O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

 
Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Jazodan ozod qilishning sabablari nimalardan iborat bo’ladi? 


112 
2.
Jinoyat qonunida jazodan ozod qilishning turlarini tasniflang.
3.
Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod 
qilish tartibini tushuntiring. 
4.
SHaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan uni 
jazodan ozod qilish asoslarini ayting. 
5.
Aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan 
jazodan ozod qilish qanday amalga oshiriladi? 
6.
SHartli hukm qilish tartibi qanday bo’ladi? 
7.
Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslari nimalardan 
iborat? 
8.
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish tartibini tushuntiring.
9.
Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod qilish 
asoslarini aytib bering. 
10.
Amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish qanday amalga oshiriladi? 
11.
Avf etish asosida jazodan ozod qilish asoslarini ayting.
8 BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK 
 
Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
Har qanday ijtimoiy xavfi qilmish jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi 
uchun unda zaruriy elementlar va jinoyat tarkibining alomatlari mavjud bo’lishi 
kerak. Agar jinoyat bitta shaxs tomonidan sodir etilib, jinoiy oqibat kelib 
chiqishida uning o’zi aybdor bo’lsa, javobgarlik va jazoni belgilash birmuncha 
yengilroq kechadi. Har doim ham jinoyatlar yagona bajaruvchi tomonidan sodir 
etilavermaydi.
Ikki va undan ortiq shaxs ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar javobgarlik va 
jazo masalalarini belgilashda jiddiy yondashuvni talab etadi. Bunday jinoyatlar 
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar sanaladi hamda jinoyatda ishtirokchilik 
tushunchasini tashkil etadi.


113 
Jinoyatning rejalashtirilishi, tayyorgarlik ko’rilishi, suiqasd qilinishi, tamom 
bo’lishini yagona shaxs tomonidan amalga oshirilishi javobgarlikni bitta 
aybdorning zimmasiga yuklanishiga olib keladi. Ikki va undan ortiq shaxslarning 
jinoyatda qatnashishi vazifalarning taqsimlanishi, puxta rejalashtirilishi, aniq 
harakat qilinishi, jinoyat izlarini yashirishda tezkorlik ko’rsatilishi kabi jihatlarni 
ta’minlashi mumkin. Bir-biriga uzviy bog’liq jinoyatchilar birlashgan paytlarida 
ularning qo’rquv hissi ham chekinadi. Birgalikda harakat qilish asnosida bir 
ishtirokchi ikkinchisining vazifasini osonlashtirishi, kamchiligini bartaraf etishi, 
jinoyat izlarini yopishidan tashqari, yetkaziladigan moddiy zarar miqdorini ham bir 
necha barobar oshirib yuborishiga olib keladi. Shuningdek, yagona bajaruvchi 
tomonidan uddalash qiyin bo’lgan ishlarning oson bajarilishi ishtirokchilikdagi 
jinoyatlarni ijtimoiy xavfliligi yuqoriligini belgilaydi. 
Jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv alomatlar 
ishtirokchilikda sodir etilgan qilmishda mavjud bo’ladi. Jinoyatning ob’ektiga 
qaratilgan tajovuz qilmishning barcha ishtirokchilarining birgalikdagi harakati 
asosida amalga oshiriladi. Bunda barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlari Jinoyat 
kodeksi bilan ta’qiqlangan ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratiladi, ya’ni shu 
munosabatlarga zarar yetkaziladi.
Jinoyatda ishtirok etgan barcha qatnashchilarning ijtimoiy xavfli qilmishi 
tufayli kelib chiqqan oqibat uchun ularning barchasi javobgarlikka va jazoga 
tortiladi. Jinoyat tarkibi ob’ektiv tomonining tashkil qiluvchi fakul’tativ belgilar 
ishtirokchilarning qatnashganlik darajasini belgilab beradi.
Jinoyatning sub’ektlari sifatida ishtirokchilar aqli raso, o’z qilmishining 
xavflilik xususiyatini anglagan, kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatga ko’zi 
yetadigan shaxs bo’lishi talab etiladi. Agar ularning biri yoki bir nechtasi qonun 
bilan belgilangan yoshga yetmagan bo’lsa, jinoyatdagi qolgan ishtirokchilarning 
yelkasiga boshqa jinoyatni sodir etganligi aybini yuklanishiga sababchi bo’ladi.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning zaruriy sharti ikki va undan ortiq 
shaxsning birgalashib harakat qilishi bo’lib, ularning har ikkisi ham qonun bilan 
belgilangan yoshga yetgan, aqli raso shaxs bo’lishi lozim. Agarda ikki kishi 


114 
ishtirok etgan jinoyatda biri qonun bilan belgilangan yoshga yetgan, ikkinchisi 
voyaga yetmagan yoki ruhiy jihatdan o’z harakatini anglay olmaydigan hamda 
o’zini o’zi boshqara olmaydigan ruhiy kasallikka chalingan bo’lsa, bunday holat 
ishtirokchilikda sodir etilgan deb topilmaydi.
Voyaga yetmagan shaxsdan foydalangan holda yoki ruhiy nosog’lom 
shaxsdan foydalanib jinoyat sodir etish, jinoyat sodir etishga undash jinoyat 
qonunida og’irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi va qo’llaniladigan jazoning 
og’irlashuviga olib keladi.
Jinoyat tarkibining sub’ektiv tomoni ishtirokchilarni qasddan jinoyat sodir 
etganligini to’la asoslaydi. Xususan, ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etilishida 
ishtirokchilik mavjud bo’lmaydi. Jinoyatning motivi va maqsadi ishtirokchilarning 
umumiy jinoiy niyati birlashuvini ta’minlaydi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir nechta moddasida ta’qiqlangan ijtimoiy 
munosabatlarga zarar yetkazib, ularning barchasi ishtirokchilarning jinoiy niyati 
bilan qamrab olinmagan bo’lsa, unda har bir ishtirokchi jinoyatlar sodir etilishidagi 
ishtirokchilik darajasiga qarab javobgarlikka tortiladi va jazolanadi. Masalan, A. B. 
va V.lar o’g’rilikka kirib, o’zgaga tegishli bo’lgan mol-mulkni qo’lga kiritishdi va 
qaytayotgan paytlarida A. yo’lda tushib qolib uyiga ketdi. B. va V. o’g’rilik tufayli 
qo’lga kiritilgan pullarni bo’lishishlari jarayonida ikkisi o’rtasida nizo chiqib, B. 
V.ni pichoqlab o’ldirdi. Bunday holda A. o’g’rilik jinoyati uchun javobgarlikka 
tortiladi. Chunki ikki sherigining bir-biri bilan pichoqlashishiga uning aloqasi 
yo’q. B. esa o’g’rilik va qasddan odam o’ldirish jinoyatlarini sodir etganligi uchun 
javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ba’zi moddalarda “bir guruh shaxslar 
tomonidan”, ba’zi moddalarida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til 
biriktirib sodir etilsa” jumlalari ishlatiladi. Bu jumlalar ishtirokchilikning oddiy 
yoki murakkablik xususiyatlarini ochib beradi. oldindan til biriktirmay, bir guruh 
shaxslar tomonidan sodir etilishi ishtirokchilikning oddiy shakliga nisbatan 
ishlatiladi. Jinoyatning bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir 
etilishi 
murakkab 
ishtirokchilik 
shaklini 
ifodalaydi. 
Jinoyat 
qonunida 


115 
ishtirokchilikning uyushgan guruh va jinoiy uyushma shakllari ham mavjud bo’lib, 
ishtirokchilik shakllarining yuqori formalari hisoblanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish