Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1.
Jazodan ozod qilishning sabablari nimalardan iborat bo’ladi?
112
2.
Jinoyat qonunida jazodan ozod qilishning turlarini tasniflang.
3.
Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod
qilish tartibini tushuntiring.
4.
SHaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan uni
jazodan ozod qilish asoslarini ayting.
5.
Aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan
jazodan ozod qilish qanday amalga oshiriladi?
6.
SHartli hukm qilish tartibi qanday bo’ladi?
7.
Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslari nimalardan
iborat?
8.
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish tartibini tushuntiring.
9.
Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod qilish
asoslarini aytib bering.
10.
Amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish qanday amalga oshiriladi?
11.
Avf etish asosida jazodan ozod qilish asoslarini ayting.
8 BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK
Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
Har qanday ijtimoiy xavfi qilmish jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi
uchun unda zaruriy elementlar va jinoyat tarkibining alomatlari mavjud bo’lishi
kerak. Agar jinoyat bitta shaxs tomonidan sodir etilib, jinoiy oqibat kelib
chiqishida uning o’zi aybdor bo’lsa, javobgarlik va jazoni belgilash birmuncha
yengilroq kechadi. Har doim ham jinoyatlar yagona bajaruvchi tomonidan sodir
etilavermaydi.
Ikki va undan ortiq shaxs ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar javobgarlik va
jazo masalalarini belgilashda jiddiy yondashuvni talab etadi. Bunday jinoyatlar
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar sanaladi hamda jinoyatda ishtirokchilik
tushunchasini tashkil etadi.
113
Jinoyatning rejalashtirilishi, tayyorgarlik ko’rilishi, suiqasd qilinishi, tamom
bo’lishini yagona shaxs tomonidan amalga oshirilishi javobgarlikni bitta
aybdorning zimmasiga yuklanishiga olib keladi. Ikki va undan ortiq shaxslarning
jinoyatda qatnashishi vazifalarning taqsimlanishi, puxta rejalashtirilishi, aniq
harakat qilinishi, jinoyat izlarini yashirishda tezkorlik ko’rsatilishi kabi jihatlarni
ta’minlashi mumkin. Bir-biriga uzviy bog’liq jinoyatchilar birlashgan paytlarida
ularning qo’rquv hissi ham chekinadi. Birgalikda harakat qilish asnosida bir
ishtirokchi ikkinchisining vazifasini osonlashtirishi, kamchiligini bartaraf etishi,
jinoyat izlarini yopishidan tashqari, yetkaziladigan moddiy zarar miqdorini ham bir
necha barobar oshirib yuborishiga olib keladi. Shuningdek, yagona bajaruvchi
tomonidan uddalash qiyin bo’lgan ishlarning oson bajarilishi ishtirokchilikdagi
jinoyatlarni ijtimoiy xavfliligi yuqoriligini belgilaydi.
Jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv alomatlar
ishtirokchilikda sodir etilgan qilmishda mavjud bo’ladi. Jinoyatning ob’ektiga
qaratilgan tajovuz qilmishning barcha ishtirokchilarining birgalikdagi harakati
asosida amalga oshiriladi. Bunda barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlari Jinoyat
kodeksi bilan ta’qiqlangan ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratiladi, ya’ni shu
munosabatlarga zarar yetkaziladi.
Jinoyatda ishtirok etgan barcha qatnashchilarning ijtimoiy xavfli qilmishi
tufayli kelib chiqqan oqibat uchun ularning barchasi javobgarlikka va jazoga
tortiladi. Jinoyat tarkibi ob’ektiv tomonining tashkil qiluvchi fakul’tativ belgilar
ishtirokchilarning qatnashganlik darajasini belgilab beradi.
Jinoyatning sub’ektlari sifatida ishtirokchilar aqli raso, o’z qilmishining
xavflilik xususiyatini anglagan, kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatga ko’zi
yetadigan shaxs bo’lishi talab etiladi. Agar ularning biri yoki bir nechtasi qonun
bilan belgilangan yoshga yetmagan bo’lsa, jinoyatdagi qolgan ishtirokchilarning
yelkasiga boshqa jinoyatni sodir etganligi aybini yuklanishiga sababchi bo’ladi.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning zaruriy sharti ikki va undan ortiq
shaxsning birgalashib harakat qilishi bo’lib, ularning har ikkisi ham qonun bilan
belgilangan yoshga yetgan, aqli raso shaxs bo’lishi lozim. Agarda ikki kishi
114
ishtirok etgan jinoyatda biri qonun bilan belgilangan yoshga yetgan, ikkinchisi
voyaga yetmagan yoki ruhiy jihatdan o’z harakatini anglay olmaydigan hamda
o’zini o’zi boshqara olmaydigan ruhiy kasallikka chalingan bo’lsa, bunday holat
ishtirokchilikda sodir etilgan deb topilmaydi.
Voyaga yetmagan shaxsdan foydalangan holda yoki ruhiy nosog’lom
shaxsdan foydalanib jinoyat sodir etish, jinoyat sodir etishga undash jinoyat
qonunida og’irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi va qo’llaniladigan jazoning
og’irlashuviga olib keladi.
Jinoyat tarkibining sub’ektiv tomoni ishtirokchilarni qasddan jinoyat sodir
etganligini to’la asoslaydi. Xususan, ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etilishida
ishtirokchilik mavjud bo’lmaydi. Jinoyatning motivi va maqsadi ishtirokchilarning
umumiy jinoiy niyati birlashuvini ta’minlaydi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir nechta moddasida ta’qiqlangan ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetkazib, ularning barchasi ishtirokchilarning jinoiy niyati
bilan qamrab olinmagan bo’lsa, unda har bir ishtirokchi jinoyatlar sodir etilishidagi
ishtirokchilik darajasiga qarab javobgarlikka tortiladi va jazolanadi. Masalan, A. B.
va V.lar o’g’rilikka kirib, o’zgaga tegishli bo’lgan mol-mulkni qo’lga kiritishdi va
qaytayotgan paytlarida A. yo’lda tushib qolib uyiga ketdi. B. va V. o’g’rilik tufayli
qo’lga kiritilgan pullarni bo’lishishlari jarayonida ikkisi o’rtasida nizo chiqib, B.
V.ni pichoqlab o’ldirdi. Bunday holda A. o’g’rilik jinoyati uchun javobgarlikka
tortiladi. Chunki ikki sherigining bir-biri bilan pichoqlashishiga uning aloqasi
yo’q. B. esa o’g’rilik va qasddan odam o’ldirish jinoyatlarini sodir etganligi uchun
javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ba’zi moddalarda “bir guruh shaxslar
tomonidan”, ba’zi moddalarida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til
biriktirib sodir etilsa” jumlalari ishlatiladi. Bu jumlalar ishtirokchilikning oddiy
yoki murakkablik xususiyatlarini ochib beradi. oldindan til biriktirmay, bir guruh
shaxslar tomonidan sodir etilishi ishtirokchilikning oddiy shakliga nisbatan
ishlatiladi. Jinoyatning bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir
etilishi
murakkab
ishtirokchilik
shaklini
ifodalaydi.
Jinoyat
qonunida
115
ishtirokchilikning uyushgan guruh va jinoiy uyushma shakllari ham mavjud bo’lib,
ishtirokchilik shakllarining yuqori formalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |