O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 58,06 Kb.
bet1/6
Sana15.12.2022
Hajmi58,06 Kb.
#886659
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI.


KURS ISHI




Manaviyatshunoslik” FANIDAN

Mavzu: Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni.



Kurs ishi rahbari: Oripov Elyorjon
Talaba:Milliy g’oya ma’naviyat asoslari
va huquq ta’lim yo’nalishi
203-guruh talabasi
Mirzayeva Durdona

Qo’qon-2022y
Mundarija.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tammaduni
2. Zardushtiylik muqaddas kitobi “Avesto”.
3. Zardushtiylik e'tiqodi va mazmuni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mam- lakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo‘lib, o‘rganib- o‘rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o‘tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo‘lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz.
Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlari- ning esa tamomila boshqa, ona tilimizga o‘xshamasligining guvohi bo‘lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p boMgan tillar qarin- dosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo'lmagan tillar qarindosh bo‘lm agan tillar hisoblanadi.
Taxminiy hisoblarga qaraganda, dunyoda uch mingdan ortiq til bor. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba’zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Masalan, xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so‘zlashsa, chukot (bu til Chukotka yarim orolida) va Vele (bu til Kareliya hudu- dida) tilida atigi bir necha ming kishi muloqotda bo‘ladi. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq aholisi o‘z tiliga ega.
Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadilar. Angliya, AQSh, Kanada kabi mamlakatlar fuqaro­ lari, asosan, ingliz tilida, Ispaniya, Kuba, Chili, Meksika fuqarolari, asosan, ispan tilida so‘zlashadilar. Respublikada 22 mln xalq o‘zbek tilida so‘zlashadi. O’zbek tiliga mansub kishilar Afg‘onistonda (1200 ming), Qashqarda (15.000), Saudiya Arabistonida, Turkiya va AQSHda, Germaniya va boshqa yerlarda ham yashashadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida o‘zbek maktablari bor. Dunyodagi tillar qanchalik rang-barang bo‘lmasin, ular sanoqli tillar oilasiga birlashadi. Zamonaviy tilshunoslik m a’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud. Til oilasi bir bobo til- dan kelib chiqqan hamma tillarni o‘z ichiga olgani uchun, u juda yirik tillar yig‘indisini tashkil etadi. Har bir oila, o‘z navbatida, qarindosh- likning yaqinlik darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarga ajralishi mum­ kin. Bir oilaga mansub bo‘lgan tillarning so‘zlari, qo‘shimchalari, gap qurilishi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, chunki ular tarixan bir manba- dan kelib chiqqandir. Masalan, o‘zbekcha tu r fe’lini turkmancha dur fe’liga, tojikcha isto so‘zini ruscha stoy so‘ziga qiyoslasak, o‘zbek va turkman tillarining, tojik va rus tillarining o‘zaro yaqin tillar ekanini anglash qiyin emas. Buning sababi shundaki, o‘zbek va turkman tillari Oltoy tillari oilasining turkiy tillar shoxobchasiga (turkiy tillar oilasi nomi bilan ham yuritiladi), tojik va rus tillari esa hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarin- dosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir. Hozirgi turkiy tillar tarkibiga O’rta Osiyo, Qozog‘iston va Sharqiy Turkistondagi o ‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman va uyg‘ur tillari; Kavkazdagi ozarbayjon, qumiq, qorachay-balkar, turuxman, gagauz va no‘g‘ay kabi tillar; Volgabo‘yi va Uraldagi tatar, boshqird va chuvash tillari; Sibirdagi yoqut (saxa), tuva, to‘falar, xakas, kangmaji, shor, chulim tillari; Ukraina, Moldova va Gruziyadagi urum, qrim va qarayim tillari; Turkiya va Bolqondagi turk tili kiradi. Shunday qilib, turkiy tillar oilasi yuzga yaqin jonli tillarni o‘z ichiga oladi. Butun dunyoda turkiy tillarda bir necha yuz million kishi gaplashadi. Turkiy tilli aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarimorolidan Bolqon yarimoroligacha tarqalgan.
Turkiy tillar uzoq tarixga ega boigan yozuv madaniyatiga ega. Bu tillarga mansub bizgacha yetib kelgan dastlabki yozma yodgorliklar.



Download 58,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish