O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Zardushtiylik e'tiqodi va mazmuni



Download 58,06 Kb.
bet4/6
Sana15.12.2022
Hajmi58,06 Kb.
#886659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni

3. Zardushtiylik e'tiqodi va mazmuni.
Bu dinning ta’limotiga ko’ra, xudo Axuramazda «Oliy ibtido»dir. U hamma mavjudotni yaratuvchi va boshqaruvchi Oliy ruh. Uning na xotini, na farzand-lari bor. Axuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchisi bo’lgan. Bular — Vohu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani boshqargan; Asha Vahishta (yuksak haqiqat) olovni boshqargan; Xshatra Varьya (munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni boshqargan; Siyenta Armati (muqaddas itoat) erni boshqargan; Xarvatat (salomat-lik) suvlarni boshqargan; Amyeryetat (mangulik) o’simliklar dunyosini boshqargan.
Axuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi — ezgulik va yovuzlik haqida vahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan bu kuchlar har doim birgalikda mavjud bo’lib, ular hayot va o’lim, osmon va jahannam ma’nolarini anglatadi. Jahannam hayotning eng yomon onlaridir. Osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Borliqdagi yovuzlik va nomukammallik narsalar va hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa, istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilar bu jarayonda faollik kursatishga da’vat etiladi. Ular Axuramazda yuborgan qonunlar, tartibotlar, o’git-nasihatlarga amal qilsalar, ezgulik, yovuzlik ustidan tantana qilib boraveradi.
Olam qarama-qarshilik kurashi asosida qurilgan. Bu hol jismoniy narsalarda yorug’lik va zulmat; tirik tabiatda hayot va o’lim; ma’naviy olamda ezgulik va yovuzlik; ijtimoiy hayotda esa adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o’rtasidagi kurashlarda o’z ifodasini topgan,
Din ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashga asoslanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo’lgan Axriman esa unga qarshi kurashib odamlarni yomon ishlarga boshlayveradi.
Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurashda oraliq yo’l yo’q, shuning uchun har bir odam bu kurashning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shuning uchun dindorlikda iymon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi, u odamlarga ezgulikni yovuzlikdan farqlash imkonini beradi. Iymon-e’tiqodli odam albatta ezgulik tarafida turadi.
Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga — fikrlar sofligaga; so’zning sobitligiga; amaldorlarning insoniyligiga asoslanadi.
Odamlar o’z istaklarida xolis bo’lishlari; bir-birlari bilan murosa qilib yashashlari; qonunsiz ishlardan uzlarini tiyishlari lozim.
Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalariga qat’iy rioya qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish kabilar iymonlilik alomatlaridir.
Zardushtiylik ta’limotida tuproq, suv, havo va olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohdir. SHuning uchun ham marhumlar erni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasin deb, ularning jasadlari maxsus idishlarda ko’milgan. Yerga yaxshi. soglom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q. Ekin ekish yerdagi yovuzliklarga barham berish, demakdir.
Zardushtiylik ta’limoticha, bu borliq, dunyo odam uchun sinov maydonidir.
Zardushtiylik ta’limotida Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. U Iyim nomi bilan atalgan bu dinda. Insoniyat Iyim podsho bo’lgan davrlarda baxt-saodat makonida kasallik va o’lim ko’rmay yashagan. Iyim odamlarni, hayvon va qushlarni parvarishlagan, Yer yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytirgan va 900 yil umr kurgan. Axuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qilgan. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani erga suqib, xudodan uni kengaytirishni suragan va bunga erishgan. Axuramazda Iyimga muzlik davri kelayotganining xabarini bergan va bu ofatning oldini olishni aytgan. Iyim maxsus uy qurib, hamma hayvon va usimliklarning eng yaxshi: zoti hamda navidan bir juftdan saqlab qolgan.
Iyim qanchalik jasorat ko’rsatmasin, u o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho beradi, mag’rurlanib ketadi: va xudo man etgan ne’mat — qoramol go’shtini yeb quyadi. Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir.
Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman yengiladi.
Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar.Yaxshilar yana o’z tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har 3 ming yilda qaytib turadilar.Bugungi kunda Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi aholi Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida, shuningdek, kam sonli bo’lsada Eronda yashaydi.
O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.
Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir.
«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men - Ahura Mazda - yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara iyron Vij (hozirgi Xiva o'rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan ikkinchi sarzamin va go'zal yurt So'g'd diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go'zal yurt qudratli va рок Man/ diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan to"rtinchi sarzamin va go'zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go'za] yurt Balx va Marv oralig'idagi Nisoyadir».' Keltirilgan budalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo'lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» degan ma'noni bildiradi. Zardusht o'z dini zardushtiylik g'oyalarini aholi o'rtasida tashviq-targ'ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo'lgan. Shu boisdan ham, Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotamiyami yoxud O'rta Osiyo o'lkasi bo'ylabmi, ishqilib, ko'p yurtlar kezib, o'z ta'limotini yoyishga intilganligi shubhasiz.
Bunda yana shu narsa e'tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha /oroastrizm) dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan, uni o'z fuqarolari orasida yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.
Buyak alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbot yetish uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi.
Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologcz I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (\U- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltiriSgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gotlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtiar», «Vispirad», «Kichik Avesto* nomli kitoblari yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinib,2001- yilda nashr etildi.«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya'ni mil. av. so'nggi ming yillik boshiarida oMkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o'tib borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona singari viloyatlarida urug'-qabila-larning o'troqlashuvi, sun'iy sug'orish tizimiga asoslangan dehqon-chilik madariiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, chorvachilikning mustaqil xo'jalik Tarmog'i sifatida o'sib borayotganligi, qishloqlardan shahar-qal'alar, so'ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko^zgatashlanmoqda edi.Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida turli urug'-qabila va elatlarni ma'nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg'or qarashlar, mushtaraklik tuyg'ularini, e'tiqod tamoyillarini singdirib borish g'oyatda muhim edi.
«Avesto» ta'limoti bir tomondan, yerii qabila, elatlarni turli mahalliy ko'rinishdagi bid'at va xurofotlarta'siridan xalos bo'lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkam-lanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomil-lashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga, «Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan.
Manbaning turli ma'lumotlariga ko'ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to'quvchiiik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o'ziga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma'buda - ezgulik, yorug'lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong'ulik, razolat timsoli - Ahriman o'rtasidagi doimiy murosasiz kurash g'oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunmi tashkil qiladi. Zardusht payg'ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga yetkazishga da'vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masalada fikr yuritganda, Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o'rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug'laymiz, u chorvani, suvni va o'simlikni, yorug'likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg'ash, olovga tupirish eng og'ir gunoh sanaladi.«Avesto» awalgi dinlarda rasm bo'lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat'iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta'kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q.Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo'lib, u insonning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug'langan. Shu bois, ajdodlarimizning ko'plab toLy-tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, lining atrofida keng davra qurish bilan bog'liq holda o'tkazilgan. Bu odatlarning ba'zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, ahoii manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo'lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan.Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir.Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o'tmishdoshla-rimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta'lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o'rganishimizda muhim dasturilamal manba bo'lib xizmat qiladi. Linda umumbashariy g'oyalarning chuqur aks etganligi sababli, bu asar keng hududlar bo'ylab yoyilib, Sharq-u G'arbda e'tirof etilib, turli xalqlarning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
Xulosa.
Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan O`rta Osiyoda tarqalgan Yahudiylik va islomda zardushtiylikning muayyan ta`siri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga katta ta`sir O`tkazgan. U ham vaqt, sharoit, O`ringa qarab O`zgargan, zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita singgan. Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga da`vatlar bajonidil qabul qilingan. Uning to`rt element: suv, tuproq, havo, olovni e`zozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mehnatsevarlik kabi nasixatu da`vatlari deyarli barcha diniy ta`limotlarda ham uchraydi.
Zardusht asos solgan g`oyalar kishilar ongi, turmushiga singib, uzoq vaqtlar yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g`oyalari, jannat va do`zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, so`roq-savollar, “Chinvot” ko`prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar O`rtasidagi vositachi-payg`ambar v.h. to`g`risidagi fikrlar budda, xristian, islom dinlarida O`ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida Zardusht asos solgan dinning O`rni va rolini munosib baholashlari talab etiladi. Masalan, zardushtiy-likka binoan katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi Meri Boys bunday deb yozgan: “Zardushtiylikning ulug`vor va original ta`limotlari butun Yaqin Sharq hududiga ta`sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bo`lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan oziqlangan. “Shuning uchun, - degan u, - jahon dinlarining barcha jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni O`rganadilar”.



Download 58,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish