O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


– O’qituvchilar o’z maoshlarini qanday qaytarib olishlari mumkin?



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


O’qituvchilar o’z maoshlarini qanday qaytarib olishlari mumkin?


136 
miqdorining oldi olingan zarardan oshib ketishi harakatni oxirgi zarurat 
chegarasidan chetga chiqish deb topilishiga olib keladi.
Qilmishni oxirgi zaruratda sodir etilgan deb topish va uning qonunga 
muvofiqligini baholash surishtiruv, tergov va sud organi xodimlaridan juda ko’p 
holatlarni tahlil qilishni talab qiladi. Buning uchun xavfning xususiyati va darajasi, 
yuz berish vaqti, shaxslarning imkoniyatlari, ruhiy holatlar va boshqa vaziyatlar 
inobatga olinishi zarur.
Oxirgi zarurat o’zining ko’pgina jihatlari bilan zaruriy mudofaadan ajralib 
turadi. Jumladan, zaruriy mudofaada tajovuzchining harakati xavf manbai bo’lib, 
oxirgi zaruratda insonning xavfli qilmishidan tashqari fors-major holatlari ham 
xavf manbai bo’lishi mumkin. Xususan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish 
uchun zaruriy mudofaa emas, balki oxirgi zaruratdan foydalanish lozim bo’ladi.
Shuningdek, zaruriy mudofaada tajovuzdan qochib yoki yordam so’rab 
murojaat qilish imkoni bo’lsa, oxirgi zaruratda bunday murojaat uchun vaqt 
bo’lmaydi. Faqat zarar yetkazish orqali xavfni bartaraf etish mumkin bo’ladi.
Zaruriy mudofaada zarar tajovuzchiga faol harakat orqali yetkaziladi. Oxirgi 
zarurat uchinchi shaxslar manfaatlariga zarar keltiradi va u nafaqat harakat, balki 
harakatsizlik vositasida ham yuz berishi mumkin.
Zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat o’rtasidagi asosiy farqlardan yana biri 
yetkazilgan zararning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Zaruriy mudofaada zarar bartaraf 
etilgan zarar miqdoriga teng yoki ko’p bo’lishi mumkin. Oxirgi zaruratda esa 
yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo’lishi talab etiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida zarar 
yetkazish 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash tegishli huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda oddiy fuqarolar tomonidan odil 
sudlovga ko’maklashish maqsadlarida amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali asoslarga 
ega bo’lgan bunday harakat doim silliq kechmasligi mumkin. Jamiyat uchun xavf 
tug’diruvchi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar 


137 
yetkazish foydalilik xususiyatlari uchun qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi 
holat deb topiladi.
Jinoyat kodeksining 39-moddasidan mazkur holatning huquqiy asoslari o’rin 
olgan: “Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga 
topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun 
zarur bo’lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo’lsa, jinoyat deb 
topilmaydi”. Jinoiylikni istisno qiluvchi mazkur holatning quyidagi alomatlari 
mavjud bo’ladi:

ushlanayotgan shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan bo’lishi;

ushlanayotgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish harakatning 
maqsadi bo’lishi kerakligi; 

ushlash vaqtida ma’lum darajada zarar yetkazilish fakti mavjud bo’lishi; 

qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun zarur bo’lgan choralardan 
chetga chiqmaslik zarur.
Xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash O’zbekiston Respublikasining 
Jinoyat-protsessual kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash tegishli huquqni himoya qiluvchi organlar 
xodimlari uchun majburiyat hisoblanib, oddiy fuqarolar uchun burch sanaladi. 
Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari uchun xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashning tartib-qoidalari ularning xizmati davomida o’rgatib boriladi. 
Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari ta’qib sharoitida maksimal darajada 
oddiy fuqarolar va ularning mulklariga zarar yetkazmaslikka harakat qilishadi. 
Shuningdek, ushlanayotgan shaxsga zarurat taqozo etmaydigan holda qasddan 
zarar 
yetkazmaslik 
choralarini 
xizmatlari 
davomidagi 
o’quv-mashg’ulot 
jarayonlarida o’zlashtirishadi. Oddiy fuqarolar bunday qoidalarni bilmasliklari, 
natijada ushlash usullariga mos kelmaydigan sharoitda me’yoridan ortiq zarar 
yetkazib qo’yishlari mumkin. Shu bois ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxslarni ushlash fuqarolar uchun majburiyat emas, balki burchlar qatoriga 
kiritilgan.


138 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga har bir fuqaro 
egadir. Ushlash jarayonida ushlash vositalari va usullari, qilmish va uni sodir 
etuvchi shaxs xavfliligi darajasi, ushlash sharoiti nuqtai nazaridan ta’qib 
qilinayotgan shaxsning qarshiligi to’xtatilguncha yetkazilgan zarar javobgarlikdan 
ozod qiladi. Bu darajani buzish ushlanayotgan shaxsga ushlash chegaralaridan 
chetga chiqib zarar yetkazishga olib keladi.
Ta’qib qilinayotgan shaxsni ushlashda yetkazilgan zarar qonuniyligini 
baholashda xavfli qilmish sodir etgan shaxsning harakatlari, ta’qibchining 
imkoniyatlari, ruhiy holati va boshqa holatlar inobatga olinishi lozimligi jinoyat 
qonunchiligida belgilangan. Yetkazilgan zararni qonuniylik darajasini belgilovchi 
bir qator talablar mavjud. Shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi, uning 
qilmish tufayli kelib chiqadigan javobgarlikdan qutulish uchun qochishga harakat 
qilishi, uni ta’qib qilish jarayonida zarar yetkazmasdan tutishning iloji 
qolmaganligi, zarar yetkazishda qasd yoki g’arazli va past niyatlar 
ko’zlanmaganligi, maqsad hokimiyat organlariga topshirishdan iborat bo’lishi 
mana shunday talablar qatoriga kiradi.
Etkazilgan zarar ushlanayotgan shaxsning sog’lig’i va mulkiga qarshi 
qaratilib, uni hayotdan mahrum qilish darajasiga olib chiqmaslik lozim. Agar 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida uning qarshiligini 
yengib o’tib badanga og’ir yoki o’ta og’ir tan jarohatini yetkazish yoki o’ldirib 
qo’yish tegishli moddalar bilan javobgarlikka sababchi bo’ladi. Jazo belgilanishida 
foydali maqsadlar ko’zlangani uchun yengillashtiruvchi holat sifatida qaraladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida yetkazilgan zarar 
qilmishni sodir etgan shaxsning yetkazgan zarari bilan teng yoki ko’p bo’lishi 
mumkin emas. Masalan, bezorilik (277-modda) jinoyatini sodir etgan shaxsni 
ushlash vaqtida unga yetkaziladigan zarar jinoiy qilmishi xususiyatlaridan kelib 
chiqib baholanishi lozim. Bezorilik sodir etib qochayotgan shaxs terrorizm (155-
modda) jinoyatini sodir etgan shaxs darajasida qattiq qarshilik ko’rsatmasligi 
amaliyotdan ma’lum. Shu bois ushlash jarayonida jinoyat va jinoyatchining 
xususiyatlari inobatga olinishi lozim bo’ladi.


139 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish