O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Chegaradan chiquvchi etik (axloqiy) konfliktlar



Download 0,91 Mb.
bet8/14
Sana18.02.2020
Hajmi0,91 Mb.
#40078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
majmua konf3


Chegaradan chiquvchi etik (axloqiy) konfliktlar

Mazkur “Chegaradan chiquvchi etik” konfliktlar termini boshlang’ich sinf o’qituvchilari xulq – odobida namoyon bo’luvchi qo’pol g’ayripedagogik munosabatshakllarini aniqlashda qo’llaniladi.

Yuqorida biz pedagoglar nazokatsizligiga oid qo’rquv hosil qiluvchi faktorlarni kechirarli deb hisoblashimiz mumkin, chunki inson sifatida o’qituvchi ham o’zini yo’qotib qo’yishga haqli. Shu bilan birga o’qituvchi muomalasida yumshoqlik, bir holatdan ikinchi ruhiy holatga o’ta bilsh, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar emotsional holatini boshqara bilish muhim ahamiyatga ega. Katta yoshdagilar bilan kichik yoshdagi o’quvchilar orasida yuz beruvchi “qonunbuzarlik” tufayli o’qituvchi va o’quvchi orasida yuz beruvchi konfliktlar ham mavjud.

Ta’kidlash joizki chegaradan chiquvchi axloqiy konfliktlar o’qituvchi bilan kichik o’quvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlar orasida eng oxirgi o’rinni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshlang’ich maktab bu sohada katta sinflarga qaraganda ancha kam zarar ko’radi. Shunga qaramasdan bu yoshdagi o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan yetkaziladigan ruhiy jarohat ancha zalvorlidir. Umumta’lim maktablari o’qituvchilari tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan sodir qilinadigan qonunbuzarliklar ikki xildir. Oldingi o’ringa hammaning oldida ochiqchasiga og’zaki haqorat qilish turadi. Bunga qarshi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida tegishli modda mavjud (140-modda), unga binoan ochiq og’zaki haqorat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Kichkintoylarni haqorat qilish lug’ati o’smirlarga nisbatan unchalik rangba-rang emas. O’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan haqoratlar kattalar ko’tara olmaydigan darajada xunuk: “axmoq”, “to’nka”, “bo’chka”, “cho’chqa”, “semiz qurt”, “bir xalta go’sht”, “tentak”, “devona”, “eshak”, “po’stak”, “do’ng peshona”, “kallavaram” ... va hokazo.

Nihoyat, o’qituvchilar tomonidan sodir qilinadigan qonunbuzarlikka o’quvchi ota – onasidan sovg’a – salom undirish, bahoni oshirib qo’yish, ota – onasi savdo sohasida ishlovchi o’quvchilarni u yoki bu noyob tovarni topib kelishga majbur qilish va h.k.lar kiradi. O’qituvchilar tomonidan ruhiy zo’riqishga sabab bo’luvchi yana shunday misollar keltirish mumkinki, bunga tabiiy ehtiyoji tufayli sinfdan chiqishga ijozat so’ragan o’quvchiga qo’pollik bilan rad javobini berish. Parta joyini ho’llab qo’ygan o’quvchini ustidan kulish, jismoniy nuqsoni bor o’quvchini o’ynashga majbur qilish, maktabdan haydash bilan qo’rqitish, bolani qichqirib hushdan ketkazish kabilarni keltirish mumkin. Zulmkorlik ko’rinishga bola salomatligidan bexabar holda unga tajovuzkorli munosabatda bo’lish kabilarni ham ko’rish mumkin. Ruhiy zo’riqtirish faktorlar orasida o’qituvchining pedagogik uquvsizligi, qo’polligi, boshlang’ich sinf o’quvchilari axloqini zo’riqishsiz boshqarish, tuzatishning yo’qligi uchraydi. O’qituvchi o’quvchi qizni o’zini tuta olmaslikda ayblab urishadi, uning yonida turgan o’qituvchilar esa qizning yonini olib uni maqtashadi. Sinf o’quvchilari oldida maktab zavuchi va o’qituvchi bolalarni boshqa sinfga “o’tkazish” haqida gapirishadi. Bu hol o’quvchilarning isyon ko’tarishiga olib keladi... Yosh o’qituvchi ayol qizchaning yoqimtoy otasini tez – tez maktabga chaqira boshlaydi. Ular orasida sevgi mojarosi boshlandi. Oqibatda o’qituvchi ayol boshqa shaharga ko’chishga majbur bo’ladi, o’quvchi qizchani esa boshqa maktabga o’tkazishadi... O’qituvchi boshiga tushgan bu baxtsizlik uning o’quvchiga bo’lgan munosabatini keskin o’zgartirib yuboradi... Maktab ma’muriyati o’qituvchilarning qanday qilib ashula, rasm, jismoniy madaniyat darslarini matematika, chiroyli yozuv, rus tili bilan almashtirganlarini payqashmaydi...

Biz yuqorida umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchilari va o’quvchilari orasida yuz beruvchi ruhiy zo’riqishga doir vaziyatlarni ko’rib chiqdik. Pedagogika fani hozirgacha boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qituvchi aybi bilan yuz beruvchi ruhiy zo’riqishi chuqurligini o’lchash metodlariga ega emas. Muammoning murakkabligi shundan iboratki, kichkintoylar maktabga muayyan hayotiy tajribaga ega bo’lgan holda qadam qo’yishadi, bu tajriba oiladayoq, maktabgacha ta’lim muassasasidayoq tarkib topgan bo’ladi. Agar uyda bolaga jismoniy ta’sir ko’rsatish odat bo’lgan bo’lsa, u maktabda o’qituvchi axloqidagi bunday odatlarga nisbatan unchalik qarama-qarshilikka uchramaydi. Biroq oilada qattiq jismoniy jazolashlarga duch kelmagan kichkintoy o’qituvchining jismoniy kuch ishlatishiga bardosh berolmaydi. Bolada kattalarning haqoratli munosabatlariga nisbatan qat’iy norozilik shakllanadi.

Endi talab kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan o’qituvchi o’rtasida yuz beruvchi ruhiy jarohatlanish sabablari, xillari va og’irligi bilan tanishar ekan, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozimligiga tushunib yetadi.

O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo’llanmasi mualliflari “o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar – bu haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.

Psixologlar o’z navbatida, kim boshlang’ich sinfda yaxshi o’qigan, tartibli bo’lsa, o’smir yoshiga kelib qo’pol, tez intizomsiz bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

Boshlang’ich sinfda o’qituvchi o’rnatgan tartib – intizomga so’zsiz bo’ysunish o’rnini o’z insoniy qadr – qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg’usi egallaydi. Ilgari boshlang’ich sinflarda o’qituvchining so’zidan xafa bo’lmagan o’smir yuqori sinf o’qituvchisining aynan shu so’zidan norozi bo’ladi. O’smirlarda o’zligini anglash kattalar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarning yomonlashuvi bilan o’zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo’lajak o’qituvchilar uchun mo’ljallab chop etilgan qo’llanmalarda qayd etilgan o’smirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Ko’p sonli tadqiqotlarda o’smirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri hal etish mumkin bo’ladi.

Bu sohada o’smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.

1. Odamovi maktab o’quvchisi. Yolg’izlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg’iz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar bilan qolganda o’zini yaxshi his etadi.

2. Juft – juft muloqotga moyil o’quvchi tipi. Uning o’zi ishonadigan do’sti bo’lishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko’p hollrada do’stlashuv ijobiy munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro’y berishi mumkin.

3. Jamoaviy muloqotga moyil o’quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda sog’lom yoki nosog’lom dasturga ega bo’lgan o’smirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.

Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo’riqishni bir o’zi boshdan kechiradigan bo’lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o’quvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya to’sig’iga ega bo’ladilar. O’smirlar o’qiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlang’ich sinfdagidek bir o’qituvchi bilan emas balki, o’nlab – yigirmatalab o’qituvchilar bilan muloqotda bo’ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.

Shuni alohida qayd etish kerakki, o’smir – o’quvchilar bilan predmet o’qituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o’smirlar yaxshi o’qituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchilarda ham o’quvchilardagi kabi ruhiy zo’riqish uchrab turadi.


Intizomga oid konfliktlar

Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.



Quyida o’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlarga to’xtalamiz:

  1. O’qituvchilar sinfni boshqara olmaydi, bilish jarayonini to’g’ri tashkil eta olmaydi, barchaning diqqatini jalb eta olmaydi. Maktab amaliyotidan bunga doir misollarni keltiramiz.

  • O’qituvchi dars boshlanishi bilan o’qituvchilardan hech kim uy vazifasini bajarmaganligini payqadi, hamma unga e’tibor bermay bir – bir bilan gaplashib o’tirmoqda. O’qituvchi ayol yig’lab yuboradi va eshikni qattiq yopib, sinfdan yugurib chiqib ketadi...

  • Geografiya darsi boshqa fanlarga nisbatan yaxshi tashkil etilmagan edi. O’quvchilar darsini ko’pincha tashlab chiqib ketadigan o’qituvchi ustidan kulishardi...

  • Chizmachilik o’qituvchisi hech qanday metodikaga ega emas, o’rgata olmas, o’quvchilardan qo’rqardi...

  • Ingliz tili darsida o’qituvchi tartib o’rnata olmas, tartib o’rnatishga urinmas edi. O’quvchilar undan “ikki” qo’ymaslikni iltimos qilishar va buning evaziga gul taqdim qilishlarini va’da qilishardi. U kulimsirab, rozi bo’lardi...

  • Ashula o’qituvchisi sinfdagi to’s – to’polonga ahamiyat bermas, unga hech kim quloq solmas, u esa xotirjam dars o’tardi, xuddi hamma narsa joyidadek...

  • O’quvchilarning tartibsizligini ko’rgan o’qituvchi qattiq baqirar, mushti bilan stolni urar, ota – onasi yoki maktab direktorini chaqirish bilan tahdid qilardi. Hech narsani o’zi hal qila olmasdi...

  • Sinf rahbarining darsida hech qachon intizom yo’q edi. U hammaga, lekin hech kimga tegishli dakki berish odatiga ega edi. Hammmaga birdek baqirar, alohida holda hech kimga dakki bermas, ogohlantirmasdi...

  • O’qituvchi ayol mayda – chuyda narsalar uchun ham ogohlantirib o’quvchilarning joniga tegardi. Bunday tanbehlar hech kimga kor qilmasdi.

  • O’qituvchining doimiy qichqirig’i o’quvchilarda unga nisbatan hurmatsizlik, qo’pollik, shovqinli munosabatni tug’dirardi...

  • Sinf rahbari sinfga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo’lar, hatto butun sinfni surbetlar sinfi deb atardi.

  • O’quvchilar shovqin – suron ko’targanliklari uchun fizika o’qituvchisi o’tilayotgan mavzuga oid tajribani namoyish etishdan bosh tortdi.

Xuddi shuningdek, o’smirlar polga oyoqlarini urish orqali o’zlarining maktab intizomidan ozod ekanliklarini namoyish etadilar. Ximiya o’qituvchisi kasal bo’lib qoldi, o’rniga boshqa fan qo’yilgan bo’lsa – da, o’quvchilar hamjihatlik bilan yayrab, quvonishadi. O’quvchi o’qituvchiga qo’pollik qilganda yovuz quvonch sinfni chulg’ab oladi. Noroziliklarini izhor qilish maqsadida ekskursiyaga ajratilgan transportni adolatsiz taqsimlagani uchun o’qituvchi mashg’ulotiga barcha o’quvchilar kelishmadi. Yangi kelgan o’qituvchining darsida o’quvchilarning barchasi boshqa maktabga ishga o’tgan o’qituvchiga nisbatan hurmatlarini izhor etish maqsadida javob berishdan bosh tortishadi. Hamma darsni tashlab ketadi: umuman o’qishni xohlashmaydi. Tarix o’qituvchisi darslik materialini aynan aytib beradi. O’quvchilar uni yoqtirishmaydi, uning darsida umuman intizomsizlik hukm suradi. Amaliyotchi – talab o’quvchilarning yomon xulq – atvoriga chiday olmasdan sinfni tashlab chiqib ketadi. Chunki u boshqa buyruq ohangida gap boshladi, biroq o’zi she’rni ifodali o’qiy olmadi. Sinf rahbarini sevishmasdi, u sinf uchun ko’p kuch sarflagani ham bunga yordam bermadi.

Pedagoglarning kasbiy no’noqliklari haqida cheksiz fragmentlarni keltirishimiz mumkin. O’quvchilarning o’qituvchilarga bo’lgan munosabatlari ham bundan qolishmaydi.

O’smirlar va o’qituvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlarning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. O’qituvchining mukammal kasbiy tayyorgarligi, uning har qanday ruhiy zo’riqishga qarshi relaksasiya – bo’shashish holatini o’zida mashq qildirgan bo’lishi katta ahamiyatga egadir.

Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar

Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.

O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar. O’zaro kelishmovchilikning o’ta jiddiy tus olishi o’quvchining o’zini himoya qila olish darajasi va uni sinf qo’llab – quvvatlashiga bog’liq bo’ladi. O’quvchi yozma ishini bo’yagan, xati xunuk bo’lgani uchun bahosining tushirilishiga toqat qila olmaydi. Adolatsizlik bilan qo’yilgan past baho atrofiga har xil rasmlar chizadi, o’qituvchi sha’nini haqoratlovchi so’zlar yozadi.

O’quvchilarda, ayniqsa, bir xil xatolar bo’la turib, yozma ishga har xil baholar qo’yilishi ko’proq norozilik tug’diradi. Ko’p hollarda o’qituvchi o’quvchilarga bahoni ijobiy yutuqlarga erishish uchun yo’naltiruvchi vosita sifatida emas, balki kamsitish, jazolash maqsadida qo’yishadi.

O’qituvchilarning farzandlariga ko’tarib baho qo’yish ham konflikt tug’ilishiga sabab bo’ladi. O’qituvchining qasoskorligi o’quvchilarda ayniqsa norozilik tug’diradigan xunuk holdir.
O’qitish metodikasidagi konfliktlar

O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.

O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:


  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

  • barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.

O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.

O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarda sodir bo’luvchi konfliktlar

O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:



  1. O’qituvchining shaxsiy sifatlari.

  2. O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.

Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.

O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:



  • Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas – namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.

  • “Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.

  • Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.

  • Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.

  • Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.

  • Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.

  • Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.


Ahloqiy konfliktlar

Dars paytida bir – biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:



  • O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 – sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.

  • O’qituvchi, bir – birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.

  • Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.

  • Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla – bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”

Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.

Xulosa

Shunday qilib, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan o’qituvchi o’rtasida hamda o’smirlar ta’limida yuz beruvchi ruhiy jarohatlanish sabablari, xillari va og’irligi bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozim.



Sinov savollari

  1. Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariy bo’yicha necha guruhga bo’linadi?

  2. Didaktik xarakterdagi konfliktlar haqida gapiring.

  3. Konfliktogen vaziyatlar haqida tushuncha bering.

  4. Didaktik hamkorlik sohasida yuz beruvchi konfliktlar haqida gapirib bering.

  5. Chegaradan chiquvchi axloqiy (etik) konfliktlar haqida gapirib bering.

  6. O’smirlar ta’limida qanday konfliktlar yuz beradi?

  7. Juft-juft muloqotga moyil o’quvchi tipi deganda nimani tushunasiz?

  8. Intizomga oid konfliktlar haqida gapirib bering.

  9. O’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlar haqida gapirib bering.

  10. O’qitish metodikasidagi konfliktlar deganda nimani tushunasiz?

  11. O’qituvchining kasbiy qiyofasini aks ettiruvchi faktor nechta?

  12. Axloqiy konfliktlar haqida gapiring.



Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176.

  3. Ahrorov Yu.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. – Samarqand: MChJ “Sigma”, 2004.


Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  2. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  3. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.

TO’RTINCHI MASHG’ULOT

6-7-Mavzu: O’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari. Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari

Reja:

  1. O’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar.

  2. O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan ziddiyatli vaziyatlar.

  3. Pedagog va o’quvchi qadriyatlari orasida yuz beruvchi ziddiyatlar sababi.

  4. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning turlari.

  5. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning oldini olish usullari.

Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Talabalarga o’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari, pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari haqida ma’lumot berish; milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq milliy merosi namunalaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish; talabalarning ziddiyatli vaziyatlarni hal eta olish bilim, ko’nikmalarini oshirish.



Dars o’tish vositalari:

Fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarixiy ma’lumotlar, izohli lug’atlar.



Dars o’tish usuli:

Takrorlash, ijodiy suhbat va savol-javob, bahs-munozara, (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) tarzda jonli muloqat o’tkaziladi, (talabalarni mustaqil, erkin frirlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savollar berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.



Darsning mazmuni:
Ta’lim berish nihoyatda salmoqli ruhiy zo’riqishni talab etadi, biroq og’ir mehnatdan toliqish va ruhiy iztirob – bir narsa emas. Endi nima uchun o’qituvchi mana shunday salbiy kechinmalarni boshidan o’tkazishi sabablariga to’xtaymiz.

O’qituvchi tomonidan his etiladigan sezgi va kayfiyatning qo’shimcha kalitlari quyidagilar:



  • iztirob;

  • ikkilanish;

  • g’azab;

  • xafa bo’lmoq;

  • muskullar zo’riqishi;

  • o’zini umuman noqulay sezish;

  • boshning og’rishi;

  • oshqozon va ichak kasalliklari va hokazo.

Agar u yoki bu muammo siz tufayli sodir bo’lsa, unda undan hosil bo’luvchi his – tuyg’uga ham o’zingiz javobgar bo’lasiz. Bu sizning muammoni hal etmaganingiz yoki samarasiz hal etganingizga berilgan jazodir.

Quyida o’qituvchi tufayli sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlarni ko’rib chiqamiz:



  • o’quvchi partani tirnaydi;

  • ba’zi o’quvchilar o’qituvchi darsni bayon etayotganda uning so’zini bo’lishadi;

  • o’quvchilar sinf poliga tupurishadi;

  • o’quvchi muntazam darsga kechikib keladi, darsni boyqot qiladi;

  • o’quvchilar o’quv qo’llanmasini yirtishadi;

  • labaratoriya xonasida o’quvchilar sigareta chekishadi;

  • o’quvchi o’z sinfdoshlari ustidan ig’vo qilib, o’qituvchining ko’p vaqtini oladi;

  • o’quvchi sizning ruxsatingizsiz stolingizdan oq qog’oz oladi;

  • o’quvchilar darsda baland ovoz bilan bahslashadi va o’qituvchiga xalal beradi.

Mana shular kabi o’qituvchining bemalol dars o’tishiga xalal beruvchi qiliqlarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Bular o’qituvchi ish faoliyati samadorligi va sifatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. O’qituvchi ham, ba’zi birovlar buni unutib qo’yishsada, oddiy bir odam. U ham o’z faoliyatini, o’qitish huquqini hech qanday to’siqlarsiz amalga oshirishni istaydi. O’quvchilarning yuqoridagi kabi qilmishlari o’qituvchi muammomi hisoblanadi. Bunday hollarda o’qituvchi loqayd munosbatda bo’lishi aslo mumkin emas, u qandaydir pedagogik chora – tadbir qo’llashi lozim.

Quyidagi jadvalga qarang:



O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlar

O’qituvchi eshitadi.

O’quvchi o’zaro harakat qiladi.

O’qituvchi yordamlashadi, maslahat beradi.

O’qituvchi o’quvchiga ko’maklashishni istaydi.

O’qituvchi o’quvchi tomonidan sodir etilgan qilmish haqida qaror qabul qiladi.

O’qituvchi o’quvchi ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi o’quvchining qarorga kelishini yengillashtiradi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish