I MAVZU: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING
TA’MINLASH ASOSLARI
Режа:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibi, maqsad va vazifalari.
3. Inson hayotiga tahdid soluvchi xavf-xatar turlari.
4. Xavf, sabab va oqibatlar, хavfsizlikni o‘rganish tartibi.
5. Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari, usullari va vositalari.
6. Mutaxassis sog‘lig’ini saqlash va xavfsizlikdagi o‘rni hamda majburiyatlari.
Tayanch iboralar: hayot faoliyati xavfsizligi, xavf-xatar, xavf, real va yashirin
xavflar, sabab, oqibat, salomatlikka tahdid, nomutanosiblik,
diskomfort, baxtsiz hodisa, gomosfera, noksosfera.
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining diqqat markaziga qo‘yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayot faoliyat xavfsizligi – bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati uning faoliyatini tashkil etadi.
Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan atrof - muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi va shu bilan birga har doim uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq bo‘lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani o‘z tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bo‘limlarini qamrab olgan. Hayot faoliyati xavfsizligi prinsip va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqyosda qo‘yadigan va hal qiladigan fan hisoblanadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasida ko‘p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanadi. Faoliyat – insonning jamiyatda mavjud bo‘lishi uchun kerakli sharoit bo‘lsa, mehnat esa faoliyatning yuqori shakli hisoblanadi.
Hayot xavf-xatarga to‘la. Uni to‘g‘ri baholay olmaslik juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda inson tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-hatar dunyosida yashaydi va ishlaydi. Shu xavf-hatarlar natijasida juda ko‘p insonlar nogiron bo‘lib qoladilar, kasallanadi va hayotdan ko‘z yumadilar. Ana shunday xavf-xatarlardan jamiyatni, shaxsni va davlatni himoya qilishni Hayot faoliyati xavfsizligi fani o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |