O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


– Vaziyat qanday yakun topishini huquqiy tahlil qiling



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


Vaziyat qanday yakun topishini huquqiy tahlil qiling
.


133 
belgilangan yoshga yetganlik, jinoiy niyat kabi unsurlar orqali o’z xususiyatini 
ko’rsatadi.
Tajovuzning xavflilik darajasi uning usuli, ijtimoiy munosabatlarga 
yetkazadigan zarar miqdori, jamiyatda ishonchsizlik va tartibsizliklarni keltirib 
chiqarish imkoniyatlari va boshqa asoslar bilan aniqlanadi.
Zaruriy mudofaaning xavflilik darajasi va uning xususiyatlarini aniqlashda 
tajovuz nimaga qarshi qaratilganligini bilish muhim. Tajovuz natijasida 
yetkaziladigan zararning miqdori va darajasi zaruriy mudofaa chegarasini 
belgilaydi. Masalan, tajovuzchi qo’lida pichoq bilan hamla qilayotganda 
himoyalanuvchiga kanchalik zarar yetkaza oladi. Uni o’ldirishi yoki tan jarohati 
yetkazishi mumkinligi bunda muhim ahamiyatga ega. Tajovuzchi voyaga 
yetmagan, jussasi kichik va jismoniy baquvvat bo’lmasa, u o’ziga ikkita keladigan 
himoyalanuvchini o’ldira olishi anchagina qiyin bo’lib, faqat jarohat yetkazishi 
mumkin. Himoyalanuvchi uning hujumini bartaraf etib, pichoqni qo’lga kiritgan 
holda jabrlanuvchini o’ldirib qo’ysa, u zaruriy mudofaa chegarasidan chiqadi. 
Harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o’ldirish 
jinoyati deb kvalifikatsiya qilinadi. 
Himoyalanuvchining harakatini zaruriy mudofaa deb topish uchun tajovuz 
uyushtirilgan va u muqarrar holatga kelishi lozim, ya’ni uni to’xtatib qolish qiyin 
bo’lgan vaziyat yuzaga kelishi kerak. Zaruriy mudofaa tajovuz yakunlanishi bilan 
tugaydi. Agar zaruriy mudofaa natijasida tajovuzchiga yetkazilgan zarar oldi 
olingan zarar bilan teng yoki ko’p bo’lib tajovuzni bartaraf etish uchun yetarli deb 
hisoblansa, mudofaa harakati jinoyat deb topilmaydi. 
Zaruriy mudofaa har bir shaxsga tegishli huquq sanaladi. U har qanday 
tajovuz holatida himoyalanishi mumkin. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, 
himoyalanuvchi o’ziga yoki boshqalarga nisbatan tajovuz uyushtirilayotganda 
voqea joyidan qochib qutulib ketishi yoki yordam so’rab hokimiyat va huquqni 
himoya qilish organlari hamda boshqa shaxslarga murojaat qilish imkoniyati bor-
yo’qligidan qat’iy nazar, zaruriy mudofaani amalga oshirishi mumkin. Zaruriy 
mudofaa hamma uchun majburiy xarakterga ega emas. Chunki tajovuzchiga zarar 


134 
yetkazgan holda qolganlarni himoyalash hammaning qo’lidan kelmaydi. Huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning zaruriy mudofaa bo’yicha maxsus tayyorgarlik 
ko’rgan qismlari xodimlari bu yo’nalishda mutaxassis sanaladi. Lekin zaruriy 
mudofaa orqali davlat va jamiyat manfaatlari uchun yordam berish imkoni bo’lsa 
bundan jamiyatimiz yutadi.
Agar zaruriy mudofaa niqobi ostida pinhona maqsadiga erishishni ko’zlab, 
tajovuzchining qasddan hujum qilishi istagini qo’zg’atishi va buning oqibatida 
unga zarar yetkazishi zaruriy mudofaa deb topilmaydi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish