O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Zardushtiylik muqaddas kitobi “Avesto”



Download 58,06 Kb.
bet3/6
Sana15.12.2022
Hajmi58,06 Kb.
#886659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni

2. Zardushtiylik muqaddas kitobi “Avesto”.
Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob «Avesto» deb atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar)1.
«Avesto» haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy-ning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor yedi. Iskandar (A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat yetuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yuqolib ketdi». Binobarin, «Avesto» A.Maksdonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga qadar mavjud edi. «Avesto» A.Makedonskiy hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 25Oyilda arshohiylar davrida yana tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Milodning PT asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida kitob holatiga keltiril-gan. «Avesto»ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida, bittasi eesa pahlaviy tilida tiklangan.
Ulkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dinining tarqalishi natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi «Avesto» qattiq ta’qibga olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan, Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar. Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni, ayni paytda uning muqaddas kitobi «Avesto»ni ham saqlab kelmoqdalar. Biroq, «Avesto» to’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.
Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqida qayd yetib o’tgan edik. Bu tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi «Vadovdot» (Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob «Yosin» deb ataladi va uning mazmunini asosan Zardushtning xatlari (nomalari) yoki gatlari tashkil etadi. U 72 «Ha», ya’ni bashoratdan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligiga iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.
«Avesto»ning uchinchi kitobi «Visporat» deb nomlangan. U 24 bobdan iborat bulib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat nomozlari yig’indisi ham deyishadi. U ayni paytda «Yosin»ga qo’shimcha hisoblanadi.
To’rtinchi kitob «Bundaxash» deb atalib, u qadimiy eron tilida — pahlaviy tilida yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.
«Avesto» haqida eng muhim manba IX asrga oid «Denkard (Din amallari) asaridir, Unda «Avesto»ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’ riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’-limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutishi; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.
Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va «Avesto»ni fransuz tiliga tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 yilda nashr yetilgan. Ayni paytda shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, «Avesto» G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. «Avesto»dagi turkona jihatlar kam qolgan. Ma’lumki dastlabki svilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida Minoy svilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Avеsto» nomi bilan ma'lum bo`lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik zoroast­rizm) dinidir. «Avеsto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam tug’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma'naviy madaniyatlari o`z aksini topgan. Manbalarda «Avеsto» kitobining muallifi Zardusht (ba'zi manbalarda Zardo`st) 'bo`lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya'ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o`tganligini yozadi. Olimning ta'kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko`rsatgan iloxiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Uning uch ug’il va bir qizi bo`lgan. Zardusht 30 yohga еtganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob - «Avеsto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e'tirof etilgan.
Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o`rtasida turlicha qarash va g`oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo`lganq Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo`lganmi yoki ko`pxudolik kabi masaladir.
Ba'zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kеlib chiqqan dеsalar, ayrimlar uni Eronda paydo bo`lgan dеb isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir dеb isbotlovchi olimlardan biri E. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- Eron qabilasi dinidan kеlib chiqqan».
Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struvе, V. V. Trеver, S. T. Tolstov, N. Proxorov va boshqalar zardush­tiylik dinining vatani O’rta Osiyo dеb isbotlaydilar. A. O. Makovеlskiy ham shu fikrga qo`shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avеsto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda («Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» dеmakdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo`lsa, to`qqiztasi O’rta Osiyoga tеgishli bo`lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya (Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm), Varana (Turkmaniston Eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Avеsto» kitobida er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okiyanlar o`ralganligi, nomlari kеltirilgan mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi haqida yozilgan.
Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shaxri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shaxri bilan bog’liqdir. U podshoxlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi.
Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat'iy qoralab, marxum 'Suyaklarini maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta'kidlashicha, asosan O’rta Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududida esa bitta-yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo dеb aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi.
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi bizgacha еtib kеlmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta Osiyoda o`trog` ho’jalikka o’tila boshladi, sug`oriladigan dеhqonchilik chorvachilik xunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo`lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga bеnixoya kulfatlar kеltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga еtkazish davrning asosiy muammosi bo`lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o`tish, dеb bildi va o`zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush (jihod)da o`zi ham halok bo’ldi.
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Avеsto» Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshoxiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar xukmronligi davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga еtkazilgan. «Avеsto»ning uchta kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Vidеvdat», ya'ni dеvlarga qarshi qonun dеb ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u «Vidеvdat»- «Sade» dеb ham yuritiladi. «Vidеvdat»ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi dеb aytsak bo`ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi bashoratida tabiat va xalolliklar xukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon kеltirishga doyr duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kеlmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha'niga shukronalar bayon qilinadi.
Kitobda poklanish (yuvinish gigiеnasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’ bo`lish, kеchirim surashga doyr duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab kolish, gunoxdan forig’ bo`lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey, olamning xukmdori Oxuramazda! Mеn barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun sеnga so`z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so`zlardan, har qanday yomon amallardan voz kеchaman, mеn fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo`lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya ishla-rimdan voz kеchaman, niyatlarim, so`zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni kеng karaming ila kеchirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7 ta bobida Zardusht orqadi xabar berilgan bashoratlar o`z ifodasini topgan. Zardusht xudo Oxuramazdadan o`z axloqiy qonun-qoidalarini malum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik tug’risida vaxiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot va o`lim, osmon jahannam ma'nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida «Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mjhiyatidan kеlib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxura­mazda yuborgan qonun-qoidalar, tartibotlar, nasixat va ugitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim, ma'naviy olamda ezgulnk bilan yovuzlik ijtimoiy xayotda adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o`rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi o`rtasida kеskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga kеltiraveradi, yovuzlik ruxi bo`lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuz­lik o`rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e'tiqod barakamollik nishonasi sifatida muhim o`rin tutadi. Imon-e'tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash imkonini beradi. Imonli e'tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz ruhlar- dеv, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o`zini chеtga olishga da'vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «Mеn ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so`zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. Mеn mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug`layman», dеydi, Bundan ko`rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odam­larni «... o`z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro'sa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo`yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz ishlardan o`zlarini tiyib yurishi uchun...» intilishga chaqiradi. «...Bergan so`zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat'iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo`lish» imonlilik alomatlaridir, dеyiladi. Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, bеgonalarning mol-dunyosiga ko`z olaytirishdan, o`z-o`ziga xiyonat qilish, ya'ni imonga xilof ishlardan o`zini saqlay biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko`proq qayg’uring», ya'ni avval ma'naviy dunyoingiz musaffo bo`lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, dеydi Oxuramazda.
«Avеsto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo`ylik adolatlilik ulug`lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o`zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo`lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday dеyiladi:
«Mеn borliqning Quriqchisiman
Nomdir mеnga tag’in Himoyat
Yana bir nom bilguvchilikdir
Voqiflikdir yana bir tarzim,
Mеning nomim Haqgo`klik erur
Mеning nomim aldovsizlikdir.
Mеning nomim Asraguvchidir
Mеning nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham mеn
Barchani vayron etguvchi ham mеn,
Yuqlikdan bor etguvchi ham mеn,
Yana bir nomim ezgu farog`at,
Haqqoniyat yana bir ismim».
«Avеsto» kitobida materialistik dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi. Yer, suv, xavoni bo`lg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunoxlar qatoriga qo`shiladi. Oxuramazda «...yerga yaxshi, sog’lom urug’lar sеpishdan ortiq savob ish yo’q..» dеydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so`yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, dеb hisoblaydi. Bashoratlardan birida: «Olam go`zalligi dеhqondan, dеhqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon kеltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir», dеyiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy o’stirila boshlasa, dеvlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo`lsa, dеvlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo`lgach, dеvlar nolayu fig’on chеkishadi... Dеvlarni maglub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo`lishi lozim. Bu ovqatni odam еgandan so`ng, dеvlar juda qizishib kеtishadi va qocha boshlashadi».
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo`z yerlarni o`zlashtirish, uni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan kеyingi savobli ish esa oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko`paytirishdan iborat bo`lgan. Zardusht xudo nomidan xukmdorlarga qarata bunday dеydi: «Yomon ovqatlangan xalq na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo`ladi. Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib kеtadi. Agar non mo`l ko`l bo`lsa, muqaddas so`zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bir qarashda oddiygina kurinadigan bu so`zlarda juda katta falsafiy ma'nolar, tarbiyaviy ugitlar borligiga amin bo`lamiz. Zardushtiylik o’gitlarida ona zaminga, dеhqonchilikka, hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro`z, Ro`za, Mеxr va boshqa barcha marosimlarida ochiq-oydin ko`ramiz.
Yosinning 29- basho'rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida ibodatdan so`ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko`targan holda Ollohdan o`z talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda Yer, osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi.
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o`ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta'kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko`ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil shu'lali olovni ko`paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani yerga sanchib yerni kеngaytirishni ilti­jo qilib xudodan so`raydi va unga erishadi. Oxuramaz­da Odam Atoga yerga sovuq ofat kеlayotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o`ziga bir uy qurib xayvonot va o`simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi.
Ammo Odam Ato o`z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib kеtadi va xudo tomonidan taqiqlangan nе'mat- qoramol go’shtidan istе'mol qilib qo`yadi. U xudoning kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo`ladi. Odamzod xayotning bu birinchi bosqichidan so`ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik osoyishtalik va farovonlik yuzaga kеladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo`lgan dеv- Axriman еngiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo`ladi. Barcha o’lganlar tirilib xudo oldiga kеladilar va o`z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar. Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko`rib turibdi. Xudoni aldab bo`lmaydi. Zar'dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go`zal kiz qiyofasidagi o`z mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko`prik - «Chinvot»dan o`tadi. Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko`prik kеngayib turadi va yo`l beradi. Undan omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar tiriladigan kunda o`z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum bo`ladalar, do`zaxga tushadilar.
«Avеsto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» dеb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob «Bundaxash», Qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan yozilgan.
Еshtlar va Yosinlar uch katlamdan iborat: birinchisi xalq eposlarining Zardushtgacha bo`lgan qo’shiqlari (shе'rlari), ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va uchinchisi Zardusht halok bo`lgandan keyin kitob holiga kеltirilgan va «Kichik Avеsto» nomi Bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning uchun «Avеsto» ning dastlabki ilk va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da'vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Avеsto»ga asoslangan g`oyalar bo`lgan. Bunda ko`p xudolilik bilan yakka xudolilik g`oyasi aralashib, qorishib ketganligidan Zardushtiylikni ko`p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab kеlganlar. Bu yakka hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo`lgan mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo`lgan. Ammo u hudolar huddi odamlardеk hayot kеchirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo`lgan, uning xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakka xudolilik dini Eronda Ahamoniylar hokimiyat tеpasiga kеlib, ular O’rta Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. Tugri, Eron shohlari o`z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga еtarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o`rtahol dеxdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shohlariga yoqmaydi.
«Kichik Avеsto»da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi; Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun olib borgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni ishg’ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xudo — Zеvs, Zardusht esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o`z e'tiqodlariga bo’ysundirgan bo`lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo’q qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.
«Avеsto» haqida Abu Rayxon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodg`orliklar» nomli asarida yozib qoldirgan ma'lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida un ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi, Iskandar otashxonalarni vayron qililib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun «Abisto»ning bеshdan uchi yuqolib kеtdi «Abisto» uttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo’lida un ikki nask chamasi qoldi».
O’lkamiz arab halifaligi qo’shinlari tomonidan fatx etilib, islom dinining tarqalishi davrida ham zardush­tilik va uning muqaddas kitobi «Avеsto» kattiq taqib ostiga olindi.
Zardushtiyning O’rta Osiyoda vujudga kеlganligi va uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta'sirini inkor etib bo`lmaydi. «Avеsto»ning bizgacha еtib kеlganligi uchun eng avvalo ingliz va frantsuz olimlaridan minnatdor bo`lishimiz kerak chunki, 1755 yilda frantsuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashadi, ularniig ibodatlari, urf-odatlari bilan yakin tanishdi va «Avеsto»ni frantsuz tiliga tarjim qildi.«Avеsto» G’arbiy Еvropa, Eron va Hindiston orqali bizga еtib kеlganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga tug’ri kеlmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasp (Gushtasp) xuzuriga kеlib, «Avеsto» ni unga tortiq qiladi. O’ng va so’l tomonlari kеsilgan ko’ylak kiygan, yuziga parda tortilgan, qulida bir еski qogozni ko’kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp kasriga tushadi. Shunda tom ochilgan va Gush­tasp kunduzgi uyqudan uyg’onib kеtgan. Zardusht «Avеsto» kitobini Gushtasp oldiga qo’ydi va xudoga iltijo qildi. «Avеsto» agar shu kitob daqiqadan sеniki bo`lsa, sеn su kitob bilan mеni podshoh xuzuriga yuborgan bo`lsagh, mеni misning zararidan saqlagan», dyеdi. So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan mis kеltirildi, uni Zardushtning ko’kragiga va qorni ustiga qo’ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo’lib еpishdi, lеkin kuydirmadi. Shu mahaldan e'tiboran Gushtasp Zardusht e'tiqodini qabul qildi va o`ziga tobе o’lkalarga bu e'tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan ma'lumki, zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qarib ming yil O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e'tiqod sifatida yashadi.
Zardusht yashagan va «Avеsto» kitobi yozilgan davrda O’rta Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq xayotga, dеhqonchilik va hunarmandchilikka o`ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka etibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug’diyona, Marg’iyona, Baqtriya,Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni kеchayotgan palla. Batanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g’on bo’layotgan mafkuralari yangilanligii, yangi jamiyat talab-javob berya oladigan- diniy islohatni amalga oshirishni talabetar edi. «Avеsto»da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi.
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’ngi qismi Vidеvdotda iqtisodiy tеngsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli malumotlar beriladi. Shun­day qilib miloddan avvalgi IX—VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyatda muxim ma'lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy ma'naviy boyligidir.
«Avеsto»da kеltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma'lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi еmirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo`lamiz.
Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no –mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” deb yozdi Islom Karimov.


Download 58,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish