O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi buyruq yoki boshqa vazifani ijro 
etish holati bo’ysinuv tartibidagi shaxslar yoki mansab vazifasini bajarayotgan 
shaxslarga bog’liq doirada yuz beradi. Jinoyat kodeksi 40-moddasida shaxsning 
buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan 
bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo’lsa, jinoyat deb topilmasligi belgilangan.
Buyruq davlat organi, korxona, tashkilot va muassasaning muayyan huquq 
va vakolatlarga ega bo’lgan boshlig’ining muayyan bir harakatni bajarish yoki 
bajarmaslik haqidagi og’zaki yoki yozma topshirig’idir. Buyruq bo’ysinuv 
tartibida berilganda, jamoa va mehnat shartnomasida, ustav va nizomlarda hamda 
boshqa hujjatlarda bo’ysunishi belgilangan xodimning bajarishi talab etiladi. 
Buyruq xodimning o’z vazifasini bajarishi doirasida berilsa, u qonuniy tusga ega 
bo’ladi. Agar berilgan buyruq xodimning xizmat vazifalariga mos kelmasa, u 
buyruq kuchiga ega bo’lmaydi va bajarish majburiy emas. Masalan, bank 
boshqaruvchisi bankning iqtisodchisiga uyiga borib yollanma ustalarga qarashib 
yuborish haqida buyruq bersa, bu buyruq maqomiga ega bo’lmaydi. Bunday 
majburlovni bajarmaslik huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Buyruqning vakolatli shaxs tomonidan berilganligi, uni ijro etish 
majburiyati yuklatilgan shaxsning ma’lum bir harakatni bajarishi zarurligi qonun 
va qonunosti aktlarida belgilangan talabdir. Ushbu talab buyruq ko’rinishidan 
tashqari, Prezident Farmoni yoki farmoyish ko’rinishida bo’lishi ham mumkin. 
Qonuniy asoslarda berilgan buyruq iltimos, murojaat yoki shikoyatdan farq qiladi. 
Rahbar tomonidan berilgan buyruq to’g’ridan-to’g’ri, telefon yoki internet, 
xat, faks orqali, og’zaki yoki yozma bo’lishidan qat’iy nazar, ijro mas’uliyati 
yuklatilgan shaxsdan bajarishni talab qiladi. Buning uchun berilgan buyruq 
rahbarning 
vakolati 
doirasida 
berilishi 
hamda 
xodimning 
funktsional 
majburiyatlariga mos bo’lishi zarur.
Ayrim buyruqlar yozma shaklda rasmiylashtirilishi zarur bo’lib, unga rioya 
etilmaganlik buyruqni haqiqiy emas deb topilishiga olib kelishi mumkin. Agar 


140 
uning rasmiylashtirilishi bilan bog’liq muammolar vujudga kelib, rahbar va xodim 
o’rtasida bir-biriga teng muammoli vaziyatlar paydo bo’lsa, ish xodimning 
foydasiga hal etilishi zarur. 
Rahbar buyruq berar ekan, buning uchun mas’uliyat uning zimmasiga 
tushadi. Qonuniy berilgan buyruqni bajarmaslik xodimga nisbatan intizomiy chora 
qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Intizomiy jazo xayfsan, oylik ish haqidan 30, ayrim 
hollarda 50 foizigacha jarima hamda mehnat shartnomasini bekor qilinishidan 
iborat bo’lib, rahbar buyruqni bajarmagan, uni bajarishdan oshkora bosh tortgan 
xodimni ulardan biri bilan jazolashi mumkin.
Rahbar tomonidan beriladigan buyruqlar xodimning sha’ni, qadr-qimmatini 
pasaytirmasligi, uni kamsituvchi shakllarda bo’lmasligi zarur. Shu bilan birga 
g’ayriqonuniy, jinoyatga yetaklovchi asoslarda berilishi kerak emas.
Jinoyat qonunchiligi g’ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki 
farmoyishni bajarmagan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi. Buning uchun 
uning harakat yoki harakatsizligida boshqa jinoyat tarkibining ob’ektiv va 
sub’ektiv alomatlari mavjud bo’lmasligi kerak. 
Rahbar tomonidan berilgan buyruq g’ayriqonuniy ekanligini bila turib uni 
bajarish ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish deb baholanadi. Jinoyatdagi 
ishtirokchilik vujudga kelib, rahbar tashkilotchi, ijro etuvchi bajaruvchiga aylanib 
qoladi.
Buyruqni ijro etuvchi o’z mansab vazifasi doirasida berilgan buyruqqa itoat 
etishi kerak. U buyruqsiz ham shartnoma va normativ hujjatlarda belgilangan o’z 
majburiyatlarini bajarishi mehnat vazifalariga kiradi. Uning o’z vazifasini vijdonan 
bajarishi boshqacha oqibat kelib chiqishiga sababchi bo’lsa, aybsizligi bilan 
bog’liq holati aniqlanishi zarur. Buning huquqiy asoslari jinoyat qonunchiligida 
o’z o’rnini topgan. JKning 24-moddasidagi me’yorlarga asoslanadigan bo’lsak, 
shaxs o’z qilmishining xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va 
lozim ham bo’lmagan, xavfli oqibatlarga ko’zi yetmagan, bunga ko’zi yetishi 
mumkin va lozim ham bo’lmagan bo’lsa, uning qilmishi aybsiz holda sodir etilgan 


141 
deb hisoblanadi. Bunday holda buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish jinoyatni 
istisno qiluvchi holat deb topilishi uchun asos bo’ladi. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish