O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA FANIDAN AMALIY



Download 0,91 Mb.
bet2/14
Sana18.02.2020
Hajmi0,91 Mb.
#40078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
majmua konf3

PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA FANIDAN AMALIY
MASHG’ULOTLARI MAVZULARI



Mavzu nomi va rejasi

Soat

Adabiyotlar ro’yxati

1

Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik hamkorlik sifatida.

REJA:

  1. Pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatning mohiyati haqida tushuncha.

  2. Pedagogning alohida o’quvchilar bilan muloqoti.

  3. Pedagogning alohida o’quvchilar orqali o’quvchilar jamoasi bilan bo’ladigan yalpi muloqoti.

  4. Pedagogning jamoa orqali alohida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti.

4




2

Ziddiyatlar pedagogik muloqotda yuz beruvchi to’siqlar sifatida.

REJA:

  1. Sotsial (ijtimoiy) stressli qayg’urishlar haqida tushuncha.

  2. Psixologik (ruhiy) zo’riqish, qayg’urishlar haqida tushuncha.

  3. Tibbiy ziddiyat (konflikt)larning o’ziga xos xususiyati haqida.

2




3

Kichik sinflarda ziddiyatli – stressli vaziyatlar tiplari. O’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tiplari

REJA:

  1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqida tushuncha.

  2. Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat, butun umr davomida saqlanuvchi nizoli vaziyatlar.

  3. Boshlang’ich sinflarda yuz beruvchi nizoli vaziyatlar tasnifi:

a) didaktik xarakterdagi konfliktlar;

b) didaktik hamkorlik sohasida yuz beruvchi konfliktlar;



c) chegaradan chiquvchi axloqiy (etik) konfliktlar.

  1. Intizomga oid konfliktlar.

  2. Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar.

  3. O’qitish metodikasidagi konfliktlar.

  4. O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarda sodir bo’luvchi konfliktlar.

  5. Axloqiy konfliktlar.

4




4

O’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari. Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari

REJA:

  1. O’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar.

  2. O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan ziddiyatli vaziyatlar.

  3. Pedagog va o’quvchi qadriyatlari orasida yuz beruvchi ziddiyatlar sababi.

  4. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning turlari.

  5. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning oldini olish usullari.

4







JAMI:

14 soat




Adabiyotlar


  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. 1- jild.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. – Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  8. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. – T.: O’zbekiston, 1998.

  9. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1998.

  10. Karimov I.A. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblar. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  11. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari. – T.: O’zbekiston, 1998.

  12. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. «Turkiston» axborot agentligi muxbirlarining savollariga javoblar. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  13. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun. – Toshkent, 1997.

  14. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». – Toshkent, 1997.

  15. O’zbekiston umumta’lim maktablarining konsepsiyasi.

  16. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – Toshkent: 1992.

  17. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.

  18. Chistyakova T.A. Pyedagogichyeskiy konflikt i sposobы yego pryeodolyeniya. M.; 1987 g.

  19. Kan – Kalik V.A. Uchityelyu o pyedagogichyeskom obщyenii. – M.; Prosvyeщyeniye, 1987 g.

  20. Vыgotskiy L.S. Antologiya gumannoy pyedagogiki (sbornik). – M.;1996

  21. Shakurov R.X. Psixologichyeskiye osnovы pyedagogichyeskogo sotrudnichyestva. – Kazan, 1994 g.

  22. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  23. Vыgotskiy L.S. Pyedagogichyeskaya psixologiya. – M.; 1999 g.

  24. Juravlyev V.I. Osnovы pyedagogichyeskoy konfliktologii. – M.; 1995 g.

  25. Rubinshtyeyn S.L. Osnovы obщyey psixologii. – SP b. 2000 g

  26. Lyeontyev A.A. Pyedagogichyeskoye obщyeniye. – M.; 1979 g.

  27. Zimnyaya I.A. Kommunikativnaya kompyetyentnost uchityelya // Filologiya na rubyejye tыsyachalyetiy. Matyerialы myejd. nauchn. konf. Rostov: Donskoy izd. dom, 2000

  28. Zimnyaya I.A. Pyedagogichyeskaya psixologiya. Uchyebnыye posobiye dlya studyentov vuzov. Rostov: Fyeliks, 1997 g.

  29. Lyevitan K.M. Kultura pyedagogichyeskogo obщyeniya. – Irkutsk: Izd. Irkutskogo univyersityeta, 1985 g.

  30. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  31. Lotman Yu.M. Obщyeniya, Tyekst, Vыskazivaniye. – M.; 1989 g.

  32. Pyerovskaya L.A. Kompyetyentnost v obщyenii. Sosialno – psixologichyeskiy tryening. M. Izd. MGU, 1989 g.

  33. Proxorov N.O. Psixologichyeskoye sostoyaniye shkolnikov i uchityelya v prosyessye ix vzaimodyeystviya na urokye // Voprosы psixologii, 1990, №5.

Pedagogik konfliktologiya» fani bo’yicha

«Pedagogika va psixologiya» ta’lim yo’nalishi talabalari bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari
Joriy nazoratlarda baholashlar mezoni

Maksimal ball

Baholanadigan ish turlari

Jami

JB

10

10

Darsga nazariy tayyorgarlik bilan kelish va faol ishtirok etish

20

20

Umumiy va yakka tartibdagi uy vazifalarini bajarish

7

7

O’quv dasturiga qo’shimcha referat yozish, amaliy topshiriqlar bajarish va himoya qilish (mustaqil ta’lim)

8

8

Laboratoriya ishlarini bajarish va topshirish (har bir laboratoriya ishi uchun maksimal 2 ball)

45

45




10




Fan bo’yicha ilmiy konferensiya, olimpiada, tanlov va konkurslarda ishtirok etib, yuqori o’rinlarni (1-3) egallash yoki ilmiy maqola va risolalar chop etgan talabaga rag’batlantirish maqsadida 45 ball doirasida 10 balgacha qo’shimcha ball beriladi.


Oraliq va yakuniy nazoratlarda baholashlar mezoni

Ball

Talabaning bilim, ko’nikma, fikrlash darajasi

1-OB

YaB

40

15

Talaba fanning mohiyati va iqtisodiyotdagi o’rnini, o’tilgan materialni chuqur tushunadi, savolga aniq va to’liq javob beradi, faktlarga to’g’ri baho bera oladi, mustaqil fikrlay oladi, xulosalarni asoslay olish qobiliyatiga ega, javobda mantiqiy ketma-ketlikka amal qiladi, masalani hal qilishga ijodiy yondasha oladi, amaliy topshiriqlarni to’g’ri va o’ziga xos usullarda hal qila oladi, to’g’ri xulosa chiqaradi.

37

14

Talaba o’tilgan materialni va uning moxiyatini ancha chuqur tushunadi, savollarga to’liq javob beradi. Lekin umumiy xarakterdagi ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi, faktlarga to’g’ri baho bera oladi, mustaqil fikirlash va xulosalarni asoslash qobiliyati bor, javobda mantiqiy ketma-ketlikka amal qiladi, masalani hal qilishga ijodiy yondasha oladi, amaliy topshiriqlarni umuman to’g’ri hal qila oladi, lekin xulosalarda noaniqliklar uchraydi.

34

13

Talaba o’tilgan materialni va uning mohiyatini juda yaxshi tushunadi, savollarga umuman to’liq javob beradi, lekin ayrim noaniqliklarga yo’l qo’yadi, faktlarga to’g’ri baho bera oladi, mustaqil fikrlay oladi, lekin ba’zi xulosalarni to’liq asoslab berolmaydi, masalani hal qilishga umuman ijodiy yondasha oladi, amaliy topshiriqlarni biroz qiyinchilik bilan, lekin umuman to’g’ri hal qiladi, xulosalarida noaniqliklar uchraydi.

33

12

Talaba o’tilgan materialni va uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini yaxshi tushunadi, savollarga to’liq javob beradi, lekin ba’zi umumiy xarakterdagi xatoliklara yo’l qo’yadi, faktlarga baho berishda biroz qiynaladi, umuman mustaqil fikrlay oladi, lekin ayrim xulosalarni asoslab bera olmaydi, masalani hal qilishga ancha ijodiy yondashadi, amaliy topshiriqlarni hal qilishda ayrim umumiy xarakterdagi xatoliklarga yo’l qo’yadi, xulosalarida noaniqliklar uchraydi.

28

11

Talaba o’tilgan materialni va uning mohiyatini umuman tushunadi, savollarga ancha aniq va to’liq javob beradi, lekin ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi, ayrim faktlarni shunchaki yodlab olganligi sezilib turadi, ayrim xulosalarni to’g’ri asoslab bera olmaydi, masalani hal qilishga ijodiy yondashish sezilmaydi, amaliy topshiriqlarni hal qilishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi, xulosalarida noaniqliklar uchraydi.

27

10

Talaba o’tilgan materialni umuman biladi. Savollarga aniq va to’liq javob berishga harakat qiladi, lekin ayrim jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yadi, qator faktlarni shunchaki yodlaganligi seziladi, xulosalarni asoslashda qiynaladi, ijodiy yondashish sezilmaydi, amaliy topshiriqlarni umuman hal qiladi, ba’zi jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yadi.

23

9

Talaba o’tilgan materialni qisman biladi, javobda jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’yadi, faktlarni baholab bera olmaydi, xulosalarni asoslashda qiynaladi, masalani hal qilishga ijodiy yondasha olmaydi, amaliy topshiriqlarni hal qilishda qiynaladi yoki hal qila olmaydi.

22

8

Talaba o’tilgan material haqida qisman, uzuq-yuluq tasavvurga ega, materialda yaxshi o’zlashtirilmagan, bilgan narsasini ham faqat yodlaganligi sezilib turadi, faktlarga baho bera olmaydi, amaliy topshiriqlarni deyarli hal qila olmaydi.


Kafedra mudiri: prof: K. Hasanova.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA”

fanidan ma’ruza mashg’ulotlari ishlanmasi

SAMARQAND-2019

KIRISH
Respublikamiz mustaqil davlat sifatida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda kelajak sari ildam qadamlar bilan rivojlanmoqda. Buning dalili sifatida O’zbekistonning jahon hamjamiyati o’rtasidagi munosib o’rni, mamlakatdagi turli sohalar bo’yicha o’zgarishlar, xalqning o’zligini anglay boshlagani, yoshlar faolligining oshganligida ko’rish mumkin. Lekin, hamma masalalar hali hal qilindi degan gap emas.

Mustaqillik o’zbek xalqining azaliy orzularini ruyobga chiqardi, unga tenglar ichida teng ekanligini namoyon etish imkoniyatini yaratdi. Xo’rlangan, tahqirlangan milliy-axloqiylik, milliy g’urur, ozodlik, o’zligini anglash hissi o’z qaddi-qomatini tiklash sharafiga muyassar bo’ldi.

Ammo mustabid tuzum davrida yo’l qo’yilgan iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish, mustaqil davlatni har tomonlama jihatdan rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarish, xalqning haqiqiy ma’naviyatini qayta tiklash hamda zamon talablari asosida uni yo’lga qo’yish katta kuch va aqlni talab qiladi.

I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat – yyengilmas kuch» nomli asarida «... dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvallambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi», - deb bildirgan fikrlari katta ahamiyat kasb etadi.1

Xalqning keng qatlamlarini mustaqillik mafkurasi asosida shakllantirish, sobiq sho’ro tuzumining kommunistik mafkurasini ular ongidan siqib chiqarish yo’nalishida davlat darajasida talay farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (1998 yil 24 iyul)da ta’kidlanganidek, «Milliy istiqlol mafkurasi mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg’ularini chuqurlashtirishga, shonli o’tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch hislarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda».

Ushbu vazifalarni to’liq amalga oshirish uchun o’zbek xalqi qadriyati hisoblangan milliy-axloqiy tarbiyani zamon ruhiyati bilan boyitgan holda yosh avlod ongiga singdirmoq lozim. Buning uchun esa qadimiy va o’ta samarali hisoblangan o’zbek milliy tarbiyasining mohiyati, mazmuni, shakl va vositalari, uslubiyati, tarixiy ildizlari haqida ma’lum bilimga ega bo’lish lozim.

Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi pedagogik muloqotning samarali kechishiga to’siqlik qiluvchi ziddiyatli – stressli vaziyatlarni o’rganish va ularning oldini olish usullarini izlab topishdan iboratdir.

Mazkur muammoning dolzarbligi psixolog va pedagog olimlar L.S.Vigotskiy, A.L.Leontyev, E.G’oziyev, S.Ahrorov va boshqalarning mazkur muammoga doir o’qituvchi va o’quvchi hamkorlik faoliyatida yuz beruvchi ziddiyatlarning kelib chiqish sabablariga bo’lgan doimiy qiziqishlari, ularni bartaraf etishga doir samarali usullarni izlab topishga bo’lgan sa’i-harakatlari bilan izohlanadi.

Mazkur fanning predmetini tipik ziddiyatli vaziyatlarni, ularning tiplarini hamda bartaraf etish usullarini aniqlash tashkil etadi.

Pedagogik muloqotda ziddiyatlar (pedagogik konfliktologiya) fanining maqsadi shunday vaziyatlarni pedagogik – psixologik aspektda tahlil etishdan iborat bo’lib, quyidagi konkret vazifalarni hal etishni ko’zda tutadi:



  1. pedagogik muloqotni ijtimoiy – pedagogik nuqtai nazardan tavsiflash;

  2. kichik maktab yoshidagi maktab o’quvchilari va o’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tipologiyasini aniqlash;

  3. tipik muammoli vaziyatlar tavsifi va ularni hal etishga doir tavsiyalar.

Biz mualliflar “Pedagogik konfliktologiya” faniga bag’ishlangan mazkur ma’ruzalar matni muammo talab etgan maqsad va vazifalarni to’liq hal etib bera oladi degan da’vodan uzoqmiz, shuning uchun ham o’z hamkasblarimizning mazkur tadqiqot yuzasidan bildirajak tanqidiy mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul etamiz va ularga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

BIRINCHI BO’LIM. PEDAGOGIK MULOQOTDA ZIDDIYATNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MOHIYATI
1-Mavzu: Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik hamkorlik sifatida

Dars rejasi:

  1. Pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatning mohiyati haqida tushuncha.

  2. Pedagogning alohida o’quvchilar bilan muloqoti.

  3. Pedagogning alohida o’quvchilar orqali o’quvchilar jamoasi bilan bo’ladigan yalpi muloqoti. Pedagogning jamoa orqali alohida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti.


Pedagogik muloqot jamoaviy ijtimoiy-psixologik hamkorlik tizimidir. Shunga mos ravishda muloqotning quyidagi yo’nalishlarini farqlash mumkin: 1) pedagogning alohida o’quvchilar bilan muloqoti; 2) pedagogning alohida o’quvchilar vositasida o’quvchilar jamoasi bilan bo’ladigan yalpi muloqoti; 3) pedagogning jamoa orqali alohida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti. Shuni qayd etish kerakki, muloqotning mazkur yo’nalishlari bir – biri bilan aloqadorlikda sodir bo’ladi va hokazo. Pedagogik faoliyatda muloqotning jamoaviyligi – bu faqatgina faoliyatning kommunikativlik tomoni bo’libgina qolmasdan, balki pedagogik muloqotning muhim qonuniyatlaridan biridir. Muloqotga doir olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, pedagogik muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarning o’zaro o’z-o’zini namoyon qilishi, pedagog va o’quvchilarning o’zaro kommunikativ o’z-o’zini ifodalashi yuz beradi, bu esa pedagog va o’quvchilarning ijodiy hissiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bunday o’zaro o’z-o’zini namoyon qilish pedagog va o’quvchilarning emotsional hissiyoti uzviyligi asosida yuz beradi, uni mustahkamlaydi, emotsional birlik natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur ta’sir pedagogik muloqotning mazmuniy tomoniga katta ta’sir ko’rsatadi, o’quvchilar bilish jarayoniga samarali ta’sir qiladi. Muayyan darajada pedagogik hamdardlik yuzaga keladi. O’qituvchi mazkur hamdardlikni faollashtiruvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi va o’quvchilarni muammoni yechishga, izlanishda hamkorlikka undaydi, negaki u tomonidan o’quvchilar bilan bo’ladigan hamdardlik, o’z navbatida, pedagogning o’ziga ham ta’sir ko’rsatadi. Sinf jamoasining yalpi ravishda va har bir o’quvchida alohida ro’y beradigan emotsional holatini anglash va baholash nihoyatda muhim bo’lib, axborotni anglash darajasini aniqlash ko’rsatkichidir. Bunday pedagogik ko’nikma haqida o’z vaqtida A.S.Makarenko shunday degan edi: “ko’rish, oddiygina jismoniy ko’rishni rivojlantirish kerak. Bu tarbiyachi uchun zarurdir. Inson va bola yuziga qarab o’qishni bilish lozim va bunday o’qish hattoki maxsus kursda o’z ifodasini topishi lozim. Inson yuziga qarab uning qalbida kechayotgan fikrlarni o’qiy olishda hech qanday mistika va ayyorlik mavjud emas.” Pedagogning bunday qobiliyati uning faoliyatini ma’lum darajada badiiy ijodga yaqinlashtiradi, bunday qobiliyat boshqalar ko’ra olmaydigan narsalarni ko’ra olishni nazarda tutadi, hodisalarning estetik mazmunini aniqlashtirishga xizmat etadi. “Yaxshi ko’z mehnatni talab etadi, - deb yozgan edi K.Paustovskiy, - ko’rish ustida ishlang, dangasalik qilmang. Uni aytish mumkinki, tarang tor kabi tuting. Bir oy, ikki oy davomida hamma narsaga chuqur fikr orqali qarang, bularni turli bo’yoqlarda ifodalashga harakat qiling. Tramvayda, avtobusda, hamma yerda insonlarga ana shunday ko’z bilan qarang. Ikki – uch kundan so’ng insonlar yuzida ilgari o’ndan birini ham payqamaganligingizga inonasiz. Ikki oydan so’ng siz ko’rishga o’rganib qolasiz va bunga endi o’zingizni majbur etmasangiz ham bo’ladi.” Kundalik muloqot tizimida, insonlarning shaxsiy o’zaro aloqalarida axborot berishda suhbatdoshdagi har qanday o’zgarish izsiz qolmaydi. Eng muhimi bunday reaksiyalar to’g’ridan – to’g’ri olinadigan javoblardan ko’ra ko’proq axborot tashish xususiyatiga ega.

Psixologiya fani boshqa insonlar gap ohangi, yuz harakatlari va boshqa yaqqol ko’zga tashlanadigan harakatlardan ularning emotsional holatini aniqlash tajribasiga ega. Biroq pedagogik muloqot doirasida bunday masalalar asosli ravishda tadqiq etilmasdan qolmoqda. Shu bilan bir qatorda emotsional qiziqishlarni anglab olish qobiliyati, ularga mos axborotlarni qabul qilish darajasini bilish pedagog uchun juda foydalidir. Tajribali o’qituvchi sinfda mavzuni tushuntirib o’quvchilarga bir boqish bilan mavzuni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirishganini aniqlay oladi. Ana shunday ko’nikmani pedagogda shakllantirish kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo’lmog’i lozim.

Pedagogik muloqotda o’qituvchi bilan o’quvchining bir – birini mutanosib ravishda tushunishi favqulodda muhimdir. Bu o’quv – tarbiya jarayonini korreksiyalash va intensifikasiyalash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida o’zaro to’g’ri tushunishni tashkil qilishda muhim rolni emotsional empatik va identifikasiyalash o’ynaydi. O’zini bola bilan emotsional birlashtirish, uning hissiyoti va fikrlari bilan yashash, bu demak, uning fikrlari va qayg’ularini adekvat tushunish – hoyatda murakkab vazifa. A.S.Makarenko xuddi ana shunday ko’nikmani egallashga chaqirgan edi. O’qituvchining o’quvchi psixologik holatiga kira olishi psixologik nuqai nazardan qaraganda g’oyat bebaho xususiyatdir. Negaki, “suhbatdosh haqidagi tasavvur unga ko’rsatiladigan ta’sir usulini to’g’ri tanlash imkonini beradi. Suhbatdosh haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish – bunday ta’sir ko’rsatish sharti va samaradorligidir...”. Pedagog U.P.Korolenko “Uchitelskaya gazeta”da quyidagilarni yozgan edi: “Agarda hissiyot o’ziga mos aks etish bilan izohlanmasa, o’zaro bir-birini anglash imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Bunga sabab nima? Emosional madaniyatning past darajada ekanligi, emotsional qayg’urishlar shakli hamda begonalar hissiy holatini o’qiy olish ko’nikmasiga ega emaslik buning asosiy sababidir. Pedagog uchun bu halokatdir”.

Shunday qilib, emotsional birlikka erishuv pedagogik muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ta’sir etishni tashkil etish oldidan va undan so’nggi muhim elementdir. Uning quyidagi tuzilishi qayd etiladi: Emotsional – (Pedagogik), Emotsional – Pedagogik birlik – ta’sir etish – birlik ta’sir etish. Bu o’rinda emotsional birlik oldin sodir bo’luvchi element sifatida keladi (prognostik) va yakunlovchi (baholovchi – aniqlashtiruvchi). Kasbiy – pedagogik funksiyasi ana shulardan iboratdir.

Endi sizning talabalik tajribangizga murojaat qilamiz. Eslang, imtihon oluvchiga javob berish qaysi holatda yengil bo’lgan edi: u sizni diqqat bilan eshitgan, ko’zingizga tik qaragan, boshini qimirlatgan paytdami va hokazo, ya’ni siz bilan muloqotga kirishganda o’zida qiziqish hosil qilganda, yoki jim o’tirib eshitgandami, javobingizdan mamnun yoki mamnun ekanligini bildirmagan holatdami? Albatta, tabiiyki birinchi holatda imtihon topshirish muhimi ancha yoqimli, bu o’rinda pedagogning manfaatdorligi yorqin aks etgan, u talab bilan qayg’udosh, hamdard. Ikkinchi holda ko’p talabalar, hatto a’lo daradaja tayyorlangan talabalar ham imtihon oluvchining sovuq nigohi, befarq munosabati qarshisida so’zdan adasha boshlaydi va hokazo.

Bunday xususiyat ko’p darajada bolalar auditoriyasida o’zini yaqqolroq namoyon qiladi. Qachonlardir “O’qituvchilar gazetasi” bu haqda o’z fikrini bildirgan edi. Tarix fanidan dars beruvchi maktab direktori darsga kasal holatda keladi. Uning qoloq o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shug’ullanishga holi yetmay, a’lochi qizni javob berish uchun turg’izadi. U a’lochi o’quvchining pala – partish javobidan hayratda qoladi. Darsdan so’ng qizdan nimaga bunday bo’ldi deb so’radi. “Sizga qachon javob bersak, - dedi u, - siz odatda bosh irg’ab diqqat bilan eshitar edingiz, noto’g’ri javobimizni to’g’rilardingiz. Bugun esa mening javobimga hech qanday e’tibor bermadingiz, men o’z javobimning to’g’riligiga shubhalana boshladim, to’g’ri gapirayapmanmi deb adasha boshladim va hokazo.

V.N.Soroka – Rossiyskiy o’quchilar bilan haqiqiy, faol hamdard pedagog haqida quyida qiziq hikoyani keltiradi: “Qiziqqon, bug’doy rang, favqulodda irodali aft, kavkazlarga xos basharaga ega bo’lgan, gilosdek ko’zli hamda nihoyatda keng diapozonli emotsional reaksiyaga ega bo’lgan yigitchani ko’z o’ngizga keltiring. O’quvchi doskada tenglama yechmoqda, o’qituvchi hamdardona uning harakatini kuzatmoqda. O’quvchi adashdi – o’qituvchi yuzida hayajonlanish. O’quvchi qiyinchilikni yengib o’tadi – o’qituvchi yuzida xotirjam tabassum aks etadi. Biroq o’quvchi yana to’xtab qoldi, yanada adasha boshladi, yanada ko’proq va ko’proq adasha boshladi – o’qituvchi o’rnidan turib, stol ustiga qoplon misol engashadi, xuddi hozir sakraydigandek. O’quvchi mutlaqo adashib ketadi va qo’pol xatoga yo’l qo’yadi. Shunda o’qituvchi bir qo’li bilan boshini changallab, ikkinchi qo’lini yuqoriga ko’tarib sinfga qarata fojiali xitob qiladi: “Yo’q, siz bir qarang, bu tentak nima deb yozdi!” keyin doska tomonga tashlanib “tentak”ning qo’lidan bo’rni tortib oladi hamda g’azabidan tutaqib, bo’rni ezgan holda yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilaydi, so’ngra o’quvchiga matematika fani oldida qanday jinoyat qilganini uqtiradi, unga bo’rni qaytarib beradi, o’quvchi tenglama yechishdan muvaffaqiyatli ravishda qutuladi. O’qituvchi esa stulga Gerkulesga taqlidan o’tirib olib, ko’rsatgan jasoratidan so’ng dam olayotgan o’z shogirdiga kulib qaraydi, uning muvaffaqiyatidan mamnun ekanligini oshkor etadi. Bunday darslarda ishtirok etgan pedagoglar o’zlarini kulgudan zo’rg’a tutib qolishadi. Biroq ular o’quvchilarga mutlaqo boshqacha ta’sir etadi: bolalar o’qituvchining bunday oq ko’ngil harakatlaridan mamnun bo’lishadi; ular o’z o’rtoqlarining noto’g’ri harakatlaridan sergaklanishdi, o’qituvchilari kabi uning muvaffaqiyatsizligidan qayg’urishdi, hatto qo’yib bersa unga tashlanishga tayyor edilar, o’quvchining o’zi ham o’z gunohini to’liq tan oldi, u tenglamani muvaffaqiyatli yechganda esa birgalashib quvonishdi.

Bu o’qituvchi matematika fani o’quvchilari uchun sevimli fan bo’lishiga erisha oldi”.

Endi bunga mutlaqo zid bo’lgan V.N.Soroka – Rossiyskiy kolleksiyasidan boshqa bir epizodni keltiramiz. “Bizda mutlaqo boshqa formasiyaga daxldor o’qituvchi bor edi, - deb yozadi u. Uni A.M. deb nomlaymiz. U tabiatshunoslikdan dars berar, berganda ham juda yaxshi dars berar edi. U o’z predmetini sevar va o’z tadqiqotchi – o’quvchilari yordamida tabiatshunoslikka doir har xil kolleksiyalar yig’ar edi. Biroq u o’z predmetini D. ga nisbatan boshqacha sevardi. Agar D. matematika fanini fidoiylarcha sevgan bo’lsa, u tabiatshunoslik fani o’ziga xizmat qilishini xohlar edi. U doimo xotirjam, bosiq, xushmuomala va e’tiborli bo’lib, darslarni o’z vaqtida o’tar, o’zini yaxshi boshqarar – yiqqan kolleksiyasi misol hamma ishi joyida. U doim xotirjam, darsda o’zini erkin tutar, tarbiyaviy navbatchilikda namunali o’qituvchi edi. E’tiroz bildirganda ovozini ko’tarmas, biroq qat’iy talabchan edi, aybdorlarni ham xotirjamlik bilan jazolardi. Uni adolatsizlik qilishda, talabchanlikni haddan oshirishda ayblab bo’lmasdi. Biroq shunga qaramay o’quvchilarning aksariyati, tabiatshunoslik faniga mukkasidan ketganlardan tashqari, bu xassos o’qituvchini sevmasdi. Ko’pincha o’zlari bilmagan holda unga qo’pollik qilishardi. Buning sababi bitta edi: u ular uchun na issiq va na sovuq, befarq, iliq edi, o’z fanini sevar, uni yaxshi va vijdonan o’qitar, o’quvchilar esa uning uchun o’qitish obyektigina edi, xolos. U o’quvchilarning omadsizligidan kuyinmas, muvaffaqiyatlaridan quvonmas edi. U nihoyatda xotirjam, o’quvchilar esa buni sezishardi:

Yuqorida keltirilgan o’qituvchi tiplarida bo’rttirish mavjud bo’lsa – da, so’zsiz o’qituvchining o’z ishiga bo’lgan shaxsiy qiziqishi, bolalarga bo’lgan muhabbati muhim rol o’ynaydi.

Pedagogik muloqotda tezkor emotsional hamdardlik – muhim kasbiy element hisoblanadi.

Agar siz bolar bilan bo’ladigan muloqotingizda optimallikka erishmoqni istasangiz, mo’ljal olishingiz uchun o’ziga xos yo’riqnomani tavsiya etamiz:



  1. Sinfga hushyor, o’ziga ishonch, serharakat holatda kirish.

  2. Muloqotning boshlang’ich davrida umumiy ruhiyat hushyor, mahsuldor, ishonchli bo’lmog’i kerak.

  3. Kommunikativ ta’bga egalik: muloqotga tayyorgarlikning yorqin ifodalanishi.

  4. Kommunikativ tashabbus, emotsional ta’b va faoliyat, sinfga mazkur hissiy holatni bera bilish.

  5. Darsda kerakli emotsional holatni yarata bilish.

  6. Dars davomida o’z hissiyoti va bolalar bilan bo’ladigan muloqotini boshqara bilish (muvozanatli emotsional holat, har qanday holatda boshqara bilash qobiliyati, ruhiyatdagi notekislik).

  7. Mahsuldorlik.

  8. Muloqotni boshqarish: tezkorlik, lo’ndalik, o’z shaxsiy usulini his etish, muloqot va ta’sir etish metodlari uzviyligini tashkil eta bilish qobiliyati.

  9. Til (yorqin, obrazli, emotsional to’laqonli, yuksak madaniyatli).

  10. Mimika (energetik, yorqin, pedagogik maqsadga muvofiqlilik)

  11. Patomimika (ifodali, imo – ishoralar mosligi, plastik obrazlilik, ishoralardagi to’laqonlilik).

  12. Yakuniy. Muloqotning umumiy tavsifnomasi.

Biroq bu “texnologik” usullarning barchasi faqatgina bosh shart–sharoit mavjud bo’lgandagina pedagoglik kasbiga qiziqish, o’qituvchilik ishiga mansub did – farosat, bolalarga bo’lgan muhabbat bo’lgan taqdirdagina ijobiy natija beradi. Boshqacha qilib aytganda – pedagog shaxsining kasbiy – pedagogik yo’nalganligi bu o’rinda muhim rol o’ynaydi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish