O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Oxirgi zarurat
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning keyingisi oxirgi 
zaruratdir. Oxirgi zarurat xususiyatlari jihatidan zaruriy mudofaaga o’xshab ketsa-
da, bu ikki tushuncha bir-biridan farqlanadi.
Oxirgi zarurat shaxsning xulqi, uning fiziologik holati, hayvonlar tajovuzi, 
tabiiy, mexanik va boshqa favqulodda holatlar sharoitida vujudga keladi. 
Shaxsning yoki boshqa shaxslar, davlat va jamiyat manfaatlariga tahdid soluvchi 
xavfni qaytarish uchun sodir etiladigan oxirgi zarurat qonun bilan qo’riqlanadigan 
huquq va manfaatlarga zarar yetkazadi. Bunday harakat shu xavfni boshqa choralar 
bilan oldini olish imkonini bermagan holatda sodir etilib, yetkazilgan zarar oldi 
olingan zararga qaraganda kamroq bo’lsa, jinoyat deb topilmasligi qonun yo’li 
bilan belgilangan. 
Oxirgi zarurat amalga oshirilishi uchun bir qator asoslar zarur bo’ladi. 
Xususan, inson omili asosda vujudga kelgan holatlar, tabiiy ofatlar, turli mexanik 
nosozliklar oxirgi zarurat qo’llanilishi uchun real shart-sharoitni yaratadi. Bunday 
holatlar shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi real xavfni 
keltirib chiqaradi degan asos bo’lishi inson harakati zaruriyatini oshiradi.
Huquq va manfaatlarga zarar keltiruvchi xavfli holatlarning yuzaga kelishi 
insondan qonun bilan qo’riqlanadigan tizimga zarar yetkazishni talab qilishi lozim. 
Masalan, bir-biriga tutash binolarga o’t ketib, butun majmua yonib kul bo’lish 
xavfi ostida qolsa, o’rtadagi binolardan birini buzib tashlash orqali qolgan 


135 
binolarni saqlab qolish zarur bo’ladi. Agar olov kuchli bo’lmay va boshqa 
binolarga zarar yetkazmaydigan holda bo’lsa, boshqa binoni buzish oxirgi zarurat 
sifatida baholanmasligiga olib keladi.
Oxirgi zarurat o’zining ijtimoiy foydaliligi, ilojsizlikdan amalga oshirilishi, 
zarar keltirib bo’lsada, boshqa zarar kelib chiqishining oldi olinishi kabi belgilarni 
namoyon etishi lozim. Bunda zarar yetkazish orqali kelib chiqadigan mulkiy, 
moddiy, jismoniy zararning oldi olinib, jamiyat uchun foydali ishlar amalga 
oshiriladi.
Oxirgi zaruratning muhim xususiyatlaridan biri yetkazilgan zarar oldi 
olingan zararga qaraganda kamroq bo’lishi lozim. Aytaylik, kemada yong’in chiqib 
olovni o’chirish uchun u cho’ktiriladigan bo’lsa, holatni oxirgi zarurat deb 
bo’lmaydi. Mabodo olov boshlanganda yuklarning bir qismini suvga tashlab, uni 
o’chirishga erishilsa, bu oxirgi zarurat bo’lishi mumkin. Chunki kema va yukning 
ma’lum bir qismi saqlab qolinadi. Yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning o’zaro 
mutanosiblikka ega bo’lishi harakatning oqlanishiga asos bo’ladi.
Oxirgi zaruratda zaruriy mudofaadan farqli ravishda zarar uchinchi shaxs 
manfaatlariga yetkaziladi. Shunday bo’lsada, oxirgi zarurat holatida manfaatlar 
himoyalanadi, zarar miqdori kamayishiga erishiladi. Aynan shunga yo’naltirilgan 
harakatlar qilmishni jinoiyligini istisno qilishga asos yaratadi. Yetkazilgan zarar 
Topshiriq
Maktab direktori o’g’lining o’qishga kirishidagi 10 baravarlik kontrakt to’loviga
qiynalib, o’qituvchi xodimlarining oylik maoshini institutga to’lab yubordi.
O’qituvchilar maosh ololmagach, uning ustidan xalq qabulxonasiga shikoyat
yozishdi. Prokuror direktorni chaqirdi va tushuntirish berishni so’radi. Direktor
og’ilxonasida ikkita boqilayotgan novvoslarini va kesib qo’yilgan 200 tup
teragini sotib pullarni qaytarishga va’da berdi. Ammo shu kuni kechasi elektr
simidan o’t chiqib, og’ilxona yonib ketdi. Teraklarga olov tegib yaroqsiz holatga
keldi. Novvoslar tutundan bo’g’ilib o’ldi. Direktor ko’rgan zararini aytib
o’qituvchilarning maoshlarini bir yilgacha to’lay olmasligini aytdi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish