–
O’qituvchilar o’z maoshlarini qanday qaytarib olishlari mumkin?
136
miqdorining oldi olingan zarardan oshib ketishi harakatni oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqish deb topilishiga olib keladi.
Qilmishni oxirgi zaruratda sodir etilgan deb topish va uning qonunga
muvofiqligini baholash surishtiruv, tergov va sud organi xodimlaridan juda ko’p
holatlarni tahlil qilishni talab qiladi. Buning uchun xavfning xususiyati va darajasi,
yuz berish vaqti, shaxslarning imkoniyatlari, ruhiy holatlar va boshqa vaziyatlar
inobatga olinishi zarur.
Oxirgi zarurat o’zining ko’pgina jihatlari bilan zaruriy mudofaadan ajralib
turadi. Jumladan, zaruriy mudofaada tajovuzchining harakati xavf manbai bo’lib,
oxirgi zaruratda insonning xavfli qilmishidan tashqari fors-major holatlari ham
xavf manbai bo’lishi mumkin. Xususan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish
uchun zaruriy mudofaa emas, balki oxirgi zaruratdan foydalanish lozim bo’ladi.
Shuningdek, zaruriy mudofaada tajovuzdan qochib yoki yordam so’rab
murojaat qilish imkoni bo’lsa, oxirgi zaruratda bunday murojaat uchun vaqt
bo’lmaydi. Faqat zarar yetkazish orqali xavfni bartaraf etish mumkin bo’ladi.
Zaruriy mudofaada zarar tajovuzchiga faol harakat orqali yetkaziladi. Oxirgi
zarurat uchinchi shaxslar manfaatlariga zarar keltiradi va u nafaqat harakat, balki
harakatsizlik vositasida ham yuz berishi mumkin.
Zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat o’rtasidagi asosiy farqlardan yana biri
yetkazilgan zararning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Zaruriy mudofaada zarar bartaraf
etilgan zarar miqdoriga teng yoki ko’p bo’lishi mumkin. Oxirgi zaruratda esa
yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo’lishi talab etiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida zarar
yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash tegishli huquqni
muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda oddiy fuqarolar tomonidan odil
sudlovga ko’maklashish maqsadlarida amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali asoslarga
ega bo’lgan bunday harakat doim silliq kechmasligi mumkin. Jamiyat uchun xavf
tug’diruvchi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar
137
yetkazish foydalilik xususiyatlari uchun qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi
holat deb topiladi.
Jinoyat kodeksining 39-moddasidan mazkur holatning huquqiy asoslari o’rin
olgan: “Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga
topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun
zarur bo’lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo’lsa, jinoyat deb
topilmaydi”. Jinoiylikni istisno qiluvchi mazkur holatning quyidagi alomatlari
mavjud bo’ladi:
ushlanayotgan shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan bo’lishi;
ushlanayotgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish harakatning
maqsadi bo’lishi kerakligi;
ushlash vaqtida ma’lum darajada zarar yetkazilish fakti mavjud bo’lishi;
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun zarur bo’lgan choralardan
chetga chiqmaslik zarur.
Xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash O’zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash tegishli huquqni himoya qiluvchi organlar
xodimlari uchun majburiyat hisoblanib, oddiy fuqarolar uchun burch sanaladi.
Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari uchun xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlashning tartib-qoidalari ularning xizmati davomida o’rgatib boriladi.
Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari ta’qib sharoitida maksimal darajada
oddiy fuqarolar va ularning mulklariga zarar yetkazmaslikka harakat qilishadi.
Shuningdek, ushlanayotgan shaxsga zarurat taqozo etmaydigan holda qasddan
zarar
yetkazmaslik
choralarini
xizmatlari
davomidagi
o’quv-mashg’ulot
jarayonlarida o’zlashtirishadi. Oddiy fuqarolar bunday qoidalarni bilmasliklari,
natijada ushlash usullariga mos kelmaydigan sharoitda me’yoridan ortiq zarar
yetkazib qo’yishlari mumkin. Shu bois ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxslarni ushlash fuqarolar uchun majburiyat emas, balki burchlar qatoriga
kiritilgan.
138
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga har bir fuqaro
egadir. Ushlash jarayonida ushlash vositalari va usullari, qilmish va uni sodir
etuvchi shaxs xavfliligi darajasi, ushlash sharoiti nuqtai nazaridan ta’qib
qilinayotgan shaxsning qarshiligi to’xtatilguncha yetkazilgan zarar javobgarlikdan
ozod qiladi. Bu darajani buzish ushlanayotgan shaxsga ushlash chegaralaridan
chetga chiqib zarar yetkazishga olib keladi.
Ta’qib qilinayotgan shaxsni ushlashda yetkazilgan zarar qonuniyligini
baholashda xavfli qilmish sodir etgan shaxsning harakatlari, ta’qibchining
imkoniyatlari, ruhiy holati va boshqa holatlar inobatga olinishi lozimligi jinoyat
qonunchiligida belgilangan. Yetkazilgan zararni qonuniylik darajasini belgilovchi
bir qator talablar mavjud. Shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi, uning
qilmish tufayli kelib chiqadigan javobgarlikdan qutulish uchun qochishga harakat
qilishi, uni ta’qib qilish jarayonida zarar yetkazmasdan tutishning iloji
qolmaganligi, zarar yetkazishda qasd yoki g’arazli va past niyatlar
ko’zlanmaganligi, maqsad hokimiyat organlariga topshirishdan iborat bo’lishi
mana shunday talablar qatoriga kiradi.
Etkazilgan zarar ushlanayotgan shaxsning sog’lig’i va mulkiga qarshi
qaratilib, uni hayotdan mahrum qilish darajasiga olib chiqmaslik lozim. Agar
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida uning qarshiligini
yengib o’tib badanga og’ir yoki o’ta og’ir tan jarohatini yetkazish yoki o’ldirib
qo’yish tegishli moddalar bilan javobgarlikka sababchi bo’ladi. Jazo belgilanishida
foydali maqsadlar ko’zlangani uchun yengillashtiruvchi holat sifatida qaraladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida yetkazilgan zarar
qilmishni sodir etgan shaxsning yetkazgan zarari bilan teng yoki ko’p bo’lishi
mumkin emas. Masalan, bezorilik (277-modda) jinoyatini sodir etgan shaxsni
ushlash vaqtida unga yetkaziladigan zarar jinoiy qilmishi xususiyatlaridan kelib
chiqib baholanishi lozim. Bezorilik sodir etib qochayotgan shaxs terrorizm (155-
modda) jinoyatini sodir etgan shaxs darajasida qattiq qarshilik ko’rsatmasligi
amaliyotdan ma’lum. Shu bois ushlash jarayonida jinoyat va jinoyatchining
xususiyatlari inobatga olinishi lozim bo’ladi.
139
Do'stlaringiz bilan baham: |