Topshiriq
Qurilish firmasi ish yurituvchisi bino yaqinidagi chiqindilarni mashinaga yuklab
chekkaroq joyga olib borib tashlashni o’z xodimiga aytdi. Xodim buni
ekskavatorchi va haydovchiga topshirdi. Chiqindilarni yuklab qaerga olib borib
tashlashni so’raganida xodim buni bilmadi. Ish yurituvchiga telefon qilib tusha
olmadi va oxiri xohlagan joyiga tashlashi mumkinligini aytdi. Haydovchi
chiqindilarni eski soyning o’zaniga tashladi. Oradan ikki kun o’tib sel keldi va
chiqindini baliq boqiladigan hududga oqizib ketdi. Chiqindining ichidagi zaharli
moddalar 120 tonna baliqni qirilib ketishiga olib keldi. Zararni to’lash talab
etilganda, qurilish firmasi egasi bunda aybi yo’qligini aytib bosh tortdi. Ish
yurituvchi, xodim va haydovchi buncha puli yo’qligini aytishdi.
–
Baliqlarning zarari qanday qoplanadi?
118
dalolatchini jinoyatda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortish uchun to’la asos
bo’ladi. Jinoyatning kvalifikatsiya qilinishi hamda jazo belgilanishida unga
bajaruvchi darajasidagi holat beriladi.
Ishtirokchilikning turlari ichida yordamchi jinoiy harakatda to’g’ridan-
to’g’ri ishtirok etmasada, jinoyat sodir etilishida ko’plab funktsiyalarni bajaradi.
Ularni quyidagi shaklda tasavvur qilish mumkin:
19-rasm. Ishtirokchilikdagi yordamchining funktsiyalari.
Yordamchi jinoyat sodir etilishida bevosita qatnashmaydi, balki jismoniy va
ruhiy jihatdan ko’maklashish, yashirish va oldindan va’da berish orqali jinoyat
oxiriga yetishini tezlashtirishga sharoit yaratib beradi. Jinoyatlar sodir etilishi
uchun vositalar berish, to’siqlarni yo’qotishga ko’maklashish, jinoyatchini, jinoyat
quroli, izlari va vositalarini, jinoyat tufayli qo’lga kiritilgan narsalarni yashirish
yordamchining jismoniy yordami sanaladi.
Jinoyat sodir etilishiga ruhiy yordam berish bajaruvchiga maslahatlar,
ko’rsatmalar berish, jinoyat tufayli qo’lga kiritilgan narsalarni olish va o’tkazishga
oldindan va’da berishda ifodalanadi. Ruhiy yordam bajaruvchiga jismoniy
yordamdan kam ta’sir qilmaydi. Har ikki ko’rinishdagi yordam bajaruvchining
shashtini kuchaytiradi. Zero, yordamchining vositalari, jinoyat qurollari, transport
yoki pullari bajaruvchida jinoyatni oson yakunlashdek xotirjamlikni keltirib
chiqaradi. Uning yakuniy natija samarali bo’lishi mumkinligiga ishonchini
oshiradi. Yordamchining harakatlari qasddan sodir etilib, jinoyatni kvalifikatsiya
qilinishida ishtirokchi holatini belgilaydi. Xususan, yordamchi o’z harakatlarini
ko’makla
shish
• o’z maslahati bilan
• ko’rsatmalari bilan
• vositalar berish yo’li bilan
• to’siqlarni yo’qotish bilan
yashirish
• jinoyatchini
• jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini
• jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni
va’da
berish
• jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni olishga
• jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni o’tkazishga
119
amalga oshirar ekan, uning xavfliligi va oqibatlarini oldindan ko’ra oladi, bu holat
javobgarlik va jazo kelib chiqishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |