O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


Vaziyatga huquqiy baho bering


124 
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi va javobgarlikdan ozod 
qilmaydi. Chunki jinoyatdan ixtiyoriy qaytish jinoiy tajovuz tufayli zarar 
yetkazilishidan avval ro’y berishi lozim.
Ishtirokchilik uchun javobgarlik belgilanishida har bir ishtirokchining 
qilmishi alohida tahlil qilinadi va uning ayblilik darajasi aniqlanadi. Jazo 
tayinlanishida qilmishi uning ayblanishiga olib kelgan tegishli modda 
dispozitsiyasiga qay darajada mos kelishi inobatga olinadi. Aksariyat hollarda 
bajaruvchi va tashkilotchiga nisbatan og’irroq, dalolatchi va yordamchiga 
yengilroq jazo beriladi. Shuningdek, bajaruvchilarning voyaga yetmaganligi, 
dalolatchi yoki yordamchining o’ta xavfli retsidivist ekanligi jazoning 
tayinlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda ularning ijtimoiy xavflilik darajasi katta 
ahamiyatga ega bo’ladi.
Jinoyat huquqida jinoyatga daxldorlik tushunchasi mavjud bo’lib, u 
jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishi, suiqasd qilinishi va sodir etilishi jarayoni bilan 
bog’liqdir. Daxldorlik – oldindan va’da bermagan holda, hokimiyat organlariga 
jinoyatga tayyorgarlik ko’rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki sodir 
etilganligi haqida aniq bilgan holda xabar bermaslik hamda jinoyatchi, jinoyat 
sodir etish quroli va vositalari, jinoyat izlari yoki jinoyat orqali qo’lga kiritilgan 
narsalarni yashirganlik hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki, daxldorlik ikki xil holatni 
o’zida aks ettiradi. Birinchidan oldindan va’da bermagan holda hokimiyat 
organlariga 
xabar bermaslik
, ikkinchidan oldindan va’da bermagan holda 
jinoyatchi va jinoyatga bog’liq predmet hamda izlarni 
yashirganlik
.
Jinoyatga tayyorgarlik ko’rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki 
sodir etilganligi haqida aniq bila turib, hokimiyat organlariga xabar bermaslik 
uchun Jinoyat kodeksining 155
1
-moddasi va 241-moddalarida nazarda tutilgan 
hollarda javobgarlik kelib chiqadi. Ushbu moddalarni tahlil qiladigan bo’lsak, har 
ikki moddada og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar nazarda tutilganligini ko’ramiz. 
Xususan, terrorizm va uni moliyalashtirish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish 
maqsadida o’quvdan o’tish, chiqish yoki harakatlanish, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, qo’poruvchilik, jinoiy 


125 
uyushma tashkil etish, shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish, radioaktiv, 
bakteriologik, kimyoviy va boshqa qurollar bilan bog’liq jinoyatlar, poezd, havo, 
dengiz yoki daryo transportini olib qochish yoki egallab olish, tayyorgarlik 
ko’rilayotgan, sodir etilgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar haqida xabar bermaslik 
davlat va jamiyat uchun katta xavf tug’diradi.
Oldindan va’da bermagan holda jinoyatchi va jinoyatga bog’liq qurol va 
vositalar, jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalar va izlarni yashirganlik og’ir va 
o’ta og’ir jinoyatlar bilan bog’liq bo’lsa, bu ham daxldorlik sifatida javobgarlikka 
olib keladi.
Tayyorgarlik ko’rilayotgan, suiqasd qilingan yoki tamom bo’lgan har 
qanday jinoyatdan kimdir xabardor bo’lishi mumkin. Bu haqda tegishli huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot yetkazish o’sha xabardor fuqaro uchun 
burch hamda majburiyat hisoblanmog’i lozim. Zero jinoyatchilikka qarshi 
kurashga har birimiz mas’ulmiz. Jinoyat qonunchiligi ijtimoiy xavfi katta 
bo’lmagan hamda uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar haqida xabar berilmaganligi 
uchun javobgarlikni belgilamaydi. Bu fuqarolarimizning burchi sanaladi, burchni 
bajarmaslik jinoyatchilar tomonidan jinoiy faoliyatni davom ettirishiga yo’l ochib 
beradi. Jinoiy faoliyatdan jamiyat a’zolari, xatto xabardor bo’lib uni tegishli 
organlarga yetkazmagan insonlarning o’zi ham jabr ko’rishi mumkin.
Og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar sodir etilishining ijtimoiy xavflilik darajasi 
yuqori bo’lganligi uchun qonunchilik ular to’g’risida xabar berishni majburiyat 
darajasiga olib chiqqan. Kodeksning 241-moddasiga ko’ra, bu majburiyatni 
bajarmaslik javobgarlikka sabab bo’ladi. Jinoyatdan xabardor bo’lish va jinoyat 
haqida xabar bermaslikka va’da berish bir-biridan farqlanadi. Zotan, jinoyatning 
tayyorgarlik ko’rilish va suiqasd bosqichida jinoyat bo’yicha tegishli organlarga 
xabar bermaslik haqida oldindan va’da berish jinoyatga daxldorlik bo’lmay, balki 
ishtirokchilikka kirib qoladi. Chunki bunday va’da jinoyatchini xotirjam harakat 
qilishiga olib keladi.
Jinoyat haqida oldindan va’da bermagan holda yashirishning ham oqibati 
yaxshi bo’lmaydi. Jinoyatning yashirilishi yangi jinoyatlarga olib keladi. Jinoyat 


126 
kodeksi jinoyatchilik bilan bog’liq jarayonni huquqiy tartibga solishda kishilar 
o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini ham inobatga oladi. Insonlar o’rtasidagi 
ijtimoiy munosabatlarni jinoiy javobgarlik yoki jazo tufayli butunlay darz ketishiga 
yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu bois jinoyat sodir etilishida gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarning qilmishi haqida xabar bermasligi va 
yashirganligi uchun ularning qarindoshlariga javobgarlik belgilanmaydi. Bu yo’l 
bilan qarindoshlik rishtalarini saqlab qolish va jazoning maqsadlariga tezroq 
yetishish mumkin.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish