Aim.Uz
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
Bojxona haqidagi qopun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik o’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan, ya’ni «Bojxona haqidagi qonunlarni buzish Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari va vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar
yoki boshqa qimmatliklarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o’tkazish:
-
juda ko’p miqdorda;
-
xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilishi yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi bilan jazolanadi.
Ushbu harakat:
-
chegarani buzib o’tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o’tkazish puli bilan;
-
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, mol-mulk musodara qilinib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xizmat mavqeidan foydalangan holda bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzishda zarar summasi alohida yirik mikdorni tashkil etishi shart emas, ya’ni xizmat mavqeidan foydalanish mazkur jinoyatning mustaqil belgisini tashkil etadi.
Ob’ektiv jihatdan bojxona haqidagi qonunlar buzilishi tovarlar va boshqa qimmatliklarning O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o’tilishida ifodalanadi. Sub’ektiv jihatdan jinoyat sodir etilgan jinoyatning to’g’ridan-to’g’ri sodir etilganligida ifodalanadi.
Aqli joyida bo’lgan va 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respulikasi fuqarosi, xorijiy davlatlar fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs jinoyat sub’ekti bo’lishi mumkin.
JK ning 182-moddasida qayd etilgan jinoyatning ob’ektiv jihati tovarlar yoki boshqa buyumlarni olib o’tish, ularni sodir etish usullari, olib o’tilayotgan tovarlar va boshqa buyumlarning yirik miqdori bo’yicha harakatlarni o’z ichiga oladi. Jinoiy oqibatlarning boshlanishi talab etilmaydi.
Bojxona nazoratiga qalbaki hujjatlar, qasddan buzilgan ma’lumotlar mavjud bo’lgan hujjatlar, shuningdek bojxona organlari bojxona nazorati ob’ektlarining O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o’tishi bilan bog’liq nohuquqiy qaror qabul qilinishi uchun ularni adashtirish maqsadida unga asos bo’lmagan holda noqonuniy tuzilgan yoxud tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etish hujjatlardan aldov yo’li bilan foydalanish deb e’tirof etiladi. Muhrlarni, xarflar va boshqa markirovkalarni soxtalashtirish, hujjatlardan aldov yo’li bilan foydalanishdagi singari maqsadda qonuniy sifatda taqdim etiladigan o’xshash belgilar qo’yish bojxona birxillashtiruvchi vositalaridan aldash maqsadida foydalanish deb e’tirof etiladi.
Tovarlar va qimmatliklarning bojxona nazoratidan boshqa joyda olib o’tilishi O’zbekiston Respublikasi bojxona organlari belgilagan joylardan boshqa joyda yoki bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishning belgilangan vaqtidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.
Obetklarni bojxona nazoratidan olib o’tish uchun buyumlarning aniqlashtirilishini qiyinlashtiradigan yashirin joylardan foydalanish yoki boshqa usullardan foydalanish yoxud bir xil buyumni boshqa buyumlar ko’rinishiga o’xshatish bojxona nazoratidan yashirish deb tushuniladi. Tovarlar yoki boshqa ob’ektlarni bojxona nazoratidan olib o’tish miqdori mazkur moddaga izohga muvofiq, agar u eng kam oylik ish haqining yuz baravari va undan ortig’iga teng bo’lsa, alohida yirik miqdor deb tan olinadi.
Olib o’tilayotgan buyumlar ularni turli bojxona rejimlarida va maxsus shart-sharoitlarda, jumladan qonun hujjatlarida yuz berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib o’tishning maxsus qoidalarini belgilovchi qonun hujjatlari asosida mazkur modda ro’yxatiga tushuvchi buyumlar deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |