O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


Uning harakatlarini baholang.


154 
ozodlikni mahrum qilish jazosi ijro etiladigan joylarida muddatni o’tagan 
shaxslarning ko’pchiligi erkinlikda yurgan fuqarolar ega bo’lmagan ko’pgina 
salbiy ko’nikmalarni o’zlashtirib oladi. Koloniya va turmalardagi boshqa 
jinoyatchilardan o’zlashtirilgan salbiy sifatlar ularni jamiyat uchun yanada 
xavfliroq bo’lib qolishiga olib keladi. Shu bois birinchi marta jinoyat sodir etgan 
shaxslarni iloji boricha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijro etiladigan koloniyalar 
va turmaga yuborishdan chekinish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Jinoyatni ilk marta sodir etgan deb topilishida ba’zi bir xususiyatlar ham 
inobatga olinadi. Xususan, avvallari sodir etgan qilmishi kam ahamiyatli qilmish, 
javobgarlikka tortish muddatlari o’tib ketganligi, qilmish yoki shaxsning o’z 
xavfliligini yo’qotishi, tomonlarning yarashuvi, pushaymonlikning amalda 
isbotlangani tufayli javobgarlikdan ozod qilingan bo’lsa, shaxs jinoyat sodir 
etmagan hisoblanadi. Undan keyingi qilmishi esa ilk marotaba qilingan jinoyat 
sifatida e’tirof etiladi.
Ayb masalasi jinoyat sub’ektiv tomonini tashkil etuvchi element hisoblanib, 
unda shaxsning sodir etilgan qilmishga nisbatan ruhiy munosabati aks etadi. U 
qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, qilmishni sodir etuvchi 
shaxs o’z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga aybini bo’yniga olib 
murojaat etishi lozim. Aybini bo’yniga olib arz qilishi jinoyat ishi ochilishidan 
oldin yoki ochilgach, qisqa muddatlarda amalga oshirilishi surishtiruvchi yoxud 
tergov organlari ishini nisbatan osonlashtirish va vaqtni qisqartirish imkonini 
beradi. Aybini bo’yniga olish to’g’risida arz qilish yozma yoki og’zaki, 
shuningdek elektron usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Jinoyat 
sodir 
etgan 
shaxsning 
o’z qilmishidan pushaymonligi 
javobgarlikdan to’liq ozod qilish uchun yetarli bo’lmaydi. Bu faqat 
yengillashtiruvchi holat sifatida ko’riladi. Shaxsning o’z qilmishidan amalda 
pushaymonligi uchun boshqa jihatlar ham kerak bo’ladi. Pushaymonlik amalga o’z 
isbotini topishi uchun jinoyatning ochilishiga faol yordam berishi, jinoyat sodir 
etgan shaxslarni fosh qilishda yordam berishi, yetkazilgan zararni o’z ixtiyori bilan 


155 
qoplashi, ijtimoiy foydali mehnat bilan bandligi, namunali xulqqa egaligi kabi 
holatlar ham mavjud bo’lishi talab etiladi.
Jinoyat ochilishiga faol yordam berish dalillarni to’plash, tergov va sudga 
jinoyat ishi uchun ahamiyatli barcha holatlarni ro’yi-rost aytib berish, tergov ishini 
yengillashtirishda namoyon bo’ladi. Tergovga yordam berish protsessual jarayonni 
qisqartiradi. Bu holat rag’batlantiruvchi ahamiyatga egadir.
Etkazilgan zararni qoplash jinoyat sodir etgan shaxsni o’z qilmishiga 
nisbatan o’zining ma’naviy munosabatining namoyon bo’lishidir. Zararni qoplash 
yetkazilgan jismoniy, moddiy va ma’naviy zarar uchun tovon to’lashdan iborat 
bo’ladi. To’lanadigan tovon majburiyatni bajarish, pul berish, uzr so’rash, 
harajatlar o’rnini to’ldirish, buzilgan predmet o’rniga boshqasini berish yoki unga 
tenglashtirilgan ashyoni berish kabi shakllarda bo’lishi mumkin. Zararni qoplash 
jabrlanuvchi tomonidan qoniqish hosil qilishni keltirib chiqarishi lozim. Zararning 
qoplanishi jabrlanuvchining ruhiy iztiroblari uchun amalga oshirilib, u uzr so’rash, 
ma’naviy zarar uchun kompensatsiya shaklidagi pul berish, harajatlarni to’ldirish 
shakllarida amalga oshiriladi. Agar jabrlanuvchi me’yoridan ortiq talablarni 
qo’yib, ayblanuvchi hisobidan asossiz boyib qolish istagida bo’lsa, sud mazkur 
holatni ham inobatga oladi. Yetkazilgan zarar ommaviy mulk bilan bog’liq bo’lsa, 
uning o’rni qoplanishdan tashqari, olinmay qolgan foyda hisobi ham chiqarilishi 
zarur bo’ladi. 
66-moddaning ikkinchi qismida Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli 
moddasida alohida ko’rsatilgan hollarda jinoyat sodir etgan shaxs sodir etgan o’z 
qilmishidan amalda pushaymon bo’lgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi 
lozimligi belgilangan. Ushbu qoida jinoyatni sodir etilishidan qat’iy nazar, amalda 
pushaymonlik uchun javobgarlikdan ozod qilinishini anglatadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish