O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Ikki yo’lovchi taksiga qo’l ko’tardi. Mashinaga o’tirib manzilni aytishdi. Yo’lda
ketayotgan paytida ulardan birining telefoni jiringladi. Telefonda past ovozda
tushunarsiz jumlalar bilan gaplashgandan so’ng, haydovchiga “Opamni mashina
urib ketibdi” deb bozorga tezroq haydashni talab qildi. Bozorga kelishgach,
ikkala yo’lovchi odamlar orasiga yugurib kirib ketib, g’oyib bo’lishdi. Yo’lkira
haqini ololmagan haydovchi asabiylashib, ular o’tirgan o’rindiqqa qaradi va qora
rangli xo’jalik paketini ko’rdi. Uni qo’liga olib ichidagi narsa marixuana
ekanligini bilgunicha qo’liga tezkor xizmat xodimlarining kishani taqildi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.


159 
Yarashuv bo’yicha berilgan ariza qilmishni sodir etgan shaxsni 
javobgarlikdan ozod qilib, uni sudlanmagan deyish uchun asosni vujudga keltiradi. 
Jabrlanuvchidan ariza berilgan vaqtda uni qabul qilgan surishtiruvchi, tergovchi, 
prokuror yoki sud yarashuv sud tomonidan tasdiqlansa, mazkur ishni qayta tiklash 
haqida iltimosnoma berish huquqi tugatilishini tushuntirishi zarur. Zotan, yarashuv 
bo’yicha tugatilgan ishdan so’ng jabrlanuvchi va uning qonuniy vakillari qayta 
ariza kiritishdan mahrum bo’ladi.
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etilganligi tufayli shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun u 
o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglay olishi, xavfli oqibatlariga 
ko’zi yetishi, qonun bilan belgilangan yoshga yetganligi, aqli raso bo’lishi shart. 
Aqli rasolik o’z harakatlarini ahamiyatini anglay olishi hamda ularni boshqara 
olishi imkonini beradi. Agar shaxsning bunday qobiliyati buzilgan bo’lsa, ya’ni o’z 
harakatlarini anglay olmasa va ularni boshqara olmasa, uning javobgarligi masalasi 
sud tomonidan ko’rib chiqilishi zarur.
Jinoyat kodeksining 67-moddasi bilan belgilangan tartibga ko’ra, agar jinoiy 
qilmish sodir etgan shaxsning sud hukmigacha o’z harakatlari ahamiyatini anglay 
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda buzilishi yuz bersa 
javobgarlikdan ozod qilinadi. Mazkur qoida jinoyat sodir etgunga qadar ruhiy 
kasal va jinoyat qilgandan keyin ruhiy kasallikka chalinganlarga ham bir xil 
ta’sirga ega bo’ladi.
Ruhiy xastalikka chalinganlik yoki aqli zaiflik jinoyat qonunchiligining 
insonparvarlik, adolatlilik tamoyillariga asosan javobgarlik va jazodan ozod 
qilishni talab qiladi. Xastalik tufayli shaxs o’z harakatining ahamiyatini 
anglayolmaydi va buning natijasida o’zi va atrofdagilar uchun xavf tug’diradi. 
Bunday holatda shaxsga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari ko’rilishiga 
yo’l qo’yiladi. 
Kasallikka chalingan shaxslarni tibbiy ekspertizadan o’tkazish shart 
hisoblanib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasida belgilangan 


160 
asoslarga 
ko’ra tayinlanadi. Bunda gumonlanuvchi, ayblanuvchi va 
sudlanuvchining ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ijtimoif xavfli qilmishni sodir 
etayotgan paytda o’zini idrok va iroda qilish layoqati, javobgarlikning ahamiyatini 
tushunishi, ko’rsatuv berish va huquqlarini mustaqil himoyalay olish layoqatini 
aniqlash uchun ekspertiza belgilanadi. Ekspertiza belgilanganda JPKning 190-
moddasi asosida tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash bo’yicha ekspert 
tekshiruvi uchun namunalar olinishi mumkin.
Shaxsni ruhiy kasalliklarning to’rt guruhining biri bilan xastalanganligi 
bo’yicha gumon qilinsa, sud ekspertizasi o’tkazilishi uchun uni tibbiy muassasaga 
joylashtirish zarur bo’ladi. Bu holat Jinoyat-protsessual kodeksining 31-bobi bilan 
tartibga solinadi. Sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi o’tkazilishi 
maqsadida tibbiy muassasaga ko’pi bilan bir oyga joylashtirilishi mumkin. Bu 
muddat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan JPKning 423 va 438-moddalarida 
belgilangan tartibda hal etilib yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Jinoyat sodir etgan shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasa qamoqqa 
olinganlar yoki uy qamog’ida saqlanishi kerak bo’lgan shaxslar uchun 
moslashtirilgan bo’lsa, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi 
ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Bunday holda tibbiy muassasada bo’lgan vaqt 
qamoq yoki uy qamog’ida saqlash muddatiga qo’shib hisoblanadi.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylash uchun tergovchi va surishtiruvchi 
protsessual majburlov choralarini qo’llash asoslarini bayon etgan holda qaror 
chiqaradi. Qaror zarur materiallar bilan prokurorga yuboriladi, shuningdek qaror 
prokuror tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Agar qarorni asosli deb topsa, 
prokuror materiallarni sudga yuboradi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 
masalasi sud tomonidan yakka tartibda, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 
qirq sakkiz soat ichida ko’rib chiqiladi.
Tibbiy muassasada o’tkaziladigan sud-psixiatriya ekspertizasi shaxsni ruhiy 
kasalliklarning to’rt guruhidan biriga chalinganligini tasdiqlasa, sud javobgarlik 


161 
masalasini olib tashlaydi. Zarur hollarda ruhiy kasallikka chalingan shaxsga 
nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’llaniladi.
Majburlov chorasining qo’llanilishi shaxsning salomatligini tiklanishiga olib 
kelsa, shaxs tuzalganidan keyin javobgarlikka jalb etiladi. Bunda shaxsning to’liq 
sog’ayib ketganligi hamda javobgarlikka tortish muddatlarining o’tib ketmaganligi 
javobgarlik tiklanishi uchun asos bo’ladi. Shaxsning sog’ayib ketganligi ekspertiza 
xulosasi bilan tasdiqlanishi shart. Agar sog’ayish to’liq bo’lmay, statsionar 
davolanish hamda ambulator kuzatuvi shart bo’lgan, ruhiy xastalik holati 
takrorlanishi mumkin bo’lgan kasallar javobgarlikka jalb etilishi mumkin emas.
Javobgarlikka jalb etishda javobgarlikka tortish muddatlarining o’tishi 
umumiy asoslardan farq qiladi. Xususan, muddatlarni hisoblash jinoyat sodir 
etilgan kundan boshlanmay, balki tibbiy yo’sindagi majburlov choralari 
qo’llanilgan kundan muddatning o’tishi boshlanadi. Umumiy asoslarda 
tayinlanadigan jinoyat sodir etilgan davrdan boshlab 25 yillik muddatning o’tib 
tamom bo’lishi tibbiy yo’sindagi majburlov choralari muddatining ham o’tishini 
to’xtatadi. Javobgarlik butunlay bekor qilinadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish