Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1.
Qilmishni jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni tasniflang.
2.
Kam ahamiyatli qilmishlarning xususiyatlari nimalardan iborat?
3.
Zaruriy mudofaaning o’ziga xos jihatlarini ko’rsating.
4.
Oxirgi zarurat qanday vaziyatlarda vujudga keladi?
5.
Zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratning farqli jihatlarini ko’rsating.
6.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar
yetkazish qanday xususiyatlarga ega?
7.
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish nimalarga olib kelishi
mumkin?
8.
Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilikni
tavsiflang.
9.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish nimalarda namoyon
bo’ladi?
10.
Qilmishni jinoiyligini istisno qiluvchi qaysi holatlarning ijtimoiy
ahamiyatini tushuntiring.
10 BOB. JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH TURLARI
Javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat qonunchiligi ijtimoiy xavfli qilmishda jinoyat tarkibining elementlari
bo’lmasa javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Jinoyat qonuni bilan ta’qiqlangan,
jazoga sazovor hamda aqli raso shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmish jinoyat deb topilgani holda javobgarlik paydo bo’ladi. Javobgarlik o’z
navbatida jazo kelib chiqishini ta’minlaydi.
Jinoyatchilik amaliyoti davomida shunday holatlar ham bo’ladiki, ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etgan shaxs javobgarlikka tortiladi va jazolanishi kerak
148
bo’lgan vaqtda jazo qo’llashdan ozod qilinadi. Bunga muddatlarning o’tib
ketganligi, aybdorning qilmishidan pushaymonligi, yarashilganlik, kasallik va
boshqa omillar sababchi bo’ladi. Bunday omillar tufayli jinoiy qilmish o’zining
xavflilik xususiyatini yo’qotadi, uni sodir etgan shaxs jamiyat uchun xavf
solmaydi. Natijada javobgarlikdan ozod qilinadi. Bu quyidagi turlardan iborat
bo’ladi:
javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish;
qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo’qotganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish;
aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish;
yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish;
kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish;
amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish.
Javobgarlikdan ozod qilishning birinchi turi javobgarlikka tortish
muddatining o’tib ketganligi bilan bog’liqdir. Javobgarlikka tortish muddati
jinoyat sodir etilgan kundan hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanuvchi
muddatdir. Jinoyat sodir etgan shaxslar o’zlarining ijtimoiy xavfli qilmishlari va
uning oqibatlari haqida ma’lumot berishmaydilar. Ba’zan jinoyat sodir etilganligi
noma’lumligicha qoladi. Ayrim hollarda jinoyatning aybdorlari yoki isbotlovchi
dalillar topilmay, ish uzoq vaqtgacha cho’zilib ketadi. Muddatlarning o’tishi
qilmishning ijtimoiy xavfliligini kamaytirib boradi. Sodir etgan shaxsning o’zi
boshqa jinoyatga qo’l urmasa tuzalish yo’liga kirgan bo’ladi. Bunday hollarda
javobgarlikka tortish muddatlari o’tib ketganligi bois ishni yopish, qilmishni sodir
etgan shaxsni xavotirdan ozod qilish zarur bo’ladi. Muddatlarning o’tib ketganligi
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning to’rt xil shakli belgilangan bo’lib,
2018 yilgi Oliy Majlis tomonidan kiritilgan o’zgartishlardan so’ng, ular quyidagi
ko’rinishdadir:
149
Do'stlaringiz bilan baham: |