandlar ham o‘z bolalariga shu aqida
singdira olsalar, yaqin o‘rtada harom ishlardan batamom qutulib, halollik sari yuz burishimiz
mumkin.. halollik bor joyda ezgulik, farovonlik doim muhayo, tinch-farovon, hadiksiz va qo‘rquvsiz
yashamoqning onasi eng avvalo onasi halollik, poklik, boriga shukronalar, yo‘g‘iga sabru qanoatdir.
Farzandlarni yoshligidan boshlab halolu poklikka o‘rgatishda ota-onainng roli katta. Ozmi-ko‘pmi
o‘z peshona teri evaziga topgan mablag‘iga qanoat qilib yashagan xonadonda voyaga etayotgan
farzandlar hech qachon yomon yo‘lga kirib ketmaydilar. Oiladagi tarbiyaning asoschisi- uy bekasi
hushyor, qatiqqo‘l bo‘lib, bolasining har bir qilgan hatti-harakatini kuzatib, bosgan qadamidan
boxabar bo‘lib, birovning atigi bitta o‘yinchog‘ini ham so‘ramay olib ketishga yo‘l qo‘ymasa, o‘z
vaqtida uning bu ishiga barham bersa, o‘sha bola ikkinchi marta boshqalarning narsasiga ko‘z
olaytirmaydigan bo‘ladi.
Imom buxoriy o‘z hadislarida: «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga
mehr-oqibatli bo‘lsin!»-deb yozganlar. Qur’ona Karimda va hadisi shariflarda onalarning hurmati,
e’zozi to‘g‘risida juda kup oyatlar, hadsilar mavjud. Masalan: Payg‘ambarimizdan bir kishi kelib,
«Men yaxshilkni kimga qilay» deb to‘rt marta so‘raganlarida 3- martasiga «Onangga» deb javob
berdilar to‘rtinchi martasiga esa «Otangga» va boshqa qarindosh- urug‘laringga deb aytadilar.
Albatta bundan yoshlarimiz onaga nisbatan cheksiz hurmat bilan qarashni xulosa qilishlari lozim.
Chunki, onani hurmat qilish har bir kishining burchi, ona muhabbati cheksizdir. Zero, insondagi
go‘zal narsalarning hammasi onaning ko‘krak sutidan va mehridandir. har bir inson qalbiga hayot
sehri va mehri ona allasi ohangi orqali muhrlansa ajabmas. Chunki, har bir aytilgan «alla» da onaning
iltijosi, sehri, ohangi, dardi hamma-hammasi mujassamdir.
Bir so‘z bilan aytganda hadisi Sharif kabi manbalardan tarbiya olgan xalqimizda qadimlan mehr-
oqibat, saxiylik, ota-onaga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik,
halollik kabi insoniy fazilatlar mujassamlashgan. Ota-bobolarimiz merosiga amal qilmagan, bemehr
bo‘lgan kishilarga la’natlar o‘qiladi. Shuning uchun ham xalqimiz orasida bir-birlarini yo‘qlash,
nochor va nogiron oilalarga yordam berish odat tusiga aylangan.
Hadislarda ko‘p bora ta’kidlanadigan fazidatlardan yana biri muloyimlikdir. Al Buxoriy hadislarida
yozadilar: «Kimgaki muloyimlikdan nasiba berilgan bo‘lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan
bo‘ladi va kim undan mahrum kilingan bo‘lsa, yaxshilikdan ham mahrum qilingan bo‘ladi. Qiyomat
kuni mo‘min bandaning tarozisini og‘ir qiladigan narsa – yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon so‘z va
yomon fe’llik kishiga albatta g‘azab qiladi».
187
Muloyimlik inson uchun bebaho xazina, u juda katta adolat kuchiga ega. Muloyimlik- bu
ososyishtalik, vazimnlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir. Muloyimlik odoblilik va axloqiy
barkamollik nishonasidir.
Istiqlolning dastlabki yillaridayoq ajdodlar orzusidagi barkamol avlod va buyuk davlat yaratishdek
cho‘ng, sharafli ishga bel bo²lagan respublikamiz rahbariyati, shaxsan Prezidentimiz yoshlar
tarbiyasini davlat ahamityaiga molik vazifa deb bildi va uning nufuzini oshirdi. Mustaqillik
mamlakatimizga o‘zini namoyon etish imkoniyatini yaratib, yoshlar oldiga yangicha yashash,
yangicha fikrlash, hayotga munosib o‘rnini topish milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un
yangicha ma’naviyatni egallash talablarini ham qo‘ydi.
Madlmiki, yurtimizning ertangi kuni, taqdiri yoshlar qo‘lida ekan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
ajdodlarimiz orzusidagi barkamol avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil qilishga erishishning qonun
yo‘li bilan himoyalangan hujjatdir.
Yoshlarga har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan milliy ta’lim modelimizning
mazmuni milliy turmush tarzimiz, xalqimizning qadim an’analari, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarimizni aks ettiradi. haqiqatdan ham,sharqona nuqtai nazardan qaralsa, ma’rifatlilik faqat
bilim va malaka bilan cheklanmaydi. Ma’rifatlilik- boy ma’naviyat va go‘zal axloq sohibi bo‘lish
hamdir.
Yuqoridagi vazifani amalga oshirishda albatta milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga tayanamiz,
dinimizga munosabatlarimiz o‘zgargan bois qur’on va hadislardagi axloqiy-tarbiyaviy jabhalari
hayotimiz dastur ul-amali bo‘lib qoladi.
Hadislardan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni yo‘lga
qo‘yish qo‘yidagi shaxsiy sifatlarni yuksaltiradi: milliy mafkuraviy onglilik; milliy odoblilik, farosat;
nozik didlik; o‘z kasbga sadoqat; vijdoniylik, tashabbuskorlik; bolajonlik; talabchanlik;
adolatparvarlik; samimiylik, topqirlik,qat’iylik, xushmuomalalik, birovga beg‘araz yordam berishga
tayyorlik, kelajakka ishonch, milliy g‘ururlilik, ma’naviy poklik, o‘z xalqi Vataniga sodiqlik,
ozodalik, poklik.
O‘zida yuksak ruhiy fazilat, ma’naviy – ahloqiy poklik va jismoniy kamolot kabi xislatlarni bir – biri
bilan uyg‘unlashtirilgan shaxs tarbiyasi ta’lim – tarbiya tizimining bosh masalasi xisoblanadi. Inson
tabiatda dunyoga kelib, jamiyatda kamol topar ekan, shubhasiz, tarbiyaning turli vositalaridan
foydalanadi.
Diniy ahloqiy tarbiya orqali yoshlarda e’tiqod tushunchasini shakllantirib borish mumkinki, bu
ma’naviyat tarbiyasining asosiy negizlaridan biridir.
Demak, hadislardan o‘rinli foydalanish orqali tarbiyaviy yig‘inlar, suhbatlar va tadbirlarni bugungi
milliy ma’naviyatimiz ruxida talqin qilish mumkin. Bu esa yana bir karra o‘zligimizni bilib,
g‘ururlanishga imkon beradi.
O‘zbek xalqi o‘zidagi ko‘p yaxshi fazilatlar bilan faxrlansa arziydi; barcha fazilatlariga yana
qo‘shimcha ravishda buyuk farzandlari bilan ko‘krak kerib yursa, bag‘rimda shunday daxolar o‘sgan
deb ko‘kragi ko‘tarilsa ko‘tarilguday xalq. Bu xalqning buyuk farzandlari fanning, siyosatning turli
jabhalarida bemisl ishlar qilib,yunon falsafasini ijodiy o‘zlashtirgan, Ovro‘pa falsafasini uyg‘otgan,
jahon madaniyatiga daf’atdan aql bovar qilmaydigan darajaga ta’sir ko‘rsatgan.
Darhaqiqat, o‘zlarining madaniyat, ma’naviyat,adolat, qonun va qonunchilik
haqidagi ilmiy ta’limotlari bilan Turonu Turkiston nomini olam uzra mashhur qilgan ilk Uyg‘onish
davri buyuk mutafakkirlaridan biir muhaddislar sultoni, islom olamining iftixori, Movaraunnahr
farzandi- ulug‘ Vatandoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Uning shoh asari «Al-Jome’ as-
Sahih» bashariyatga qoldirilgan tengsiz ma’naviy meros bo‘lib, islom dinida qur’oni Karimdan keyin
e’zozlanadigan ikkinchi manbadir.
U har bir insonni o‘zi va mahzabidan qat’iy nazar iymon-e’tiqodli bo‘lishga, halollik, poklik,
rostgo‘ylik, fazilatlarini qalbiga singdirishga, hayotini ezgulik, savob ishlarga bag‘ishlashga, o‘zidan
yaxshi nom qoldirishga da’vat etadi. Oila, farzand tarbiyasi, ota-onalar hurmatini joyiga qo‘yish, ilm-
ma’rifatli bo‘lish, vatanni sevish xususida shunday ajoyib g‘oyalar va ta’limotlarga boyki, ular o‘z
ahamiyatiga ko‘ra umumbashariy qimmatga egadir. Unda diniy masalalar bilan bir qatorda, dunyoviy
masalalar, kundalik turmush muammolari, odob-axloq, kiyinish, muomala, rasm-rusmlar, savdo-
188
tijorat singari inson bolasi har kun duch keladigan, jamiyatni yuksaltirishga ko‘maklashadigan
masalalar ifodalangan.
«Al-Adab, al-Mufrad» («Adab durdonalari»)-Imon Ismoil al-Buxoriyning axloq va odob
masalalariga doir hadislarni o‘zida jo qilgan eng nodir asarlardan hisoblanadi.U ikki yuz oltmish etti
bobdan iborat anchayin salmoqdor asardir. Kitobda odob-axloqning deyarli barcha masalalari to‘la
qamrab olinganligini uning «onani rozi qilish haqida» , «Ota-onaga muloyim gapirish haqida» ,
«qo‘shni haqi to‘g‘risida vasiyat», «Solih qo‘shni haqida», «Kishining o‘z birodariga yordam berish
haqida», «Yaxshi hulqlilik haqida», «Maqtanish haqida» degan boblardan bilib olish mumkin.
Xulosa qilib aytganda hadislar bugungi milliy mafkuramizni shakllantirishda arzugulik hissa qo‘sha
oladigan meroslarimizdan biri bo‘lib uni o‘rganish davr talabidir.
NAZORAT SAVOLLARI
Hadis nima?
1.
Imom Ismoil al-Buxoriy kim bo‘lgan?
2.
«Al-Adab, al-Mufrad» necha bob va qancha hadisni o‘zida qamragan?
3.
«Sahih» va «g‘ayri sahih» ga izoh bering.
4.
Bir necha hadisni aytib tahlil qiling.
5.
Hadislarda odob – axloq masalalarining talqini.
6.
Imom Buxoriy necha muhaddisdan hadis eshitgan?
7.
Al-Buxoriy qancha hadisni yod bilgan?
8.
Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy ma’naviyatimizni shakllantirishda hadislarning o‘rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |