Iv-bоb. Hayot faoliyati xavfsizligi. Ekologiya 1 Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish



Download 23,6 Kb.
bet1/4
Sana18.07.2022
Hajmi23,6 Kb.
#819950
  1   2   3   4
Bog'liq
HFX TAYYOR


IV-BОB. Hayot faoliyati xavfsizligi.Ekologiya
4.1 Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish

«Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo’ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo’llarini o’rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.


Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko’rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o’rganish bo’yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o’rin tutadi.
Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo’llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog’lom ish sharoitlarini yaratish bo’yicha nazariy bilim berish va amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iboratdir.
Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o’rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о’zlashtirishlari lozim:
– mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;
– mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;
– mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
– mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko’rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar:
– ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo’yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;
– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
– mehnat xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o’rganish;
– xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish уo’llari;
– sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo’yicha sanitar-gigiyenik tadbirlar;
– ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavf-sizlik qoidalari;
– yong’in xavfsizligi. Yong’inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, yong’inni o’chirish texnika vositalari va usullari;
– jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibi va qoidalari. Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o’rganish bilan quyidagilarni amalda udda-lashlari lozim:
– xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;
– mehnat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;
– xavfsizlik texnikasi bo’yicha уo’riqnomalar («instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish 6 tartiblarini bilish;
– malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash;
– mehnat muhofazasi bo’yicha ko’rsatmalar («instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o’rganish;
– ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigiyenik holatini belgilovchi ko’rsatkichlarni (gazlanganlik va chang-langanlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, хопа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish;
– o’t o’chirgichlar va o’t o’chirish texnikalarini ishlata bilish;
– jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Insoniyatning uzoq o’tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksio-maviy xususiyatga egadir. Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo’lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo’lmaydi.
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, уa’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o’rganishni talab etadi. Shu sababli, inson mehnat faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384–322-yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7- noyabr 1994-yildagi 538-sonli qaroriga asosan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga o’tkazildi va bи masalada bosh mutasaddi qilib Mehnat vazirligi tayinlandi. Keyinchalik Vazirlar Mahkamasining 16-fevral 1995-yildagi 58- son qarori bilan Mehnat vazirligi qoshida «Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi» tuzildi. Bu boshqarmaning vazifasi respublikamizdagi korxona va muassasalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan barcha tashkiliy va texnikaviy muammolarni o’z vaqtida yechilishini nazorat qilish hamda xavfsizlik mezonlarini muhokama etish va tasdiqlash jarayonida ishtirok etishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligi xizmatini bevosita tashkilotning bosh rahbari boshqaradi. Unga amalda bu xizmatni tashkil etish uchun uning yordamchisi va asosiy mutasaddi shaxs sifatida texnika xavfsizligi muhandisi tayinlanadi va unga hamkorlik uchun ko’р yillik ish tajribasiga ega bo’lgan muhandis hamda texnik xodimlar, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’zlari saylagan vakillari jalb etiladi.
Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan jarohatlanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi-xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining birdan bir maqsadi, mehnat muhofazasi qonun-qoidalariga ishchi va xizmatchilarning e’tiborini oshirish, sog’lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishni yagona, to’g’ri yechimini aniqlash hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq etishga tavsiya qilishdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish – bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigiyenik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko’pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xususiyatiga bog’liq holda aniq va yashirin bo’lishi mumkin. Aniq xavf ko’zga ko’rinarli tashqi belgilari bilan tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko’tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo’lishi bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga, halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo’rin, уa’ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto’g’ri harakati kabilar ham kiradi.
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish – bu murakkab muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta e’tibor berishni talab etadi.



Download 23,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish