Ma’lumki, o’tgan XX asr davomida insoniyat ikkita jahon urushini boshidan kechirib, millionlab kishilar halok bo’lib, insoniyat ulkan moddiy va ma’naviy talofat ko’rdi



Download 92 Kb.
Sana24.02.2022
Hajmi92 Kb.
#239507
Bog'liq
1234 2 jaxon


Ma’lumki, o’tgan XX asr davomida insoniyat ikkita jahon urushini boshidan kechirib, millionlab kishilar halok bo’lib, insoniyat ulkan moddiy va ma’naviy talofat ko’rdi.Ikki jahon urushining kelib chiqishi va mohiyatida umumiylik ya’ni qaysidir davlatning oʻz ta’sir doirasining kengaytirishiga urinishi, butun dunyoga gegemon bo’lish istagi asosiy sabablardan bo’lsada,ikkinchi jahon urishi ikkita mutloq hukmronlikni da’vo qiluvchi mafkuralar ya’ni bitta millatni oliy irq deb da’vo qiluvchi fashizm hamda dunyoda barcha millatlarni qo’shilib ketishini da’vo qiluvchi kommunistik mafkura o’rtsasidagi kurashning avj olishi, AQSH boshchiligidagi demokratik davlatlarning foshizmni nafaqat insoniyatga balkim, ushbu davlatlarga ham katta xavf solishligini tushunib yetib sobiq sovet davlati bilan fashizmga qarshi ittifoq tuzishga majbur bo’lganligi hamda fashizm ustidan antifashistik (fashizmga qarshi) kuchlarining oxir-oqibat g’alaba qozonganligi bilan harakterlidir. Bizga ma’lumki,ikkinchi jahon urushining asosiy fronti sovet-german fronti hisoblanib, u 1941-yilning 22-iyunidan, 1945-yilning 9-mayiga qadar davom etib, unda sobiq sovet davlatini barcha xalqlari kabi, o’zbek xalqi ham qatnashdi hamda insoniyatni fashizm xavfidan xolos bo’lishiga munosib hissa qo’shdi.Sobiq sovet tarixshunosligida ushbu urush “ULUG’ VATAN URUSHI” deb nomlagan bo’lsa,bugungi kunda ushbu urush ko’plab sobiq sovet respublikalarida jumladan,O’zbekistonda “IKKINCHI JAHON URUSHI” deb atalmoqda va bu nom mantiqan to’g’ri keladi. Chunki O’zbekiston sobiq sovet davlatiga o’z ixtiyori bilan emas majburan kiritilgan bo’lib bizni mustamlaka qilgan davlatni “ULUG’ VATAN” deb nomlash mantiqan to’g’ri kelmaydi.Ammo, BirinchiPrezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek“IKKINCHI JAHON” urushiga qanday qaralmasin qaysi g’oya ostida va kimning Izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, bu Vatani,el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo’lganlarni o’z umrini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.Shuni ta’kidlash lozimki, 1945-1991-yillarda hukm surgan “Sovuq urushi” yilliarida ikkinchi jahon urushini talqin etishda AQSH va G’arbiy Yevropa mamlakatlari tarixshunosligida ushbu mamlakatlarning hissasi katta bo’ganligiga alohida urg’u berilsa, sobiq sovet davlati tarixshunosligida bu masalada savet davlati asosiy o’rin tutganligi alohida e’tibor beriladi. Bugungi kun tahlillari shuni ko’rsatadiki, fashizmga qarshi kurashda jahonning barcha sog’lom fikrli insonlarning matonatli qarshiligi fashizmga qarshi kurashayotgan davlatlardagi iqtidorli harbiy qo’mondonlarni mavjudligi, barcha moddiy-manaviy resurslarni fashizmga qarshi kurashga safarbar etilganligi kabi omillar g’alabani ta’minlashda asosiy omillar hisoblangan. Ammo, nemis fashizmga qarshi kurashda shubhasiz, savet-german frontidagi jangler hal qiluvshi ahamiyatga ega boʻlib, vermaxt (Germaniya harbiy tashkiloti)ni zaiflashtirilgan, shuningdek,ushbu urushda sovet davlati aholisi eng ko’p talofat ko’rgan.Keyingi ma’lumotlarga qaraganda ikkinchi jahon urushi davrida 65-67mln kishi halok bo’gan bo’lsa, shuning 30 mlnga yaqini sobiq sovet davlati fuqorolari hisoblanadi. Ma’lumki, urushning dastlabki oylarida sobiq sovet davlatining g’arbiy hududlaridan sharqqa jumladan, O’zbekistonga sanoat korxonalarining ko’chirishga qaror qilingan. Ma’lumotlarga qaraganda 1941 yilning 24-iyunida N.M.Shvernik raisligida sanoat korxonalarining ko’chirish bo’yicha kengash tashkil etilgan bo’lib, A. N. Kosigin, A. I. Mikoyan, M. Z. Saburov va boshqalar kengash a’zolari hisoblangan, shuningdek kengash tarkibida A. N. Kosigin rahbarligida ushbu tadbirni nazorat qiluvchi inispeksiya faoliyat yuritgan. Urushning dastlabki yillarining birinchi yarmida jami 1523 ta sanoat korxonasi jumladan, O’rta Osiyoga 308 ta sanoat korxonasi ko’chirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu korxonalardan 104 tasi O’zbekistonga ko’chirilib, xalqimizning fidokorona mehnati tufayli 1942-yilning o’rtalaridan ushbu korxonalar to’liq harbiy izga ko’chirilib, mahsulot bera boshlagan. Ta’kidlash lozimi, Gitler hissiyotlarga berilmasdan maqsadga yetishish uchun avval g’arb davlatlari bilan hamkorlik qilib mustabid sovet davlatini tor-mor etganda, dunyoda fashizm hukmronligi o’rnatilishi mumkin edi, ammo Gitler ikki tomonni ham dushman qilib, ularni o’ziga qarshi ittifoqchi bo’lishiga imkoniyat yaratdi va o’zini halokatga mahkun qildi.Balki, fashizm dohiysi Gitlerni xato qilishiga millionlab insonlar nolasi majbur qilgandir..Shuningdek, urush yillarida asirga tushganlarning oilalarini ham “Vatan xoini” deb e’lon qilinishi mustabid sovet davlati tomonidan inson taqdirini poymol etilganligini navbatdagi ko’rinishi edi. Ma’lumotlarga qaraganda juda ko’p o’zbek yigitlari nemislar tomonidan tashkil etilgan “Turkiston legion”da xizmat qilsalarda, fashizmni insoniyat uchun o’ta xavfli ekanligini anglab, Yevropadagi partizanlarga qo’shilib, fashizmga qarshi kurashni davom etkazishgan, ba’zilarga esa Vatanni qachonlardir ozod bo’lishiga ishonib chet ellarda yashab qolganlar. Bugungi kunda ular va ularning avlodlari mustaqil O’zbekistonga bemalol tashrif buyurmoqdalar. Ma’lumki, o’zbek xalqi urush yillarida sobiq sovet davlatining Rossiya, Ukraina kabi g’arbiy hududlaridan, 200 ming bolani o’z bag’riga olgan. Ularning aksariyatini o’zbek oilalari o’z oilasiga farzandlikka olishgan. I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “O’sha og’ir yillarda bir burda non tanqis bo’lgan yillarda, O’zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, non berdi qanchadan-qancha yetim-yesirlarning boshini siladi.Xalqimizning insonparvarlik va oliyanoblik fazilatlari tillarda doston bo’ldi”. Ammo, keyingi vaqtlarda insonparvarlik va oilyjanoblik kabi tushunchalar mohiyatini ham anglab yetmaydigan ayrim Rossiya nodavlat televediniyasi kanallari va matbuotida urush yillarida 14 nafar turli millat farzandlarini o’z bag’riga olgan, Toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudovlar oilasiga nisbatan tuhmat va bo’htondan iborat fikrlar bildirildi. Go’yoki, ushbu oila yetim bolalarni non kartochkasidan foydalanish uchun ularni asrab olgan emish, e’tibor bering; axir o’sha davrlarda yetim bolalarni non kartochkasiga berilgan nonga o’sha vaqtida o’sha bolalarni o’zini to’yg’azib bo’lmasdiku! Ammo, shuni ta’kidlash lozimki,” It hurar karvon o’tar” deganlaridek, xalqimizning insonparvarlik va oliyjanoblik fazilatlari ajdodlardan avlodlarga o’taveradi. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqi qanday maqsad uchun jangga kirgan. Har holda ular yolg’on kommunistik g’oya hamda xalqlarni majburiy ravishda birlashtirgan sobiq sovet davlati uchun jon bermagan. Bu xususida I. A. Karimov shunday deydi: “Men ikkinchi jahon urushida yovuz dushman bilan ro’baro bo’lib, dahshatli janga kirgan askarlarimiz o’sha lahzalarda nimani o’ylagan, ularning hayolida qanday kechinmalar o’tgan ekan, deb o’zimga savol beraman, og’ir bo’lsa-da ularning ruhiy holatini, o’y hayollarini o’zimga tassavur etishga harakat qilaman. Ana shunda “Qani endi yurtimni, o’zimning azizlarimni yana bir bor ko’rsam, ularni bag’rimga bossam”, deb o’ylagan o’g’lonlar ko’z o’ngimda gavdalanadi. Men aminmanki, ular aynan shunday o’ylagan, avallom bor, o’z yurtini eslab aziz insonlarni yana bir marta ko’rsam, deb jon bergan. Darhaqiqat xuddi shunday bo’lgan. 1999-yildan boshlab, 9-may kuni nimamlakatimizda“Xotira va qadrlash”kuni sifatida nishonlanmoqda. Bu voqea hech shubhasiz yurtimizda tarixiy xotirani to’laqonli tiklash yo’lida hayotning o’zi taqazo etgan yana bir jiddiy qadam bo’lganini aytish lozim. Shu munosaba tbilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o’zida ifoda etgan eski yodgorliklar o’rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga xamohang bo’lgan xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o’rnatildi. Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida ikkinchi jahon urushida halok bo;lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarda zarhal harflar bilan yozib qo’yilgani, ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jiltdan iborat.“Xotira” kitobi chop etilgani, aytish mumkinki,mamlakatimiz tarixida ibratli ma’naviy voqea bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyrv tashabbusic bilan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hamda front ortida mehnat qilgan faxriylarga yanada kengroq e’tibor berilmoqda. Moddiy va ma’naviy ko’mak berilmoqda. CHunonchi, 2017-yildan boshlab, ushbu kunni oʻtkazish yangicha mazmunga ega boʻlmoqda.Endilikda ushbu kunda, nafaqat urush yillarida halok boʻlganlar,bu dunyoni tark etganlar xotirlanmoqda, balki,mamlakatimizning barcha hududlarida ikkinchi jahon urushi ruhiyatini oʻzida aks ettirgan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarit tashkil etilmoqda.Muhtaram Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev 2020-yilning 24-yanvaridagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida joriy yilda ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi xalqoro miqyosda keng nishonlanishligini, ushbu qonli urushda 1,5 milliondan ortiq Oʻzbkiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilganini,urush yillarida xalqimiz koʻrsatgan jasoratni aholi, ayniqsa yoshlarimizga ta’sirchan tarzda yetkazish boʻyicha katta ishlar olib borilayotganligini, xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida muhtasham “G’alaba bogʻi”ni bunyod etilayotganligini taʻkidlagaligi, mamlakatimizda ushbu masalaga qanchalik jiddiy eʻtibor berilayotganligini yana bir bor koʻrsatadi.
Ikkinchi jahon urushi dunyo tarixida misli ko'rilmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi.
Ko'pmillatli O'zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk G'alabani ta'minlashga munosib hissa qo'shdi. el-yurtimizni urush yillarida ko'rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g'urur-iftixor manbai bo'lib, vaqt o'tgani sayin bu o'lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. SHuning uchun har yili 9-may mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko'rsatgan faxriylarimizga alohida e`tibor va ehtirom ko'rsatish yurtimizda olijanob an'anaga aylanib qoldi.

Ikkinchi jahon urushi dunyo tarixida misli ko'rilmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi.


O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari frontga safarbar etildi. Bu davrda O'zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va mehnat ta'tillari bekor qilindi. O'zbekiston sanoatchilari 1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladi.


Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxtalarida ishlashga yo'l oldi. Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta'minlash choralari ko'rildi. Respublika oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablarining faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltirildi. YAkka tartibda va brigada tariqasida hunar o'rgatish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va front orqasini oziq-ovqat, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash uchun oyoqqa turdi.


Har bir ishchi ikki-uch ish normasini bajarish uchun fidokorona mehnat qildi. Urush bo'layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan hududlardan muhim sanoat korxonalarini O'zbekistonga zudlik bilan ko'chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. 100 ga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari ko'chirib keltirildi. O'zbekiston shaharlarida shoshilinch bo'shatib berilgan yoki yangidan qurilgan binolarga ko'chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlik bilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular ishchi kuchi, xom ashyo, instrumentlar bilan ta'minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Toshkent qishloq xo'jalik mashinasozligi zavodida harbiy qurollar ishlab chiqarila boshlandi.


O'zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko'chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og'irroq ishlar bilan qo'shib olib bordi. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan “Rostselmash” zavodi “Katyusha” va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari etkazib bera boshladi.


Respublika bo'yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot ishlab chiqara boshladi.

O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko'chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog'lar ishlab chiqarishni keng yo'lga qo'yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun etarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o'lchovchi instrumentlar ishlab chiqarishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2-3 baravar oshirish, ko'mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilab berildi. Ko'chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko'rilmagan qisqa muddatlarda 4-5 oyda, ayrimlari hatto 1-2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladi.


Urush yillarida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko'paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi. energetika va yoqilg'i sanoatining o'sishi mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga qulay baza yaratdi. G'arbdan ko'chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to'qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldingi respublikamizdagi ko'pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurilgan edi. Bu korxonalarning asosiy xom ashyosi metall bo'lganligi bois unga bo'lgan talab tobora oshib bora boshladi.


Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to'qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog' zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. Urush yillarida O'zbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari – aviatsiya, stanoksozlik, og'ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya hamda boshqa tarmoqlari vujudga keldi. Toshkent SSSRning eng katta sanoat markazlaridan biri bo'lib qoldi.


Urushda g'alabaga erishish transport ishi bilan bog'liq edi. 1943-yil 25-yanvarda “Toshkent temir yo'li ishi to'g'risida” maxsus qaror qabul qilindi. Temir yo'l harbiy holatga o'tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo'yildi. Poezdlar harakatining qo'shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o'tkazib yuborishini ko'zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temir yo'l transportchilari ko'chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G'arbdan SHarqqa, jangovar texnika va qurol-yarog'larni SHarqdan G'arbga o'z vaqtida to'xtovsiz o'tkazib turish topshirig'ini bajardi.


Muxtasar aytganda, urush yillarida o'zbek xalqi mehnatkashligi, fidoiyligi bilan g'alabaga mislsiz hissa qo'shdi.


Xulosa shuki,ikkinchi jahin urushi tarixi bugungi kunda tarixchilar tomonidan “Soviq urush” davridagidan farqli ravishda nisbatan tarixiylik, xolislik metadologiyasi asosida yoritilmoqda. O’zbekiston xalqlarining ikkinchi jahon urushi davridagi fashizm ustidan qozonilgan galabaga qo’shgan hissasi, ushbu urushning tub ma’zmun-mohiyati Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov va mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning ko’plab asarlarida, ma’ruzalarida o’z aksini topgan.Бугунги кунда фирибгарлик, алдаш ва ишончни суиистеъмол қилиш жиноятлари кўпайиб кетмоқда. Одамлар фирибгарларнинг гапларига дарров чув тушиб, алданиб қолмоқдалар. Шу мақсадда ўқувчиларимиз учун фирибгарлик, алдаш ва ишончни суиистеъмол қилиш тушунчалари юридик тилда қандай маъно англатиши, уларнинг фарқлари, ушбу турдаги жиноятлар учун қандай жазолар борлиги ҳақида маълумот беришни лозим топдик.

Мазкур саволларга Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти бошқарма бошлиғи ўринбосари Қулбеков Ойбек Турсиналиевич батафсил жавоб беради.


Фото: «Xabar.uz»
— Фирибгарлик жинояти — иқтисодиёт соҳасидаги жиноятлар жумласига кириб, жиноят кодексининг 168-моддасида ушбу жиноятга таъриф берилган.

Унга кўра фирибгарлик, алдаш ёки ишончни суиистеъмол қилиш йўли билан ўзганинг мулкини ёки ўзганинг мулкига бўлган ҳуқуқини қўлга киритишдир.


Демак, ўзганинг мулкини ёки мулкка бўлган ҳуқуқини юқорида кўрсатилган икки усулни қўллаб, текин қўлга киритган, 16 ёшга тўлган ақли расо ҳар қандай шахс фирибгарлик жиноятини содир этган шахс сифатида ҳуқуқни мухофаза қилувчи идоралар томонидан жиноий таъқибга учраши мумкин.


Бунда, жиноят иши қўзғатиш учун асос бўлувчи зарар суммаси оз миқдордан, яъни энг кам ойлик иш ҳақининг 30 баробаридан кўп бўлиши керак. Бугунги кунда бу миқдор 5.167.200 сўмни ташкил этади.


Агар фирибгардан жисмоний шахс жабрланган бўлса, жиноят иши қўзғатиш учун талон-торож қилинган мулк суммаси аҳамиятга эга эмас.


Энди алдаш ва ишончни суистеъмол қилиш тушунчаларига келсак.


Алдаш деганда айбдор томонидан жабрланувчининг мулкини ёки мулкка бўлган ҳуқуқларини қўлга киритиш мақсадида ҳақиқатга тўғри келмайдиган ёлғон маълумотлардан фойдаланиш ёки мулк эгаси билиши лозим бўлган ҳақиқий фактларни яшириш тушунилади. Масалан, айбдор автосалонда ишламаса-да, машина олиб беришни ваъда беради, жабрланувчини ўзининг гапларига ишонтириш мақсадида сохта шартнома ёки бошқа ҳужжатларни кўрсатади.


Ишончни суиистеъмол қилиш — айбдорнинг мулк эгаси билан ўртасидаги ишончли муносабатларидан ғаразли мақсадларда фойдаланишдир. Ишончга турли ҳолатлар, масалан, айбдор шахснинг хизмат мавқеи ёки унинг шахсий ёки қариндошлик муносабатлари сабаб бўлиши мумкин. Масалан, қўшнисини меҳнат миграцияси билан шуғулланувчи ташкилотда ишлашини билган фуқаро чет элга ишга юборишга ёрдам сўраб мурожаат қилади. Гарчи қўшнисида бундай ваколат бўлмаса-да, у ишончни суиистеъмол қилиб, чет элга юбора олишини айтиб, унинг пул маблағларини қўлга киритади.


Сўнгги йилларда фирибгарлик жиноятининг умумий жиноятчиликдаги салмоғи ортиб бораётгани сабабли 2016 йил 26 декабрдаги қонун билан Жиноят кодексининг 168-моддасидаги жавобгарлик оғирлаштирилди. Шунингдек, Олий суд пленумининг фирибгарликка оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисидаги қарори янгитдан ишлаб чиқилиб, қабул қилинди.


ЖКнинг 168-моддаси 4 қисмдан иборат бўлиб, 1-қисмида 50-100 баравар жарима, 2 йилгача ахлоқ тузатиш ёки 3 йилгача озодликни чеклаш ёхуд озодликдан махрум қилиш жазоси назарда тутилган.


2-қисмида анча миқдорда, бир гуруҳ шахслар ёки компьютер техникасидан фойдаланиб содир этилган фирибгарлик учун 100-300 жарима, 3 йилгача ахлоқ тузатиш ёки 3 йилдан 5 йилгача озодликни чеклаш ёхуд озодликдан маҳрум қилиш жазоси назарда тутилган.


3-қисмида кўп миқдорда, такроран ёки хавфли рецидивист томонидан, хизмат мавқеидан фойдаланиб содир этилган фирибгарлик учун 300-400 жарима, 2-3 йил ахлоқ тузатиш ёки 5 йилдан 8 йилгача озодликни чеклаш ёхуд озодликдан маҳрум қилиш жазоси назарда тутилган.


4-қисмида жуда кўп миқдорда, ўта хавфли рецидивист томонидан, уюшган гуруҳ ёки унинг манфаатларини кўзлаб содир этилган фирибгарлик учун 400-600 жарима, ёки 8 йилдан 10 йилгача озодликни чеклаш ёхуд озодликдан маҳрум қилиш жазоси назарда тутилгаЎзбекистонда бир йилда фирибгарлик жиноятлари икки баробарга кўпайди. Бунга нима сабаб бўлмоқда?


21:35 / 28.09.2020
25530
Ижтимоий турмушда инсонлар ўзаро бир-бирлари билан муомала қилар экан, улар орасида турли хил муносабатлар ўрнатилади. Айримлар соф, ҳалол йўл билан, ўзгалар ҳақидан қўрққан ҳолда бу муносабатни ўрнатса, айримлар инсонларнинг соддалиги, ишонувчанлигини суиистеъмол қилади. Бундайларнинг ҳам жамиятда ўз номи бор: фирибгарлар ва товламачилар.
Сўнгги вақтларда фирибгарлик, товламачилик билан боғлиқ жиноятлар ортгани сир эмас. Охирги 4 йилда ушбу жиноят билан боғлиқ бир нечта шов-шувли ишлар ОАВ орқали ёритилди. «Аҳмадбой иши», «Human» ва бошқа қатор хусусий бандлик агентликлари билан боғлиқ ишлар шулар жумласидан. «Straus House» МЧЖ, «Avto 60 ой», Auto Rental каби қатор фирма ва тадбиркорлик субъектлари билан боғлиқ ишларга ҳам кўп бўлгани йўқ. Ушбу кўрсатув тайёрланиши чоғида эса, Қашқадарёда дунёга машҳур компанияларнинг сохта акциялари, яъни қимматли қоғозларини сотиш орқали 2 мингга яқин кишини 9 млн АҚШ долларига чув туширган уюшган жиноий гуруҳ қўлга олингани хабар қилинди.

Ачинарлиси шундаки, шунча воқеалардан кейин ҳам фирибгарлик жинояти ёхуд фирибгар ва ё товламачи қармоғига илинаётган ватандошлар сони камайиб қолаётгани йўқ. Қолаверса, тараққиёт юксалгани сари фирибгарликнинг янгидан янги турлари ҳам қайд этилмоқда. Ахборот технологиялари, интернет орқали амалга оширилаётган фирибгарликлар ҳам кўп учраяпти. Сўнгги 20 йилликларнинг яна бир фирибгарлиги – бу фарзандининг олий ўқув юрти талабаси бўлиши орзусидаги ота-онага нисбатан қилинмоқда.


Бундан ташқари, Kun.uz сайти томонидан оғир хаста ватандошларимизга ёрдам бериш ва савоб ишларга васила бўлиш мақсадида ташкил этиб келинадиган хайрияларда тушган маблағларни беморларнинг пластик карточкаларидан ёлғон-яшиқ сўзлар билан, беморлар ишончига кириб олиб, ўмариш ҳолатлари ҳам бир неча маротаба рўй берди.

Хўш, бундай жиноятларнинг келиб чиқиш сабаблари нимада? Фирибгарлар домига тушаётганлар шунчалик соддами ёки фирибгарлар бошқаларни ўта гўл ҳисоблашадими?


Биз шу ва бошқа саволлар билан имом-домла, ИИВ ЖҚББ оператив ходими, Тергов департаменти вакили ва психологга мурожаат қилдик.


Даставвал, фирибгарлик билан боғлиқ статистика ҳақида. ИИВ Жиноят-қидирув бош бошқармаси тақдим этган маълумотларга кўра, 2019 йил январь-июль ойида республика бўйича 1954та фирибгарлик жинояти рўйхатга олинган бўлса, 2020 йилнинг шу даврида бу рақам 3881тани ташкил этган. 2019 йилда 1748 киши қўлга олиниб, фирибгарлик жиноятини очиш 98,2 фоизни ташкил этган бўлса, 2020 йилда бу рақам 95,9 фоиздан иборат бўлмоқда.


Статистика маълумотлари билан танишар эканмиз, фирибгарлик жиноятини содир этиш услублари диққатимизни тортди. 2020 йил 7 ойи давомида содир этилган фирибгарликларнинг жами 2151таси пул олди-бердиси билан боғлиқ бўлса, 336таси чет элга ишга юборишни ваъда қилиш мазмунига эга, 331таси ўқишга киритишга доир алдовдир.


Жиноятларни кимлар содир этмоқда, деган саволга ҳам статистика маълумотида жавоб берилган. Унга биноан, 463таси аёллар, 511таси муқаддам судланганлар томонидан содир этилган бўлса, 1277та ҳолатда ишламайдиганлар фирибгарликка қўл ургани қайд этилган.


Биз фирибгарлик жиноятларини камайтириш борасида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар томонидан қандай ишлар амалга оширилаётганига қизиқдик.


Фирибгарликнинг ҳуқуқий тавсифи


Ўзбекистон Жиноят кодексининг 168-моддасига кўра, ўзгани алдаш ёки унинг ишончини суиистеъмол қилган ҳолда унинг мулкини ёки мулкига бўлган ҳуқуқини қўлга киритиш фирибгарлик ҳисобланади. Фирибгарлик бошқа мулкий жиноятлардан фарқи – фирибгарликда жабрланганлар фирибгарга мол-мулкини, мол-мулкка бўлган ҳуқуқини ўз хоҳиши билан топширади.


Фуқаролар маблағларини ўзлари олиб келиб берган бўлса-да, фирибгарга жазо тайинланади.


Фуқаролар пулларини ўз қўллари билан олиб келиб беради. Улар енгил бойиб кетиш, мулкка эгалик қилиш мақсадида шундай ҳаракатларни содир этишади. Фирибгарлар маълум бир соҳани эгаллаб, билимга эга бўлишади. Шунингдек, уларда актёрлик қобилияти ҳам бўлади. Шу сабабли фирибгарлик ақлли жиноятлар турига кириб, уни ақл-заковатли инсонлар содир этади.


Бугунги кунда фирибгарликка қўл урган шахсни, айби исботланса, нималар кутмоқда? Унга қандай жазо муқаррар? Бу ҳақда ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти масъул ходими капитан Адҳам Абдуллаев сўз юритади.


Адҳам Абдуллаев
Пул эҳромлари ҳақида

– Фирибгарлик жинояти таркибини оладиган бўлсак, объектив ва субъектив томони бўлади. У бошқа фуқаролик муносабатларидан фарқли ўлароқ, фуқаро жабрланувчининг мулкига эгалик қилишни олдиндан қасд қилиши керак. Фирибгарлар тергов қилинганда жуда камдан-кам ҳолатда фирибгарлик қилиш нияти бўлганини тан олади. Жиноят иши қўзғатилгандан кейин сўроқ жараёнида ҳужжатлар тақдим қилинади, ҳужжатларнинг қаерида камчилиги борлиги текширилади. Гумонланувчи шахс жабрланганлар билан юзлаштирилганда «Пул эҳромлари» каби режа асосида ишлашаётган бўлиб чиқишади.


Фирибгарлик учун қандай жазо белгиланган?


– Жиноят кодексининг 168-моддасида кўрсатилган фирибгарлик 5та қисмга бўлинган. Уларнинг 4та қисмида жиноятни қайси ҳолларда оғирлаштирувчи малакалаш кўрсатилган. Бешинчи қисмида енгиллаштирувчи ҳолатлар баён қилинган. Яъни жиноят содир қилингандан кейин етказилган зарар тўлиқ қопланса, айбланувчи, гумонланувчи ёки судланувчига озодликдан маҳрум қилиш жазоси қўлланилмаслиги мумкин.


Охирги нуқта суднинг қарори билан қўйилади. Жиноят кодексида фирибгарлик жинояти учун максимал 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум этиш жазоси тайинланади.


Фирибгарлик турлари


– Ҳозирда кўп учрайдиган фирибгарлик турларидан бири – чет элга ишга жўнатиш, чет элдаги 3-шахслардан сизнинг маълум миқдордаги пул мукофотини ютиб олганингиз ҳақидаги келадиган хатлар ҳисобланади. Шунингдек, хайрия маблағлари учун ташкил қилинган пластик карталардан пул ечиб олиш ҳолатлари ҳам бўляпти.


Ер, уй олди-сотдиси бўйича фирибгарликлар ҳам кўп учраб туради. Фирибгарлар ҳокимиятда таниши борлигини айтиб, уй олиб беришга ишонтириб, одамларнинг пулларини олиб қўйиш ҳолатлари кузатилмоқда. Шунингдек, ўқишга ёки ишга киритиш мақсадида ота-оналарни ишонтириб, пул олиш ҳолатлари ҳам охирги вақтда кўп учраб турибди.


***

Ўзбекистонда аксарият аҳоли Ислом динига эътиқод қилиши, Исломда бир-бирини алдаш, бировнинг ҳақини ейиш гуноҳ экани нуқтайи назаридан фирибгарлик иллатига доир саволлар билан «Бодомзор» жоме масжиди имом хатиби Раҳматуллоҳ Сайфуддиновга мурожаат қилдик.
Раҳматуллоҳ Сайфуддинов
Исломда фирибгарлик муолажаси

– Муолажа учун аввал дардни даволаш керак. Фириб, фирибгарлик – булар ҳаммаси ёлғоннинг шохчалари ҳисобланади. Aллоҳ Қуръони Каримда: «Молларингизни ўзаро ораларингизда ботил йўл билан еманглар», – деган. Ботил йўлга барча ҳаром ишлар: алдов билан тортиб олиш, ўғрилик, қимор, рибо, судхўрлик кириб кетади.


Имом Муслимдан келтирилишича, Aбу Ҳурайра ҳикоя қилиб берган ҳадисда шундай дейилади:


«Бир кун Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам саҳобалар билан бозор оралаб кетаётганларида бир таом сотаётган кишининг қопига қўлларини суқиб кўрдилар. Тагидан нам чиқди. «Бу нимаси эй, мол эгаси», – дедилар. Мол эгаси: «Ёмғир тегибди-да», – деб ўзини оқлади. Шунда Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Одамлар кўриши учун ёмғир теккан жойини юқорисига қўйсанг, бўлмасмиди? Ким бизни алдаса, мендан эмасдир», – дедилар.


Биз бу ҳадисдан раҳбар кишининг бозорларни назорат қилиб туриши, ҳалолликка чақириб туриши, ҳаромга қарши курашиши кераклиги каби фойдаларни оламиз.


Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам бу ҳадисда фирибгарликка қарши курашяптилар. Бугун бозорларда буни мисолини кўп кўрамиз. Масалан, растага чиройли анорларни териб қўйишади, унинг тагида бошқа анор туради. Фирибнинг ҳар қандай тури ҳаром бўлиб, ман қилинган. Чунки фирибгарликда бир томон фойда топса-да, иккинчи томон зарар кўрмоқда. Динимизда эса зарар бериш ҳам йўқ, зарар кўриш ҳам йўқ.


Биз ризқимизнинг манзилини билмасак-да, ризқимиз бизнинг манзилимизни яхши билади. Фирибгарликка ҳеч ҳожат йўқ.


Соддалик фазилат эмас


– Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Мўмин одам содда бўлади ва тез алданади», – деганлар. Бу дегани содда бўлиб алданиб қолиш керак, дегани эмас. Бу бизнинг фитратимиз. Чунки софлик соддаликни тақозо қилади. Ўта пишиқ бўлишда соддалик бўлмайди.


Мўмин зийрак бўлади


– Шу билан бирга, мўмин одам зийрак бўлиши афзал ҳисобланади. Фиқҳимизда бу масала баён қилинади. Aйтиладики, бир одам бошига жароҳат етиб, савдода тез алданиб қоладиган бўлади. Унга биз қиёс қилиб содда одамни олишимиз мумкин. Шу кишига эслатма қилиб, Пайғамбаримиз: «Aлданиб қоладиган ҳолатда бўлсанг, шеригингга Исломда алдаш йўқлигини эслатиб тургин», – деганлар.


***

Албатта, ҳар бир жиноят содир этилишида унинг мотиви, сабаби бўлади. Жиноятчи ҳам ўз-ўзидан жиноятчи бўлиб қолмайди ёки онадан жиноятчи бўлиб дунёга келмайди. Хўш, фирибгарлик психологияси нима? Оддий, содда бир инсоннинг фирибгарлар қурбони бўлиб қолмаслиги мумкинми? Бу каби саволларга психолог Зебинисо Аҳмедова жавоб берди.
Зебинисо Аҳмедова
Фирибгарлик шахсият муаммосими ёки жамият?

– Жамият индивидуалликдан шаклланган. Яъни битта хусусийлик вужудга келиб умумийликка айланган. Шу хусусийликнинг ичида товламачилик, фирибгарлик, бировнинг ҳақидан қўрқмаслик уруғланса, бу юқумли бўлади. «Aҳмадбой воқеаси»да ҳам бир киши келиб, шу ишни қилди. Жуда катта натижага эришдим деганидан кейин унга бошқалар эргашди. Бу оломон психологияси дейилади.


Қачонки, жамиятнинг ичида фильтр, яъни ўз хавфсизлигини таъминлаш, қонун устуворлигига шахсан ҳар бир инсон ўзи жавобгар эканлиги тан олинмаган тақдирда оломон психологияси ишлаб кетади.


Тарбия инсонни фирибгар қилади


– Бола раҳмсизликка ўргатилса, у раҳмсизликни ўрганади. Ота-она болани калтаклаб, раҳм қилмай жабр етказса, болада раҳмсизлик шаклланади. Бола ичидаги аламзадалик, нафратни бошқа йўллар билан ўзгаларга қўллай бошлайди. Яъни бир инсон пешона тери билан топган пулини, уйсиз қолаётганини олдиндан билса-да, ниятидан қайтмайди.


Фирибгарлик қандай пайдо бўлади?


– Бола ўз қарорини, таҳлилий фикрлаш қолбилиятини йўққа чиқариб тарбияланса, унда фирибгарликка мойиллик пайдо бўлади. Бола бирор нарсага дуч келганда бу нима, бу қонунийми, менга керакми, деган танқидий саволларга жавоб бериши керак. Болада бу нарса йўқ қилинса, фильтр йўқолади. Болага бирор киши бирор нарсани таклиф қилганда, бола ўз чегарасини билиб, таклиф қилинган нарсани инкор қила олиши керак.


Фарзанддаги шу чегаранинг ичида «менинг ориятим бор, менинг мулким бор», деган инкор қилиш қобилиятини ота-она шакллантирмаса, жамиятда шаклланиши жуда қийин бўлади. Бу қобилият фақатгина йўқотишлар, азобланишлар билан шаклланади ёки шаклланмай, ўша фирибгарликка дучор бўлган инсоннинг ўзи ҳам бошқаларга фирибгарлик қилиб, йўқотганларини қайтадан топиш илинжи билан яшашни бошлайди.


Жамиятнинг ривожланиши ота-оналарга боғлиқ. Улар фарзандларига раҳм, меҳр, қонун устуворлиги туйғусини тарбия асоси қилишса, бола ҳаётда ўзи ҳам товламачи ҳам, жабрдийда ҳам бўлмайди.


Осон йўл билан пул топиш тарғиботи – нотўғри


– Телевидениеда меҳнат қилмасдан эришиладиган кир ювиш машинаси ютиб олишга, енгил автомобиль соҳибига айланишга тарғиб бўляпти. Телевидение, радио бир хил йўналишга ўтиб олишган.


Инсон ўзини алдамаслиги керак. Ҳар бир имзо, ҳар бир қадам таҳлил орқали қўйилиши керак. Aлданмайдиган инсонлар кўп бўлса, алдайдиганлар ҳеч нима қилолмайди.


***

Фуқаролар фирибгарлар домига қандай илиниб қолмоқда?

Айни саволга бевосита фирибгарлардан жабр кўрганлар қандай жавоб беришади? Kun.uz мухбирлари бу иш борасида жуда кўплаб жабрдийдалар билан учрашган, улар билан мулоқот қилган. Уларнинг сўзларидан қилинадиган хулоса шуки, мақсадга қандай бўлмасин эришиш ҳамда ҳаддан ортиқ ишонувчанликлари ва мавжуд маълумотни текшириб кўрмаслиги, бирор ҳуқуқшунос билан маслаҳатлашмаслигидир.


Хўш, фирибгарларнинг ўзлари ҳам ўзларини «фирибгар» деб билишадими, тан олишадими? Йўқ, албатта. Уларнинг ҳеч бири қилмишини тан олмайди, аксинча, мақсади одамларга ёрдам бериш бўлганини таъкидлашади.


Кўрсатув интиҳосини «Фирибгарга шайтоннинг ҳаваси келар», «Заргар фирибгар бўлса, олтин занглар» сингари халқ мақоллари билан якунлаш ниятидамиз. Ҳақиқатдан ҳам фирибгар ўзи қилаётган иш қанчалик чиркин эканини англамас экан, бу жиноят билан боғлиқ рақамлар, улардан жабр кўрганлар сони кўпаймайди, деб ҳеч ким кафолат бера олмайди.


Биз жамият сифатида мақсадга кимнидир алдаш ёки қайсидир фирибгарга мурожаат қилиш билан эмас, мушкул ва мураккаб кўринса-да, ҳалол меҳнат орқали эришишни тарғиб қилишимиз, фарзандимизни тўғри йўналтиришимиз лозим.




Сўнгсўзимиз эса, фирибгарга алданманг, ўзингизни ва яқинларингизни асранг!.
Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish