192
Quvanma qivi qutqa, qutlug‘ kishi,
Sanma o‘zung qutqa, atlig‘ kishi!
Oqar suv, yo‘riq til, bu qut turmadi,
Ajun tazginurlar, yurib tinmadi.
(Ey) baxtli kishi,
baxt va davlatga quvonma,
(Ey) nomdor kishi, baxt, davlat bilan bo‘lib o‘zing g‘aflatda qolma.
Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bu erda turmaydi,
Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.
4- mavzu: NAVOIY IJODI VA BOLALAR KITOBXONLIGI
Reja:
1.
Navoiyning hayoti va ijodi.
2.
Navoiy va bolalar adabiyoti.
3.
Alisher Navoiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari («Hayrat-ulabror», “Farhod va SHirin”,
“Lison-ut tayir” “Mahbub-ul qulub” asarlari orqali).
1.Alisher Navoiy
1441 yilning 9 fevralida Hirot shahrida G‘iyosiddin Kichkina oilasida
dunyoga keldi. Bo‘lajak shoirning otasi temuriylar avlodidan edi. SHuning uchun Alisher temuriy
shahzodalar bilan tarbiyalana boshlaydi. U to‘rt yoshga etganida maktabga beradilar. Alisher o‘zining
o‘qishi, odobi bilan boshqalardan ajralib turar edi. G‘iyosiddin Kichkina ham o‘z farzandini yaxshi
o‘qitish, savodxon qilish uchun astoydil kirishgan edi. Buning ustiga ularning uyida ko‘pgina qalam
ahillari to‘planishib, she’rlar o‘qishar, adabiyot, san’at haqida bahs-munozalar o‘tkazishar edi.
Ilm-fanga, ayniqsa, badiiy adabiyotga juda erta ihlos qo‘ygan Navoiy Sa’diyning “Guliston”,
“Bo‘ston” kitoblarini, ayniqsa, Farididdin Attorning “Mantiqqut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini sevib
o‘qir va yod olar edi.
Alisherning katta tog‘asi, shoir Mirsaid Qobuliy, kichik tog‘asi shoir va mashshoq
Muhammad Ali G‘aribiy doim u bilan birga edi. Keyinchalik bu ikki tog‘asi podshoh Abusaid
tomonidan o‘ldirilganidan, qattiq qayg‘urgan edi. Bu ikki fozil insonning Alisher kamoliga ko‘p
mehnatlari singan edi.
Alisher uchun buyuk ma’naviyat hazinasi –
Mavlono Lutfiy, Xorazmiy, Amiriy, Atoyi,
Haydar Xorazmiy, Sakkokiy she’rlari, Abulqosim Firdavs, Amir Xusrav Dehlaviy, Farididdin Attor,
Jaloliddin Rumiy, Xoji Kirmoniylarning dostonlari, Rudakiy, Umar Hayyom,
Hofiz SHeroziy,
Abdurahmon Jomiylarning devonlari edi.
U faqat o‘zbek-fors tillaridagi asarlarnigina emas, balki ozorbayjon, turkmanchada bitgan
nodir qo‘lyozmalarini o‘qigan, u tillar nafosati bilan o‘z she’riyatini boyitishga intilgan. Bolaligidan
o‘z xalqining tili, adabiyoti, madaniyati bilangina cheklanib qolish xissi unga yot bo‘lgan.
YOshligidan o‘zini boshqa xalqlar, ularning madaniyatiga yaqin tutishni faxr deb bilgan va uning
ijodi shu ezgu yo‘nalishida shakllangan. Farhodni chin o‘g‘li, SHirinni armaniya qizi deb tasvirlashi
tasodifiy emas.
Ilm-ma’rifat homiysi bo‘lgan Alisher Navoiy maktab va maorif ishlariga har doim katta
e’tibor berdi. Mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktab va madrassalar tashkil
etishni davlat oldida turgan bosh masalalaridan biri deb qaradi. Ilm ahillariga, muallimlarga muhabbat
bilan munosabatda bo‘ldi.
Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida ko‘pincha, barkamol
inson timsolini ifodalovchi
ijobiy obrazlar yaratadi. Ilm-ma’rifat, axloq-odobga doir o‘y-fikrlarini esa ilmiy-falsafiy hamda
193
didaktik asarlarida ilgari suradi. Bir so‘z bilan aytganda, u aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning
xislati bahoyat katta deb biladi.
2
. O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy
yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm – hunarni, mehnatni sevishga
undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi. Navoiyning
fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish, o‘rganish kerak.
«YOshligingda yiqqil bilimni, qarigach sarf qilg‘il ani», - degan shoirning o‘zi ham juda yoshligidan
ta’lim oladi, o‘qishga beriladi. U yoshligidanoq ko‘p she’rlarni yod bilgan.
Jumladan, Farididdin
Attorning «Mantiqut - tayr» («Qush nutqi») asarini bolalik chog‘laridayoq qayta - qayta o‘qib, yod
olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U
mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qildi. Alisher Navoiy Astrabotda surgunda yurganida, podsho Husayn
Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi
madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab
xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining «Ixlosiya»
madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib,
buning
uchun lozim bo‘lgan mablag‘ajratadi.
Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga
nur sochadi, ya’ni mudarris «abjadxonalar»ga, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarga ilm nurini
sochadi, ma’rifat beradi -deydi.
3.
Alisher Navoiy o‘zining juda ko‘p asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarni ilgari surdi.
Ayniqsa, “Xamsa”ga kirgan “Hayratul-abror”, “Farxod va SHirin”, “Layli va Majnun” kabi
dostonlarining ba’zi boblarini bola tarbiyasi egallaganligini ko‘ramiz. Bular orasida “Hayrat ul abror”
(“YAxshi kishilarning xayratlanishi”) falsafiyligi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarini
qamrab olganligi bilan ajralib turadi. SHoir bolalarni o‘qimishli, odobli, rostgo‘y, halol, pok, sahiy
bo‘lishga; ota-onani, o‘zidan kattalarni xurmat qilishga, insofli va adolatli kishilar bo‘lib kamol
topishiga undaydi.
Xalqni jondan sevgan Alisher Navoiy insonning haq-huquqlarini himoya qiladi va baxt-
saodati uchun kurashadi.
“Hayratul-abror” dostonining oltinchi bobida shoir odob va kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-
tarbiyaga oid qimmatli fikr-mulohazalarini bayon etadi.
“Hayratul-abror” dostonining o‘ninchi bobida to‘g‘rilik, rostgo‘ylik g‘oyasi ilgari suriladi.
Jumladan, “SHer va durroj” masalida yolg‘onchilik va egrilikning yomon oqibatlari ochib beriladi.
Dostonning o‘n birinchi hikoyati ham diqqatga sazovordir. SHoir unda ilm-fanga, ilm ahliga
yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. SHoirning
“Farhod va SHirin”
dostonida chin sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik,
vatanparvarlik hamda qahramonlik g‘oyalari kuylanadi. Asar bolalar uchun yozilmagan bo‘lsa-da,
undagi ayrim lavhalar bolalar kitobxonligi doirasiga kiradi. SHoir dostonda Farxodning bolalik
chog‘laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo‘lgan muhabbatini zo‘r mahorat va samimiyat bilan
tasvirlagan.
Farxod aql-farosatli, zehnli bo‘lganligi uchun tez orada juda ko‘p ilmlarni egallab oladi. SHoir
Farxodning bunday ijobiy fazilatlarini zo‘r mamnuniyat bilan yozadi:
Jahonda qolmadi ul etmagan ilm,
Bilib taqiqni kasb etmagan ilm.
Alisher Navoiyning eng go‘zal dostonlaridan biri “Lison-ut tayr” (“Qush tili”)dir. Dostonda
majoziy obrazlar va ularning ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlari yotadi.
Dostonning mazmuni majoziy bo‘lgani kabi, uning personajlari ham majoziydir. Semrug‘ –
xudo, Hud-hud – shayx, murshid, qushlar – insonlardir. Navoiy Semrug‘ni komil, eng oliy borliq deb
hisoblaydi.
Alisher Navoiy umrining oxirida “Mahbubul-qulub” dostonini yaratadi. U falsaviy va
axloqiy-ta’limiy asar bo‘lib, inson tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
194
Uch qismdan iborat bo‘lgan bu kitobda Navoiy “Maktab ahli to‘g‘isida”
ham alohida fikr
yuritadi. Maktab ishi o‘qituvchi-ustozlik dunyoda eng murakkab-xayrli va sharafli kasblardan biridir,
deydi. Har qanday holatda ham, agar u podshoh bo‘lib ketsa ham ustoz-o‘qituvchi oldida qarzdor
ekanligini ta’kidlash bilan muallimlik kasbini ulug‘laydi:
Haq yo‘lida kimki senga qiynalib bir harf o‘qitgan bo‘lsa,
Uning haqqini yuzta hazina bilan ham ado qilib bo‘lmaydi.
Kitobning uchinchi qismida har qanday odam uchun foydasi tegadigan juda ko‘p dono fikrlar
o‘rtaga tashlanadi. Bo‘limning yigirma to‘qqizinchi maqolatida quyidagi iboralar, gaplar bor:
Ilm o‘rganmoq – e’tiqodni mustahkamlash uchundir, ammo boylik orttirmoq uchun emas.
Savodsiz boy – yog‘insiz bulutga o‘xshaydi; ilmiga amal qilmagan olim – ustiga kitob ortilgan
eshakka o‘xshaydi.
Bayt:
Hammol qiymatli yuk tashisa ham, unga ish haqqi bir-ikki chaqadan boshqa naf tegmaydi.
Xuddi shu o‘rinda Navoiy tilga e’tibor berish haqida ham ibratli fikrlarni o‘rtaga tashlaydi:
Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa – foydali. CHuchuk til achchiqqa
aylansa ko‘pchilikka zarari tegadi; qalbdan may tayyorlansa harom bo‘ladi. SHirin so‘z sof ko‘ngillar
uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam – halvofurush kabi sevimlidir.
Bayt:
YAxshi so‘zga kim mastu behush bo‘lsa, sharbat ichida zaharni totli qiladi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, Alisher
Navoiy tarbiya masalalariga, xususan, bolalar
kitobxonligiga ham alohida e’tibor bergan. Bu bilan u hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining
rivojlanishiga katta zamin tayyorlagan.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
O‘zbek xalqining ulug‘ ma’prifatparvari, «Mantiqut tayr», «Farhod va SHirin», «Hayrat-ul
abror», «Lison-ut tayir », «Mahbub-ul- qulub».
Mavzuga oid savollar:
1.
Navoiy ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning ahamiyatini
qanday targ‘ib qilgan hamda uqtirgan?
2.
SHoir qaysi ijobiy obrazlarida bolaning voyaga etishida tarbiyaning alohida kuch-
qudratga ega ekanligini uqtirgan? Fikringizni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: