O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib, kundalik hayotimizga 
yangiliklar tobora ko’proq kirib kelayotganligi hamda aholi ehtiyojlarining rang-
baranglashayotganligi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liqdir. Jahon 
mamlakatlari globallashuv davrida boshqalardan ortda qolib ketmaslik uchun fan 
va texnika taraqqiyotiga ulkan mablag’larni sarf etmoqda. Ilmiy-tekshirish 
institutlari, laboratoriyalar, tajriba maydonlarining miqdori va sifati oshib 
bormoqda. Davlatning o’zi tadqiqot ishlarini rag’batlantirmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari sohalarda yangiliklar, ixtirolarni kashf etishga 
yo’naltiriladi. Bundan maqsad xalq farovonligini ta’minlash, aholining ortib 
borayotgan ehtiyojlarini qondirish, qashshoqlikni kamaytirish, mamlakatni 
dunyoning ilg’or davlatlari qatoriga olib kirishga qaratiladi. Ilmiy-tadqiqotlar 
tizimiga 
yangi 
texnologiyalar, 
nisbatan 
xavfsiz 
asbob-uskunalar 
kirib 
kelayotganiga qaramay, izlanishlar davomida xatolarga yo’l qo’yilishi tabiiy 
holdir. Xalq farovonligi yo’lida olib borilayotgan izlanishlarda tavakkalchilik 
bo’lmas ekan, yangiliklar yaratilishiga erishib bo’lmaydi. Ijtimoiy foydali 
maqsadlarni ko’zlagan bunday tavakkalchilik uchun qonunchilikda kafolatlar zarur 
bo’ladi.
Jinoyat kodeksining 41-moddasida ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun 
kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik bilan huquq va qonun 
bilan qo’riqlanuvchi manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmasligi qayd 
etilgan. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida e’tirof etilishi uchun 
kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik ijobiy yakunga 
yo’naltirilgan izlanishlar asosida yuzaga kelishi lozim. Ushbu izlanishlar shaxsiy 
boyib ketish kabi egoistik maqsadlarni ko’zlamasligi kerak.
Jinoyat qonunchiligi kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli 
tavakkalchilikni himoyalash orqali ushbu sohadagi tadqiqotlarni rag’batlantiradi. 


142 
Buning uchun tavakkalchilik foydali maqsad yo’lida ijobiy yakunga boshqacha 
harakatlar bilan erishishning imkoni bo’lmaganda qo’llanilishi zarur. Shuningdek, 
izlanuvchi o’z tadqiqotlari tufayli paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ehtimoliy 
zararning oldini olish, agar kelib chiqsa uni tezda bartaraf qilish chora-tadbirlarini 
ko’rishi kerak bo’ladi. Tavakkalchilikning asosliligini aniqlash uchun tavakkal 
qiluvchining harakati zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq 
kelishi, tavakkal qilmaslikning iloji yo’qligi, tavakkal qilish oqibatida kelib 
chiqadigan zararni bartaraf etish choralari ko’rilganligi omillari tahlil qilinishi talab 
qilinadi. Agar ushbu qoidalarga amal qilinmasa, tavakkalchilik asosli deb 
topilmaydi. Bu tavakkal qilayotgan izlanuvchini xatti-harakatini javobgarlikdan 
ozod qilishga olib kelmaydi. 
Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik har doim ijobiy 
va samarali natija beradi deb hisoblash unchalik to’g’ri emas. Texnika tarixidan 
ma’lumki, ko’plab ixtirolarni amalga oshirish uchun tadqiqotchilar bir umr 
izlanishgan. Ularning ko’pi bitta umr davomida ham izlagan narsalariga yechim 
topa olishmagan. Xususan, odamzod uchishni, uchar gilamni, oynai jahonni asrlar 
mobaynida orzu qilib o’tgani tarixdan ma’lum. Shu bois tadqiqotlar, 
tavakkalchiliklar tufayli foydali natijaga erishilmasa va tavakkalchilik orqasidan 
yetkazilgan zarar miqdori foydali natijadan ko’proq bo’lganda ham qilmishning 
jinoiyligi istisno qilinadi.
Tavakkalchilikda kechirib bo’lmaydigan holatlar ham bo’lishi mumkin. 
Tavakkal qilish tufayli odamlar halok bo’lishi, ekologiya halokati, favqulodda 
holatlarning yuzaga kelishi, odamlarning qashshoqlashib ketishi, epidemiyalarning 
paydo bo’lib yoyilib ketishi tufayli og’ir oqibatlar kelib chiqishi yuz bersa, 
tavakkalchilik asosli o’tkazilgan deb topilmaydi. Tavakkalchi esa javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining jinoyat qonunchiligiga kiritgan 
so’nggi o’zgartishlaridan biri tadbirkorlik va tijorat tavakkalchiligi bilan bog’liq. 
Mamlakatimizda tijorat, ishlab chiqarish va tadbirkorlikning boshqa sohalari 
rag’batlantirilib borilayotganligi sababli tadbirkorlik va tijorat tavakkalchiligi ham 


143 
rag’batlantirilmoqda. Tadbirkorlik va tijorat tavakkalchiligi kasb yoki xo’jalik 
tavakkalchiligi kabi zaruriy holatga aylandi. O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik 
va tijorat tavakkalchiligini himoyalash maqsadlarida tadbirkorlik sub’ektlarining 
bank va moliya tashkilotlaridan ko’rsatilgan xizmat va kreditlarni tavakkalchilik 
sababli qaytara olmaganligi bank va moliya tashkilot xodimlarini jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asos bo’lmasligini belgilagan.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish