O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari
Ishtirokchilik turlaridan tashqari, jinoyat huquqida ishtirokchilik shakllari 
ham muhim o’ringa ega. Ishtirokchilik shakllari jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, 
sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlanishida jazoni og’irlashuviga olib keladi.
Jinoyat kodeksida ishtirokchilikning oddiy ishtirokchilik, murakkab 
ishtirokchilik, uyushgan guruh va jinoiy uyushma shakllari mavjud.
20-rasm. Ishtirokchilikning shakllari. 
Ishtirokchilik shakllarining xavflilik darajasi nisbatan kamroq bo’lgani oddiy 
ishtirokchilik hisoblanadi. Unda ishtirokchilarning tashkilotchi, dalolatchi, 
yordamchi kabi turlari bo’lmaydi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi, 
oldindan til biriktirilmaganligi oddiy ishtirokchilikning belgilariga kiradi. Oddiy 
ishtirokchilikdagi jinoyatlar ko’pincha qasddan odam o’ldirish yoki badanga 
shikast yetkazish jinoyatlarida ko’zga tashlanadi. Buni shunday tasavvur qilish 
mumkin. Masalan, ikki kishi janjallashib, mushtlashayotgan paytda, ularning 
tanishlari kelib qolib jarayonga aralashib ketishadi. Natijada kimdir shikastlansa 
yoki halok bo’lsa, bunda ishtirokchilik oddiy shaklda amalga oshirilgan 
hisoblanadi. 
ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til 
biriktirmay, jinoyat sodir etishda qatnashishi 
oddiy 
ishtirokchilik 
deb topiladi
ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til 
biriktirib, jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi 
murakkab ishtirokchilik 
deb topiladi
ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy 
faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga 
birlashishi 
uyushgan guruh 
deb topiladi
ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy 
faoliyat bilan shug’ullanish uchun oldindan 
birlashishi 
jinoiy uyushma 
deb topiladi


120 
Agar bajaruvchilar o’rtasida oldindan o’zaro kelishuv bo’ladigan bo’lsa, u 
holda murakkab ishtirokchilik shakli paydo bo’ladi. Ishtirokchilikning bu shaklida 
quyidagi belgilar mavjud: ikki yoki undan ortiq qatnashchining mavjudligi; 
oldindan til biriktirish; bajaruvchilar bilan birga tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchilarning 
bo’lishi mumkinligi. Murakkab ishtirokchilikda faqat 
bajaruvchilar bo’lishi ham mumkin. Bunda ishtirokchilar barcha vazifalarni o’zaro 
taqsimlab olishadi. Alohida rahbar va uning tashabbuskorligi shart bo’lmaydi, 
aksincha ishtirokchilarda tenglik qoidalari amal qiladi.
Murakkab ishtirokchilikning oddiy ishtirokchilikdan farqi oldindan til 
biriktirishida bo’lib, ijtimoiy xavfliligi yuqori bo’ladi. Oldindan kelishuv 
bajariladigan jinoiy harakatni aniq va tezkor asosda yakunlanishiga olib keladi. 
Bajaruvchilar sherigi nima ish qilishi mumkinligini, uni qanday himoya qila olish 
imkoniyatlari borligini sezib turadi. Reja ish bermasa, chekinish qanday bo’lishini 
ishtirokchilarning barchasi avvaldan biladi. Oddiy ishtirokchilik haqida bunday 
xulosa chiqarish qiyin.
Murakkab ishtirokchilikning uyushgan guruhdan farqi jinoiy faoliyatning 
olib borilishida ko’zga tashlanadi. Buning ma’nosi shuki, murakkab 
ishtirokchilikda bitta yoki bitta jarayonga bog’liq bir nechta jinoyat bo’lishi 
mumkin. Uyushgan guruh esa jinoiy faoliyatni muntazam yoki bo’lib-bo’lib olib 
boradi. Masalan, ikki ishtirokchi o’g’rilikka kirishdi va uy egasi uyg’onib qolgach, 
uning badaniga o’tkir jism bilan og’ir shikast yetkazib qochib ketishdi. Ular 
birdaniga ikkita jinoyatni sodir etishdilar. Ikkovining faoliyati shu bilan to’xtasa, 
bu murakkab ishtirokchilik sifatida tavsiflanadi. Agar ikkovi shunday yoki bundan 
boshqa jinoyatlarni ham sodir etishda davom etsa, ularni uyushgan guruh deb 
topish mumkin bo’ladi.
Uyushgan guruh murakkab ishtirokchilikdan ham xavfliroq sanaladi. Bunda 
ishtirokchilar bitta yoki bir jarayondagi bir necha jinotni sodir etish bilan 
cheklanmay, jinoiy faoliyatlarini muntazam davom ettiradi. Guruh a’zolari jinoiy 
faoliyat olib borish maqsadlarida birlashadi. Guruh o’zining tashkiliy tuzilishi, 


121 
uyushganligi, barqarorlik darajasi, vazifalar taqsimlanishi kabi xususiyatlarga ega 
bo’ladi.
Uyushgan guruhning o’z rahbari bo’lib, jinoiy faoliyat uning ko’rsatmalari 
bilan tartibga solib turiladi. Rahbarning irodasiga guruh a’zolarining bo’ysunishi 
va uning a’zolarga vazifalarni taqsimlashi tabiiy holat hisoblanadi. Guruhning 
faoliyati to’xtashi yoki tanaffuslar qilinishi yoki bitta jinoyat bilan yakunlanishida 
rahbarning ta’siri yuqori bo’ladi. Rahbar jinoiy faoliyatni muvofiqlashtirib turar 
ekan, jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni taqsimlash, o’tkazish, jinoyat 
izlarini yashirish kabi harakatlarga ham rahbarlik qiladi. Guruh a’zolari o’rtasida 
kelib chiqadigan ziddiyatlarni bartaraf etish bilan ham shug’ullanadi.
Guruh a’zolari jinoyatni sodir etish jarayonida jinoiy rejani batafsil bilishi 
shart hisoblanmasligi mumkin. Buni guruh rahbari yoki biror a’zosining o’zi 
bilishi, qolganlar o’ziga taalluqli vazifani olishi ham qilmishni uyushgan guruh 
sodir etgan deb topish uchun asos bo’laveradi. Shunisi ham borki, uyushgan guruh 
biror jinoyatni sodir etishda o’zlariga a’zo bo’lmagan boshqa shaxsdan foydalansa 
va u shu jinoyatning o’zi uchun jalb etilsa, jalb etilgan ishtirokchining holati 
murakkab ishtirokchilik deb topiladi. 
Uyushgan guruh oddiy kissavur, firibgar, o’g’ri, talonchi kabi 
jinoyatchilardan tarkib topsa, huquq-tartibot organlari uchun muayyan 
muammolarni vujudga keltiradi. Agar guruhga fan, texnika, tibbiyot, axborot 
tarmoqlari mutaxassisi, huquq-tartibot organlarining sobiq xodimlari jalb etilsa, 
uyushgan guruhning ijtimoiy xavflilik darajasi keskin ortib ketadi. Bunday 
jinoyatchi guruh davlat va jamiyat uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. 
Bundanda xavfliroq ishtirokchilik shakli faqat jinoiy uyushma bo’ladi. 
Jinoiy uyushma ishtirokchilikning yeng xavfli shakli bo’lib, u jinoiy faoliyat 
bilan shug’ullanuvchi uyushgan guruhlar birlashishidan hosil bo’ladi. Uyushgan 
jinoiy guruhlar birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan til biriktiradi. 
Jinoiy uyushma tuzish holatining o’zi jinoyat deb topilib, u kesik tarkibli jinoyatlar 
toifasiga kiritiladi. Boisi uyushmaning tuzilishining o’zi tamom bo’lgan jinoyat 


122 
hisoblanib, jinoiy oqibatning kelib chiqishi shart emas. Bu JKning 242-moddasida 
o’z aksini topgan. 
Jinoiy uyushma o’zida kamida ikkita uyushgan guruhni birlashtiradi. 
Uyushma piramidasimon tuzilishga ega bo’ladi. Har bir uyushgan guruhning 
rahbari uyushma rahbariga bo’ysunadi. Uning topshiriq va ko’rsatmalari bilan ish 
ko’radi. 
Jinoiy uyushma barqarorlikka ega bo’lib, uyushgan guruhlar yoki alohida 
a’zolar o’z xohishicha undan chiqib keta olmaydi. Boshqaruv qattiq tartib va 
intizomga quriladi. Vazifalar aniq taqsimlanib, qat’iy tartibda nazorat qilib 
boriladi. Oddiy fuqarolar bunday uyushma borligini umuman sezmasliklari 
mumkin. Boisi, jinoiy uyushma faoliyati uning a’zolari tomonidan qattiq sir 
saqlanadi.
Biz jinoiy uyushma haqida ko’pincha kinofil’mlar orqali tasavvurga ega 
bo’lamiz. Real voqelikda uyushmaning faoliyat doirasini aniqlash ancha qiyin. 
Jinoiy uyushmalar hozirgi davrda keng tarqalgan narkobiznes, qurol-yarog’, inson 
tana a’zolari savdosi kabi jinoiy ishlar bilan shug’ullanish orqali juda katta 
mablag’larga ega bo’ladi. Jinoiy uyushmalar bunday mablag’lar yordamida 
“yashirin iqtisodiyot” rivojlanishiga, moliya tizimining izdan chiqishiga, 
inflyatsiyaning avj olishiga, iqtisodiy islohotlarni boshi berk ko’chaga kirib 
qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Jinoiy uyushmalar noqonuniy mablag’larni 
sanoat, bank, xizmat ko’rsatish, transport, ko’chmas mulk kabi tuzilmalarga 
yo’naltirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga chuqur kirib borishi ijtimoiy va siyosiy 
boshqaruv tizimini ham xavf ostida qoldiradi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish