O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 0,91 Mb.
bet7/14
Sana18.02.2020
Hajmi0,91 Mb.
#40078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
majmua konf3


Xulosa

Shunday qilib, pedagogik muloqotda yuz beruvchi to’siqlarning oldini olish uchun pedagog o’z bilimi ustida ishlashi, har bir o’quvchi bilan mahoratini ishga solib muomala qilishi kerak.


Sinov savollari

  1. Ziddiyat nima?

  2. G.V.Ushakov stressli qayg’urishlarni necha turga bo’lgan?

  3. Stressogen faktorlarga nimalar kiradi?

  4. Sosial, ruhiy, tibbiy zo’riqishlar haqida gapiring.

  5. N.I.Kondakovning “Logika lug’ati”da “Konflikt” tushunchasiga qanday ta’rif berilgan?

  6. Ijtimoiy konflikt necha sohada yuz beradi?

  7. Konflikt tushunchasi apparati qanday terminlarni o’z ichiga oladi?


Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176.

  3. Ahrorov Yu.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. – Samarqand: MChJ “Sigma”, 2004.


Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  2. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  3. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.

UCHINCHI MASHG’ULOT

4-5-Mavzu: Kichik sinflarda ziddiyatli – stressli vaziyatlar tiplari. O’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tiplari

Reja:

  1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqida tushuncha.

  2. Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat, butun umr davomida saqlanuvchi nizoli vaziyatlar.

  3. Boshlang’ich sinflarda yuz beruvchi nizoli vaziyatlar tasnifi:

a) didaktik xarakterdagi konfliktlar;

b) didaktik hamkorlik sohasida yuz beruvchi konfliktlar;

c) chegaradan chiquvchi axloqiy (etik) konfliktlar.


  1. Intizomga oid konfliktlar.

  2. Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar.

  3. O’qitish metodikasidagi konfliktlar.

  4. O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarda sodir bo’luvchi konfliktlar.

  5. Axloqiy konfliktlar.


Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Talabalarga kichik sinflarda yuz beruvchi ziddiyatli-stressli vaziyatlar tiplari, o’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tiplari haqida ma’lumot berish; milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq milliy merosi namunalaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish; talabalarning ziddiyatli vaziyatlarni hal eta olish bilim, ko’nikmalarini oshirish.



Dars o’tish vositalari:

Fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarixiy ma’lumotlar, izohli lug’atlar.



Dars o’tish usuli:

Takrorlash, ijodiy suhbat va savol-javob, bahs-munozara, (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) tarzda jonli muloqat o’tkaziladi, (talabalarni mustaqil, erkin frirlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savollar berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.



Darsning mazmuni:

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina so’z yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bo’lmagan, qisqa muddatli kechishi xosdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bo’lmasa.

Emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab – quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab – quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama – yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.

Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.

To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.

Nihoyat, o’qituvchi ko’z oldida shunday vaziyatlar mavjud bo’lishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida ta’lim-tarbiyaning olg’a siljishiga sharoit yaratish mumkin bo’lsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonida sodir bo’luvchi konfliktli – ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:

a) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?

b) Kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?

c) Ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?

d) Umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?

Kichik, o’smir, katta yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, kichik yoshdagi o’quvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.

Boshlang’ich sinfni bitirgan o’quvchilarni ommaviy so’rovnomaga tortish natijasida barcha o’quvchilar uchun doimiy bo’lgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.

So’rovnoma to’ldirganlarning qarib yarmi o’qituvchilari bilan oralarida dog’ bo’lib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.

Studentlar esa sobiq o’qituvchilaridan o’rnak bo’ladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.

Konfliktga yo’l qo’ymasdan ishlayotgan o’qituvchilarning retrobahosi:


  • birinchi o’qituvchi ideal – o’qituvchi, pedagog namunasi, unga o’xshashni butun hayotlari davomida istashadi;

  • hech qanday nuqsonga ega emas, namunali o’qituvchi;

  • so’zsiz namuna sifatida qabul qilishdi.

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga dars bergan o’qituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi.

  • mutlaq tajribali, o’z ishining ustasi.

  • eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan.

  • to’rt yil davomida yetti o’qituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi.

  • men o’qituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini ko’rmadim.

  • o’qituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz.

  • o’qituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik.

  • konfliktlar yuz bergani yo’q, o’qituvchining obro’si shu darajada yuksak ediki, uning har bir so’zi biz uchun qonun edi.

  • nizolar yo’q edi, o’qituvchi o’quvchilar va ota – onalar orasida so’zsiz obro’ga ega edi.

  • u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...

Ko’ramizki, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, go’yoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bo’lgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. O’qituvchilarga berilgan a’lo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bo’lib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq o’qituvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, o’quvchilarni do’stlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mansub. Ideal o’qituvchidan o’quvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: ko’p diqqatini o’z ust – boshiga qaratadi; uning kiyim – boshiga maftun bo’lgan ayrim o’quvchilar mashg’ulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; ko’pincha faqat a’lochilarni maqtab, qoloq o’quvchilarga oz diqqat qaratardi, ko’pincha tutaqib, baqirar edi.

Taxmin qilish mumkinki, ko’pgina nizoli to’qnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir o’quvchilar xotirasidan o’chib ketgan bo’lishi mumkin. Biroq bo’lajak o’qituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchining kichik maktab o’quvchilari bilan bo’ladigan muloqotida o’zaro ziddiyatsiz munosabatga oid yana bir xulosani qo’shish joizdir. Bu har bir o’qituvchining bo’lajak muloqotda o’z oldiga maqsad qo’ya bilishi va o’z kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan o’qituvchilar namunasida qura bilishi bilan bog’liq xulosadir.

Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib ko’ramiz. Konfliktlarga oid faktografik ma’lumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy ta’limning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin bo’ladi. Konfliktli – nizoli hodisalarning butun manzarasini ko’z oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi:

konfliktda qatnashuvchilar haqida ma’lumot, konfliktli vaziyatlar, ularning ssenariysi mohiyati haqidagi ma’lumotlar. Uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham shunga mansubdir.

Boshlang’ich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turg’un va asosiy tomonlar sifatida o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etadi.

Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan – har har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida – juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.

Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.

Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:



  1. Didaktik

  2. Axloqiy (Estetik)

  3. Va boshqa nizolar

Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning o’ziga xos “invertarlash”dan so’ng muhokama, sharh va xulosalash mumkin.

Didaktik xarakterdagi konfliktlar

Asabiylashtiruvchi voqyea – hodisalar kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitishda mohiyat jihatdan unchalik ko’p emas. O’qituvchi – o’quvchi munosabatida 3 guruh o’zaro munosabat yetakchi o’rin tutadi, qaysikim bu holda o’quvchilar ruhiy shikastlanishi mumkin. Ular darsda emas, balki o’qituvchining o’quvchi bilan qiladigan muomalasi, taktikasi, uslubi, o’quvchi qilmishidan g’azablanish kabilarda aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga intizomiy usullar eng kuchli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Bunday usullarning qo’llanishiga doir o’ziga xos misollarni keltirsh mumkin.



  • Hamma o’quvchilar shovqin ko’tarmoqda, sinfdan esa faqat bir o’quvchi chiqarib yuborildi.

  • O’quvchilarning ota – onasi bilan o’zlashtirish yuzasidan suhbat o’tkazish maqsadida o’qituvchi ularning bosh kiyimi yoki portfelini olib qo’yadi.

  • Parta orqasida tik turishga arzimagan aybi uchun majbur qiladi.

  • Sababini so’ramasdan qiz bolani kechikkani uchun qizartiradi, uyaltiradi.sinfda tartibni ikki o’quvchi buzsa, ularning faqat biri jazolanadi, o’qituvchiga yoqmagani uchun.

  • Yangi kelgan o’quvchi ehtiyotsizlik qilib deraza oynasini sindiradi, buning uchun bir o’qituvchi unga intizomsizlik tamg’asini bosadi.

  • Sinfda o’qituvchi sumkasidan pul yo’qoladi, yoppasiga tintuv o’tkaziladi, vaholanki pulni hech kim o’g’irlagan emas.

  • Butun sinf bo’yicha she’r yodlanmagan, o’qituvchi barcha o’quvchilarni kiyinib, ota – onalarini chaqirish uchun yuboradi.

  • Sinfda sho’xlik qilgan o’quvchilarning bahosini pasaytiradi.

  • O’quvchilarni “tur – o’tir” qabilida darsdan axloqi uchun jazolaydi, biroq bu o’quvchilarni intizomli qilib qo’ymaydi.

  • Shanbalik paytida o’quvchilar yaxshi ishlashdi. Lekin shishani sindirishdi. Yaxshi tomonlar hisobga olinmasdan butun sinf o’quvchilariga direktor va o’qituvchi hayfsan e’lon qiladi.

  • O’qituvchi daftardan xato topgach, uni yirtib tashlaydi va nima uchun shunday qilganini sharhlaydi ham.

  • O’qituvchi o’quvchini sinfdan haydab chiqarmoqchi bo’ladi, biroq u buni xohlamaydi, o’qituvchi g’azablanib, asabiy ravishda buni sharhlaydi.

  • Ikki guruh o’quvchilarning nima uchun bahslashayotganligini surishtirib o’tirmay, har ikkalasini jazolaydi, vaholanki tomonlardan biri mutlaqo haq edi.

  • O’g’il va qiz bolani boshqa – boshqa partaga o’tqazadi va buni bular yaxshi o’qishni o’rgansin, bir – biri bilan bunday yaqin o’tirgancha, deb izohlaydi.

  • O’quvchini butun sinf oldida ikki soat davomida burchakda tik turishga majbur qiladi.

  • Darg’azab o’qituvchi o’quvchi qo’lidan ruchkani olib, polga uloqtiradi.

  • O’quvchi tirishqoq emasligini bahona qilib, u bilan ishlashdan bosh tortadi.

  • O’quvchini nazorat ishidan sababsiz (yoningdagiga aytib turding deb) haydab yuboradi. O’quvchini haydar ekan, orqasidan portfelini otib yuboradi.

Amaliyotdan olinadigan har bir voqyeada konfliktda bo’lganlar hamda bunday konflikt guvohlari mavjud. O’ylash mumkinki, bolalar va ular ustozlari orasida yuz beruvchi to’qnashuvlar asabiylashuv natijasi bo’lib, bular bir xil oqibatlar bilan tugamaydi. To’qnashuvchi tomonlar o’ta asabiylashadilar, ayniqsa maktab o’quvchilari ko’proq iztirob chekishadi. Guvohlarga kelganda esa ularning munosabatlari har xil bo’lishi mumkin.

Konfliktogen vaziyatlarning ikkinchi guruhini boshlang’ich sinflarda o’qituvchilar qilmishi tashkil etadi, buni o’quvchilarga nisbatan “diskriminasiya” deb atash mumkin. Ularning shakli ko’p emas. Shuning uchun ham boshlovchi o’qituvchi o’z kasbiy faoliyatida o’ziga – o’zi man qilish kabi himoya to’sig’idan foydalanishi mumkin. Kuzatishlar natijasida o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarni “ezish”ga asoslangan muloqot shakli yashovchandir. Buni bilish ayniqsa bolalar ruhiyatini jarohatlardan saqlamoqchi bo’lgan o’qituvchilar uchun juda muhimdir. Quyida amaliyotdan olingan ayrim misollarni keltiramiz:



  • A’lochilarga topshiriq berishadi. Boshqalar esa ularning muvaffaqiyatli faoliyatini kuzatuvchilardir.

  • Bolalarni qobiliyatli va qobiliyatsizlarga bo’lishadi. Bu haqda butun o’quvchilarga ochiq aytishadi. Qobiliyatsizlarga ikkinchi yilga qoldirish bilan tahdid qilishadi.

  • O’quvchilarning bir qismini ismi bilan atashadi, boshqalarni esa familiyasi bilan, bu bilan o’zining mazkur bolalarni yoqtirmasliklarini ta’kidlamoqchi bo’lishadi.

  • A’lochi va intizomli o’quvchilarni haddan tashqari maqtab yuborishadi.

  • A’lochi bilan oddiy o’quvchi janjallashib qolgudek bo’lsa, a’lochini emas, oddiy o’quvchini jazolashadi.

  • Darsdan tashqari paytlarda ko’proq a’lochi va yaxshi o’quvchilar bilan suhbatlashishadi.

  • A’lochi o’quvchi bilan qoloq o’quvchini yonma – yon qo’yib, so’nggilarga tumanli kelajak bashorat qilishadi.

  • A’lochi o’quvchi darsga yaxshi tayyorlanmaganda unga rahm – shafqat ko’rsatishadi, boshqalarni esa xuddi shunday qilmishi uchun jazolashadi.

  • A’lochilarga rasmdan yaxshi o’zlashtirmagan paytda ham a’lo baho qo’yishadi.

  • Ochiq bo’lmasa-da yaxshi o’qiydiganlarga mehribona munosabatda bo’lishadi, qolgan o’quvchilar esa pedagogik mehrdan mahrum bo’lishadi.

  • O’qituvchilarning bolalarini alohida qo’llab – quvvatlashadi.

  • Ko’rish qobiliyati kuchsiz bo’lgan o’quvchini oldingi partaga o’tqazishdi, bu o’quvchini sezilarli darajada tutaqtiradi. Ko’rinadiki, u bu o’quvchi bilan ishlamoqchi emas. O’qituvchining simpatiyasi va antisimpatiyasiga sazovor bo’lgan o’quvchilar bilan munosabatda o’rta yo’l topish juda qiyin. A.S.Makarenko o’quvchilarga nisbatan “barovar ovoz”da bo’lish taktikasiga qarshi chiqqan edi. Shu bilan birga o’quvchilar bilan munosabatda individual yondashishni ham rad etib bo’lmaydi. O’quvchilarning qobiliyati, mehnatsevarlik, xarakter, tashqi qiyofasi, odobi va madaniyatiga qarab har xil munosabatda bo’lish kasbiy pedagogik jihatdan tabiiy hisoblanadi.

Konfliktlarning uchinchi guruhiga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zlashtirishini baholash natijasida paydo bo’ladigan nizolarni kiritish mumkin.

Talaba bu haqda maktab amaliyotiga tayyorlanayotgan paytdayoq o’ylab ko’rishi, bu haqda o’z taktikasini ishlab chiqishi lozim.

Darsda o’qituvchi tomonidan baho qo’yilganda qanday sabablar o’quvchilarning asabiylashuvi, noroziligiga sabab bo’ladi?


  • Baholashda ikki izlamachilik sodir bo’lsa: daftarda baho “3”, jurnalda esa “4”.

  • Og’zaki va yozma ishlar adolatsizlarcha baholanadi.

  • Ota – onalar iltimosi, tanish – bilishchilik sababli baholar ko’tarilib qo’yiladi.

  • Yangi kelgan o’quvchilarga o’zining talabchanligini namoyish etish maqsadida ataylab past baho qo’yiladi.

  • Javoblarga talablar ham bir xil emas. Ko’pincha bu o’qituvchining kayfiyatiga bog’liq bo’ladi.

  • Oldin qo’yilgan “5” baho keyingi baho qo’yilishiga ta’sir etadi.

  • Uy vazifasini bajarishdagi tirishqoqlik hisobga olinmaydi.

  • Hali o’rgatilmagan narsani chiza olmaganligi uchun “2” qo’yiladi.

  • Yozuvning iflosligi uchun yaxshi yozilgan nazorat ishining bahosini tushirishadi. O’quvchi hayron: nega to’g’ri bajargan ishiga past baho qo’yishdi?

  • Bir xil xatolarga yo’l qo’yilgan diktantlarga turlicha baho qo’yishadi. O’quvchilar o’qituvchining o’z “erkatoy”lari bor degan xulosaga kelishadi.

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, o’quvchilar bilimini baholashda bir qancha tushunmovchiliklar ham mavjud. Ulardan biri – bu ayniqsa, gumanitar fanlardan baholashda qat’iy bir xato mezonlarining yo’qligidir. Bunga qo’shimcha ravishda, o’qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasi, kayfiyati va hokazolarni kiritish mumkin. Nihoyat, baholashdan

Tete a – tete qabilida yuz beruvchi konfliktlar chuqurligi jihatidan kuchli ziddiyat hisobalanadi. Bu o’rinda ham o’qituvchi tomonidan jo’rttaga sodir qilinadigan konfliktlar hamda birinchi qarashda tushunmovchilikka o’xshash ziddiyatlar mavjud. Misollarga murojaat qilaylik.

O’smir qyechqurun elektr tarmog’ini o’chiradi va direktorga qasddan ikki – uch kun dars qoldiradi. O’quvchi kundalik daftaridagi o’qituvchi izohini o’zgartirdi va buning uchun ota – onasi va direktordan tanbeh eshitdi. O’quvchilar bir – birlariga sinf lattasini otishdi va latta maktab zavuchining boshiga kelib tushdi. Chaqimchi qizni sinf rahbariga gap tashigani uchun do’pposlashdi. Xor bo’lib ashula aytishga hamkorlikda qarshi chiqishdi. Qishda o’quvchini sinfdan haydashdi, u daryoga cho’kish uchun jo’nadi, uni tirik qaytarib kelishdi. Bazmda xohishiga qaramay ashula aytishga majbur qilishdi. Ko’ylagining rangi kulrang bo’lganligi uchun ikki qo’yishdi: maktabda hamma o’g’il bolalar oq ko’ylak kiyishi lozim edi. O’qituvchi g’azabga minganda o’tgan sana bilan bolaga salbiy baho qo’yadi.

O’quvchilardan biri o’qituvchining o’rindig’iga knopkani yuqoriga qilib qo’ydi, o’qituvchi va o’quvchilarni qo’rqitish uchun ilonni olib kelishdi, o’qituvchining ko’ylagiga rang sachratishdi, derazani sindirishdi...

O’smirlarning bunday qilmishlariga turlicha munosabat bildirish mumkin. Tavsiflangan qilmishlarni kuchli ziddiyat tug’diruvchi faktorlar sirasiga kiritish qiyin. Biroq shunday bo’lsa ham talabaning bunday vaziyatlarda o’zini qanday tutishi maktab o’qituvchisi sifatida oldindan ssenariya tuzish orqali hal etilishi qiyin muammodir.
Didaktik hamkorlik sohasida yuz beruvchi konfliktlar

Nisbatan katta xafagarchilikka sabab bo’ladigan ziddiyatlardan tashqari o’qituvchi va o’quvchilar uchun kuchli ruhiy jarohat yetkazuvchi konfliktlar ham mavjuddir. Bularga didaktik xatolarga, muhimi, o’quvchilar bilim, ko’nikmalarini baholash metodikasida yo’l qo’yiladigan xatoliklarni kiritish mumkin.

Bunda faqatgina ayrim ijobiy natijalar kuzatiladi – o’quv ishida erishilgan muvaffaqiyatlar, umumiy tartib – intizomning barqarorlashuvi, salbiy odatlarning barham topishi kabilarni kuzatish mumkin. Konfliktlarning xilma – xil oqibatlari bolalarning maktabdagi va maktabdan tashqari faoliyatida yaqqol iz qoldiradi. Shunday faktlar aniqlandiki, ziddiyatlardan so’ng o’zlashtirish, xulq – atvor baholarining pasayishi, o’qituvchiga bo’lgan ishonchning pasayishi, uzoqqa cho’ziluvchan arazlashlar, o’qituvchi qilmishining adolatsizligini tushunish, o’qituvchi obro’sining o’quvchi nazarida tushishi, xulq – atvorning ikkilangan uslubining vujudga kelishi, ya’ni xo’ja ko’rsinga, o’qituvchi tazyiqidan qutulish uchun harakat qilish va noqulay vaziyatlardan qutulishga harakat qilish kuzatiladi. O’quvchilar taqdirini hal qiluvchi konfliktlar orasida quyidagilar ajralib turadi: boshqa maktabga o’tkazish, maxsus maktab va axloq tuzatish bolalar muassasasiga yo’llanma berish. O’qituvchilar xulq – atvorida ham ziddiyatlar aks etadi. Bu hol o’qituvchining nazokatsizligi chegaradan chiqib ketgan paytda ota – onalarning bu haqda qo’rqmasdan maktab rahbariyatiga hamda o’qituvchining tikka yuziga aytishlarida namoyon bo’ladi. Konfliktli vaziyatlarning ikkilamchi zarari kuzatiladi: o’quvchilar va o’qituvchisining kayfiyati masalasida. Nihoyat munosabatlarning ikki tomonlama o’zgarish holati vujudga kelishi kuzatiladi: agar ziddiyatdan so’ng yo’l qo’yilgan xatolar tomonlardan biri tomonidan anglab yetilgan bo’lsa. Juda kam hollarda ziddiyatlar natijalari chuqurlashib ketishi, konflikt tug’diruvchi faktorlar yengib o’tilmasdan qolib ketishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida ahloqiy pozisiyani shakllantirishda ularning axloqiy – pedagogik, tahliliy ko’nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu o’rinda qayd etish mumkinki, o’qituvchilarning ayrimlari o’z metodik zahiralariga ongli ravishda nazokatsizlik kabi salbiy odatni kiritib olganlar. Kichkintoylardan bunday salbiy munosabatga nisbatan o’rinli javob olmaganliklari uchun ham bunday o’qituvchilar ana shunday salbiy odatlarga ko’nikib qolishgan.

O’qituvchilarning ana shunday konflikt chaqiruvchi odatlari qatorida affekt oqibati hisoblanmish o’zini tuta olmaslik, portlashga, qiziqqonlikka moyillik, o’z-o’zini boshqarishning yetishmasligi o’rin oladi. Bunda ko’p narsa o’qituvchining kasbiy pedagogik madaniyatiga bog’liqdir. O’zining qaysi hollarda chegaradan chiqishi, qizishib ketishini ko’ra bilish va ruhiy zo’riqishlardan chiqib ketishning boshqariladigan ssenariysini ishlab chiqish muhimdir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar ruhiy jarohat olgach, uning natijasida ahyon – ahyondagina ro’yobga chiqishi mumkin, bu hol ko’zga tashlanadigan qo’zg’alishlar shaklida kuzatilishi mumkin.

Qanaqa qadriyatlar o’qituvchi qiyofasida bolalar ruhiyatini jarohatlashning oldini oluvchi, konfliktlarni og’riqsiz bartaraf etish texnikasini shakllantiruvchi bilimlar mavjud ekanligini qayd etish joiz. Amaliy psixologiya o’qituvchining axloqiy madaniyatiga doir nazariy g’oyalar insonning inson tomonidan tushunish konsepsiyasiga asoslanadi. Bunda hammadan oldin insonlararo subyektiv yondashuvda o’zaro bir – birini tushunishga intilish muhim ahamiyatga ega. Subyekt – subyekt yondashuvda o’qituvchining vaziyatni to’g’ri anglash qobiliyati va bu holning o’quvchilar tomonidan to’g’ri qabul qilinishiga erishish lozim. Treningli ssenariylarda u yoki bu rollarni amaliy mashg’ulotlar paytida ijro etish orqali pedagogik etikaga amal qilishni muvaffaqiyatli shakllantirishga erishish mumkin.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish