O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 0,91 Mb.
bet9/14
Sana18.02.2020
Hajmi0,91 Mb.
#40078
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
majmua konf3




O’qituvchida sodir bo’ladigan jumboqlar

O’qituvchi o’zaro harakatni boshlaydi.

O’qituvchi gapiradi.

O’qituvchi ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchi o’z – o’ziga ko’maklashmoqchi bo’ladi.

O’qituvchi mustaqil ravishda o’zini qoniqtiruvchi qarorga keladi.

O’qituvchi o’z ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi faollik bilan jumboqni o’zi hal etadi.

Ko’rinadiki, pedagog tomonidan hal etiladigan turli – tuman vazifalar bir – biridan farq etuvchi xulq – atvorga bog’liq usullarni qo’llashni talab etadi. Jadvaldan kelib chiquvchi xulosalar natijasida quyidagilar oydinlashadi:



  1. O’quvchilar bilan hamkorlik qilishda hal etilishi lozim bo’lgan pedagogik jumboq kimga tegishli ekanligini hisobga olish kerak.

  2. Agar jumboq o’quvchiga tegishli bo’lsa, o’qituvchi maslahatchi rolida chiqishi maqsadga muvofiqdir.

  3. Jumboq o’qituvchining o’ziga tegishli bo’lgan taqdirda maslahatchilik pozisiyasi samarasiz natija beradi.

Agar muammo – jumboq sizning o’zingizda bo’lsa, nima qilmoq kerak? Bunday taqdirda sizda uchta imkoniyat mavjud:

  1. O’quvchi bilan ishlash;

  2. Muhit bilan ishlash;

  3. O’z ustida ishlash.

Shularga mos ravishda siz quyidagi faoliyat yo’nalishlarini tanlab olishingiz mumkin:

Birinchi yo’nalish – o’quvchi xulqini o’zgartirishga urinish.

Ikkinchi yo’nalish – muhit, vaziyatni o’zgartirishga urinish.

Uchinchi yo’nalish – o’z xulq – atvorini o’zgartirishga urinib ko’rish.

Tasavvur eting – Abdullayeva Sevara – sizning o’quvchingiz doimo dars paytida sizning gapingizni bo’ladi, darsni doim buzishga harakat qiladi, deylik, chunki u uning uy vazifalarini muntazam ravishda tekshirishingizni istaydi, siz uni maqtab, hamma vazifalarni to’g’ri bajaribsan, balli deb rag’batlantirishingizni kutadi. Bunday holat siz uchun ma’qul ko’rinmaydi. Unda nima qilish kerak?


  1. Siz uni jim o’tirishga majbur qilishingiz mumkin (O’quvchi xulqini o’zgartirish).

  2. Butun sinfga o’z-o’zini tekshirish bo’yicha vazifa berishingiz mumkin (Muhitni o’zgartirish).

  3. Siz o’zingizga: “ U juda ham nomustaqil qiz, biroq o’zgarishi mumkin”, yoki “ Unga boshqalarga nisbatan ko’proq diqqat qilishim lozim” (O’z xulq – atvorini o’zgartirish).

Birinchi usulni ko’rib chiqamiz.

Birinchi usul o’quvchi bilan ziddiyatga uchrashingizni taqozo etadi, siz o’quvchining qilmishi sizga xalal berayotganligini unga tushuntirasiz, sizning zavq bilan mashg’ulot o’tish huquqingizni poymol etayotganligini aytasiz. Buning uchun siz yetarli darajada jasoratga ega bo’lishingiz talab etiladi.

Afsuski mazkur usulni qo’llagan aksariyat pedagoglar quyidagi to’siqlarga duch keladilar:


  1. O’quvchilarning noroziligiga sabab bo’ladi.

  2. O’quvchilar o’qituvchi ularni nodon deb o’ylayapti, hech narsa qo’lidan kelmaydigan ro’dapolar deb o’ylayapti degan fikrga kelishadi.

  3. Pedagogning o’quvchilar his – tuyg’ulari bilan zarracha ham qiziqmayotganligini ko’rsatadi.

  4. O’quvchilarni aybdor qilib uyatga qo’yadi.

  5. Bolaning o’z-o’zini baholash qobiliyatini pasaytirib yuboradi.

  6. O’quvchilarning o’z-o’zini himoyalash qobiliyatini faollashtiradi.

  7. O’quvchilarda bolalarga g’azablanish va qasoskorlik tuyg’ularini uyg’otadi.

  8. O’quvchilar passivligiga sabab bo’ladi.

Ma’lumki, hech qaysi o’qituvchi bunday natijaga erishishni istamaydi. U faqatgina o’z huquqini hurmat etilishini istaydi, xolos.

O’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar birinchi usul orqali berilganda o’quvchilarni “Men yomonman” istehkomida to’playdi va quyidagi guruhlarga bo’linadi:



  1. To’g’ri qabul qilishga undaydigan dakkilar

  2. Bevosita dakkilar

  3. Bilvosita dakkilar

To’g’ri qabul qilishga mo’ljallangan dakkilar o’quvchi xulq – atvorida sodir bo’layotgan, o’qituvchi uchun noma’qul bo’lib ko’ringan nuqsonlarni tuzatishga mo’ljallanadi.

Ularning besh turi mavjud:



  1. Buyruqlar – Hoziroq og’zingdagi saqichni tashla!

  2. Tahdid, ehtiyotkorlikka chaqirish – agar vazifani tayyorlamasang, seni darsdan so’ng olib qolib, uni bajarishga majbur qilaman!

  3. Pand – nasihat – qizlar bilan o’ynab yurmasang, fanni yaxshi o’zlashtirishing mumkin edi.

  4. Uqtirish – kitob chizish uchun emas, o’qish uchun mo’ljallangan.

  5. Maslahat – men sening o’rningda bo’lganimda hech qachon bu ishni qilmasdim.

Bunday dakkilar bir onda o’quvchini unga aytilgan harakatni bajarishga undaydi.

Ikkinchi xil dakkilar birinchisiga qaraganda “battar”roqdir. Bunday dakkilar bolani yer bilan yakson etadi, ezadi. Ular 6 ta turga bo’linadi:



  1. Ayblov. Tanqid. Qarama – qarshi qo’yish.

  • maktabda qanday favqulodda hodisa yuz bersa, men aminmanki, bunga sabab – Saidov.

  • jonimga ham tegib ketding sen!

  1. Ustidan kulish. Shaxsiga tegish, Tahqirlash.

  • Sizlar kechikib, o’g’ri mushukdek eshik orqasida turasizlar...

  1. Tahlil. Bashorat.

  • Bolalar intizom masalasida sizlarda biror muammo bormi?

  • Saidov tushunaman, doskadagi yozuving bilan o’z savodingni ko’z – ko’z qilmoqchimisan. Orfografik xato qilmaslik sohasida ham, koshki, shunga erishsang edi.

  1. Rag’batlantirish. Ijobiy baholash.

  • Shunday ajoyib kunda sinfda o’tirish qiyin, to’g’rimi bolalar?

  • Men albatta, sizlarni tushunib turibman, birozdan so’ng siz yoqtirgan multserial boshlanadi, biroq maktabdagi mashg’ulotlaringiz soat beshda tugashini esdan chiqarmang!

  1. Aniqlash. So’roq qilish. Tekshirish.

  • Nega endi sizlar o’z joyingizda o’tirmayapsizlar?

  • Sen imtihonlardan qanday o’tmoqchisan o’zi, shuncha mashg’ulotlarga qatnashmagan bo’lsang?

  • Kim deraza oynasini sindirdi, darhol javob bering!

Mazkur dakkilarning barchasida, afsuski, salbiy ohang mavjud. Yuqoridagi kabi ko’plab dakkilarni o’quvchilar har kuni eshitishadi.

Ko’pgina o’qituvchilar bilvosita ta’sir etuvchi e’tirozlardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Chunki bunday e’tirozlar o’quvchilar tomonidan og’riqsiz qabul qilinadi.



  • Sizlarning o’zlaringni bunday tutishlaring menga yoqmayapti. (“Shahzoda lug’ati”).

Birinchidan, bunday e’tiroz o’qituvchiga mas’uliyat yuklaydi, ikkinchidan, esa o’quvchiga odob normalariga amal qilish lozimligini eslashadi, uning mas’uliyatini oshiradi.

Bundan tashqari bunday e’tirozlar o’quvchi shaxsini salbiy baholashga xizmat qilmaydi, o’quvchi o’qituvchi talabiga peshvoz chiqadi, unga qarshi chiqmaydi, g’azablanmaydi. Ilgari namuna keltirganimiz e’tirozlardan bunday e’tirozlar quyidagi afzalliklarga ega:



  1. Ular o’quvchilarda o’z axloqlarini tuzatish istagini tug’diradi.

  2. Ular o’quvchilarga minimal darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  3. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatga putr yetkazmaydi.

Pedagog va o’quvchi qadriyatlari to’qnashganda diniy maslagi, qiziqishlari, shaxsiy didi, yashash muhiti, g’oyasi va h.k. hech qanday hamkorlik usuli yordam bermaydi.

Ko’pchilik hollarda bunday ziddiyatlar quyidagi hollarda ro’y berishi mumkin:


  • O’g’il bolaning sochi uzun bo’lganda;

  • qiz bola shim kiyib yurganda;

  • kiyinish va yurish turish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hollarda (qiz bola labini bo’yaganda, o’g’il bola mo’ylov qo’yganda va h.k.)

  • tozalik masalasida;

  • lug’atga kirmagan so’zlar ishlatilganda;

  • axloq – odob doirasida.

Albatta, ba’zi pedagoglar bunday konfliktlardan qochish uchun, e’tibor bermaslikka harakat qiladilar. Biroq, baribir chora ko’rmasa bo’lmaydi. Milliy qadriyatlar tarixi, ularning yutuq va kamchiliklari haqida o’qituvchi tomonidan qilinadigan samimiy rivoyatlar bunday ziddiyatlarning oldini olishi mumkin (Masalan, ovqatni qo’l bilan yeyish, kishi oldida burun tozalash, gilam ustida oyoq kiyim bilan yurishning tibbiy zarari haqida).

O’qituvchi bunday ziddiyatlarning oldini olishi uchun quyidagi maslahatlarni yodidan chiqarmasa maqsadga muvofiq bo’lar edi:



  1. U o’quvchi axloqini o’zgartirishga agar uni maxsus taklif qilishgan bo’lmasa urinmasligi lozim.

  2. U o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rganishi kerak.

  3. Maslahat bosimsiz, uzoqqa cho’zilmasligi kerak.

Mazkur bobni xulosalar ekanmiz, biz Tomas Gordonning quyidagi qoidalarini keltirishni lozim ko’rdik:

“Siz va men munosabatda bo’lar ekanmiz, men bunday munosabatni qadrlayman va davom ettirish tarafdoriman. Shu bilan birga bizning har birimiz o’z ehtiyojlariga ega bo’lgan va bu ehtiyojlarni qondirishni haqli ravishda istaydigan o’ziga xos shaxslarmiz”. Men, o’z navbatida, sizning yurish – turishingizni ma’qul ko’rishim mumkin, agar siz o’z ehtiyojlaringizni qondirayotganda mening ehtiyojlarimni qondira olsangiz”.



Xulosa

Shunday qilib, o’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozim.

Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’quvchi axloqini o’zgartirishga agar uni maxsus taklif qilishgan bo’lmasa urinmasligi lozim, o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rganishi kerak, maslahat bosimsiz, uzoqqa cho’zilmasligi kerak.

Sinov savollari


  1. O’qituvchi tufayli sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar haqida gapirib bering.

  2. O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlarni tushuntirib bering.

  3. O’qituvchida sodir bo’ladigan jumboqlar haqida gapiring.

  4. O’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar haqida gapiring.

  5. Pedagog va o’quvchi qadriyatlari orasida yuz beruvchi ziddiyatlar haqida gapirib bering.

  6. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning turlari nechta?

  7. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning oldini olish usullari haqida tushuncha bering.


Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176.

  3. Ahrorov Yu.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. – Samarqand: MChJ “Sigma”, 2004.



Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  2. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  3. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.


«PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA»

fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash
I. MUSTAQIL IShNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Pedagogik konfliktologiya bo’yicha talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – professor-o’qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv-tarbiyaviy ishlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish hamda ularni auditoriya mashg’ulotlarida berilgan nazariy va amaliy bilimlardan amalda foydalanishga o’rgatishdir.

Pedagogik konfliktologiyadan talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:



  • dars paytida o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarni qayta ishlash va mustahkamlash;

  • tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari, vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalari va vositalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog’idan maqsabli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning rasional echimini belgilash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

  • ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g’oyani asoslash.


II. MUSTAQIL IShNING TAShKILIY ShAKLLARI
Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzular bo’yicha o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil ravishda ma’ruza matni yoki konspekt tayyorlash va o’zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish;

  • ma’lum mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurolar tayyorlash;

  • hisob – grafik ishlarini bajarish;

  • kurs loyihasini bajarish;

  • malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash, nostandart amaliy topshiriqlarni bajarish;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;

  • maket, model, badiiy asar, musiqa va h.k. namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza, tezislarini tayyorlash;

  • ilmiy maqola, monografiya va h.k. larga taqriz yozish.


III. MUSTAQIL IShNI BAHOLASh MEZONI

Talabalarning Pedagogik konfliktologiyadan mustaqil ishi bo’yicha faoliyati o’zlashtirish ko’rsatkichi (%) bo’yicha quyidagiga baholanadi:

86 – 100 foiz – «a’lo»;

71 – 85 foiz – «yaxshi»;

55 – 70 foiz – «qoniqarli»;

40 – 54 foiz – «qoniqarsiz»;



40 dan past – «yomon».
«Pedagogik konfliktologiya» fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil etish

«Pedagogik konfliktologiya» fanidan talabalar uchun mustaqil ta’lim savollari


  1. Er-xotin o’rtasidagi konfliktlar va ularni profilaktika qilish metodlari

  2. Shaxslararo konfliktlarni kelib chiqish sabablari

  3. Farzand va ota-ona o’rtasidagi konfliktlar va ularni bartaraf etish asoslari

  4. O’smirlar ta’limida yuz beradigan ziddiyatlar tiplari

  5. O’quvchilarni o’zlashtirishini baholash natijasida paydo bo’ladigan nizolar

  6. o’quv jarayonida konfliktlarni oldini olishda o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar

  7. O’qituvchining o’quvchiga nisbatan noaxloqiy, nopedagogik xatti-harakatlaridan kelib chiquvchi ziddiyatlar

  8. O’qituvchining nazokatsizligi va qo’polligining ifodalanish formasi va uni bataraf etish usullari

  9. O’qituvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari

  10. O’qituvchi va o’quvchining pedagogik muloqoti

  11. Ta’lim-tarbiya jarayonida o’zaro pedagogik munosabatlar

  12. Tarbiyasi turli darajadagi oila a’zolari, er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish jarayoni

  13. Stressli qayg’urishlar va ularni turlari

  14. Ruhiy toliqishlarni oldini olish, tibbiy-stressologik bilimlarni kishilar orasida tashviq qilish asoslari

  15. Pedagogning ma’naviy-madaniy, axloqiy va estetik salohiyatiga qo’yiladigan talablar

  16. Pedagogik muloqotni boshqarish asoslari

  17. Pedagogik muloqotda tezkor-emosional hamdardlik muhim kasbiy element sifatida

  18. Pedagogik muloqotda qadriyatlar to’qnashuviga doir to’siqlar va ularni bartaraf etish

  19. Pedagogik muloqotda ziddiyatning pedagogik-psixologik mohiyati

  20. Pedagogik muloqot uslublari

  21. Pedagogik muloqot psixologiya nuqtai nazarida

  22. Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik hamkorlik sifatida

  23. Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi

  24. Pedagogik konfliktning qonuniyatlari va faktorlari

  25. Pedagogik konfliktli vaziyatlarni muvofiqlashtirish, tahlil qilish va tushuntirish

  26. Pedagogik konfliktlarning umumiy xarakteristikasi

  27. Pedagogik konfliktlarning asosiy turlari

  28. Pedagogik ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillar

  29. Pedagogik va sosial konfliktlarning o’zaro bog’liqligi

  30. Oilada ota-ona va o’tish davridagi o’g’il-qizlar o’rtasidagi konfliktlar

  31. Oilaviy konfliktlar va ularni oldini olish

  32. Oilaviy ziddiyatlarni oldini olishda ota-ona shaxsiga qo’yiladigan talablar

  33. Oila va oilaviy tarbiya muammolari va ulardan kelib chiqadigan konfliktlar

  34. Nopedagogik munosabatlar va ulardan kelib chiqadigan ziddiyatlar

  35. Nizoli vaziyatlarni inson psixikasida aks etishi va uni profilaktika qilish

  36. Maktabda pedagogning o’quvchilar va ota-onalar bilan munosabati asosida kelib chiqadigan nizolar va ularni bartaraf etish metodlari

  37. Konfliktli kechinmalari bo’lgan kishilar bilan psixologning olib boradigan profilaktik, korreksion ishlari

  38. Konfliktlarning keltirib chiqaruvchi sabablar

  39. Konfliktlarning vazifasi, tuzilishi va mohiyati

  40. Konfliktlarni oldini olish va bartaraf etish asoslari

  41. Konfliktlar oqibatida paydo bo’ladigan ruhiy zo’riqishlarni psixologik profilaktika qilish

  42. Konstruktiv va distruktiv janjallar va ularni ifodalash formasi

  43. Kichik sinflarda ziddiyatli – stressli vaziyatlar tiplari

  44. Kasbiy pedagogik muloqot samaradorligi treningi

  45. Ichki shaxsiy konfliktlar va ularni oldini olish

  46. Ijtimoiy konfliktlar

  47. Ziddiyatlarni oldini olishda o’qituvchining axloqiy, estetik madaniyatiga qo’yiladigan talablar

  48. Ziddiyatlarni oldini olishda kerak bo’lgan pedagogik shart-sharoitlarga tavsif

  49. Ziddiyatlar haqida mutafakkirlar fikrlari

  50. Ziddiyatlar pedagogik muloqotda yuz beruvchi to’siqlar sifatida

  51. Didaktik xarakterdagi konfliktlar

  52. Dars jarayonida o’quvchilar orasida yuz beradigan ziddiyatli holatlar va ularni bartaraf etishda o’qituvchining roli

  53. Guruhlararo ziddiyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar

  54. Buyuk allomalar oilaviy tarbiya haqida

  55. Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha guruhlanishi

  56. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida sodir bo’ladigan nizolar va ularning turlarini aniqlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish

  57. Bolalar bilan bo’ladigan muloqotda optimallikka erishish metodikasi

  58. Bola psixologiyasiga surunkali ta’sir etuvchi konfliktlar oqibatida yuz beruvchi reaktiv holat va ularni korreksiyalash usullari

  59. Axloqiy estetik konfliktlar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar

  60. Pedagogik muloqotda yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar va ularni bartaraf etish usullari

ADABIYOTLAR RO’XATI


  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. 1- jild.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. – Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  8. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. – T.: O’zbekiston, 1998.

  9. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1998.

  10. Karimov I.A. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblar. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  11. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari. – T.: O’zbekiston, 1998.

  12. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. «Turkiston» axborot agentligi muxbirlarining savollariga javoblar. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  13. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun. – Toshkent, 1997.

  14. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». – Toshkent, 1997.

  15. O’zbekiston umumta’lim maktablarining konsepsiyasi.

  16. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – Toshkent: 1992.

  17. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.

  18. Chistyakova T.A. Pyedagogichyeskiy konflikt i sposobы yego pryeodolyeniya. M.; 1987 g.

  19. Kan – Kalik V.A. Uchityelyu o pyedagogichyeskom obщyenii. – M.; Prosvyeщyeniye, 1987 g.

  20. Vыgotskiy L.S. Antologiya gumannoy pyedagogiki (sbornik). – M.;1996

  21. Shakurov R.X. Psixologichyeskiye osnovы pyedagogichyeskogo sotrudnichyestva. – Kazan, 1994 g.

  22. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  23. Vыgotskiy L.S. Pyedagogichyeskaya psixologiya. – M.; 1999 g.

  24. Juravlyev V.I. Osnovы pyedagogichyeskoy konfliktologii. – M.; 1995 g.

  25. Rubinshtyeyn S.L. Osnovы obщyey psixologii. – SP b. 2000 g

  26. Lyeontyev A.A. Pyedagogichyeskoye obщyeniye. – M.; 1979 g.

  27. Zimnyaya I.A. Kommunikativnaya kompyetyentnost uchityelya // Filologiya na rubyejye tыsyachalyetiy. Matyerialы myejd. nauchn. konf. Rostov: Donskoy izd. dom, 2000

  28. Zimnyaya I.A. Pyedagogichyeskaya psixologiya. Uchyebnыye posobiye dlya studyentov vuzov. Rostov: Fyeliks, 1997 g.

  29. Lyevitan K.M. Kultura pyedagogichyeskogo obщyeniya. – Irkutsk: Izd. Irkutskogo univyersityeta, 1985 g.

  30. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  31. Lotman Yu.M. Obщyeniya, Tyekst, Vыskazivaniye. – M.; 1989 g.

  32. Pyerovskaya L.A. Kompyetyentnost v obщyenii. Sosialno – psixologichyeskiy tryening. M. Izd. MGU, 1989 g.

  33. Proxorov N.O. Psixologichyeskoye sostoyaniye shkolnikov i uchityelya v prosyessye ix vzaimodyeystviya na urokye // Voprosы psixologii, 1990, №5.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish