O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish 
2018 yil 9 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga O’RQ-459-
sonli Qonun bilan 41
1
-modda kiritildi. U “Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud 
qo’rqitish” deb nomlandi. Ushbu modda shaxsga nisbatan jismoniy yoki ruhiy 
majburlash yoxud qo’rqitish natijasida shaxs o’z harakatlarini boshqara 
olmaganligi sababli jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan huquq va manfaatlarga 
zarar yetkazsa, jinoyat deb topilmasligini o’zida ifodalaydi.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi mazkur holat tashqi ta’sir natijasida 
kuchli hayajon, jazava (affekt) holatiga tushib qolishi natijasida jinoyat qonuni 
bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishida namoyon bo’ladi. 
Bu yerda maqsad majburlanayotgan shaxsni biror harakat yoki harakatsizlikni 
sodir etishiga olib kelishdan iborat bo’ladi. Mazkur holat dastlab oxirgi zarurat 
(38-modda) formalaridan biri sifatida ko’rilar edi va sud-tergov amaliyotida 
ko’plab munozaralarga sabab bo’lar edi. Holatning alohida moddaga olinishi 
muammoning yechimiga olib keldi.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo’rqitish o’zida bir necha holatlarni 
aks ettiradi. Majburlash jismoniy yoki ruhiy ko’rinishda bo’lib, biror bir qilmishni 
bajarishga majbur etishda ifodalanadi. Jismoniy ko’rinishda majburlash zo’rlik 
ishlatish vositasida, ya’ni tan jarohati yetkazish, do’pposlash, qiynash shaklida 
amalga oshiriladi. Jismoniy ko’rinishdagi majburlash qiynoq ostiga olingan turli 
shaxslarga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday holda majburlovchi ruhiy 
majburlash vositasidan ham foydalanishi mumkin. Bunda haqoratlash, unga 


144 
tegishli sirlarni oshkor qilish bilan tahdid qilish, shaxsni kamsituvchi tuhmatli 
so’zlar bilan majbur etish tushuniladi.
Jismoniy yoki ruhiy ko’rinishdagi majburlov voyaga yetmagan va yoshi 30 
ga to’lmaganlarga tez ta’sir qiladi. Yoshi katta kishilarga esa tez ta’sir o’tkaza 
olmasligi mumkin. Jismoniy yoki ruhiy majburlov ta’sir ko’rsatmasa, ta’sir 
o’tkazuvchilar qo’rqitish yo’lidan foydalanadi.
Qo’rqitish o’ldirib yuborish, azoblab qiynash, yaqinlari hayotiga tajovuz 
qilish, nomusiga tegish, sharmanda qiluvchi holatlarni videoga olib internet orqali 
tarqatib yuborish kabi tahdidlar bilan ta’sir o’tkazishda namoyon bo’ladi. Bu kabi 
qo’rqitishlar va jismoniy hamda ruhiy ko’rinishdagi majburlashlar mustahkam 
irodali kishilarni ham ruhiyatini izdan chiqarishga olib kelishi tabiiydir. Ruhiyati 
izdan chiqib, o’z harakatlarini o’zi boshqara olmaydigan vaziyatga tushib qolgan 
shaxsning majburlovchi yoki qo’rqituvchiga zarar yetkazishi qilmishni istisno 
qilinishiga olib keladi. Bunda affekt holatda, ya’ni ruhiyatning keskin his-tuyg’uli, 
yanada aniqrog’i portlash holatiga kelishi holatida sodir etilishi ko’zda tutiladi. 
Agar bunday holat yuz bermay, shaxs o’z harakatlarini o’zi boshqarish 
imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsa, uning qilmishi oxirgi zarurat qoidalari 
asosida tahlil qilinadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish