O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. B. Mirzajonova



Download 19,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/136
Sana26.02.2022
Hajmi19,02 Mb.
#473090
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
Bog'liq
fayl 2083 20211108 (1)

o’rtachalashtirish.
Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta shahtadan 
keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo’ladi. Shuning uchun 
ularning tarkibini o’rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta materiallari 
kimyoviy tarkibining bir xil bo’lishi pechning ish unumini belgilovchi asosiy 
ko’rsatkichlardan biridir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan rudalarni o’rtacha 
kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan. 
7.3. Domna pechi mahsulotlari va domna pechining tuzilishi 
Domna pechdan olinadigan mahsulotlar: 
1) 
Cho‘yan
– oq cho‘yan-qayta ishlanadigan, kulrang cho‘yan-quymakorlik va 
ferroqotishmalar olinadi. 
2) 
Shlak
-izolyasiya va qurilish materiallari olish uchun ishlatiladi. 
3) 
Domna gazi
– Domnalardan ajralayotgan gazlarga aytiladi. Gaz tarkibida
20 – 32 % SO, 2 – 4 % H
2
, 0,2 – 0,4 % CH
4,
8 – 10 % SO
2
va 56 – 63 % N

bo‘ladi. Ushbu gazlar tozalangach bug‘ qozonlari va binolarni qizdirishga 
sarflanadi. 


241 
4) 
Koloshnik changi
–Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan shixta 
materiallarining changi koloshnik gazi deb ataladi.Ular tarkibida 40-50% temir 
bo‘ladi.Domna gazlari maxsus tozalagichdan o‘tgandan so‘ng,changlardan 
aglomeratlar tayyorlanadi va ishlab chiqarishga jo‘natiladi. 
Domna pechi 5-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo‘lib 
o‘rtacha hajmi 2000-3000 m
3
bo‘ladi. Domna pechining devori o‘tga chidamli 
shamot g‘ishtidan terilib ichki sirt yuzi chidamli gil bilan suvalib sirtidan esa 20-
40 mmli po‘lat list bilan payvandlab qoplangan va mahkamlangan.
Pechning o‘tga chidamli g‘isht terilmalarining chidamliligini oshirish 
maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitgich trubalar o‘rnatilgan va 
ularda sovuq suv aylanib turadi.
Domna ishlayotganda ajraladigan gazlar uning kolshnik qismiga o‘rnatilgan 
trubalar orqali gaz tozalash apparatiga o‘tadi. Uning katta silindriga o‘tishda tezligi 
pasayishi sababli undagi ruda va koks zarrachalari silindr tagiga yog‘iladi, lekin bu 
gazlarga ruda va koks changlari ergashadi. Shu boisdan yaxshi tozalanishi uchun 
gaz skrubber deb ataluvchi silindrlarda va suv purkagich bilan namlab ajratiladi. 
Shunday qilib tozalangan gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Gaz tozalash 
apparatida tozalangan domna gazlari mahsus trubalar orqali ko‘pincha havo 
qizdirgichlarga yuboriladi. Pechning kolshnik qismi tagidagi past tomon kengayib 
boradigan kesik konusli eng katta qismiga shaxta deyiladi. Bunday konstruksiya 
shixta erigan sari uni pastga tushishga ko‘mak beradi. Bu qism, o‘z navbatida, 
pastdagi silindrik shaklli qism bilan tutashgan bo‘lib, 
raspar
deyiladi. Raspar pasti 
kesik konusli qism bilan tutashgan bo‘lib, bu 
zaplechik 
deb ataladi. Zaplechik 
o‘txonaga qarab kichraya borishi sababli qattiq shixtani raspar va shaxtada 
tutilishiga ko‘maklashadi (7.1-rasm).


242 
7.1-rasm. Domna pechining ko’rinishi 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, zaplechik o‘txona bilan tutushgan, pechning 
o‘txonasi tubi 
leshad
deyiladi. U grafit bloklar yoki yuqori sifatli shamot 
g‘ishtlardan teriladi. O‘txonaning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori 
qismigacha bo‘lgan hajmi pechning 
foydali hajmi 
deyiladi. O‘txonaning yuqori 
qismida aylana bo‘ylab joylashgan bir necha teshiklar bo‘lib, ularga mahsus 
uskunalar (furmalar) o‘rnatiladi. Furmalar pech devorlaridan 130-200 mm 
ichkariga chiqarilgan bo‘lib, koks yaxshi yonishi uchun ular orqali pechga 0,25 
Mpa bosimda 800

-900

C
li qizdirilgan havo haydab turiladi.

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish